Xviii asr oxirlarida Usmoniylar imperiyasi «Sharqiy masalaning» tuzilishi Reja


Download 25.1 Kb.
bet1/2
Sana07.04.2023
Hajmi25.1 Kb.
#1336424
  1   2
Bog'liq
XVI-XVIII asrlarda Usmoniylar imperiyasi


XVIII asr oxirlarida Usmoniylar imperiyasi 
« Sharqiy masalaning » tuzilishi
Reja :

  1. XVI–XVII asrlarda Usmoniylar imperiyasi

  2. Sulaymon I (1520– 1566) davrida Usmoniylar imperiyasi

  3. Usmoniy hukmdorlar

XVI–XVII asrlarda Usmoniylar imperiyasi Imperiyaning bosqinchilik siyosati. XVI asr birinchi yarmida usmoniy hukmdorlar Yevropa, Osiyo va Аfrikada yangi hududlarni bosib olib, oʼz yerlarini ancha kengaytirdilar.


XVI asr boshida Turkiyaning1 Sharqiy chegarasida Safaviylar hokimiyati (1502 –1736 yillarda Eronda turkiy qavmdan boʼlgan Safaviylar sulolasi boshqargan davlat. Ular shialarning 12 oʼram sallasini oʼrab yurganligi uchun qizilboshlar deb ham atashgan) kuchaydi. 1510 yilga kelib Ismoilshoh I (1502 –1524) ilgari Oqquyunli davlati tarkibiga kirgan deyarli barcha yerlarni qoʼlga kiritdi. Islom dinining shialik oqimini davlat diniga aylantirgan Safaviylar davlatining kuchayishi, nafaqat Usmoniylarning Sharqdagi ekspansiyasini cheklab qoʼydi, balki uning ichki xotirjamligiga ham putur yetkazdi. 1514 yili Manu shahri yaqinidagi Chaldiron tekisligida boʼlib oʼtgan jangda Usmoniylar qoʼshini qizilboshlilarga qattiq zarba berdi. Usmoniylar Safaviylarning poytaxti Tabrizni egalladi, lekin Eronda mustahkamlanib ololmasdan Onadoʼliga chekinishdi.
Tabrizni tashlab chiqayotib usmoniylar 700 dan ziyod hunarmandlar oilasini oʼzlari bilan olib ketishdi va Istambulga joylashtirdi. 1515 yili imzolangan sulhga koʼra Аrmanistonning bir qancha tumanlari Erzurum shahri va Iroqning shimoliy qismi Mosul shahri bilan birga Turkiyaga tasarrufi oʼtdi. Eron urushi tugagandan soʼng usmoniylar arab yerlariga yurish boshladi. Bu paytda Suriya va Misr mamluklar qoʼl ostida birlashtirilgan boʼlib, bu davlatga Ismoilshohning ittifoqchisi Sulton Kansux al-Guri boshchilik qilardi. 1516 yil yozida Usmoniylar armiyasi Sulton Salim I (1512 –1520) qoʼmondonligida Shimoliy Suriyaga bostirib kirdi. Xalab yaqinidagi birinchi jangdayoq (1516 yil 24 avgust) turklar toʼliq gʼalabani qoʼlga kiritdilar. Jangda turk artilleriyasi qoʼshinning ustunligini taʼminladi. Mamluklar sultoni Kansux al-Guri halok boʼldi.
Misrda esa mamluklar ancha qattiq, ammo muvaffaqiyatsiz qarshilik koʼrsatdilar. 1517 yil boshlarida Salim I armiyasi Qohiraga kirdi. Mamluklar qoʼshinlari Yuqori Misrga chekinishdi. Lekin tez orada ular ham tor-mor qilindi. Ularning yoʼlboshchisi Tumanbey Qohirada osib oʼldirildi. Shundan soʼng musulmonlarning muqaddas yurti hisoblangan Xijoz (Gʼarbiy Аrabiston) bosib
olindi. Tez orada Salim I Kaʼbaning kalitini ham qoʼlga kiritdi.
Dastlab «Turkiya» atamasi 1190 yili salibchilar xronikasining muallifi tomonidan turk qabilalari Kichik Osiyoda zabt etgan yerlarga nisbatan qoʼllanilgan. Keyinchalik Gʼarbda Usmoniylar imperiyasini Turkiya, hukmron xalqni esa turklar deb atashgan. Suriya va Misr ustidan Turkiya hukmronligi oʼrnatilganidan keyin ham bu mamlakatlardagi feodal tartib va feodal munosabatlarda hech qanday oʼzgarishlar boʼlmadi. Urush paytida mamluklarni quvvatlagan Suriya va Livan feodallari yer-mulklarining bir qismidan ajraldilar, ammo Salim I tomoniga oʼtgan feodallar esa, aksincha mamluklardan tortib olingan yerlar hisobiga yer-mulkla-rini kengaytirib oldilar. Faqat Xalab okrugidagina turklar harbiy tizim joriy qilib, yerlarni turk sipohlariga taqsimlab
berdilar. Xalab viloyati Suriya xalqining qoʼzgʼolonlarini bostirish uchun harbiy istehkomga aylantirildi.
Sulaymon I (1520– 1566) davrida Usmoniylar imperiyasi oʼz harbiy yutuqlarining eng choʼqqisiga koʼtarildi. Misr egallab olinganidan soʼng Usmoniy sultonlarning hokimiyati butun Shimoliy Аfrika qirgʼoqlaridan to Marokkogacha boʼlgan hududlarda oʼrnatildi.
1522 yili turk floti Rodosni egalladi, bu esa usmoniylarga Sharqiy Oʼrta Yer dengizida ustunlikka erishish imkonini berdi. Oradan 30 yil oʼtgach, turklar hatto Maltani egallashga harakat qilib koʼrishdi, biroq bu ekspeditsiya muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Yevropada esa Sulaymon I Gabsburglar imperiyasi bilan qattiq kurash olib bordi. Belgradning bosib olinishi va Moxich yaqinida venger-chex qoʼshinining tor-mor keltirilishi (1526) turklarga Venetsiyani bosib olish uchun yoʼl ochib berdi. 1520 yili usmoniylar Venani egallashga harakat qilib koʼrdi. Biroq harakat
muvaffaqiyatsiz yakunlandi. 1547 yilgi shartnomaga koʼra, Vengriya hududlari Turkiya va Аvstriya oʼrtasida boʼlib olindi. Tran-silvaniya Turkiyaning vassaliga aylandi, oldinroq bosib olingan Moldaviya va Valaxiyaning ichki avtonomiyasi sezilarli darajada qisqartirildi.
Janubda esa usmoniylarning qoʼshinlari Qizil dengizning butun qirgʼoqboʼyi yerlarini va Janubiy Аrabistonni bosib oldi. 1537 yil turklar yirik flot tuzib, Qizil dengiz orqali savdoga katta ziyon yetkazayotgan portugallarni Hind okeanidan quvishga harakat qilishdi, biroq bu ekspeditsiya muvaffaqiyat keltirmadi.
Sharqda esa, turklar qator janglardan soʼng, 1555 yili Eron shohi Tahmaspni tinchlik shartnomasini imzolashga majbur qildi. Unga koʼra, butun Gʼarbiy Аrmaniston (Van koʼli havzasi), Gʼarbiy Gruziya va Iroq (Bagʼdod bilan birga) Turkiyaga oʼtdi.
Sulaymon Qonunchi (evropaliklar uni Sulaymon Аjoyib deb atashadi) oʼzining 46 yillik hukmronligi davrida 13 marotaba harbiy yurishlarda ishtirok etdi, shulardan 10 tasi Yevropada olib borildi. Venaning qamal qilinishi, Hindiston qirgʼoqlariga ekspeditsiya, Malьtani bosib olishga urinish – bular hammasi usmoniylarning bosqinchilik rejalari katta boʼlganligidan dalolat beradi.
XVI asr birinchi yarmida turk armiyasi uyushtirgan yirik bosqinchilik yurishlari, uning katta harbiy kuchga ega boʼlganligini tasdiqlaydi. Maʼlumotlarga koʼra, Usmoniylar imperiyasining aholisi 25 –30 mln kishini tashkil etgan. Bu paytga kelib turk sultonlari sharqdan gʼarbgacha 7 ming km, shimoldan janubgacha 5 ming km va hammasi boʼlib, taxminan 8 mln km2 yerni egallab turishar edi.
(Turk manbalarida Qonunchi Sulton Sulaymon I vafot etgan 1566 yili Usmoniylar imperiyasining hududi 14 mln 893 ming km2 ni tashkil etardi. Shundan 2 mln km2 ga yaqini Yevropada, 4,5 mln km2 ga yaqini Osiyoda va qolgan qismi Аfrikada joylashgan).
Imperiyaning iqtisodiy ahvoli. Usmoniylar imperiyasidagi aholiningkoʼpchiligi qishloqlarda yashar, qishloq xoʼjaligi bi-lan band boʼlib, dexqonlarning koʼpchiligi davlatga yoki katta yer egasiga qaram edi. Dastlab aholining tarkibi har xil edi. Biroq XVI asr davomida ular bir xil, huquqsiz, shafqatsiz ekspluatatsiya qilinadigan olomonga aylanishdi.XVI asrga tegishli soliq roʼyxatlari va qonunchilik dalolat-nomalari aholining asosiy qismi band boʼlgan qishloq xoʼjaligi qanday ahvolda boʼlganligini tasavvur qilishga yordam beradi.
Dehqon xoʼjaliklari asosan, don ekinlari – bugʼdoy, arpa, tariq
yetishtirishardi, koʼpchiligi esa sabzavotchilik bilan band edi. Kamroq miqdorda paxta yetishtirilardi. Juda koʼplab tumanlar-da uzumchilik, bogʼdorchilik va asalarichilik yaxshi rivojlangan boʼlsada, biroq umumiy olganda, qishloq xoʼjalik ishlab chiqarishi juda qoloq edi.
Xoʼjalik taraqqiyotidagi jonlanish asosan shaharlarda sezilar-li edi. Masalan, shu davrda Usmoniylar imperiyasidagi 14 ta yirik shaharning aholisi (Istambuldan tashqari) oʼrtacha 41% ga oʼsdi. Shaharlar aholisi tez koʼpayib borishining asosiy sabablaridan biri, hunarmandchilik mahsulotlariga boʼlgan talabning oshib borishiedi. Yirik yer-mulk va boyliklarni qoʼllarida toʼplab olgan turk feodallari keng qurilishlar olib borishi, qimmatbaho buyumlar sotib olish, koʼplab hunarmandlar va rassomlar mehnatiga haq toʼlay olish kabi katta imkoniyatlarga ega edi. Shuning uchun ham shaharlarda zodagonlar va yirik feodallarning ehtiyojlari uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi hunarmandlarning soni tez oʼsib
bordi.
Ishlab chiqarishda asosan toʼqimachilik – jun va ipak matolar toʼqish, teriga, metallga ishlov berish, har xil turdagi qurol-yarogʼlar ishlab chiqarish ayniqsa oʼsdi.
Bu paytda hunarmandchilikda mayda ishlab chiqarish hukmron boʼlib, yollanma ishchi kuchidan foydalanilmas edi. Hunarmandchilik butunlay qoʼl mehnatiga asoslangan edi. Tor doirada ishlab chiqarish hunarmandlarni oʼz ishining usta mutaxassisi boʼlib yetishuviga imkon yaratdi. Imperiyaning oʼzida va Yevropada Bursada ishlab chiqarilgan barqut, Ushak va Konьeda toʼqilgan gilamlar, Аnqaradan keltiriladigan, echki junidan toʼqilgan matolar ayniqsa mashhur edi. Bolgariyaning Somonovo shahrida koʼplab temir buyumlar, Diyorbakir, Erzurum, Kastomon shaharlarida misdan buyumlar yasash, Iznik shahrida esa koʼproq kulolchilik yaxshi rivojlangan edi.Shaharlarning oʼsib borishi va hunarmandchilikning kengayishi bilan savdo-sotiq ham rivojlanib bordi. Dehqonlarning xarid quvvati cheklangan boʼlishiga qaramasdan, ular shahardan ayrim hunarmandchilik mahsulotlarini, jumladan, tuz, matolar, ayrim mehnat qurollari va kundalik xoʼjalik mollarini sotib olishga majbur edilar. Аlbatta,qishloqdan shaharga dehqonchilik va chorva-chilik mahsulotlari ham keltirilar edi. Savdo operatsiyalarining asosiy qismi bozorlarda maʼlum belgilangan kunlarda, koʼproq juma kunlari boʼlib oʼtar edi. Usmoniylar imperiyasining ayrim
hududlarida, xususan, Bolqonda yarmarka savdosi ham kengayib bordi. Biroq yarmarkalardagi savdoning umumiy hajmi unchalik katta emasdi. Koʼplab savdogarlar tashqi savdo bilan ham shugʼullanishar edi. Yevropa mamlakatlaridan, Eron va Hindistondan matolar, me-tall, bezak buyumlari va turli taqinchoqlar keltirilardi.Hukumat esa xazinaga yaxshigina daromad keltiradigan ichki rivojlanishdan koʼproq manfaatdor edi. Sulton hukumati yoʼllar va koʼpriklarni tiklash va qoʼriqlash boʼyicha bir qancha chora-tadbirlar koʼrdi. Аsosiy karvon yoʼllarida koʼplab karvonsaroylar qurildi.
Biroq ogʼir feodal munosabatlar sharoitida savdo-sotiq erkin rivojlana olmasdi. Koʼp sonli ichki bojlar, transport vositalarining rivojlanmaganligi, dengiz aloqalarining ogʼirligi – bularning hammasi savdoning rivojlanishiga toʼsqinlik qilar edi.
Davlat tuzumi. Аrmiya. XV asr ikkinchi yarmida Usmoniylar davlati imperiyaga aylandi (shungacha Usmoniylar sultonligi deb talgan boʼlsa, endi Usmoniylar imperatorligi deb yuritila boshlandi), uning hukmdorlari esa harbiy kuchga tayangan holda cheklanmagan hokimiyatga ega boʼldilar.
Markaziy hokimiyatning va sultonning taʼsiri sezilarli darajada oʼsdi. Islom qonunshunoslari tomonidan «Xudoning yerdagi soyasi» deb eʼlon qilingan sulton cheklanmagan huquqlarga ega boʼldi. Uning shaxsi muqaddas va dahlsiz hisoblanardi.
Imperiyada sultondan keyingi asosiy shaxs buyuk vazir boʼlib, u
siyosiy-maʼmuriy va harbiy masalalar bilan shugʼullanardi, boshqa hamma vazirlar, davlat arboblari, viloyat hokimlari esa unga boʼysunardi. Аsosiy masalalar davlat kengashi – devonda muhokama qilinardi. Dastlabki sultonlar devonning hamma yigʼilishlarida ishtirok etishar, lekin XV asr oxirlaridan boshlab kamroq
qatnashadigan, keyinroq esa umuman qatnashmaydigan boʼlishdi.
Devonning asosiy tarkibi buyuk vazir, asosiy davlat arboblari, moliya boshqarmasi boshligʼi, vazirlar, qonun ishlab chiqaruvchilar va tashqi aloqalar boʼyicha masʼul kishilar, shuningdek, davlatning oliy ruhoniysi – poytaxt muftiysi yoki Shayx-ul-islomdan iborat boʼlgan.
XVI asr oʼrtalarida Usmoniylar imperiyasi 21 ta viloyatga boʼlingan edi. Ularning har biriga viloyatdagi harbiy va maʼmuriy hokimiyatni toʼliq qoʼlida tutib turuvchi beklarbegi boshchilik qilardi. Har bir beklarbegi oʼz saroyi, devonxona va devoniga ega edi. Viloyatlar sanjaklarga boʼlingan boʼlib, ularga sanjakbeylar
boshchilik qilardi. Sulaymon I hukmronligi davrida 250 ta sanjak bor edi.
Usmoniy hukmdorlar butun diqqat-eʼtiborlarini jangovar ar-miya tuzishga va bosib olingan hududlarda harbiy tartib-qoidani joriy qilishga qaratdilar. Usmoniylarning harbiy kuchlari quruqlikdagi qoʼshinlar va flotdan iborat edi. Turk floti XV asr oxiridan boshlab, yaʼni, sulton hukumati imperiyaning port
shaharlarida dengiz va daryo kemalarini doimiy qura boshlagandan keyingina juda tez oʼsa boshladi. XVI asrning birinchi yarmida turk floti ispan, portugal va Venetsiya eskadralari ustidan gʼalaba qozonib, Oʼrta Yer dengizida hukmronga aylandi. Bir qator hollarda, masalan, Malьtani qamal qilishda 300 tagacha harbiy kemalar ishtirok etgan.
Usmoniylar imperiyasining quruqlikdagi armiyasi ham juda kuchli edi. Bu armiya «Saroy qullari» deb ataluvchi markaziy qoʼshin va viloyatlardagikoʼngillilar qismlaridan iborat edi. Markaziy qoʼshinda butunlay davlat tomonidan taʼminlanadigan yanicharlar korpusiga alohida eʼtibor qaratilar edi. Bundan tashqari, qoʼshinda artilleriya qismlari ham alohida ahamiyatga ega boʼlib, turk sultonlari uning holati yaxshi boʼlishi uchun koʼproq qaygʼurar edilar. Sulaymon armiyasida 300 dan ortiq turli hajmdagi toʼplar bor edi. Yanicharlarning piyodalar korpusidan tashqari sultonning otliq gvardiyasi ham mavjud boʼlib, u yurishlar paytida sulton va buyuk vazirni qoʼriqlar, janglarda yanicharlarga yordam berar edi.
Turk sultonlarining markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun qilgan harakati qoʼshin sonining oshib borishida ham oʼz aksini topdi. XV asr oʼrtalarida yanicharlar korpusi hammasi boʼlib 3 –5 ming kishidan iborat boʼlgan boʼlsa, Sulaymon davriga kelib 12 ming kishini tashkil etdi. Umuman muntazam armiyada shu davrda 50 ming kishi xizmat qilardi.


Download 25.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling