Y. Hamrayeva O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi (ma’ruzalar matni) Qarshi-2007


Download 0.58 Mb.
bet1/7
Sana01.10.2020
Hajmi0.58 Mb.
#132083
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi. (Ma’ruzalar matni) by Hamrayeva Y. (z-lib.org)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
Y.Hamrayeva

O‘ZBEK VA RUS TILLARINING

QIYOSIY TIPOLOGIYASI
(ma’ruzalar matni)

Qarshi-2007

“O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi” ixtisoslik fanidan ma’ruzalar matni to‘plami 5 A 220100 – filologiya (o‘zbek tili va adabiyoti) bakalavri yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.

Ma’ruzalar matni shu yo‘nalishning joriy dasturiga mos ravishda tuzildi. To‘plamda o‘zbek va rus tillarining zotiy tabiati, ularga mansub bo‘lgan til birliklarining mohiyati va qiymati qiyosiy aspektda yoritib berildi, ikki til o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshashliklar va farqlar sistematik ravishda muqoyasa qilindi.

Taqrizchilar: prof. B. R. Mengliyev,

filologiya fanlari doktori

dots. A.Hazratqulov,

filologiya fanlari nomzodi

dots. T Jumayev,

filologiya fanlari nomzodi

“O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi” fanidan ma’ruzalar matni to‘plami Qarshi davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasining № ___ yig‘ilishi (___ avgust, 2007 yil) hamda Tarix va o‘zbek filologiyasi fakultetining Ilmiy-uslubiy kengashi №___ yig‘ilishida (___ avgust, 2007 yil) tasdiqlangan va qo‘llanma sifatida foydalanish uchun tavsiya etilgan.





  1. Mavzu: Kirish. «O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» fanining

maqsad va vazifalari.
Ingliz, rus va o’zbek tillarini qiyoslab o‘rganish bo‘yicha bir qancha nazariy va amaliy ishlarni bajargan tilshunos olim J.Bo‘ronovning ta’riflashicha, qiyosiy tipologiya umumiy lingvistik tipologiyaning bir qismi bo‘lib, «u ikki yoki undan ortiq aniq tillar sistemalarini, tillardagi ma’lum kategoriyalarni deduktiv ravishda alohida o‘rganadi, tillar sistemalaridagi lingvistik hodisalarni bir­biri bilan taqqoslab, umumiy tipologik qoida va qonunlar yaratadi.

Ikki til sistemasini ikki yoqlama qiyoslashda har bir qiyoslanayotgan til sistemasining bayon etilgan materiali alohida-alohida qiyoslanadi. Har bir qatlam birligining o‘ziga xos xususiyati, boshqa qatlamlardagi birliklarning o‘o’zaro aloqalari hisobga olinadi» (J.Bo‘ronov. Ingliz va o’zbek tillari qiyosiy grammatikasi. – T., 1973. 70-bet).

Qiyosiy tipologiya harakterologiya hamda universal grammatika kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Bu yo‘nalishlarning har ikkalasi ham tilarni qiyoslash bilan shug‘ullanadi. Biroq ularning farqli jihatlari ham mavjud bo‘lib, harakterologiya tilardagi faqat bir xil qatlamlarni taqqoslaydi, universal grammatika esa tillarni taqqoslashda grammatik vositalardan tashqari leksik vositalarni ham inobatga oladi.

Olim M.Irisqulovning e‘tirof etishicha, ko‘plik kategoriyasi universal grammatika nuqtai nazaridan quyidagi vositalarni o‘z ichiga oladi:



  1. Ko‘plik shaklini hosil qiluvchi qo‘shimchalar.

  2. Son turkumiga kiruvchi so‘zlar.

  3. Ayrim olmoshlar.

  4. Jamlovchi otlar.

  5. So‘zshakllarni o‘zgartiruvchi fonetik hodisalar (mas. flektiv tillarda).

Universal grammatika qardosh bo‘lmagan tillar sistemalarini qiyoslashda qo‘l keladi. Shuningdek, u tarjima nazariyasi, leksikografiya, metodika fanlari uchun juda muhim asos yaratib beradi. Bundan tashqari, qiyosiy tipologik tadqiqotlar natijasida olingan til sistemasiga oid dalillar tillar universaliyalari va umumiy tipologik qonun yaratishda ishlatiladi. Qiyosiy tipologiya faqat tillar sitemasidagi o‘xshashliklarga tayanibgina qolmay, balki sistema birliklaridagi turlilik va ma‘lum kategorial ma‘nolar ifodalanishidagi qatlamlararo farqlarini ham o‘ganadi.

Ma‘lumki, o’zbek tili Oltoy tillar oilasining turkiy guruhiga mansub bo‘lib, tipologik jihatdan u agglyutinativ tillar guruhiga kiradi. Rus tili esa dunyodagi eng yirik oila hisobo’langan Hind­Yevropa tillari oilasining slavyan guruhiga mansub bo‘lib, tipologik tasnifga ko‘ra, flektiv til hisobo’lanadi.

«O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» fani filologik mutaxassisliklar uchun asosiy fanlardan biridir. Ushbu fan o’zbek va rus tillarining zotiy tabiati, qurilish qonuniyatlari, ularni qiyoslab, chog‘ishtirib o‘rganish metodologiyasi va metodlari, o’zbek va rus tillari sistemalaridagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash kabi masalalar haqidagi fandir. Fanning asosiy maqsadi qiyosiy tipologiya, agglutinativ va flektiv tillar, ularning qurilish qonuniyatlari, ular o‘o’rtasidagi umumiylik va xususiyliklarni aniqlash, ularni chog‘ishtirib, qiyoslab o‘rganish haqida bilim berishdir.

«O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» bosh maqsadga bo‘ysundirilgan quyidagilar haqida ma‘lumot berishni vazifa qilib qo‘yadi:

- qiyosiy tipologiya haqida umumiy ma‘lumot;

-agglutinativ va flektiv tillarning o‘ziga xos xususiyatlari;

- tillarni qiyoslab o‘rganish metodologiyasi;

- ikki tilga xos fonemalarni qiyoslab o‘rganish;

- o’zbek va rus tillarining lug‘aviy tarkibini qiyoslab o‘rganish;

- tillarning morfologik sathiga oid farqlarni aniqlash;

-qiyoslash yordamida tillar o‘o’rtasidagi sintaktik umumiylik va xususiyliklarni aniqlash.

Tilni o‘rganish va tavsiflash turli usul va uslubo’lar bilan amalga oshiriladi. Masalan, «Hozirgi o’zbek adabiy tili» kursi bir tilni tavsiflash namunasi hisobo’lanadi. Bunda o’zbek tiliga mansub xususiyatlar, uning qurilish qonuniyatlari faqat bir til, ya‘ni o’zbek tili misolida bayon qilinadi. Tilni bunday o‘rganish fanda xususiy tilshunoslik deb yuritiladi. Qiyosiy tipologiya esa umumiy tilshunoslikning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, unda tillar o‘o’rtasidagi umumiyliklar va har bir tilning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘xshashliklar va farqlar o‘rganilib, tillarning qiymati belgilanadi. Masalan, hozirgi kunda Yevropaning bir qator rivojlangan mamlakatlarida qabul qilingan yevro pul birligining qiymati uni boshqa shunday birliklar, masalan, AQSH dollari yoki Angliya funt­sterlingi bilan qiyoslanganda ma‘lum bo‘ladi.

Bundan xulosa chiqarish mumkinki, qiyosiy tipologiya ma‘lum tilning qiymatini, o‘ziga xosliklarini, qo‘llanish va taraqqiy etish imkoniyatlarini, unda mavjud belgilarning mohiyatlarini aniqlashda qo‘l keladi.

Ma‘lumki, sobiq Ittifoq davrida «tilimizning davr talabiga mos ravishda takomillashib borishida asosiy rol o‘ynagan» rus tilining qonuniyatlarini o’zbek tiliga ham tiqishtirish, ular o‘o’rtasidagi o‘xshashliklarni izlash hollari yuz berdi. Ammo keyingi o‘n­o‘n besh yil ichida, ayniqsa, mustaqillik yillarida o’zbek tilshunosligining taraqqiyoti yo‘lida qilingan ishlar, xususan, tilga sistema sifatida yondashish, tilning qurilish qonuniyatlarini struktural jihatdan o‘rganish, til birliklari o‘o’rtasidagi turlicha semantik (paradigmatik, graduonimik, partonimik, iyerarxik va h.k.) munosabatlarni aniqlash yordamida o’zbek tilining yangi imkoniyatlari, lug‘aviy va grammatik birliklarning mohiyati, flektiv tillarda bo‘lmagan xususiyatlari kashf etildi.

Shu bois, tilshunoslikda to‘plangan ma‘lumotlar asosida o’zbek va rus tillarini yangicha nuqtai nazardan chog‘ishtirib o‘rganish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri hisobo’lanadi.

«O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» fani tilshunoslik fanlari, shuningdek tarjima nazariyasi, etnologiya, etnografiya va barcha filologik fanlar bilan aloqadorlikka ega va unda o‘rganiladigan masalalar bu fanlardagi muammolar bilan bog’lanadi.

Fanning asosiy bo‘limlari kirish, fonetika, leksika, morfologiya va sintaksisdan iborat.

Bu boimlarda, agglutinativ va flektiv tillar, o’zbek va rus tillarining fonetik, leksik, morfologik va sintaktik sathlariga xos bo‘lgan xususiyatlar o‘o’rtasidagi umumiyliklar va farqli jihatlar qiyosiy usul bilan o‘rganiladi.


Mavzuni mustahkamlash uchun

savol va topshiriqlar


  1. Qiyosiy tipologiya deganda nimani tushunasiz?

2. Bo‘ronov nazariyasga ko‘ra qiyosiy tipologiya qanday yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi?

3. «O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» fanining asosiy maqsadlari nimalarga yo‘naltirilgan?



  1. «O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  2. Harakterologiya deganda nimani tushunasiz?

  3. Universal grammatika qanday tillarni qiyoslashda qo‘l keladi?

  4. O’zbek tili tipologik va genetik jihatdan qaysi til oilasiga mansub va u qanday til hisobo’lanadi?

  5. Rus tili tipologik jihatdan qanday tillar guruhiga kiradi?

  6. «O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» fani qaysi fanlar bilan bog’liq?

  7. «Tilshunoslikka kirish» fanidan olgan bilimlaringiz asosida tillarning tipologik tasnifi haqida gapiring.


Informatsion­uslubiy ta‘minot,

tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Baskakov N.A., Sodiqov A.S., Abduazizov. Umumiy tilshunoslik. T.: «O‘qituvchi», 1979.

  1. Bo‘ronov J. Ingliz va o’zbek tillari qiyosiy grammatikasi. –T:, 1973.

  2. Hamrayeva Y., Elmurodova L. O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi. Qarshi: «Nasaf», 2007.

  3. Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish. T., 1992; 179-185-betlar.

  4. Кодухов. Введение в языкознание. M., 1979; стр. 292-296.

  5. Mengliev B.R. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Qarshi, 2004;

  6. Реформатский A.A. Введение в языковедение.M., 1967.

  7. Решетов В.В., Решетова Л.В. Рус тили грамматикаси. T.: «qituvchi», 1968.

  8. Современный русский язык. Под ред. Белошапковой В.А.– M.: «Высшая школа», 1981.



2-Mavzu:O’zbek va rus tillarining fonetikasiga

qiyosiy tavsif
Fonetika eng quyi lisoniy sath bo'lib, u boshqa sathlar uchun eng kichik tashkil etuvchi birliklarni beradi. Fonetika nutq tovushlarini uch nuqtai nazardan - fizik (akustik), fiziologik va ijtimoiy (funksional, lisoniy) o'rganadi. Shuning uchun uning uch xil – akustik, artikulatsion va funksional jihatlari mavjud. O’zbek va rus tillarining fonetik qurilishiga qiyosiy tavsif berilganda, fonetikaning ana shu uch jihati hisobga olinishi lozim. Bular quyidagilardan iborat:

  1. Akustik jihat. Bunda nutq tovushlarining fizik tomoni – havo oqimining to'lqinlanishi, tovush balandligi, kuchi, tembri, qisqa yoki cho'ziqligi, ovoz va shovqinning ishtiroki o'rganiladi.

  2. Artikulyatsion jihat. Bunda nutq tovushlarining hosil bo'lishida nutq tovushlarining harakati va holati o'rganiladi.

  3. Funksional (lisoniy) jihat. Bunda nutq tovushlarining ijtimoiy roli – fikr almashish jarayonidagi o'ziga xos vazifalari o'rganiladi.

Fonema – morfemalarni, so'z va grammatik shakllarni o'o’zaro farqlash xususiyatiga ega bo'lgan eng kichik fonetik birlik. Masalan, o’zbek tilida bor va bo’r so'zlarining ma'nolari shu so'zlar tarkibidagi o va o’ fonemalari vositasida, rus tilidagi лук va люк so'zlarining ma'nolari esa qattiq л va yumshoq л fonemalari vositasida farqlanmoqda. Fonemalarning nutqda voqelanishi tovush bo'ladi. Bunda ular turlicha o'o’zgarishlarga uchrab talaffuz qilinishi mumkin. Masalan, idora so'zidagi i tovushi rus tilidagi ива so'zidagi и ga o'xshaydi, bir, qir so'zlarida esa u boshqacharoq, ya'ni ruscha ы tovushiga yaqinroq talaffuz qilinadi. Demak, fonemalar o'z ifodalanish o‘rniga ko‘ra, ya'ni qurshovlari ta’sirida turlicha talaffuz qilinishi mumkin, biroq bunda ularning so'z va so'zshakllarni differensiatsiyalash xususiyati yo'qolmaydi. Chunki so'zlovchilar odatda fonemalarni, ular qanday talaffuz qilinsalar ham, ajrata biladilar, zero tovush lisoniy fonemaning bor-yo'g'i nutqdagi variantidir. Fonemalar har bir tilda ma'lum bir sistemani hosil qiladi va shunga ko'ra bir-birlariga qiyoslanadi.

Hozirgi o’zbek adabiy tilida 30 ta fonema mavjud bo‘lib, yozuvda ular 26 ta harf hamda 3 ta harf birikmasi bilan ifodalanadi, chunki o’zbek alifbosidagi j harfi ham qorishiq portlovchi undoshni, ham o‘zlashma so‘zlar tarkibidagi qorishiq sirg‘aluvchi undoshni aks ettiradi. Rus tilidagi fonemalar soni esa 42 ta bo‘lib, ular rus alifbosidagi 31 harf yordamida ifoda etiladi. (Har ikkala alifbo tarkibida maxsus belgilar ham bor. Mas., o’zbek alifbosida tutuq belgisi, rus alifbosida ъ va ь belgilari). Demak, o’zbek va rus tillaridagi fonemalar ham artikulatsiyasiga ko'ra, ham miqdoran o'o’zaro farq qiladi. O’zbek tilida ham, rus tilida ham oltita unli fonema mavjud, bu tasodifiy hol, albatta. Biroq undoshlar soni o’zbek tilida 24 tadan iborat bo'lsa, rus tilidagi undoshlar 36 tani tashkil qiladi. Bu tafovut rus tilidagi undoshlarning «jaranglilik-jarangsizlik» belgisidan tashqari, «qattiqlik-yumshoqlik» belgisiga ko'ra ham ziddiyatda turishi bilan belgilanadi.


UNLILAR SISTEMASI
O’zbek va rus tillaridagi unlilar bir-biridan anchagina farq qiladi. O’zbek tilida quyidagi unli fonemalar mavjud: a, o, i, e, u, o’. Rus tilida ham oltita unli fonema bo'lib, bular quyidagilardir: a, o, и, э, у, ы. Bu unlilar har ikkala tilda ham uch tomonlama tasnif qilinadi:

  1. Tilning ko'tarilish darajasiga ko'ra (yuqori, o'o’rta, quyi).

  2. Labo’larning ishtirokiga ko'ra (labo’langan, labo’lanmagan).

  3. Tilning yotiq harakatiga ko'ra ( old qator, o'o’rta qator va orqa qator).

Ammo o’zbek va rus tillaridagi o'xshash fonemalarning ham o'o’zaro farqli jihatlari mavjud bo'lib, bular quyidagi qiyosiy jadvalda aks ettirilgan. (Ruscha harflar tik qavs ichida berilgan).

O’zbek va rus tillaridagi unlilarning qiyosiy jadvali.


Qator

Тilning


ko’tarilish

darajasi


Old qator

o’o’rta qator

orqa qator

Labo’lanmagan

labo’lanmagan

labo’lanmagan

Labo’langan

Yuqori

[и], i

[ы]




[у], u

O’o’rta

[э], e







[о], o’

Quyi

А

[a]

o





Eslatma: Unlilarning til yotiq (gorizontal) holatiga ko'ra belgilari asosiy hisobo’lanmaydi, chunki bu belgilar ularning qurshovlari ta'sirida o'zgarib turadi.

Quyida har ikki til unli fonemalari alohida-alohida qiyoslanadi.



UNLI FONEMALARGA QIYOSIY TAVSIF
A unlisi. Bu tovush har ikkala tilda ham bo'g'inning barcha tiplarida kela oladi. Rus tilida bu tovushni talaffuz qilishda og'iz o'o’rtasida keng bo'shliq hosil qilinadi, til uchi o’zbek tilidagiga nisbatan biroz orqaroqda bo'ladi, shuning uchun rus tilidagi a qattiqroq talaffuz qilinadi.

O va o’. O unlisi o’zbek tilida ham, rus tilida ham har qanday bo'g'inda uchraydi. Ammo o’zbek tilidagi o talaffuz jihatidan rus tilidagi o dan ancha farq qiladi. O’zbek tilida bu tovush tilning tik harakatiga ko'ra quyi keng, labo’larning ishtirokiga ko'ra esa kuchsiz labo’langan unlidir. Biroq o’zbek tilida o rus tilidagi o ga qaraganda ochiqroq va cho'ziqroqdir. Og'izning ochilish darajasi va tilning holatiga ko'ra bu unli a unlisiga yaqin bo'lgani uchun ruslar o’zbekcha so'zlarni aytishda bu tovushni a tarzida talaffuz qilishadi: qozon-казан, bozor-базар, Toshkent-Ташкент kabi. Turli fonetik pozitsiyalarda bu unli o’zbek tilidagi boshqa unlilar kabi turlicha talaffuz etiladi. Xususan, chuqur til orqa undoshlari qurshovida uning orqa qator (qattiq) ottenkali varianti ( qozi, hokim, holis, g’oz) yuzaga kelsa, til o'o’rta y yoki sayoz til orqa k, g undoshlari bilan yondosh kelganda uning old qator ottenkali (yumshoq) varianti ( komil, kotib, yodgor) hosil bo'ladi.

И, i va ы. Rus tilidagi и fonemasi nutqda quyidagicha talaffuz qilinadi: tilning o'o’rta qismi tanglayga tomon ko'tariladi, bunda til uchi pastki qatordagi tishlarga tegib turadi. Bu fonema rus tilida asosan so'z boshida yoki yumshoq undoshlardan keyin yoxud unlilardan keyin keladi. O’zbek tilidagi i ham ko'p holatlarda, asosan arab tilidan o'zlashgan so'zlarda, rus tilidagi so'z boshida urg'usiz kelgan i ga o'xshash talaffuz qilinadi. Masalan: ivimoq-Иван, idish-идёшь, istak-истерика, imkon-иметь. Shuningdek, arab tiliga xos –iy qo'shimchasi bilan tugallanadigan so'zlarda ham rus tilidagidek talaffuz qilinadi: ilmiy, zamonaviy, markaziy, Navoiy. O’zbek tilida i so'z boshida urg'uli bo'g'in hosil qilmaydi. Rus tilida esa bunday pozitisiyada kelgan и unlisi o’zbek tilidagiga qaraganda kuchliroq, cho'ziqroq va yumuqroq talaffuz qilinadi: иней, имя, индекс, изгородь va hokazo.

Э va e. Rus tilidagi э fonemasi nutqda so'z boshida yoki so'z o'o’rtasida urg'uli bo'g'inda qattiq undoshlardan keyin kelgandagina aniqlik kasb etadi: эхо, эра, это, шест, жест, цех. Ushbu tovushni talaffuz qilishda til и unlisini talaffuz qilish holatidagidek darajada yuqoriga ko'tarilmaydi, til uchi esa pastki qator tishlarga tegib turadi. Bu tovush o’zbek tilidagi e ga nisbatan ochiqroq, qattiqroq va cho'ziqroq aytiladi.

У va u . Bu fonema har ikkala tilda ham yuqori tor, labo’langan unlidir. U bo'g'inning barcha tiplarida uchraydi. Urg'uli bo'g'inda rus tilidagi у o’zbek tilidagi u ga qaraganda ancha orqaroqda hosil bo'ladi va cho'ziq talaffuz qilinadi, bunda til bilan tanglay o'o’rtasidagi bo'shliq ham kengroq bo'ladi. Shuning uchun rus tilidagi u bunday holatda qattiqroq eshitiladi: Ульяна, уважать, уклад. O’zbek tilida so'z oxirida v undoshidan oldin kelgan u tovushi artikulyatsiyasi va cho'ziqligi jihatidan rus tilidagi у ga juda ham o'xshab ketadi. Masalan: quv, quvnoq, suv, g’uv-g’uv. Urg'usiz bo'g'inda у tovushi har ikkala tilda ham qisqaroq talaffuz qilinadi, biroq o’zbek tilida u o'ta qisqa bo'ladi: supurgi- супруг, dushman-душа, tushuncha-тушёнка.
UNDOSHLAR SISTEMASI
O’zbek va rus tillaridagi undosh fonemalar nafaqat miqdori, balki talaffuzi, tasniflanishi jihatidan ham o'o’zaro farq qiladi. Masalan, hosil bo'lish o'rniga ko'ra o’zbek tilidagi unlilar uch guruhga – lab undoshlari, til undoshlari va bo'g'iz undoshiga, rus tilida esa ikki guruhga – lab undoshlari va til undoshlariga ajratiladi. Rus tilida jaranglilik-jarangsizlik belgisiga ko'ra ziddiyatda turuvchi quyidagi undoshlar juftlikni hosil qiladi:

Jarangli undoshlar: б, б’, в, в’, г, г’, д, д’, з, з’, ж

Jarangsiz undoshlar: п, п’, ф, ф’, к, к’, т, т’, с, с’, ш

(’ belgisi tovushning yumshoqligini bildiradi). Qolgan jarangli (й, м, м’, н, н’, л, л’, р, р’ ) va jarangsiz (x, ц, ч, щ) undoshlarning esa jufti yo'q. Bundan tashqari, rus tilidagi jarangli va jarangsiz undoshlar qattiqlik-yumshoqlik belgisiga ko'ra ham o'o’zaro ziddiyat juтftligini hosil qiladi:

Qattiq undoshlar: б, в, г, д, з, к, л, м, н, п, р, с, т, ф, х, ш

Yumshoq undoshlar: б’, в’, г’, д’, з’, к’, л’, м’, н’, п’, р’, с’, т’, ф’, х’, щ



(ц, ж tovushlari doim qattiq, й va ч esa hamisha yumshoq talaffuz qilinadi). Bunday zidlanish o’zbek tilidagi undoshlarga xos emas. To'g'ri, o’zbek tilida ham ba'zan undoshlar o'zlarining qurshovlari ta'sirida o'zgarib, biroz yumshayishi yoki qattiqlashishi mumkin, biroq bu ularning (undoshlarning) kombinator variantigina bo'lib, ular ma'no farqlash xususiyatiga ega emas. Ayrim undoshlar rus tilida ham, o’zbek tilida ham deyarli bir xil talaffuz qilinadi (m-м, n-н, r-р, s), ammo aksariyat undoshlarning talaffuzi bu ikki tilda keskin farq qiladi. Ushbu farqlarni quyidagi jadvalda ko'rish mumkin. (Ruscha harflar qavs ichida berilgan).
O’zbek va rus tillaridagi undoshlarning qiyosiy jadvali.


Shovqinlilar

Artikulyatsion

o’rniga


Un ko’ra

paychalari

ishtirokiga ko’ra


Lab-lab

Lab-tish

Til oldi

Til o’o’rta



Sayoz

til orqa


Chuqur til orqa

Bo’g’iz

Portlov-

Chilar


jarangli


b

[б] [б’ ]






d

[д] [ д’ ]






g

[г] [г’ ]









jarangsiz


p

[п] [п’ ]






t

[т] [т’ ]






k

[к] [к’ ]



Q




Sirg’a-

Luvchilar



jarangli


v

[в] [ в’]



z j

[з] [ з’ ]

[ж]


y

[й]





G’




jarangsiz





f

[ф] [ф' ]



s sh

[с] [ш][щ]






[x] [x’ ]

X

h

Qorishiq

portlov-


chilar

jarangli








j (dj)













jarangsiz








ch

[ч] [ц]














Sonorlar

Portlovchi-

sirg’aluv-

chilar



jarangli

(burun tov)



m

[м] [м’ ]






n

[н] [ н’ ]






ng







Jarangli

(yon tovush)








l

[л] [ л’]















Titroq

tovush


jarangli








r

[р] [ р’ ]
















Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling