XX asrda yuz bergan texnika taraqqiyoti XX asrda Fan texnika sohasidagi erishilgan yutuqlar. Fan texnika inqilobi (fti) haqida qarashlar


Download 38.89 Kb.
bet1/4
Sana09.01.2022
Hajmi38.89 Kb.
#261280
  1   2   3   4
Bog'liq
Ilmiy texnka


Mavzu: XX asr ilmiy texnika asri

Reja:

1. XX asrda yuz bergan texnika taraqqiyoti.

2. XX asrda Fan texnika sohasidagi erishilgan yutuqlar.

3 Fan texnika inqilobi (FTI) haqida qarashlar.

Ma’lumki, har qanday holatda ham ilmiy – texnika taraqqiyotining bosib


o’tgan tarixiy asoslari bor. Bunga yaqin kelajakka bir nazar solaylik. XX asrning o’rtalariga kelib fanning ijtimoiy hayotdagi roli mislsiz darajada oshdi. Fanlar taraqqiyotidagi inqiloblarning xarakteri o’zgardi, ya’ni ilm sohasidagi inqiloblar texnika sohasidagi axborotlar bilan uyg’unlashib ketdi va ilmiy – texnika inqilobi yuzaga keldi. XX asr 40 – yillarining oxirlaridagi ilmiy – texnika inqilobi fanining bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanish natijasida fanning o’zida, texnikada va ishlab chiqarishda katta sifat o’zgarishlariga olib keldi. Natijada har 10 – 15 yilda ilmiy faoliyat hajmi ikki marta oshib kela boshladi. Shu narsani mamnuniyat bilan qayd etish umkinki XX asrning 70 – yillaridagi olim va ilmiy xodimlar soni butun fan taraqqiyoti davrlarida yashagan olimlar sonining 90 % dan ko’prog’ini tashkil etadi, degan xulosalarga ham kelindi. Umuman olgandashuni qayd etish mumkinki, jahon miqyosida ilmiy xodimlarning o’sish foizi aholining o’sish foiziga qaraganda bir necha marta ortiq, ya’ni fan va ta’lim ijtimoiy salohiyatning
muhim omiliga aylandi. Natijada XX asrlarda ixtisoslashgan ilmiy tashkilotlar (muassasalar) soni keskin ravishda oshdi. Fan sohalari bo’yicha ilmiy muassasalar tashkil bo’la boshladi hamda yangi nomdagi fanlar yo’nalishlari va ularga xos ta’lim mazmuni yuzaga kela boshladi. Jumladan, kibernetika (iqtisodiy kibernetika, bio – med kibernetika, texnika kibernetikasi va h.k.), matematik lingvistika, geofizika, biotexnika, ehtimollar nazariyasi, informatika, texnik estetika va shu kabilar yangi
nom olgan fan yo’nalishlaridir. Bularning hammasi fan sohalarini rivojlantirishda katta rol o’ynaydi. Jumladan, Ona vatanimizda qadimgi matematika, falakiyot ilmi, tibbiyot, geodeziya, geografiya va shu kabi fanlar rivojida uyg’onish davrlari, ya’ni Sharq madaniy yuksalishining “Oltin davri” deb atalgan bo’lsa, bugungi kunda ham ma’lum va mashhurligini yo’qotgan emas, ya’ni bugungi kunda matematik statistika va integral tenglamalar, sonlar nazariyasi, hisoblash matematikasi sohalarida katta yutuqlar qo’lga kiritildi. Ehtimollar nazariyasi bo’yicha “Toshkent maktabi” deb nom olgan ilmiy yo’nalish dunyoga mashhur. Yadro fizikasi va geofizika va elektronika, aerogidromexanika va gaz dinamikasi yutuqlari xalq xo’jaligining turli sohalariga tadbiq qilinmoqda. Bioorganik va fizik, kimyo, o’simlik moddali va yuqori molekulalar birikmalar kimyosi ko’plab tabiiy va sun’iy kimyoviy moddalarni olish imkonini berdi. Botanika va seleksiya, zoologiya va medisina, biokimyo, biofizika va geologiya yirik muvaffaqiyatlarga erishdi.
Keyingi chorak asr davomida ilmiy – texnik taraqqiyotga nazar tashlasak, bu
davr ichida ko’pincha, ayniqsa fizika, matematika, mexanika, kimyo, biologiya kabi aniq fanlar va shu bilan birga texnikada tamomila yangicha sifat va tamoyillarga ega bo’lgan qonunlar, nazariyalar va gipotezalarning vujudga kelganligini shohidi bo’lamiz. Fanlarning o’zaro hamkorligi tezlashib, fanning yangi sohalari paydo bo’la boshladi. Bular ta’lim mazmuniga ham sezilarli ta’sir ko’rsatdi va bular o’z navbatida texnika – texnologiya taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Ayniqsa, hozirgi kunda xalq xo’jaligini boshqarishni avtomatlashtirish keng ko’lamda amalga oshirilmoqda. Bu borada fan - texnika yutuqlarini o’z navbatida yoshlarga yetkazib borish, hozirgi zamon darslarga qo’yilgan talablardan biridir.
Fan va texnikaning ishlab chiqarish bilan yaqindan integrasiyalashib borish bu davr taqozosidir. Shuning uchun ham bugungi yoshlar maktablarni bitirib hozirgi zamon texnikasining asoslari haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo’lishlari lozim. Bugungi yuksalayotgan fan va texnikamiz bizga jamiyat qonunlari va tabiatdagi hodisalar mohiyatini, bizni o’rab turgan muhitni rivojlantirishni tushunib yetishga yordam beradi. Ilg’or fan va texnika – texnologiyalar tufayli inson atrof – muhit bilan faol hamkorlikda bo’ladi, uning yashash sharoitlari yaxshilanadi. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida fan va texnika misli ko’rilmagan darajada rivojlandi. Bu davrda sanoat, transport va boshqa sohalarni avtomatlashtirishga kirishildi. ovtomatik boshqarish nazariyasiga asoslangan “Kibernetika” nomli yangi fan vujudga kelishiga asos bo’ldi. O’tgan yillar mobaynida yetuk olimlar yordamida kibernetika fanining texnik asoslari bo’lmish kompyuterlarning o’nlab, yuzlab turlari yaratilgan bo’lib, ular hisoblash jarayonini yengillashtiradi. Shunga qaramay, bugungi kunda yaratilgan
kompyuterlarning turli ko’rinishlarini, ya’ni kompyuterlarni va mini –
kompyuterlarni takomillashtirishga olimlar tezlik bilan kirishdilar. Kelgusi davr kompyuterlari sekundiga ulardan bir necha ming barobar tez ishlaydigan bo’lishi kutilmoqda. Ko’rinib turibdiki, bugungi dunda hisoblash ishlarini tezkor bajarish uchun ko’plab kompyuterlar zarur. Kompyuterlardan fizika, matematika, astronomiya, kimyo, geofizika, texnika va boshqa bir talay fan sohalariga oid turli xil murakkab matematik masalalarni yechishda muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Ayniqsa, atom energiyasi, qurilish,
kosmik fazoni zabt etish va boshqa ko’pgina sohalarning beqiyos rivojlanishini ularga hisoblash texnikasini keng ko’lamda qo’llanilayotganligining natijasi deb qarash mumkin. Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, fizika, matematika, elektronika kabi fanlarning eng ulkan yutuqlarini mujassamlashtirilgan kompyuterlar shu paytgacha yaratilgan har qanday hisoblash mashinalaridan ham ustunlik qiladi. Hozirgi kunda kompyuterlar qo’llanilmayotgan biron sohani topish
qiyin. Ular dastgoh, sex, zavodlarni boshqarishda ham insonga yaqindan
ko’maklashmoqda. Kompyuterlarning ikki muhim xususiyati: hisoblashni tez
bajarishi va xotirasida katta hajmdagi axborotni ishlab chiqish uchun juda ko’p imkoniyatlar yaratib bermoqda. Turli xil jarayonlarni har tomonlama o’rganishga bo’lgan ehtiyoj ma’lum tarzdagi hisoblash operasiyalarini tezlashtirish, aqliy faoliyatining ayrim tomonlarining modellashtirish va shu kabi ishlarni avtomatlashtirishni talab qiladi. Bu esa faqat hozirgi kunimiz kashfiyotlari emas, balki kelajagi porloq davlat barpo etish uchun jiddiy harakatlarning biridir. Tadqiqotlar insonning uzoq yashashi, farovon turmushi uchun yaratilishini e’tiborga olib bu sohadagi olimlarning keyingi maqsadi odam turli organizmlarga mos ishlab chiqilgan tizimlarni birlashtirish “Sun’iy odam” yasashdek buyuk maqsadga qaratilgan. Umuman olganda hozirgi zamon fan – texnika inqilobi avtomatika, uning elementlari va vositalari yadrosini tashkil qiladi va bunday bo’lishi hozirgi davr taqozosi. Demak, uchinchi ming yillik birinchi asrida yashovchi barkamol avlod
muntazam ravishda ilmiy - texnik taraqqiyot bilan tanishtirilib borilmog’i lozim ekan. Bu taraqqiyotdan tanish bo’lish uchun bugungi kunda Respublikamizda keng imkoniyatlar mavjud. Ular: masofaviy ta’lim, “Internet” tarmog’iga ulanish, elektron darsliklar, elektron o’quv qo’llanmalar va hokazolardir. Demak, har bir yosh uchinchi ming yillikning birinchi asri bo’lmish “XXI asr – intellektual asr” ning faol ishtirokchisi bo’lish uchun ular mazkur davrning ta’lim – tarbiya sivilizasiyasining faol ishtirokchisi bo’lmog’i lozim va buning uchun zamonaviy ta’lim mazmunini yuqoridagi kabi fan va texnika yutuqlari bilan boyitib borish kerak. Buning uchun barkamol avlodni shakllantirishni quyidagicha amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi: xalqimizning boy ma’naviy va intellektual salohiyati hamda umumbashariy qadriyatlariga suyangan holda ta’lim – tarbiyani rivojlantirishning jahon talablarini hisobga olib DTSni takomillashtirish; shakllanishi lozim bo’lgan barkamol avlodning ma’naviy – ma’rifiy tarbiyasida boy milliy, madaniy – tarixiy an’analari, xalq urf – odatlari va umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy va pedagogik shakllar hamda manbalarni ishlab chiqish va joriy qilish;
uzluksiz ta’lim tizimida o’quv – axborot muhitini yaratish; uzluksiz ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari va kompyuter tarmoqlari bazasida ta’lim jarayonining axborotli ta’minotini rivojlantirish; uzluksiz ta’lim tizimida kompyuter – kommunikasiyasi tarmoqlari (kompyuterlar, kompyuterli tizimlar, kasbiy kompyuterli o’yinlar, electron lekonferensiyalar va h.k.) dan keng foydalanishga erishish; uzluksiz ta’lim tizimi – dagi yutuqlarni keng joriy etishda ommaviy axborot vositalaridan muntazam foydalanib borish mexanizmlarini asoslash; yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish; uzluksiz ta’lim tizimida yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishga yo’naltirilgan ilmiy tadqiqot ishlarini salmog’ini kengaytirish “Fan ta’lim amaliyot” integrasiyasining uzluksiz ta’lim tizimiga samarasini aniqlab borish; uzluksiz ta’lim tizimiga ilg’or rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlashga erishish, hamkorliklarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va h.k. Insoniyat madaniyatining butun rivojlanishi fan-texnika taraqqiyoti (F.T.T.)
bilan qattiq bog’langan Lekin bu taraqqiyot jarayonida ishlab chiqarish kuchlari tez va chuqur o’zgargan ayrim davrlar ham bo’lgan. XVIII-XXasrlarda bir qancha mamlakatlarda sanoatda keskin burilish bo’lgan davr ana shunday davrlardir. Bu davrlarda qo’l mehnati yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga o’tildi. XX asrning o’rtalaridan boshlangan hozirgi FTI ham shunday keskin burilish davridir. FTI insoniyat ishlab chiqarish kuchlarida tub sifatiy burilish bo’lib, u fanni jamiyatning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanishiga asoslangan. FTI asta-sekin rivojlana borib, keyin insonning moddiy va ma’naviy imkoniyatlarining benihoya o’sishiga turtki bo’ladi. Biz FTI yanada chuqurlashib borayotgan davrda yashayapmiz. Hozirgi zamon FTI 4 ta asosiy hususiyatga ega: Birinchidan, ko’p qirrali bo’lib, hamma tarmoqlar, hamma sohalarni mehnat jarayonini, turmush sharoitini, madaniyatini, kishilar ruhiyatini o’zgartiradi. Agar ilgari sanoatda burilishning ramzi deb bug’ mashinasi hisoblangan bo’lsa, hozirgi FTI ning ramzi EHM, kosmik kema, samolyot, AES, televizor, telefon, mini
kompyuterlar bo’lishi mumkin. Hozirgi FTI ning ko’p qirrali ekanini geografik jihatdan ko’p sharxlash mumkin. Chunki FTI dunyoning barcha mamlakatlariga, Yerning butun geografik qobig’iga, shuningdek koinotga ham ozmi-ko’pmi ta’sir ko’rsatadi. Ikkinchidan fan-texnika qayta qurishni nihoyatda tezlashtirib yubordi. Bu tezlanish ilmiy kashfiyot bilan uni ishlab chiqarishga tadbiq qilish o’rtasidagi vaqtning keskin qisqarganida mahsulotlarning juda tez ma’naviy eskirib qolishida va binobarin, muntazam yangilanib turishida o’z ifodasini topdi. Uchinchidan, insonning ishlab chiqarishdagi o’rnining tubdan o’zgarishiga olib keldi. FTI mehnat resurslari malakasi darajasiga talabni keskin oshirdi. Bu talab sizlarning har biringiz uchun ham zarurdir. Bu hol ingson faoliyati barcha sohalarida aqliy mehnat salmog’ini oshirdi, ya’ni mehnatni aqliylashtirish ro’y berdi.
To’rtinchidan, FTI ning muhim hususiyati shuki, FTI II-jahon urushi vaqtida
harbiy texnika inqilobi sifatida paydo bo’ldi. 1945 yil Xirosimada portlagan atom bombasi harbiy-texnika inqilobi boshlanganligi haqida jar soldi. Butun “sovuq urush” davomida fan-texnika taraqqiyotining eng yangi yutuqlari harbiy maqsadlarda foydalanishga qaratildi. Iqtisodchilar, faylasuflar va sosiologlar hozirgi zamon FTI ko’p qirrali bo’lib, yagona murakkab tizimdan iborat. Bu tizimda uning 4 ta tarkibiy qismi bir-biri bilan o’zaro juda bog’lanib ketgan, deb hisoblaydilar. Bu 4 ta tarkibiy qism:

1.Fan
2.Texnika va texnologiya.


3. Boshqaruv.
4. Ishlab chiqarish.
Fan va talab tarmoqlarning rivojlanishi.
FTI davrida fan bilimlarning juda murakkab majmuaga aylandi. Shu bilan birga ilm-fan inson faliyatining juda keng sohasiga aylandi.; jahondagi ilmiy hodimlar soni 5,5 mln. ga yaqin, ya’ni yer yuzida yashagan barcha ilmiy hodimlarning 9 -10 qismi bizning davrimizda yashamoqda. Fanning ishlab chiqarish bilan aloqalari juda o’sdi, ishlab chiqarish tobora ko’proq fantalab bo’lib bormoqda. Lekin bunda rivojlangan mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlar orasidagi farqlar juda katta. Butun jahonda bajariladigan ilmiy ishlarning 4G’5 qismi 10 ta rivojlangan mamlakatga to’g’ri keladi. Bu mamlakatlarda IYAMning 2-3 %i fanga sarflanadi. Hamma rivojlanayotgan mamlakatlarga esa jahondagi fanga qilinadigan harajatning 4-5%i to’g’ri keladi. Texnika va texnologiya: taraqqiyotning 2 yo’li. Texnika va texnologiya ilm va kashfiyotni o’zida mujassamlashtiradi. Yangi texnika va texnologiyadan foydalanishdan maqsad ishlab chiqarish samarasini, mehnat unumdorligini oshirishdir. Jami eksport mahsulotining Malayziyada 50 % ini, YAponiya va Koreya Respublikasida 38 % ini, AQSH da 31 % ini yuksak texnologiya buyumlari tashkil etadi (2005 y.). Keyingi yillarda texnika va texnologiyaning asosiy vazifasi bo’lgan mehnatini iqtisod qilish bilan birga resurslarni iqtisod qilish va tabiatni muhofaza etish vazifalari tobora kuchayib bormoqda. Masalan: Buyuk Britaniya va Italiyada po’latni 2G’3 qismi temir-tersakdan olinadi. Buyuk Britaniya bilan Yaponiyada qog’ozning 1G’2 qismi makulaturadan iborat, AQSH va Yaponiyada alyuminiyning katta qismi ikkilamchi alyuminiydan olinadi. FTI sharoitida texnika va texnologiyaning rivojlanishi 2 yo’ldan iborat:
1.Evolyutsion (mukammallashish) tarqqiyot yo’li. Bunda mavjud texnika va
texnologiya tobora mukammallashib, mashina va jihozlar quvvati oshib, transport vositalarining yuk ko’tarish qobiliyati ko’payib boradi. Masalan: Dunyodagi eng yirik energiya bloklari va domna pechlari Rossiya bilan Yaponiyada, Kostroma GRESida quvvati 1,2mln. kVtli energiya bloki ishlab turibdi. 50 yillar boshida eng katta dengiz tankeri 50ming t. Neftni tashiy olardi. 60- yillarga kelib yuk ko’tarish qobiliyati 100,200,300 ming t. 70 yillarga kelib 500,550 ming t. Bo’lgan ulkan tankerlar vujudga keldi. Bulardan eng yirigi Yaponiya va Fransiyada qurildi.
Hozirgi zamondagi jamiyat hayotini uy-ro’zg’orda ishlatiladigan elektron
asboblarsiz tasavvur qilish mumkin emas. Tranzistor, radiopriyomniklar, televizor, magnitafon, personal EHM, elektron soatlar, elektron o’yinlar tobora keng tarqalmoqda. FTI davridagi texnika va texnologiya taraqqiyotining asosiy inqilobiy yo’l. Ishlab chiqarish taraqqiyotning 6 asosiy yo’nalish. FTI davrida ishlab chiqarish 6 ta asosiy yo’nalishda rivojlandi.
1.Elektronlashtirish, ya’ni inson faoliyatining barcha sohalarini elektron
hisoblash texnikasi bilan to’ldirish. Elektronlashtirish tufayli ko’p ishlab chiqarish jarayonlari butunlay o’zgaradi. Elektronlashtirish ta’lim sog’liqni saqlash maishiy, uy-ro’zg’or ishlariga tobora ko’proq singib bormoqda. Hozirgi vaqtda electron jihozlar ishlab chiqarish sanoatning ilm-fanga talabi kuchli bo’lgan asosiy tarmoqlaridan biri bo’lib qoldi.
2.Kompleks avtomatlashtirish. 50 yillarda EHM paydo bo’lishi bilan kompleks avtomatlashtirish boshlandi. 70 yillarda mikro EHM va mikropressiya paydo bo’lishi bilan kompleks avtomatlashtirishni yangi bosqichi boshlandi. Chex yozuvchisi K.Chapek 20 yillardayoq mikroprosessorlarni robotlar deb atagan. Hozirgi vaqtda robot yasash ishlab chiqarishning ilm-fanni talab qiladigan eng yangi tarmoqlardan biri bo’lib qolmoqda. Horijiy dunyoda sanoat robotlari eng ko’p bo’lgan mamlakatlar Yaponiya va Germaniya, Italiya va Fransiyadir. 3.Energetika xo’jaligini qayta qurish. Energiya xo’jaligi energiyani iqtisod qilishga yoqilg’i energetika balansi tarkibini mukammallashtirishga energiyaning
yangi manbaalaridan tobora ko’proq foydalanishga asoslanadigan bo’ldi.
4.Yangi materiallar ishlab chiqarish. Hozirgi kunda ishlab chiqarish eski
konstruktiv materiallar bo’lgan qora va rangli metallarga, sintetik polimerlarga yuqori talab qo’yadi. Bunday materiallar salmog’i oshdi. Lekin hozirgi ishlab chiqarish tamoili yangi kompozision yarim o’tkazgich, sopol materiallar, shaffof tolalar, shuningdek, “XX asr metallari” hisoblanadi. Berilliy, litiy, titan va boshqa ko’pgina metallar ishlatiladigan bo’ldi.
5.Biotexnologiyaning jadal rivojlanishi. Bu yo’nalish 70 yilda paydo bo’ldi.
Hozirda eng istiqbolli sohaga aylanib qoldi. FTIning ilm-fanni eng ko’p talab
qiladigan yangi tarmoqlaridan bo’lgan biotexnologiya va biosanoat ham Yaponiya, va Fransiyada rivojlanmoqda. 6.Kosmosning o’zlashtirilishi.
Boshqarish yuqori axborot madaniyat yo’lida. FTIning hozirgi bosqichi
boshqarishga yangi talablar qo’yadi. Eskichasiga nazar solib boshqarish endi
mumkin emas. Informatika kursidan sizga ma’lumki, amaliyot talabiga javob
tariqasida boshqarish haqidagi yangi fan-kibernetika vujudga keldi. Kibernetika shu bilan birga axborot haqidagi fan ham hisoblanadi. Biz hozir axborot davrida yashayapmiz. Akademik A.P.Ershov ta’biri bilan
aytganda axborotlarni qayta ishlash va uzatishning hozirgi sistemalari insoniyat jamiyatining o’ziga xos asab sistemasini shakllantiradi. Chunonchi, ilm-fan talab ko’p tarmoqlar yaxshi tashkil etilgan va turli xil axborotlar manbaiga yaqin erga, ya’ni yirik shaharlar hamda shahar aglomerasiyalarda joylashtirishni taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda ilmiy axborotlar hajmi va axborot manbalari juda tez ko’payib bormoqda. Shuning uchun ham oddiy qog’ozli axborotdan mashina axborotiga o’tib borish juda muhimdir. Masalan: yozuv mashinkasi va kompyuter diski. Bu texnikani ishlatish uchun dasturchi (programmist), boshqaruvchi (operator) va boshqa mutaxassislar vujudga keladi. Ilmiy-texnik taraqqiyotning hozirgi holati ilmiy-texnikaviy inqilob kontseptsiyasi bilan belgilanadi.
Ilmiy-texnikaviy inqilob - bu jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishidagi sifatli sakrash, ilmiy bilimlar tizimidagi tub o'zgarishlar asosida yangi holatga o'tish.
Ilmiy-texnika inqilobining ikki bosqichi mavjud:
1) 50-yillar - 70-yillarning oxiri XX asr. (o'zgarishlarning asosiy dvigateli ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish);
2) 70-yillarning oxiri. hozirgi kungacha (o'zgarishlarning asosiy dvigatellari mikroelektronikaning rivojlanishi, kompyuterlarning joriy etilishi, texnologik inqilob).
Ilmiy-texnikaviy inqilobning asosiy yo'nalishlari:
1) ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish;
2) eng yangi axborot texnologiyalarini joriy etish;
3) biotexnologiyani rivojlantirish;
4) yangi tarkibiy materiallarni yaratish;
5) eng yangi energiya manbalarini rivojlantirish;
6) aloqa va aloqa vositalaridagi inqilobiy o'zgarishlar.
Ilmiy-texnika inqilobining ijtimoiy-iqtisodiy natijalari:
1) mehnatning tabiati uning murakkablashishi yo'nalishi bo'yicha o'zgarib, oddiy mehnat ulushini almashtirib, ishchilarning malakasi va ta'limiga talablarni kuchaytiradi;
2) ilm-fan va fanni ko'p talab qiladigan sohalarga investitsiyalar ko'paymoqda;
3) jamiyatning ijtimoiy tarkibi o'zgarib bormoqda, oliy ma'lumotli odamlar soni sezilarli darajada ko'paymoqda;
4) iqtisodiy o'sishning ijtimoiy yo'nalishi o'sib bormoqda;
5) aholini ish bilan ta'minlash muammolari og'irlashadi;
6) atrof-muhit muammolari to'liq darajada paydo bo'ladi.

falsafa psixoanaliz fani

Yangi davr Uyg'onish davrini feodalizmdan kapitalizmga o'tish davri sifatida almashtirmoqda. Kapitalistik ishlab chiqarish uslubining vujudga kelishi hali ham Erkinlik, Tenglik va Birodarlik xayollarini oziqlantiradi. "Din-falsafa" ittifoqining o'rnini "falsafa-ilm" tandemi egallaydi. Falsafa ontologik va epistemologik, g'oyaviy va uslubiy muammolarni ko'tarib, eng yaxshi soatlarini boshdan kechirmoqda. Ammo aql va ilmiy-texnika taraqqiyotidagi ulush Uyg'onish davridagi gumanistik antropotsentrizm o'z o'rnini falsafiy antropotsentrizmga berib, ilmiy xarakterga ega bo'lishiga olib keldi. Antropotsentrizm yangi sifatda tabiatni rivojlantirishning sanoat usullariga bo'lgan ehtiyojni asoslab berdi. Tabiatni ekspluatatsiya qilish insonni ekspluatatsiyasiga, uning hamma narsadan, hammadan va o'zidan begonalashishiga aylandi.

Shuni ta'kidlash kerakki, ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishga bo'lgan e'tibor, odam shubhali maqsadlar vositasiga aylanadi. "Natijada, - F. Nitsshe nozik ta'kidlaganidek, - Xudo o'ldi." "Ammo inson ham Xudoga aylanmadi", deb qo'shimcha qildi F. M. Dostoevskiy. Bundan tashqari, inson o'zini yo'qotdi, ijtimoiy funktsiyaga aylandi.

XX asrda. kapital qulligi absurd qulligi bilan almashtiriladi. "Ikkinchi tabiat" vositachilar tizimi sifatida nazoratdan chiqib, global muammolarni yanada kuchaytirdi. Ilm-fan siyosatning garoviga aylandi. U tobora ko'proq qo'llanilib, hozirgi zamonning tartibini bajaradi. To'pni madaniyatni yo'q qiladigan va odamlarni populyatsiyaga, manipulyatsiya ob'ektiga aylantiradigan madaniyatli barbarlik boshqaradi.

Bunday sharoitda falsafadagi materializm va idealizm o'rtasidagi an'anaviy qarama-qarshilik falsafiy plyuralizm bilan almashtiriladi. Ilmiy, faoliyatga yo'naltirilgan, antropologik, falsafiy-diniy va ijtimoiy-tanqidiy kabi yo'nalishlar shakllanmoqda.

Olim yo'nalishidagi falsafiy maktablar ilmiy-texnik ziyolilar va jamiyatning ilmiy-texnik taraqqiyotini zamonamizning global muammolarini hal qilishning yagona vositasi deb biladigan qatlamlarning dunyoqarashini shakllantirib, fanning falsafiy muammolarini rivojlantiradi.

Faoliyat yo'nalishidagi falsafiy maktablar jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy-siyosiy muammolarini ishlab chiqadi, aholining keng ommasining dunyoqarashini shakllantiradi, ularning taqdirini yuqorida aytib o'tilgan muammolarni muvaffaqiyatli hal qilish bilan bog'laydi.

Antropologik yo'nalishdagi falsafiy maktablar insonning falsafiy muammolarini va uning dunyo bilan aloqalarini qamrab oladi, asosan insonparvarlik ziyolilarining dunyoqarashini, shuningdek, odamlarning begonalashuvi natijalarini eng keskin ravishda boshdan kechirayotgan yoki boshdan kechirayotgan qatlamlarni shakllantiradi.

Diniy (teologik) yo'nalishdagi falsafiy maktablar dinning maqsadga muvofiqligini asoslashga qaratilgan qator masalalar bilan bog'liq.

Ular imonlilarning dunyoqarashini, shuningdek, ijtimoiy va ma'naviy qiyinchiliklardan dinda najot topishga umid qiladiganlarning barchasini shakllantiradi.

Ijtimoiy tanqidiy yo'nalishdagi falsafiy maktablar mavjudlikni tahlil qilish va zarur bo'lgan narsalarni loyihalashga qaratilgan. Ular hozirgi zamonning global muammolarini eng keskin ravishda boshdan kechirayotgan va ularni hal qilishda o'z hissalarini qo'shishga tayyor bo'lgan keng jamoatchilik doiralarining dunyoqarashini shakllantiradi.

XX asr falsafiy plyuralizmi. insoniyat uzoq davom etadigan inqirozni boshdan kechirayotgani, nostandart echimlarni talab qiladigan nostandart muammolar "tabiat-jamiyat-inson" tizimida dolzarb bo'lib qolganligi va bu muammolarni hal qilish doirasidan tashqarida ekanligidan dalolat beradi. klassik falsafa.

Irratsionalizm - ratsionalizmni inkor etadigan falsafiy ta'limot (ya'ni klassik falsafaga qarshi chiqish).

Olimlarning inson aqlining kuchiga va ijtimoiy taraqqiyotning majburiyatiga bo'lgan so'nmas e'tiqodi birinchi bo'lib Buyuk Frantsiya inqilobi (1789 - 1794) tomonidan berilgan bo'lib, terror, o'n minglab odamlar qurbon bo'lgan fuqarolar urushini keltirib chiqardi. Bu ko'plab faylasuflarni aql va ilm-fanning haqiqiy imkoniyatlari haqida o'ylashga va ratsionalizm, falsafiy tizimlarga nisbatan o'zlarining tanqidiylarini yaratishga majbur qildi.

Yangi falsafaning tanqidiy o'tishi falsafiy bilimlarning rivojlanishida ijobiy rol o'ynadi:

· Ratsional bilimlarga tanqidiy baho berildi;

· Uning chegaralarini, imkoniyatlari chegaralarini aniqladi;

· Insonning aqliy fazilatlari, shuningdek psixologik fazilatlari (iroda, hissiyotlar, his-tuyg'ular va boshqalar) nisbatini o'rgangan;

· Ma'naviy dunyo o'zining eng yuqori ko'rinishlarida emas, balki tajriba, amaliyot, psixologik shakllarda ko'rib chiqildi.

Yangi falsafa eski mumtoz falsafiy tizim bilan raqobatlashadigan bir qator dadil va yangi g'oyalarni ilgari suradi:

1. Shaxs hayotini o'rganish g'oyasi va uni tahlil qilishning ahamiyati, yirik inson jamoalarini (sinflar, xalqlar, millatlar, etnik guruhlar) o'rganishdan ko'ra shaxs hayotini o'rganishning ustunligi.

2. Tabiatni, jamiyatni va shaxsan o'zini qayta qurishga qodir bo'lgan erkin va oqilona odam g'oyasidan, iqtisodiyot, siyosat, din va boshqalar tomonidan qat'iy belgilangan shaxsga o'tish harakati shundan iboratki, inson nafaqat aql va ong, shuningdek, ong osti.

3. Shaxsning ongi va ongi va (eng muhimi) jamoatchilik ongi mustaqil tuzilma sifatida tushunilmaydi, ammo ular turli kuchlar - davlat, partiya, hokimiyat tomonidan manipulyatsiyaga uchraganligi e'lon qilinadi.

4. Ilmiy haqiqat, falsafiy haqiqat o'z mahsuli bo'lgan insoniyat bilimlarining kesishmaydigan ikkita yo'nalishi - ilmiy va falsafiy g'oyasi faol ravishda olib borilmoqda.

Irratsionalizm G'arb falsafasining quyidagi oqimlarida namoyon bo'ldi:

· Fan falsafasi;

• ekzistensializm;

· Z. Freydning psixoanalizi;

· Hermeneutika va fenomenologiyaning ba'zi variantlari;

· Falsafiy tasavvuf.

Ratsionalizmdan irratsionalizmga birinchi qadamlarni Kierkegaard, Shopenhauer, Nitsshe olib borishdi.

Hayot falsafasining birinchi vakillari nemis faylasufi Artur Shopenauer (1788-1860) edi. Shopenhauer bir muncha vaqt Berlin universitetining falsafa kafedrasida Hegel bilan ishlagan. (Shopenhauer dotsent, Hegel esa professor bo'lgan.) Qizig'i shundaki, Shopenhauer o'zining falsafasini Hegel falsafasiga alternativa sifatida o'qishga urindi va hattoki ma'ruzalarini Hegel bilan bir vaqtda rejalashtirdi. Ammo Shopenhauer muvaffaqiyatsizlikka uchradi va tomoshabinlarsiz qoldi.

Keyinchalik, 19-asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Shopengauerning shon-sharafi Hegelning shon-sharafini qamrab oldi. Berlindagi ma'ruzalarning muvaffaqiyatsizligi Shopenxauer uchun ikki karra haqoratli edi, chunki u Hegelning falsafasini keskin salbiy baholagan, ba'zan uni paranoidning deliryumi deb atagan, endi charlatanning bema'ni safsatasi. Shopenhauerning dialektika haqidagi fikri, ayniqsa, befarq edi, u Ggeliya tizimining bema'niligi va kamchiliklarini yashirish uchun ayyor vosita deb hisobladi.

Shopengauerning asosiy asari - "Dunyo iroda va vakillik sifatida" (1819). Ushbu asarning nomi Shopengauer ta'limotining asosiy g'oyalarini aks ettiradi. Butun dunyo, uning fikriga ko'ra, yashash istagini anglatadi. Yashash irodasi barcha tirik mavjudotlarga, shu jumladan yashashga bo'lgan iroda eng muhim insonga xosdir, chunki inson aql, bilim bilan ta'minlangan. Har bir inson yashash uchun o'z xohishiga ega - hamma odamlar uchun bir xil emas. Boshqa barcha odamlar uning fikriga ko'ra, insonning cheksiz egoizmiga bog'liq, faqat uning yashash istagi, uning manfaatlari nuqtai nazaridan ahamiyatga ega bo'lgan hodisalar.

Uning asl asarlaridan biri "Sevgi to'g'risida risola" edi, Shopenxauer muhabbat shunchaki shoirlarga qoldirib bo'lmaydigan o'ta jiddiy hodisa deb hisoblagan. Shopenhauerning "Traktat" ida uning tizimidan kelib chiqadigan juda ko'p qiziqarli, jonli tasvirlar mavjud, masalan, sevgi bu qarama-qarshi jinsdagi ikki kishi o'rtasida paydo bo'ladigan kuchli jozibadir. Jozibasi, sevuvchilarni o'ziga jalb qiladigan sirli kuch - bu tug'ilmagan mavjudotning irodasi, ularning tug'ilmagan bolasi - ya'ni tabiat ikki kishining organizmlari darajasida "hisoblab chiqadi", bu biologik nuqtai nazardan, bu organizmlar optimal nasl beradi va natijada ushbu organizmlarning o'zaro tortishish energiyasi.

Shopengauer odatda irratsionalizm asoschilaridan biri deb nomlanadi, ya'ni bu atama bilan inson xatti-harakatlarida aqlli, ongli rolini kamaytiradigan barcha yo'nalishlarni anglatadi. Ba'zi falsafiy maktablar tarafdorlarining qarashlariga ko'ra irratsionalizm salbiy hodisa.

Ilmiy-texnika taraqqiyoti (STP) 40-50 yillarda sodir bo'lgan ilmiy-texnika inqilobi (STR) tufayli mumkin bo'ldi. XX asr. STP jamiyatning barcha sohalariga ta'sir ko'rsatdi. Ushbu dars NTPning asosiy yutuqlariga bag'ishlangan.




Download 38.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling