Xulosa va takliflar
«Toshshahartransxizmat» AJ o`z faoliyatini samarali olib bormoqda.Har bir yo`nalish nazorat ostiga olingan va teng taqsimlagan.Yo`nalishlar jadvali puxta ishlab chiqilganligini rad eta olmaymiz lekin 2020-yil yurtimizga kirib kelgan pandemiyani hisobga oladigan bo`lsak, biz avvalgi yo`nalishlar jadvali bilan ishlay olmaymiz.Chunki, karantin qoidalari bo`yicha har bir odam 2 metrlik masofani saqlashi kerak. Bundan ko`rinib turibdiki avval 1 dona avtobus tashigan yo`lovchilarni tashish uchun endilikda 3 yoki 4 dona avtobusni jalb qilishga to`g`ri keladi.Bundan tashqari naqt pullar bilan ishlaydigan chipta sotuvchilari ham Covid-19 o`chog`iga aylanib qolishi mumkin.Buni oldini olish maqsadida esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25-noyabrdagi 948-sonli «Jamoat transportida yo'lovchilarni tashish uchun avtomatlashtirilgan to'lov tizimini joriy etish» qarorining ijrosini jadallashtirish kerak bo`ladi.Bundan tashqari xalqimiz pandemiya sharoitida moliyaviy pasayishganligini va karantin qoidalarini hisobga olib har bir avtobuslarda bepul dezinfeksiya vositalari va tibbiy qo`lqoplar tashkil etilishi maqsadga muvofiq boladi.Shundagina «Toshshahartransxizmat» AJ o`z hodimlari va yo`lovchilar salomatligini saqlagan bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |