Xx asr ikkinchi yarmi XXI asr boshlarida Bolgariya


Download 0.71 Mb.
Sana12.05.2022
Hajmi0.71 Mb.
#667364
Bog'liq
9-mustaqil ish
Значение слов, nazariy mexanika, Slayd, 2.06-Matematika-oqitish-metodikasi, 3-amaliy, 1-оралиқ назорат (1), 3-amaliy, 3-amaliy, Ecotourism, Ecotourism, Dastur, 1-Laboratoriya mashguloti, SF-BEGtest, SF-BEGtest, 2-laboratoriya ishi Sayimov To'lqin

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ijtimoiy gumanitar fakulteti Tarix yo’nalishi 1-kurs 107-guruh talabasi Ergashev Davronbekning Yevropa xalqlari tarixi fanidan tayyorlagan 9-mustaqil ishi

XX asr ikkinchi yarmi XXI asr boshlarida Bolgariya


1944-yil 9-sentabrda Bolgariyada Vatan fronti hukumati tuzilib,
unga K. Georgiyev boshchilikqildi.
20 yillik emigratsiyadan 1945-yil noyabrda mamlakatga qaytib kelgan
G. Dimitrov Xalq majlisi raisligiga saylandi. 1945-yil noyabrda fashizmga
yon bosganlar mulki milliylashtirildi. 1946-yil martda agrar islohot o‘tkazildi.
1946-yi 1 15-sentabrda Bolgariya xalq respublikasi deb e’lon qilindi va
yangi hukumatga G. Dimitrov boshchilik qildi. Mamlakatda sovet
namunasidagi sotsializm qurish boshlandi. 1947-yilda barcha mulklar
milliylashtirildi
G. Dimitrov 1949-yil iyul oyida, uning o‘rniga kelgan V. Kolarov esa
1950-yil yanvarda vafot etdi. Davlat va partiya boshlig'i lavozimini
G. Chervenkov egalladi. Uning shaxsiga sig‘inish iqtisodiyotga katta zarar yetkazdi. Sanoat o‘sishi, aholini zarur mahsulotlar bilan ta’minlash darajasi pasaydi. Bir qator shaxslar qatag‘on qilindi.
1954-yil martida partiya rahbarligiga Todor Jivkov keldi. G. Cherven_x0002_kov hukumat boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi, uning o‘rniga A. Yugov tayinlandi. Todor Jivkov 1962-yilda A. Yugov o‘rnini ham egalladi. U 1971- yil iyulidan mamlakat Prezidenti lavozimiga saylandi va diktaturasini o'matdi.
Mamlakat hokimiyat tuzilmalarida urug‘-aymoqchilik avj oldi.
T. Jivkov davrida yangilanish va zamonaviy texnika hamda texnologi_x0002_yalarni joriy etish, ishlab chiqarishni intensivlashtirish, uning samarador_x0002_ligini oshirish uchun xo‘jalik va boshqaruv tizimi o‘zgartirib borildi. Mehnat intizomining qattiqlashuvi oylik maosh va nafaqatlarni oshirish, ijtimoiy iste'mol fondlarini kuchaytirish hamda yangi uy-joylar qurilishi bilan qo'shib olib borildi. Mamlakatda sanoat o‘sdi, AESlar qurildi, qishloq xo'jaligi va shaharlar yangi qiyofaga kirdi. Mamlakat 0 ‘IYOK ishida faol qatnashdi.Ammo ishlab chiqarish samaradorligi deyarli o'zgarmadi, yuksak texnologiyalarni uning asosiy kuchiga aylantirishga muvaffaq bo'linmadi. Investitsiyalar qisqara bordi, milliy boylikning o‘sish sur'atlari mehnatkashlar turmush darajasi pasaydi.
Mamlakatda korrupsiya kuchaydi. 80-yillarning ikkinchi yarmida aholining keng qatlamlari tuzumdan norozi bo‘laboshladi. Sovet davlatidagi qayta qurishni T. Jivkov norozilik bilan qarshi oldi. U 1987-yilda Bolgariyani SSSR tarkibiga qo‘shib olishni so‘radi, lekin sovet rahbariyati bunga rozi bo‘lmadi. Shundan so‘ng T. Jivkov mamlakatda «sotsializmning yangilangan modeli»ni qurishga kirishdi.1988- yildan boshlab hech qanday tayyorgarliksiz korxonalarning o‘zini o‘zi boshqarishi to‘g‘risida, qishloq joylarda o‘zini o‘zi mablag' bilan ta'minlashni tashkil etish haqida farmonlar chiqardi va dunyo bozori narx_x0002_larini joriy qildi. Arnrno bu ahvolni yanadi murakkablashtirdi.1989- yil 10-noyabrda T. Jivkov o‘z lavozimidan chetlashtirildi, sud qilinib, qamoq jazosiga hukm qilindi. 1996-yildan uy qamog'ida saqlanadigan bo‘ldi.
1)M. Lafasov, U. Jo‘rayev, 2005- y.
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling