Xusanov kamol mutalib oʻGʻlining “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan topshiriq javoblari


Download 474.2 Kb.
bet1/3
Sana09.01.2022
Hajmi474.2 Kb.
#265935
  1   2   3
Bog'liq
Hayot favxsizligi fani 1-t


Toshkent viloyati Chirchiq Davlat pedagogika instituti sirtqi boʻlim Boshlangʻich taʼlim va sport tarbiyaviy ishi fakulteti BOT 18/12 guruh talabasi

XUSANOV KAMOL MUTALIB OʻGʻLINING

Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan



topshiriq javoblari

1-TOPSHIRIQ

1. Baxtsiz hodisa deb nimaga aytiladi va uning ko'ngilsiz oqibatlari.

2. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni kim tekshiradi va qanday xujjat bilan qayd qilinadi.

3. Ishlab chiqarishda sodir bo'lgan baxtsiz hodisani tekshiring va “H-1” shakldagi dalolatnomani tuzing.

4. Ishlab chiqarishda sodir bo'lgan baxtsiz hodisa bo'yicha masala tuzing va jaroxatlanish ko'rsatkichlarini aniqlang.



  1. Baxtsiz hodisalar atrofimizda deyarli hr kuni sodir bo’lib turishi hech kimga sir emas. Baxtsiz hodisa deb turli tabiiy ofat, avariya va boshqa koʻngilsiz hodisalar oqibatida badanga shikast yetish, mayib boʻlish yoki o’lim holatlari kuzatilishigaaytiladi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida korxonalar, qurilish, transport, konlar va bosh joylarda xavfsizlik qoidalari buzilishiga yoʻl qoʻyib, baxtsiz hodisalarga sababchi boʻlgan shaxslarga nisbatan tegishli jazo choralari belgilan gan. Jumladan, radioaktiv materiallar va yadro qurilmalaridan foydapanish qoidalarini buzish, shu materiallarni konunga xilof tarzda ishlatish, tadqiqot ishlarini bajarishda, togʻ kon, qurilish yoki portlatish ishlarida xavfsizlik, mehnatni muhofaza etish, yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish hollari, transport harakati va vositalaridan foydalanish xavfsizligiga zid ravishda jinoyatlar sodir etilgani uchun Oʻzbekiston Respublikasi JKda tegishli jazo choralari koʻzda tutilgan. Jumladan, xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishga oid boshqa qoidalarning ular ijrosi uchun masʼul shaxslar tomonidan buzylishi oʻrtacha ogʻir yoki tan jarohati yetkazilishiga sabab boʻlsa, eng kam ish haqining 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan, oʻsha qilmish odam oʻlishiga va boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, muayyan huquqdan va 5 yilgacha ozodlikdan mahrum kilish bilan jazolanadi (257-modda). Transport vositasidan foydalanish uchun masʼul shaxsning Mast holatda yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki aql-idrokka taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boʻlgan shaxsning transport vositasini boshqarishiga yoʻl qoʻyishi badanga ogʻir shikast yetkazilishiga yoxud odam oʻlishiga sabab boʻlsa, oʻsha masʼul shaxs eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarima toʻlaydi yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan va 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi. Baxtsiz hodisalarning ayanchli oqibatlarini boshdan kechirmaslik uchun har bir insondan ehtiyotkorlik va xushyorlik talab etiladi.
  2. O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda,shuningdek, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yuz bergan hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil


    zararlanishini tekshirish va hisobga olish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 28б- son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida olib bоriladi. Mazkur nizom ishlab chiqarishda ishlatilayotgan davrida sud hukmi bo‘yicha jazoni o‘tayotgan fuqarolarga; ish beruvchilarga; pudrat va topshiriqlarga ko‘rа fuqarolik huquqiy shartnomalar bo‘yicha ishlarni bajarayotgan shaxslarga; tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qatnashayotgan fuqarolarga; agar maxsus davlatlararo bitimda o‘zgacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, yollanib ishlayotgan chet el fuqarolariga; qurilish, qishloq xo‘jaligi va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘zga ishlarni bajarish uchun korxonaga yuborilgan harbiy xizmatchilarga, shu jumladan,muqobil xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga; korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan talabalar va o‘quvchilarga ham tatbiq etiladi.
  3. Quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi: bir vaqtning o‘zida ikki va undan ziyod xodimlar bilan yuz bergan guruhiy baxtsiz hodisalar; o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar; oqibati og‘ir baxtsiz hodisalar. Guruhiy o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisa to‘g‘risida ish beruvchi darhol sxemaga binoan quyidagilarga xabar berishi kerak: – davlat mehnat texnika nazoratchisiga; yuqori turuvchi хо‘jalik organiga; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligiga, viloyat (Toshkent shahar) mehnat boshqarmasiga; baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi prokuraturaga; baxtsiz hodisaga uchragan xodimni yuborgan tashkilotga; O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga. Guruhiy o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisani viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar) mehnat boshqarmasi buyrug‘iga asosan tuzilgan komissiya maxsus tekshiradi. Guruhiy o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisalar yuz berganida 1-raqamli shakldagi dalolatnoma komissiya tomonidan maxsus tekshirish dalolatnomasi tuzilgandan so‘ng bir sutka ichida komissiya xulosalariga muvofiq rasmiylashtiriladi. Ikki-to‘rt kishining o‘limi bilan tugagan baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi buyrug‘iga asosan quyidagi tarkibdagi komissiya tomonidan olib boriladi: rais – O‘zbekiston Respublikasi (bosh) Davlat mehnat texnika nazoratchisi; a’zolar – yuqori turuvchi xo‘jalik organi rahbarlaridan biri, ish beruvchi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi raisi. «O‘zsanoatkontexnazorat» davlat qo‘mitasi organi nazorati ostida bo‘lgan korxona (оbyektdagi) shunga o‘xshash baxtsiz hodisa O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Davlat mehnat texnika nazorati bilan kelishilgan holda «O‘zsanoatkontexnazorat» davlat qo‘mitasi organi buyrug‘i asosida tuzilgan komissiya tomonidan yuqori turuvchi хo‘jalik organi rahbari ishtirokida tekshiriladi.





Download 474.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling