Xudoybergenova Nihola


Download 20.9 Kb.
bet2/2
Sana11.11.2021
Hajmi20.9 Kb.
1   2
Onam bilan suhbat

Nazarimda nurdek edi chehrangiz shaffof,

Sochlaringiz tunday uzun, tundek qop-qora.

Yumshoq edi kaftlaringiz, ipakday yumshoq,

Toshdan qattiq ishlarga ham topsa-da chora.

To’siqlarga qoqilmasdan, chopib bir tekis,

Goh changitib, goh suv sepib yillar o’tdilar.

Sizga ular hadya etib ikki o’g’il bir qiz,

Tashvishlarin yelkangizga yuklab ketdilar.

Etagingiz tutib qaddin ko’targach, bari

Orzularning etagidan tutdilar mahkam.

Qalbingizni uchga bo’lib bir non singari.

Kaftlariga tutqazdingiz, bo’lsin deb hamdam.

Qay birimiz olib ketdik uni ko’p yiroq,

Qay birimiz yoningizda qoldik hamnafas.

Ketganlarning qalbi qoldi Siz bilan biroq,

Qolganlarning qalbi bilan payvandu payvast.

Siz yillarga shoshmagin, deb yolvormadingiz,

O’g’irlama husnimni, deb chekmadingiz “oh”.

Uzoq ketib sog’intirsak goh ayladingiz, --

Tezroq o’tgin, deya hatto vaqtga iltijo.

Umr o’tar, yoshligingiz –qo’lida tutun,

Qarzga bergan chiroyini olar tabiat.

Tongday oppoq, tongday qisqa sochingiz bugun,

Kaftlar qattiq, chehrangizda ajinlar qat-qat.

Qalbingizga solmas bular zarraday armon,

O’kinmaysiz umr ummonin sohilin ko’rib.

Charchab qolgan taningizga yugurar darmon,

Safarlardan bag’ringizga qaytsak biz horib.

Bizga o’tgan yoshligingiz yurtni yashnatar,

Qaridim, deb o’ksinishga sezmaysiz hojat.

Kaftimizga baxt qushiday zafar qo’ndirar

Qalbingizdan qalbimizga ko’chgan harorat.

Mehr qo’yib Siz tufayli biz sevgan Vatan

O’z husniga keng olamni etar mahliyo.

Nechun axir faxr etmaylik, onajon, biz ham,

Shu Vatandan bahra olib yasharsa dunyo!

Bu she’r Samandar Vohidovning ilk kitobi “Kaftimda gul” 1977 yilda nashr etilgan to’plamidan olingan. Samandar Vohidov 1942 yilda Buxoroning Shafrikon rayonida tug’ilgan. U 1967 yilda Orjonikidze nomli Buxoro Davlat Pedagogika institutining o’zbek tili va adabiyoti fakul’tetini tugatib, hozir oblast radiosida ishlamoqda.

Onajon poyingizga mehrimdan saralab guldasta to’shayman. Ko’zlarimga nur ato etganingiz uchun, beshikda allalab, oq tarab –oq yuvganingiz uchun sizdan minnatdorman. Poyingizga boshim yerga tekkunga qadar ta’zim aylayman. To’g’ri sizga qasr qurolmayman, lekin ko’nglim qasri sizniki. Hozir sizni judayam sog’inib ketyapman, qaniydi qanotim bo’lsa-yu yoningizga uchib borolsam … Sog’inchlarni armonda qoldirib, diydoringizga to’yolsam.

Oftobim, siz mendan hech narsa so’ramaysiz. Aksincha, bizga Allohdan baxt va sog’lik so’rab charchamaysiz. Bilamanki, har bir uyning o’z farishtasi bor, siz bizning farishtamizsiz. Men siz bilan faxrlanaman, g’ururlanaman Onajon!

O n a j o n i m !

Dunyoni kim yaratgan

Bilasizmi bolalar?

Kim dunyoni tebratgan

Bilasizmi bolalar?

Bizga oq sut bergan kim?

Shirin tilni kim bergan?

Yo’limizda tikanni

Kiprigida kim tergan?

U tunlar uxlamagan

Chirog’im onam mening,

Jannat menga ne kerak -

Makkam – Madinam mening!

Insholar tanloviga.

8-G sinf o’quvchisi Doliyeva Dilnura

Reja:


Kirish. Ona mehri farzand uchun muqaddas.

Asosiy qism:

1. Onajonim –dildagi borim.

Xulosa. Mening mehribon onajonim.

Ona mehri farzand uchun muqaddas!

Mening uchun ona mehri har nedan aziz,

Ona so’zi hayotbaxshdir, muqaddas laziz.

Tayyordirman yiqilmoqqa ona poyiga,

Gar hurmatin qo’ya olsam doim joyiga-

Bundan ortiq baxt yo’q menga, biling jahonda.

Ona aziz va muqaddasdir. Onani hurmat qilish, xafa qilmaslik, doim onaga shirin so’zlarni ayamaslik, mehribon bo’lish har bir kishining burchdir. Ona bolasiga doim mehribon, shirinsuhan bo’lishi hammaga ma’lum. Bilasizmi? Ona mehribonligi ya’ni ona mehri xuddi jo’shqin oqayotgan suvdek. Ona mehri xuddi osmon kabi musaffo. Ona mehri xuddi archa daraxti kabi doim bir xil ko’rinishda. Ona mehri huddi quyosh kabi, chunki quyosh bor yegulikni eritsa, ona mehri dilni eritadi. Ona mehri misoli oqqush, niyati pok. Onani e’zozlash darkor.

Ona borlig’imizning sababchisidir. Ona nasihatin tinglash va tushunish, doimo yodda saqlash kerak. Ona nasihati haqida bir she’r bor:



Ona azizdir.

Ona nasihatin quyvolgin quloq

Dunyoda yomonlik istama mutloq

Bag’rida o’stirmish jonidan aziz

Joningdek aziz tut kecha-yu kunduz.

Ona hech qachon bolasiga yomonlikni ravo ko’rmaydi. Uning nasihatiga doimo quloq tutish lozim.



Ha, aytgandek onalar borligimizning sababchisidir.
Download 20.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling