Xulosa va tavsiyalar


Download 399.17 Kb.
bet3/4
Sana24.02.2020
Hajmi399.17 Kb.
1   2   3   4

Tadqiqot metodlari:


Kuzatish, o`rganish, tahlil qilish, umumlashtirish, suhbat, ilg`or tajribalarni o`rganish, test so`rovlari, amaliy mashg`ulotlar.

Tadqiqotning nazariy ahamiyati:

Maktabgacha ta’lim muassasalarida, o`rta umumiy ta’lim maktablarida, maktabdan va sinfdan tashqari mashg`ulotlarda olib boriladigan barcha musiqiy-ta’limiy, tarbiyaviy ishlarning o`zaro integrallashuvini tahlil qilish, nazariy tamoyillarini o`rganish orqali musiqani idrok etishni tashkil qilish jarayonini ho`zaro integrallashtirish nazariyasini ishlab chiqish mumkin.


Tadqiqotning amaliy ahamiyati:


Ta’lim muassasalaridagi musiqa o`qituvchilari, musiqa rahbarlari hamda to`garak rahbarlari tavsiya etilayotgan nazariya va metodik tavsiyalardan maktabgacha ta’lim muassasalarida, o`rta umumiy ta’lim maktablarida, maktabdan va sinfdan tashqari mashg`ulotlarda olib boriladigan barcha musiqiy-ta’limiy, tarbiyaviy ishlarni amalga

oshirishda hamda bolalarning individual qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida samarali foydalanishlari mumkin.


Tadqiqotning ilmiy yangiligi:


  1. Turli nazariy yondashuvlar va amaliyotdagi kuzatishlar tahliliga tayangan holda barcha ta’lim muassasalaridagi musiqa mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologiya elementlarini turli variantlarda qo`llash va uning yangi variantlarini izlab toppish hamda shu orqali bolalarning musiqani idrok rtish qobiliyatini rivojlantirish muammosi dolzarb muammo ekanligining asoslab berilganligi.

  2. Ta’lim muassasalaridagi musiqa mashg`ulotlarining o`ziga xos alohida xususiyatlarining tajribali o`qituvchilarning ilg`or pedagogik texnologiyaga asoslangan darslarini kuzatib, tahlil qilish orqali aniqlanganligi.

  3. Ta’lim muassasalaridagi musiqa mashg`ulotlarining o`ziga xos xususiyatlarini yoritib berishda didaktik imkoniyatlarning amaliy dars jarayonlarini tahlil qilish orqali mufassal o`rganilganligi.

  4. Ta’lim muassasalaridagi musiqa mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologiya elementlarini amaliy dars jarayonlarida qo`llash orqali o`quvchilarning musiqani idrok etish sohasidagi individual qobiliyatlarini alohida rivojlantirish bo`yicha ilmiy – metodik tavsiyalarning ishlab chiqilishi.

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi: Kirish, ikkita bob, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.

I bob. TA’LIM MUASSASALARIDAGI MUSIQA

MASHG`ULOTLARI

    1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy tarbiyasi

Bugungi kunda musiqa mashg`ulotlarini ilmiy metodik jihatdan har tomonlama takomillashtirib, zamon talabiga mos ravishda olib borish maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat ko`rsatayotgan musiqa rahbarining oldiga qo`yilgan eng dolzarb vazifalardan biridir. Musiqa san’ati nafosat tarbiysuning muhim omili bo`lib, u yosh avlodning kamolotga yetishishi uchun kuchli ta’sir etuvchi jarayon hisoblanadi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa mashg`ulotlari Davlat ta’lim standartlariga mos bo`lgan maxsus dastur asosida oldindan tuzilgan rejalarga mos ravishda tashkil etiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa ta’limi va tarbiyasining asosiy maqsadi bog`cha yoshidan boshlab bolalarda ijobiy, to`g`ri dunyoqarashni shakllantirish hamda ularning musiqiy didini o`stirish, shuningdek, bolalarga musiqa ilmini o`rgatish jarayonida ularga musiqada hayot o`z aksini topishini anglatish hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning musiqani idrok etishini rivojlantirish uchun ularning musiqiy eshitish qobiliyatini va mantiqiy fikrlash qobiliyatini bosqichma-bosqich rivojlantirib borish talab etiladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy idrokini rivojlantirish uchun ularda quyidagi musiqiy uquv va qobiliyatlarni shakllantirish talab etiladi:



  • Tembr uquvi (musiqiy tovushlarning, cholg`u asboblari tovushlarining o`ziga xos alohida xususiyatlarini bir-biridan farq qila olish qobiliyati)ni shakllantirish,

  • Ritm tuyg`usi (musiqaga mos harakatlarni bajarish, qadam tashlab, chapak chalib, musiqani xotirada saqlash, his etish va ifodalash)ni shakllantirish,

  • Musiqiy uquvi (musiqiy tovushlarning past-balandligini his etish qobiliyati) ni shakllantirish,

Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqani idrok etish qobiliyati musiqiy mashg`ulotlarning barcha elementlarini amalga oshirish jarayonida muntazam ravishda rivojlantirlib borilsa yaxshi natija beradi. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi musiqa rahbarlari tomonidan musiqa mashg`ulotlarida olib boriladigan musiqa ta’lim-tarbiyasining asosiy vazifalari quyidagicha:



    • Bolalarning musiqani idrok etish qobiliyatlarini har bir mashg`ulotda bosqichma-bosqich rivojlantirib boorish,

    • Musiqiy asarlar bilan tanishtirish jarayonida bolalarda emotsional his - tuyg`ularni hosil qilish yo`li bilan ularning musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitish,

    • Bolalarning musiqaga bo`lgan qiziqishlarini o`stirish,

    • Bolalarning musiqa tinglash, qo`shiq kuylash, musiqa sadolari ostida ritmik harakatlarni bajarish, bolalar cholg`u asboblarida jo`r bo`lish kabi faoliyatlari yordamida ularning ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirib borish,

    • Bolalar ovozini asrab tarbiyalash, qo`shiqlarni sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o`rgatish va odatlantirish,

    • Musiqiy asarlardan zavq olishni o`rgatish va shu asosda musiqiy didni hamda badiiy fikr yuritish malakasini shakllantirish.

    • Musiqa mashg`ulotlari mazmunini bog`cha hayoti bilan bog`lash, musiqa mashg`ulotlari jarayonida o`rganilgan kuy va qo`shiqlar hamda raqslar bilan bog`chada o`tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish.

    • Musiqa mashg`ulotlari jarayonida musiqiy asardagi badiiy obrazlarni o`yin va raqs shaklida ifoda etishni o`rgatish,

    • Musiqa mashg`ulotlarida bolalarni milliy qadriyatlarimiz bilan tanishtirish, milliy cholg`u sozlarimiz jo`rligida milliy musiqiy-ritmik harakatlarni bajarishni o`rgatish,

Turli metodlardan foydalanib o`tkaziladigan har bir musiqa mashg`uloti kichkintoylarda badiiy-estetik zavq uyg`otadi, ularning his-tuyg`ularini shakllantiradi, ijodiy fikrlash qobiliyati, nutqini ham o`stiradi va musiqiy idrokini o`stiradi. Musiqa mashgulotlarida bolalar hayotni hamda tevarak-atrofdagi voqealarni musiqiy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bolalar bog`chalarida musiqiy tarbiya ishlari jismoniy tarbiya, badiiy adabiyot va tasviriy san’at bilan uzviy ravishda bog`langan holda amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan barcha musiqiy - ta’limiy va tarbiyaviy ishlar yosh avlodda olijanob fazilatlarni bog`cha yoshidan shakllantirishda nafosat tarbiyasining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.

Musiqiy o`yinlar va raqslar bolalarda ritm tuyg`usini, harakatchanlik va chaqqonlik malakalarini shakllantirib, qomatning to`g`ri o`sidhiga yaxshi ta’sir etadi. Bu esa bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Bolalarni bog`cha yoshidan boshlab musiqa san’atiga qiziqtirib, ularning musiqiy ijodkorligini reja asosida bosqichma-bosqich rivojlantirib borish ularni ma’naviy barkamol bo`lib yetishishlari uchun mustahkam zamin tayyorlaydi.


    1. Download 399.17 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling