Y. Hamrayeva O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi (ma’ruzalar matni) Qarshi-2007


UNDOSH FONEMALARGA QIYOSIY TAVSIF


Download 0.58 Mb.
bet2/7
Sana01.10.2020
Hajmi0.58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7

UNDOSH FONEMALARGA QIYOSIY TAVSIF
Jadvalda ko'rib turganimizdek, o’zbek va rus tillaridagi undoshlar o'o’rtasidagi tafovutlar quyidagi jihatlarda namoyon bo'ladi:

Lab-lab undoshlari. O’zbek tilida ushbu undoshlar qattiq va yumshoq turlarga ajratilmaydi. O’zbek tilida undoshlar rus tilidagi qattiq undoshlarga nisbatan yumshoqroq, yumshoqlariga qaraganda esa qattiqroq talaffuz qilinadi. Masalan, qattiq б, п, м undoshlari o’zbek tilidagi b, p, m tovushlariga yaqin, biroq yumshoq б’, п’, мundoshlarini nutqda ifodalash uchun labo’larni yanada qattiqroq qimtish kerak. Bu tovushlar o’zlarining qattiq juftlariga nisbatan cho’ziqroq talaffuz qilinadi.

Lab-tish undoshlari. O’zbek tilidagi v, f bilan rus tilidagi в, ф undoshlari o'o’rtasidagi farq ham sezilarli darajada. Rus tilida bu fonemalar lab-tish undoshlari guruhiga kiradi, ularni talaffuz etish uchun pastki labning ichki tomoni yuqori qator tishlarga tekkiziladi. Lab-tish v, f undoshlari o’zbek tilida faqat boshqa tillardan o'zlashgan so'zlardagina uchraydi: avtobus, vagon, futbol, fabrika va boshqalar. Asil o’zbekcha so'zlarda esa bu undoshlar yolg'iz labo’lar ishtirokida hosil bo'ladi. Shuning uchun o’zbek tilidagi v so'z oxirida yoki jarangsiz undoshdan oldin kelganda rus tilidagi в kabi jarangsizlanmaydi: ov, suv, birov, jilov. f undoshi esa eski o’zbek tilida mavjud bo’lmay, arab, fors-tojik va boshqa tillardan o’zlashgan so’zlardagina uchraydi, shuning uchun bu tovush jonli so'zlashuvda ba'zan p bilan almashtiriladi: faqat-paqat, daftar- daptar, fonar-ponar tarzida.

Til oldi undoshlari. Rus tilidagi qattiq д, т, з, с, р undoshlarining talaffuzi o’zbek tilidagi d, t, z, s, r undoshlariniki bilan deyarli bir xil. Ammo д’, т’, з’, с’, рfonemalari o’zbek tilida yo'q. Yumshoq д, тз’, сundoshlarini talaffuz qilishda tilning o'o’rta qismi yuqoriga ko'tariladi. Qattiq д, т tovushlarini hosil qilishda esa bunday holat kuzatilmaydi. Natijada д tovushi дз kabi, т esa тс kabi, зva сham nisbatan yumshoqroq va qisqaroq talaffuz qilinadi.

Rus tilidagi qattiq н o’zbek tilidagi n undoshidan deyarli farq qilmaydi: nor-нара, navbat-набат, qanot-канат, dovon-диван. Ammo yumshoq нundoshi rus tilining o'zigagina xos bo'lib, bu tovushning artikulyatsiyasi qattiq н undoshinikidan biroz farq qiladi. Qattiq н ni talaffuz qilishda til uchi yuqori milkka tegib tursa, yumshoq нtovushini talaffuz qilishda til biroz orqaga qochib, milkdan uzoqlashadi, tilning ikki yoni esa qattiq tanglay tomon ko'tariladi: нет, нельзя, Нина, нитка.

Har ikkala tilda ham l undoshi til oldi, sirg’aluvchi, jarangli sonor tovush hisobo’lanadi. Ammo l, л, va л tovushlarining artikulyatsiyasida o’o’zaro tafovutlar bor bo’lib, ular quyidagi jihatlarda namoyon bo’ladi: rus tilidagi qattiq л ni talaffuz qilishda tilning faqat uchi ko’tariladi va yuqori milkning tishga yaqinroq joyiga borib tegadi. Yumshoq л ni talaffuz qilish jarayonida esa tilning yelka qismi ham ko’tariladi va til uchi milkning yuqoriroq joyiga borib tegadi. Shunga ko’ra bu ikki undosh qattiqlik va yumshoqlik belgisiga ega bo’lib, o’o’zaro ziddiyat hosil qiladi. O’zbek tilidagi l esa talaffo’ziga ko’ra rus tilidagi qattiq л va yumshoq л o’o’rtasidagi undosh tovush hisobo’lanadi.

O’zbek tilidagi sh undoshi qattiq-yumshoqligiga ko'ra rus tilidagi ш va щ undoshlari o'o’rtasida turadi. Shu bois ruscha so‘zlar tarkibidagi щ undoshi o’zbek tiliga ba’zan sh (щавель-shovul), ba’zan ch (щётка-cho‘tka), ayrim so‘zlarda esa shch (мещане-meshchanlar) tarzida o‘tgan. Rus tilidagi ж undoshi o’zbek tiliga boshqa tillardan o'zlashgan so'zlardagi (ajdar, vijdon, jurnal) sirg'aluvchi j undoshi kabi talaffuz qilinadi: жизнь, жажда, Жора. O’zbekcha jo’ja, jo’ra so'zlaridagi qorishiq portlovchi j esa rus tilida uchramaydi. Ц undoshi rus tilining o‘zigagina xos bo‘lib, hozirgi o’zbek alifbosida uni ifodalovchi harf mavjud emas. Bunday tovush o’zbeklar nutqiga xos bo‘lmaganligi tufayli, XX asr boshlariga qadar rus tilidan o‘zlashgan so‘zlarda u ch tovushiga aylantirib talaffuz qilinar edi (церковь-cherkov, царизм-chorizm). Keyinchalik kirill alifbosi bilan birgalikda undagi w harfi tilida ж, ш undoshlari hamisha qattiq bo'lib, ular har qanday vaziyatda ham o'ziga yondosh bo'lgan tovushlar ta'siriga uchramay, o'z qattiqligini saqlab qoladi. Har ikkala tilda mavjud bo'lgan ch (ч) fonemasining talaffuzi deyarli bir xil: chayla-чай, chora-чёрный, soch-ночь. Rus tilidagi ч yumshoq tovush hisobo’lanadi va u har qanday tovushlar qurshovida ham o'z yumshoqligini saqlab qoladi.



Mavzuni mustashkamlash uchun

savol va topshiriqlar

1. Tillarning fonetik sistemasiga qiyosiy tavsif berilganda fonetikaning qaysi jishatlari e‘tiborga olinadi?



  1. Vokalizm va konsonantizm so’zlari nimani anglatadi?

  2. O’zbek va rus tillari unlilar sistemasiga qiyosiy tavsif bering.

  3. O’zbek va rus tillari undoshlar sistemasiga qiyosiy tavsif bering.

  4. Faqat o’zbek tiliga xos bo’lib, rus tilida mavjud bo’lmagan undoshlar shaqida gapiring.

  5. O’zbek tilida mavjud bo’lmagan ы, ц, щ undoshlarining harakterli jihatlarini ayting.

  6. Rus tilida undoshlar jaranglilik-jarangsizlik belgisidan tashqari yana qanday ziddiyatda turadi?

  7. Qattiq va yumshoq juftlikni hosil qiluvchi tovushlar ishtirokidagi ruscha so’zlarga misollar keltiring.

  8. Rus tiliga turkiy tillardan o‘zlashgan so’zlarning talaffuzidagi o’zgarishlarni izohlang.

  9. O‘ o’zbek va rus tillaridagi bg’in va urg’uga qiyosiy tavsif bering.


Informatsion­uslubiy ta’minot,

tavsiya etiladigan adabiyotlar:


  1. Azizov O. Safaev A. Jamolxonov. o’zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi. T., 1986; 72-80-betlar.

  2. Ахманова О.С. Фонология. Морфология. Морфонология. M.: Изд-во МГУ, 1966.

  3. Hamrayeva Y., Elmurodova L. O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi. Qarshi: «Nasaf», 2007.

  4. Киссен И.А. Курс сопоставительной грамматики русского и узбекского языков. T.,1979.

  5. Nurmonov A. O‘zbek tilining fonologiyasi va morfonologiyasi. T.: «O‘qituvchi», 1992.

  6. Rahmatullaev Sh. O‘zbek va rus tillarini qiyoslash. T., 1993; 19-22-betlar.

3-Mavzu: O‘ zbek va rus tillarining leksikasi

O’zbek va rus tillari leksikasiga qiyosiy tavsif

O’zbek va rus tillari leksikasi, eng avvalo, bu tillarning genetik jihatdan turli oilalarga mansubo’ligi bilan farqlanadi. O’zbek tili tipologik jihatdan ko’plab olimlar tomonidan barcha agglutinativ tillar qatorida oltoy tillari oilasi qamroviga kiritilgan bo’lsa-da, genetik jihatdan u alohida bir oilani tashkil etgan turkiy tillar guruhiga kiradi. Tilimiz lug’aviy boyligining asosini umumturkiy va o’zbekcha so’zlar tashkil qiladi.

Rus tili esa ham tipologik, ham genetik jihatdan hind-yevropa tillari oilasining slavyan guruhiga mansub, shuning uchun uning asosini umumslavyan va qadimgi rus so’zlari tashkil etadi.

Har ikkala til leksikasi tarixiy taraqqiyoti davomida turli hodisalarga uchragan, ularning lug’aviy tarkibini ham har xil tillardan o’zlashgan so’zlar tashkil qiladi. Masalan, o’zbek tilida fors-tojikcha va arabcha so’zlar ko’p uchraydi, rus tilida esa yevropa tillaridan o’zlashgan so’zlar talaygina.

O’zbek tili leksikasi asosan:


  • umumturkiy so’zlar ( men, biz, bosh, tog’ bir, ikki, ona, ota...)

  • o’zbekcha so’zlar (ishchi, ishla, tinchlik, yoshlik, jangchi, bilim...)

  • arabcha so’zlar (axborot, maktab, madaniyat, adabiyot, haqiqat...)

  • fors-tojikcha so’zlar (oftob, gul, dastro’mol, dutor, daraxt...)

  • o’zlashma so’zlar (samolyot, kompyuter, roman, dizayner, avtobus, trolleybus, drama...) kabi qatlamlardan iborat.

Rus tilining leksik qatlamlari:

  • umumslavyan so’zlari: дом, город, голова, мать, отец, брат, день…

  • qadimgi rus tillari: галка, снегопад, добрый, потолок

  • asl ruscha so’zlar: учитель, водитель,зарплата, раздевалка, зажигалка…

  • boshqa tillardan o’zlashgan so’zlar: кофта, булка (polyak), арбуз, казна (turkiy), грамота, лавр (grek), иллюзия, компот (fransuz), вокзал, трамвай (ingliz), опера, дуэт (ispan), va h. k.

Hozirgi o’zbek adabiy tilida rus tilidan va shu til orqali boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar so‘nggi statistik ma‘lumotlarga ko‘ra qariyb 50 % ni tashkil etadi. Tilimiz leksikasi tarkibidagi ruscha­baynalminaol so‘zlar ilmiy­texnikaviy adabiyotlarda ham, og’o’zaki nutqda ham faol so‘zlar qatorida qo‘llanadi. Ammo o‘zlashma so‘zlar bilan rus tilidagi aynan shu so‘zlar o‘o’rtasida ma‘lum farqli jihatlar mavjud bo‘lib, ular quyidagilarda o‘z aksini topadi:


Fonetik tafovutlar

O’zbek tiliga tarixiy davrlarda, ya‘ni XX asr boshlariga qadar kirib kelgan ruscha so‘zlar ma‘lum fonetik o‘o’zgarishlarga uchrab, o’zbekchalashib ketganligi uchun talaffo’ziga ko‘ra asl o’zbekcha so‘zlardan farq qilmaydi hamda yozuvda talaffuzga mos tarzda ifodalanadi. Bunga cho‘t, cho‘tka, adyol, qulupnay, rom, cherkov kabi so‘zlar misol bo‘ladi. Bu talaffuzlar hozirgi o’zbek adabiy tili uchun me‘yor hisobo’lanadi. Biroq nisbatan keyinroq tilimizga kirib kelgan so‘zlar o’zbeklar nutqida qanday talaffuz etilishidan qat‘iy nazar, adabiy tilda rus tilidagi fonetik strukturasini saqlab qolgan: [istol] stol, [ustul] stul, [ishkop] shkaf, [duxtir] doktor, [melisa] militsiya, [moshin] mashina, [banka] bank va hokazo.

O‘zlashma so‘zlar asosida o’zbek tilida qo‘shimcha qo‘shish orqali bir qancha yangi so‘zlar ham yasalgan: traktorchi, kursdosh, gazlashtirish, samolyotsozlik, kostumbop, sportchi, kompyuterchi va hokazo. Bunday so‘zlar negizidagi fonetik va orfografik xususiyatlar ham rus tili me‘yorlariga mos keladi.

Rus tilining leksik tarkibida ham o’zbekcha, fors­tojikcha va arabcha so‘zlar mavjud bo‘lib, ularning deyarli barchasi fonetik o‘o’zgarishga uchragan, shu sababdan bunday so‘zlarning o’zbek va rus tillaridagi talaffuzi hamda yozilishi o‘o’rtasida ma‘lum tafovutlar ko‘rinadi: арбуз, арка, товар, казна, урюк, инжир, кишлак, карагач, саксаул, лагман, манты, плов va hokazo.


Semantik tafovutlar.

O’zbek tilidagi o‘zlashma so‘zlarda ma‘no torayishi, kengayishi yoki o‘o’zgarishi hollari kuzatiladi. Masalan, ruchka so‘zi rus tilida qo‘lcha (kichkina qo‘l), tutqich, yozuv quroli kabi uchta ma’noga ega, o’zbek tilida esa bu so‘z faqat yozuv quroli ma’nosida qo‘llanadi. Rus tilidan o‘zlashgan kartmon (karman, ya’ni cho‘ntak) so‘zi esa o‘zining rus tilidagi haqiqiy ma’nosidan chekinib, o’zbek tilida butunlay boshqa ma’no (pul solinadigan xaltacha) kasb etgan bo‘lsa, samovar so‘zi rus tilidagi birgina choy qaynatish idishi ma‘nosidan tashqari o’zbek tilida qo‘shimcha ma’no – choyxona ma’nosini hosil qilgan.

O’zbekcha va ruscha so‘zlarning ma’nolari miqdor jihatidan ikkala tilda har doim ham muvofiq kelavermaydi. Masalan, o’zbek tilidagi o‘qimoq so‘zi ham «o‘qimoq», ham «o‘rganmoq» ma‘nolarini beradi. Rus tilida esa bu ikki ma‘no ikki xil so‘z (читать, учить) bilan ifodalanadi.

S.I.Ojegovning izohli lug’atida идти so‘zining 24 ta ma’nosi berilgan, o’zbek tilidagi bormoq so‘zi esa «O’zbek tilining izohli lug’ati»da berilishiga ko‘ra, oltita ma‘noga ega. Xuddi shuningdek, O‘TIL da chiqmoq so‘zining 22 ta ma‘nosi ajratilgan, rus tilidagi выйти so‘zi esa 7 ta ma’noni bera oladi.

Umuman olganda esa ko‘pma‘nolilik xususiyati har ikkala tildagi so‘zlarga ham xos bo‘lib, ularning aksariyat qismi o’zbek tilida ham, rus tilida ham eng qadimgi leksik qatlamlarga mansubdir. Ayrim hollarda o’zbek tilidagi polisemantik so‘zlarning bosh va hosila ma’nolari rus tilidagiga aynan mos keladi. Masalan: oltin uzukзолотое кольцо, oltin kuz –золотая осень, oltin qo‘llar – золотые руки yoki temir eshik – железная дверь, temir iroda – железная воля. Keltirilgan misollardagi oltin, temir so‘zlari rus tilidan o’zbek tiliga tarjima qilingan birikmalarda ham bosh va hosila ma’nolarini saqlab qolgan. Biroq tarjimada har doim ham bunday ayniyat vujudga kelavermaydi. Ba’zan bir tushunchani ifodalovchi so‘zlarning o’zbek va rus tillaridagi me’yorlariga xos bosh leksik ma’nolari bir xil bo‘lgani holda, ulardan hosil qilingan yangi ma’nolar ikki tilda bir-biriga mutlaqo muvofiq kelmaydi. Masalan, o’zbek tilida qozonning tutqichlari shaklan quloqqa o‘xshash bo‘lgani sababo’li, o’zbeklar tilida bu tushuncha ham quloq deb ataladi. Ruslar esa bu o‘rinda tutqich ma‘nosi dagi ruchka so‘zini qo‘llaydilar, «uxo kotla» degan birikma esa rus tilida butunlay mantiqsiz va kulgili bo‘lib eshitiladi. Xuddi shuningdek, rus tilidagi нос корабляkemaning burni»), глухая ночь («kar tun») kabi birikmalar ham tilimizda mavjud emas va biz bu o‘rinda, tabiiyki, boshqa so‘zlardan foydalanamiz: kemaning tumshug’i, jimjit tun.

Demak, rus va o’zbek tillari leksikasini qiyoslashda so‘zlardan emas, kattaroq birliklardan, aniqrog’i, gap va matnlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.



FRAZEOLOGIYA
Ma‘lumki, xalq og’o’zaki ijodi ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelar ekan, asrlar davomida yashab, takomillashib, kengayib, boyib boraveradi. O’zbek tili turlicha iboralar, maqollar va turg’un birikmalarga boy bo‘lib, ularda xalqimizning tarixi, madaniyati, urf­odati va ma‘naviyati o‘z ifodasini topgan.

Ikki yoki undan ortiq so‘zdan tarkib topib, yaxlit bir ma‘no ifodalaydigan lug’aviy birliklarni biz iboralar yoki frezeologizmlar yoxud frazeologik birliklar deymiz. Odatda, iboralar ma‘nosi bir so‘z (leksema)ga teng keladigan birliklar sifatida baholanadi. To‘g’ri, o‘o’zaro birikib, turg’un birikmani, ya‘ni iborani tashkil qilgan birliklar asosan yaxlit bir ma‘no, bir tushunchani ifodalaydi, ammo bunda leksemadagidan ortiqroq bo‘yoqlar, bo‘rttirmalar mavjud. Shuning uchun leksik ma‘no frazeologik ma‘noga teng bo‘lolmaydi. Aks holda bir tushunchani ifodalash uchun iboralardan foydalanib o‘tirmas edik.

Barcha tillarda bo‘lganidek, rus tilining leksik tarkibida ham iboralar mavjud bo‘lib, ular nutqda turlicha mazmun va ma‘no bo‘yoqlarini olgan holda qo‘llanadi.

O’zbek va rus tillaridagi iboralarning tuzilishi va tarkibi, o‘o’zaro qiyoslanganda, ular o‘o’rtasida quyidagi o‘xshashliklar borligi aniqlanadi: 1)Har ikkala tilda ham iboralar ikki yoki undan ortiq so‘zdan tarkib topadi: adabini bermoq – показать кузькину мать; 2)so‘z birikmasi yoki gapga teng keladi: Biri bog’dan kelsa, ikkinchisi tog’dan keladi. – Один про Фому, а другой про Ерёму; (Bu o‘rinda iboralarning aynan tarjimasi emas, rus tilidagi ekvivalentlari berildi) 3) Har ikkala tilda ham iboralar bir butun lug’aviy birlik holatida bo‘ladi va ularning tarkibidagi so‘zni o‘zgartirib bo‘lmaydi. 4) Har ikki tilda ham frazeologik birliklar biror sintaktik vazifada kela oladi: U doim rahbarlarning oldida dumini likillatadi. – Он всегда вертит хвостом перед начальниками. 5) Har ikki tilda ham iboralar nutq jarayonida hosil qilinmaydi, balki tilda tayyor lisoniy birlik sifatida yashaydi.

O’zbek va rus tillaridagi frazeologizmlar semantik jihatdan o’zaro qiyoslanganda, quyidagi holatlar namoyon bo’ladi:

Ayrim o’zbekcha iboralar rus tilidagi iboralarga ham shaklan, ham ma‘nosi bilan muvofiq keladi: pashshaga ham ozor bermaydi – и мухи не обидит, ko’z qorachig’idek asramoq – беречь как зеницу ока, tepa sochi tikka bo’ldi – волосы дыбом;

O’zbek va rus tillarida bir xil ma‘no ifoda etadigan iboralar tarkibidagi ob‘ekt vazifasini o‘taydigan so’z turlicha bo’ladi: birovning nog’orasiga ynamoq – плясать под чужую дудку, rangida rang yo‘q – на нём лица нет, boshi oqqan tomonga – куда глаза глядят;

Har ikkala til iboralari ma‘noviy jihatdan o‘xshash bo’lsa­da, ularning tarkibidagi so’zlar bir­biriga mutlaqo muvofiq kelmaydi. Bunday iboralarda mahalliy va milliy bo‘yoqlar turlicha bo‘ladi: Eski hammom, eski tos. – Тот же Санька на тех же санках. To‘rt tomon qibla – скатертью дорога. Nozik yeridan ushlamoq – прижать к стенке. Ozi yemas, itga bermas. – И сам не ам, и другим не дам. Ali Xoja- Xoja Ali – Что в лоб, что по лбу. Bunday iboralar ko‘pchilikni tashkil etadi.



Shakldoshlik, ko‘pma‘nolilik, ma‘nodoshlik, hamda zid ma‘nolilik hodisalari barcha leksik birliklar kabi har ikkala til iboralariga ham xosdir. Masalan, rus tilidagi «пускать петуха» iborasi ham «qo‘shiq aytish jarayonida ingichka tovushni berish», ham «o‘t qo‘ymoq, kulini ko‘kka sovurmoq» ma‘nolarida qo‘llanib, bu ikki ma‘no o‘o’rtasida shakldoshlik munosabati mavjud. «Склонять голову» iborasi esa ko‘pma‘noli hisobo’lanadi, chunki ushbu ibora «yutqizmoq, yengilmoq» va «bosh egmoq, ya‘ni hurmat qilmoq» ma‘nolarida qo‘llanadi. «Засучив рукава» (yeng shimarib) hamda «в поте лица» (terga botib) iboralari rus tilida o’zaro ma‘nodoshlik munosabatini yuzaga keltirsa, «с открытой душой» (ochiq ko‘ngillik bilan) va «с камнем за пазухой» (orqasiga tosh yashirib) iboralari ma‘noviy zidlikni hosil qiladi.

Mavzuni mustahkamlash uchun

savol va topshiriqlar


  1. O‘zbek va rus tillarining leksik qatlamlariga qiyosiy tavsif bering.

  2. O‘zbek tiliga rus tilidan va shu til orqali o‘zlashgan so’zlar qanday fonetik o‘o’zgarishlarga uchragan?

  3. «Ma‘no kengayishi» va «ma‘no torayishi» tushunchalarini izohlang. Shu hodisalarga uchragan o‘zlashma so’zlarga misollar keltiring.

  4. O‘zbek va rus tillarida omonimiya, sinonimiya, antonimiya hodisalariga qiyosiy tavsif bering.

  5. Tilshunos olim O.Azizov sinonim va antonimlarning qanday turlarini ajratgan edi?

  6. O‘zbek va rus tillarida mavjud o‘o’zakdosh antonimlarning farqli jihatlari nimalardan iborat?

  7. Reformatskiy, Axmanova, Hojiev Mirtojievlarning omonimiyani yuzaga keltiruvchi omillar haqidagi fikrlarini izohlang.

  8. O‘zbek va rus tillarida omonimlarning lug’aviy, uslubiy va grammatik xususiyatlari o’rtasidagi umumiylik va xususiyliklarni ayting.

  9. O‘zbek va rus tillaridagi iboralar semantik jihatdan o’zaro qiyoslanganda qanday tafovutlar yuzaga chiqadi?

  10. Frazeologik sinonimiya, frazeologik omonimiya, frazeologik antonimiya hodisalari o’zbek tilidagi kabi rus tilida ham mavjudmi?. Ularga rus tilida misollar keltiring.


Informatsion­uslubiy taminot,

tavsiya etiladigan adabiyotlar:


  1. Azizov O. Safaev A. Jamolxonov. O‘zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi. T., 1986;

  2. Апресян Ю.Д. Лексическая семантика. Синонимическое средство языка. – М.: «Наука», 1974.

  3. Ахманова О.С. Основы компонентного анализа. – М.: МГУ, 1969.

  4. Hamrayeva Y., Elmurodova L. O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi. Qarshi: «Nasaf», 2007.

  5. Киссен И.А. Курс сопоставительной грамматики русского и узбекского языков. T.,1979.

  6. Mirtojiev M. O‘zbek tilida polisemiya. T.: «Fan», 1975.

  7. Новиков Л.А. Семантика русского языка M.: «Высшая школа», 1982.

  8. Ne‘matov H., Rasulov R. O‘zbek tilining sistem leksikologiyasi asoslari. T.: «O‘qituvchi», 1995.

  9. Rasulov r., Narzieva M. Leksikologiyanio‘rganish. T.: «O‘qituvchi», 1992.

  10. Rahmatullaev Sh. O‘zbek va rus tillarini qiyoslash. T., 1993;

  11. Rahmatullaev Sh. O‘zbek tilining etimologik lug’ati. T.,2000;

  12. Reshetov V.V., Reshetova L.V. Rus tili grammatikasi. Toshkent: «qituvchi», 1968.

  13. Садкова М. Краткий фразеологический словарь. T.: 1989.

  14. Фомина М.И. Современный русский язык. Лексикология. – M.: «Высшая школа», 1990.

  15. O‘zbek tili leksikologiyasi. Toshkent: «Fan», 1981.



4-Mavzu: O‘zbek va rus tillarida so‘z tarkibi
So’z tarkibi o’zbek tiliga nisbatan rus tilida ancha murakkabdir. Ruscha va o’zbekcha so’zlarning tarkibi o’zaro taqqoslanganda, ular o’rtasida katta tafovutlar borligi ma‘lum bo’ladi. Xususan, o’zbek tilida har qanday tub yoki yasama so’z birlikda, bosh kelishikda ikki qismga, ya‘ni negiz va tugalmaga ajratilmaydi. Rus tilida bir­biri bilan bog’lanish jarayonida aksariyat so’zlarning oxiri o‘zgarib turadi. Shuning uchun ham mustaqil so’zlar dastlabki shaklidan boshlab o‘zgaradigan va o‘zgarmaydigan ikki qismga ajratiladi. So’zning turlanganda yoki tuslanganda o‘zgarmaydigan qismi rus tilida osnova (negiz), so’zlarni bir­biriga bog’lash uchun xizmat qiladigan va bu jarayonda o‘zgarib turadigan qism esa okonchaniye (O.Azizov ta‘rifiga ko‘ra, tugalma) deb ataladi. Masalan:

И.п. из-да-тель-ств-о

Р. п. издательства

Д. п. издательству

В. п. издательство

Т. п. издательством

П. п. (об) издательстве

Ushbu misoldagi so’zning tugalmadan holi bo’lgan qismi -да o‘zak morfemasi bilan hosil qilingan yasama negiz hisoblanadi; рыба, рыбы, рыбе, рыбу, рыбой ko‘rinishiga ega bo’lgan, birgina o‘o’zak morfemadan iborat negiz esa tub negiz deyiladi.

Rus tilida ayrim so’zlarning ma‘nolari o’zakdan anglashilib turadi: стол, столом, столе, столик, настольный, столовая, застолье. Ammo bunday so’zlar ozchilikni tashkil qiladi. Aksariyat so’zlarni esa o‘o’zak, negiz va qo‘shimchalarga ajratish nihoyatda mushkuldir. Quyidagi misollarni solishtiring:

друг do‘st

друг+у do‘st+ga

друзь+я do‘st+lar

друзь+ям do‘st+lar+ga

друж+ба do‘st+lik

друж+бе do‘st+lik+ka

Misollarni qiyoslab ko‘rib, shunday xulosalarga kelishimiz mumkin: Birinchidan, turli affikslar qo‘shilishi bilan rus tilidagi so’zlarning o‘zagida fonetik jiatdan o’zgarish yuz beradi. Ushbu misolda o‘o’zakdagi г fonemasi goh зь bilan, goh ж bilan almashadi. (Shunday so’zlar ham borki, ularning o‘zagidagi o’zgarish qo‘shimcha qo‘shilishi bilan yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi: сон-сна, день-дня, чёрт-черти). Misollardagi o’zbekcha so’zlarda esa o‘zak o‘zgarmagan. To‘g’ri, o’zbek tilida ham ayrim o‘zaklarga qo‘shimchalar qo‘shilishi natijasida tovush tushish hodisasi yuzaga kelishi mumkin (o‘rni, burni va h.k.). Ammo bunday hodisalar kam uchraydi. Vaholanki, biz ayrim istisnolardan kelib chiqib, tilning barcha birliklariga baho bera olmaymiz.

Ikkinchidan, rus tilidagi affikslar bir emas, bir necha grammatik ma‘nolarga ega. Masalan, -ям affiksining o‘zi ham ko’plik, ham jo‘nalish kelishigi ma‘nolarini beradi. o’zbek tilida esa qo’shimchalar asosan bir grammatik ma‘noga ega (­ga–j.k. qo’shimchasi, ­lar–ko’plik qo’shimchasi), shu sababdan bu kabi ma‘noni hosil qilish uchun ushbu qo’shimchalarning har ikkalasi tartib bilan o‘z o‘rnida o‘zakka qo‘shiladi.

Uchinchidan, rus tilidagi affikslar standart shaklga ega emas. Xususan, jo‘nalish ma‘nosi har doim ham -ям qo’shimchasi yordamida hosil qilinavermaydi. Masalan: столу-stolga, лампе-lampaga, пути-yo‘lga, школам-maktablarga. O‘zbek tilidagi qo’shimchalar esa doim bir xil ko‘rinishga ega bo’lib, birlik va ko’plikdagi barcha so’zlarning jo‘nalish kelishigi shaklini hosil qilish uchun ­ga qo’shimchasi qo‘shiladi.

To‘rtinchidan, biz –ning, -ga, -dan kabi o’zbekcha qo’shimchalarni alohida holda olib ham, ularning qaratqich, jo‘nalish, chiqish kelishigi qo’shimchalari ekanligini ayta olamiz. Rus tilidagi tugalmalarning grammatik vazifalarini esa faqat so’z tarkibida aniqlash mumkin. Masalan, Девушка сояла у озера. Biz –a qo’shimchasiga yolg’iz holda ta‘rif bera olmaymiz. Chunki birinchi -a qo’shimchasi so’zning jenskiy rod, birlik, bosh kelishikdagi ot ekanligini, ikkinchi –a so’zning jenskiy rod, birlik, aniq nisbat, tugallanmagan tur (несовершенный вид), o‘tgan zamondagi fe‘l ekanligini, uchinchi –a esa bu so’zning sredniy rod, birlik, qaratqich kelishigidagi ot ekanligini bildiradi.

Beshinchidan, ruscha so’zlar dastalbki shaklida tub yoki yasamaga ajratilmaydi. Holbuki har bir o‘o’zakdan turli turkumga oid so’zlar hosil qilinaveradi. o’zbek tilida ishchi, ishsizlik, ishchan kabi yasama so’zlarning o‘zagini ajratib olsak, uning tub ot ekanligi ma‘lum bo’ladi. Rus tilida esa o‘zakning o‘zi mustaqil holda qo‘llanmagani va lug’aviy ma‘noga ega bo’lmagani uchun, u ma‘lum so’z shaklini olgan holdagina turkumlarga ajratiladi. Masalan: дать, давать -fe‘l, задача, передача-ot, данный-sifat (ko’plikda otlashgan holda ham qo‘llanadi).

Oltinchidan, rus tilida bir o‘o’zakdan yuz, yuz ellik, ba‘zan esa ikki yuztagacha so’z yasash mumkin. Masalan, род o‘zagidan родина, родить, родитель, родной, родня, родственник, народ, народность, народный, народник, порода, рождение, возрождение, урод, родник, урожай, породистый, уродливый kabi yuzdan ortiq so’z hosil qilinadi. O‘zbek tilida esa bir o‘zakdan yasalgan so’zlar u qadar ko’p emas – 15­20 tagacha bo’lishi mumkin.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling