Xvii asr oxiri – XIX asr boshlarida Eron va Avg’oniston davlatlari


Download 29.81 Kb.
bet1/9
Sana05.01.2022
Hajmi29.81 Kb.
#216137
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
jahon tarixi uchqun


XVII asr oxiri – XIX asr boshlarida Eron va Avg’oniston davlatlari.

Rossiya va Buyuk Britaniyaga qaramlikni kuchayishi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Eron dunyo sarmoyador davlatlarining yarimmustamlakasiga aylandi. Shoh tuzumi va mustamlakachilik zulmi xalq ahvolini yanada og‘irlashtirdi. Mamlakatda noroziliklar kuchaydi.
Erondagi mustabid hokimiyat yirik yer egalari, viloyat hokimlari hamda urug‘larning xonlariga tayanar edi. Eronda sanoatnin burjualashuvi sust kechdi. Yer dehqonlarni ekspluatatsiya qilib kelayotgan mulkdorlar qo‘lida edi. Shaharlarda yashovchi hunarmandlar va mayda savdogarlar kabi dehqonlar ham sudxo‘rlar tomonidan qarzga botirilgandi.
Eron yirik yer egalari, savdogarlari va sudxo‘rlari shoh hokimiyatini cheklab qo‘yishni, o‘z mulklarining daxlsiz bo‘lishini,gubernatorlar va xonlar o‘zboshimchaligiga barham berishni,eronlik sarmoyadorlarning huquqlarini chet ellik kapital egalari bilan teng qilib qo‘yilishini talab qildilar.
Eronga kapital chiqarish bo‘yicha Buyuk Britaniya birinchi
o‘rinda edi. 1872-yili Eron neft konlaridan foydalanish, tosh va temiryo‘l qurish konsessiyalari olindi. 1889-yili ingliz monopolisti Reyter Eronda „Shahanshohbank“ ochishga erishdi. Shartnomaga ko‘ra, bank qog‘oz pullar chiqarish va mamlakat yerosti boyliklaridan erkin foydalanish huquqini oldi. Birinchi jahon urushi arafasida Eron Buyuk Britaniyadan 9,6 million funt sterling qarz bo‘lib qoldi.
Eronni qaram qilishda Rossiya ham ishtirok etdi. Birinchi jahon urushi arafasida Eronning Rossiyadan qarzi 164 million rublni tashkil etdi. Eronning iqtisodiy qaramligi siyosiy qaramlikni ham kuchaytirdi. Ayniqsa, ruslarning shoh saroyiga ta’siri kuchli edi.Inglizlar esa boshqa yo‘ldan bordilar. Ular Fors viloyatidagi baxtiyorlar qabilalarini, Huziston xonlarini markazga, shoh hukmronligiga qarshi gijgijlab turdilar.


Download 29.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling