Y. Hamrayeva O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi (ma’ruzalar matni) Qarshi-2007


Download 0.58 Mb.
bet4/7
Sana01.10.2020
Hajmi0.58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7

Mavzuni mustahkamlash uchun

savol va topshiriqlar:
1. So’zlarni turkumlarga tasniflashda ularning qanday jihatlari e’tiborga olinadi?

2. O‘zbek va rus tillarida otlarga xos bo’lgan grammatik kategoriyalar haqida gapiring.

3. Rus tilidagi turdosh otlarning jonli va jonsiz otlar guruhlariga ajratilishining sababi nimada?

4. O‘zbek va rus tillaridagi kelishiklarga qiyosiy tavsif bering.



  1. O‘zbek va rus tillaridagi son kategoriyasining o‘xshash va farqli jihatlari haqida gapiring.

  2. Rus tiliga xos bo’lgan rod kategoriyasiga ta’rif bering.

  3. O‘zbek tiligagina xos bo’lgan egalik kategoriyasining rus tilida ifodalanishiga misollar keltiring.

  4. Rus tilidagi tovoritelniy kelishigi o’zbek tilida qanday ifodalanadi?

  5. Rus tilidagi predlojniy kelishigi o’zbek tilida qanday ifodalanadi?

  6. O‘zbek tilidagi otlarning o‘ziga xos (ruscha otlarda mavjud bo’lmagan) xususiyatlari haqida gapiring.



Informatsion­uslubiy ta’minot,

tavsiya etiladigan adabiyotlar:


  1. Азизов О.А. Сопоставительная грамматика русского и узбекского языков. Морфология. T., 1966;

  2. Azizov O. Safaev A. Jamolxonov. O‘zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi. T., 1986;

  3. Hamrayeva Y., Elmurodova L. O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi. Qarshi: «Nasaf», 2007.

  4. Киссен И.А. Курс сопоставительной грамматики русского и узбекского языков. T.,1979;

  5. Кодухов В.Н. Введение в языкознание. M., 1979;

  6. Mengliev B.R. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Qarshi, 2004;

  7. Ожегов С.И. Словарь русского языка. M.: «Русский язык», 1990.

  8. Rahmatullaev Sh. O‘zbek va rus tillarini qiyoslash. T., 1993;

  9. Rahmatullaev Sh. O‘zbek tilining etimologik lug’ati. T.,2000;

  10. Реформатский A.A. Введение в языковедение.M., 1967;

  11. O‘zbek tili grammatikasi. I tom. T.: «Fan», 1975.


6-Mavzu: Sifat va son so’z turkumlari

O‘zbek va rus tillaridagi sifatlar o’rtasigi umumiyliklar xususida so’z yuritadigan bo’lsak, ular har ikki tilda ham predmetning belgisini bildiruvchi so’zlar turkumi hisoblanadi. O‘zbek tilida ham, rus tilida ham sifatlar sintaktik jihatdan otlar bilan birikadi va gapda odatda aniqlovchi yoki kesim vazifasida keladi. Sifatlar belgining xususiyatiga ko‘ra asliy (качественые) va nisbiy (относительные)ga ajratiladi. Har ikkala tilda asliy sifatlar predmetning turg’un belgisini ifodalaydi. Bunday sifatlar ikkala tilda ham darajalanish xususiyatiga ega, nisbiy sifatlarga esa daraja kategoriyasi mansub emas.

Ammo o’zbekcha sifatlar bilan ruscha sifatlar o’rtasida umumiy jihatlardan ko‘ra farqli xususiyatlar ko’proq bo’lib, ular quyidlagilarda namoyon bo’ladi:

O‘zbekcha tub sifatlar maxsus morfologik ko‘rsatkichga ega emas; rus tilidagi sifatlarning esa otlarda bo’lgani kabi rod, son va kelishikka ishora qilib turuvchi tugalmalari bor bo’lib, bu tugalmalar ot­sifatlanmishga tobelanish jarayonida namoyon bo’ladi: agar ot mujskoy rod bo’lsa, sifat ый, -ий tugalmalarini, jenskiy rod bo’lsa ая, -яя tugalmalarini, sredniy rodda –oe, -ee, ko’plikda ые, -ие tugalmalarini oladi. Bu tugalmalar hatto bosh kelishikdagi sifatlarda ham ko‘rinib turadi. Masalan:

Birlikda:

м.р. ж.р.

И.п. красная лента (qizil tasma) красный шарф

Р.п. красной ленты (qizil tasmaning) красного шарфа

Д.п. красной ленте (qizil tasmaga) красному шарфу

В.п. красную ленту (qizil tasmani) красный шарф


Ko‘plikda:
И.п. красные ленты (qizil tasmalar) красные шарфы

Р.п. красных лент (qizil tasmalarning) красных шарфов

Д.п. красным лентам (qizil tasmalarga) красным шарфам

В.п. красные ленты (qizil tasmalarni) красные шарфы

Misollardan xulosa chiqarish mumkinki, o’zbek tilida sifatlar o‘zi bog’lanib kelgan ot bilan moslashish uchun ma‘lum grammatik vositalarni olib o‘zgarmaydi, ruscha sifatlar esa ot­sifatlanmish bilan rod, va sonda moslashib, kelishiklar bo‘yicha turlanadi.

O‘zbek tilidagi asliy siffatlarda uch daraja ajratiladi: oddiy daraja; orttirma daraja; ozaytirma daraja. Rus tilida esa sifatlarning oddiy, qiyosiy, orttirma daraja shakllari mavjud.

O‘zbek tilida sifatlarning orttirma daraja shaklini hosil qiluvchi morfologik vositalar yo‘q. Bunday shakl fonetik (qip-qizil, yam-yashil, dum-dumaloq) yoki leksik usul (eng, juda, g’oyat, rosa, o‘ta, nihoyat, bag’oyat so’zlari) yordamida yuzaga keladi. Rus tilida esa orttirma daraja ейш, -айш suffikslari, наи- prefiksi yoki самый so’zi vositasida, qiyosiy daraja –e, -ee suffikslari, ba‘zan esa suppletiv usul bilan (хорошо-лучше) hosil qilinadi. Buni quyidagi tablitsadan ko‘rish mumkin.

Sifatlarning qiyosiy darajasi rus tilida «nisbatan», «ancha» ma‘nolarini beradigan bolee yoki menee so’zlari bilan ham hosil qilinadi: Летом в Андижане более прохладно, чем в в Карши. У Малики менее капризный характер, чем у её сестры.

O‘zbek tilida fonetik usul orqali hosil qilingan orttirma daraja shakllari rus tilida пре- prefiksi bilan beriladi: sap-sariq – жёлтый-прежёлтый, top-toza - чистый-пречистый. Bunday shakllar rus tilida kuchaytirma daraja shakllari deb yuritiladi.

O‘zbek tilida belgining me‘yordan kamligini ifodalovchi ozaytirma daraja shakli ikki xil usul: leksik usul (sal katta, bir oz uzun) va morfologik usul (yaxshiroq, balandroq) yordamida yuzaga keladi.

Rus tilidagi asliy sifatlarning yana bir farqli xususiyati shundaki, ularda daraja shakllari hosil qilinganda, so’z o‘zagida tovush tushish yoki tovush almashish hodisalari yuz beradi: близкийближе, редкийреже, высокийвыше, крепкийкрепчайший, великийвеличайший.

Har ikkala tilda ham rang­tus bildiruvchi sifatlarning zagiga maxsus grammatik ko‘rsatkichlarni qo‘shib, shu rangga o‘xshash bo’lgan rang turlarini hosil qilish mumkin: ko‘kimtir – синеватый, qizg’ish- красноватый va h.k.

Rus tilidagi asliy sifatlar qisqartma shaklga ham ega: красивый-красив, крепкийкрепок, полезный-полезен, великий-велик. Qisqartma sifatlar ot bilan rod va sonda moslashib, odatda kesim vazifasida keladi: интересный фильмЭтот фильм очень интересен; богатая странаНаша страна богата сырьём и промышленностью; полезные фруктыФрукты полезны для здоровья; Bunday sifatlar turlanmaydi. O‘zbek tilida qisqartma sifatlar mavjud emas. Kesimlik kategoriyasi esa o’zbekcha sifatlarda ayrim shollarda bog’lama vositasida hosil bo’ladi (Men kattaman. Sen nega xafasan?), ko’p hollarda esa sifat egadan keyin kelib, o‘zgarmas shaklda kesim vazifasini bajaradi (Suv tiniq. Bu bino yangi).

Ruscha gaplar tarkibida sifatlar ot­sifatlanmishdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin: Наврузнациональный праздник многих народов Востока. «Филология – наука глубоко личная и глубоко национальная» (Д.С.Лихачев). O‘zbek tilida esa sifat hamisha sifatlanmishdan oldin keladi.

O‘zbekcha sifatlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, ular gapda hol vazifasida ham kela oladi. Quyidagi gaplarni ularning tarjimalari bilan muqoyasa qilib ko‘ring:

Istiqlol sharofati bilan shahrimizda chiroyli imoratlar qurildi. – Благодаря Независимости в нашем городе построены красивые здания. Dugonam chiroyli yozadi. – Моя подруга пишет красиво.



O‘zbekcha misollarda ikki o‘rinda kelgan «chiroyli» so’zini farqlovchi morfologik belgilar mavjud emas. Demak, ulardan birini sifat, ikkinchisini ravish deyishga hech qanday asos yo‘q. Bunda bir so’zning o‘zi birinchi gapda aniqlovchi, keyingisida hol vazifasida kelgan. Rus tilida esa bir o’zak­negizga ega bo’lgan sifat va ravishlarni ularning tugalmasi farqlab turadi.

Nisbiy sifatlar rus tilida ham, o’zbek tilida ham predmetning boshqa predmet bilan aloqadorligini, o‘rin yoki zamonga munosabatini ifodalaydi: milliy universitet-национальный университет, bahorgi imtihonlar-весенние экзамены, moddiy ahvol-материальное положение, ilmiy ish-научная работа.

Rus tilida predmetning qanday ashyodan ishlanganligini anglatuvchi nisbiy sifatlar ot o‘zagiga н, -ан, -ян, -янн, -енн, -ов kabi suffikslarni qshish orqali hosil qilinadi: деревянный стол, пластиковые окна, кожаная куртка, хрустальная люстра. Bunday sifatlar ham sifatlanmish bilan rod, son va kelishikda moslashadi.

Masalan:


ср.р. ж.р.

И.п. зимнее утро (куз тонги) железная дверь (темир эшик)

Р.п. зимнего утра (куз тонгининг) железной двери (темир эшикнинг)

Д.п. зимнему утру (куз тонгига) железной двери (темир эшикка)

В.п. зимнее утро (куз тонгини) железную дверь (темир эшикни)
Misollardan ko‘rinib turganidek, rus tilidagi nisbiy sifatlar bilan hosil qilingan birikmalar o‘rnida o’zbek tilida izofali birikma yoki aniqlovchisi ot bilan ifodalangan bitishuvli birikma qo‘llanadi.

Rus tilida nisbiy sifatlarning yana bir turi (притяжательные прилагательные) mavjud bo’lib, ular predmetning ma‘lum bir shaxsga qarashliligi yoki biror jonzotga oidligi, tegishliligini ko‘rsatadi. Bunday sifatlarni O.Azizov, A.Safaev kabi olimlarimiz «egalik sifatlari», olim Sh.Rahmatullaev «nisbatlov sifatlari» deb nomlaganlar. Sifatning bu turi ham asliy va nisbiy sifatlar kabi sifatlanmish bilan rod, son va kelishikda moslashadi: мамино платье (ср.р.), охотничье ружьё (ср.р.), птичий клюв (м.р.), верблюжья шкура (ж.р.), лисьи следы (ko’pl.). Rus tilidan o’zbekchaga tarjima qilinganda egalik sifatlari o‘rnida: a) qaratqich kelishigidagi ot (папин друг– dadamning do‘sti, дядин дом – tog’amning uyi); b) sifat rnida qllangan, izofali birikmani hosil qiladigan bosh kelishikdagi ot (птичье гнездо- = qush ini, медвежья берлога -ayiq uyasi ) beriladi.



Son turkumi. Sonning ma’no turlari

Predmetning sanog’i, va aniq miqdorini bildiruvchi so’zlar har ikki tilda ham son turkumiga mansub hisoblanadi. O‘zbek tilida ham, rus tilida ham sonlarning quyidagi ma‘noviy guruhlari bor: 1) Sanoq sonlar (количественные числительные): bir, ikki, uch, to‘rt - один, два, три, четыре. 2) Tartib sonlar (порядковые числительные): birinchi, ikkinchi, uchinchi, o‘rtinchi – первый, второй, третий, четвёртый. 3) Jamlovchi sonlar (собирательные числительные): ikkov, uchala, o‘trtov – двое yoki оба, трое, четверо va h.k. Biroq rus tilida tartib sonlar son o‘zagiga sifat qo’shimchalarini qo‘shish orqali hosil qilinadi, shuning uchun sifat kabi aniqlanmish bilan rod, son va padejda moslashishiga ko‘ra, nisbiy sifatlar sirasiga kiritiladi (первый класс – м.р., первая леди – ж.р., первое блюдо – ср.р., первые экзамены– ko’pl.).

Eslatma: rus tilida bir so’zidan tartib ma‘nosi suppletiv usul bilan hosil qilinadi: одинпервый.

Sonlarning qolgan ma‘no turlariga esa rod kategoriyasi mansub emas va bu ularning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Faqat один, два, оба, полтора kabi son so’zlarga istisno sifatida qaraladi. Chunki odin so’zi aniqlovchi sifatida zi birikib kelayotgan ot­aniqlanmish bilan barcha rodlarda, shuningdek sonda moslashadi (один мальчик – м.р., одна девочка – ж.р., одно яблоко – ср.р., одни часы – ko’pl.), два, оба, полтора so’zlari esa mujskoy va sredniy rodlarda bir xil, jenskiy rodda boshqacha ko‘rinishga ega bo’ladi: два (оба) мальчика-м.р., два (оба) окнаср.р., две (обе) девочкиж.р; полтора часа – м.р., полторы минуты – ж.р.

Semantik xususiyatlari va grammatik belgilariga ko‘ra o’zbek tilida sonlar dona son, chama son, taqsim son kabi turlarga ham ajratiladi. Rus tilida esa sonlarning ushbu turlari mavjud emas, shuning uchun sonning bunday ma‘nolari turli leksik va grammatik usullar bilan hosil qilinadi. Rus tilida sanoq ma‘nosida ham, dona ma‘nosida ham bir xil ko‘rinishga ega bo’lgan son so’zlar ishlatiladi (один, два, триi - bir, ikki, uch; один стол, два стола, три стола – bitta stol, ikkita stol, uchta stol). Zarur hollardagina dona ma‘nosini hosil qilish uchun штука so’zi qllanadi: bitta – одна штука, ikkita – две штуки; Chama sonlar rus tilida около so‘zi yordamida hosil qilinsa, taqsim ma’nosini hosil qilish uchun rus tilida sanoq son oldidan по predlogi ishlatiladi.

Mavzuni mustahkamlash uchun

savol va topshiriqlar:
1. O‘zbek va rus tillaridagi sifatlarga qiyosiy tavsif bering.

2. Rus tilidagi sifatlarning maxsus grammatik ko‘rsatkichi haqida gapiring.

3. O‘zbek va rus tillarida sifat+ot moslashuvida qanday farqlar bor?

4. O‘zbekcha va ruscha sifatlarning darajalanishi o’rtasidagi tafovutlarni tushuntiring.



  1. Rus tiligagina xos bo’lgan egalik sifatlari (prityajatelniye prilagatelniye) haqida gapiring.

  2. O‘zbek va rus tillaridagi son turkumlariga qiyosiy tavsif bering.

  3. O‘zbekcha va ruscha sonlarning ma‘no turlari o’rtasidagi o‘xshash va farqli xususiyatlari haqida gapiring.

  4. Rus tilidagi tartib sonlarning o‘ziga xos xususiyatlarining aytib bering.

  5. Rus tilidagi sifat va tartib sonlarda rod va kelishik kategoriyalari qanday ifodalanadi?

  6. Tuzilishiga ko‘ra o’zbek va rus tillarida sonlar qanday turlarga ajratiladi?


Informatsion­uslubiy ta’minot,

tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Азизов О.А. Сопоставительная грамматика русского и узбекского языков. Морфология. T., 1966;

  1. Azizov O. Safaev A. Jamolxonov. O‘zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi. T., 1986;

  2. Hamrayeva Y., Elmurodova L. O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi. Qarshi: «Nasaf», 2007.

  3. Киссен И.А. Курс сопоставительной грамматики русского и узбекского языков. T.,1979.

  4. Кодухов В.Н. Введение в языкознание. M., 1979;

  5. Mengliev B., Abuzalova M. Shozirgi o’zbek adabiy tili. Morfemika. So’z yasalishi. Morfonologiya. Morfologiya. Qarshi, 2005.

  6. Ожегов С.И. Словарь русского языка. M.: «Русский язык», 1990.

  7. Rahmatullaev Sh. O‘zbek va rus tillarini qiyoslash. T., 1993;

  8. Rahmatullaev Sh. O‘zbek tilining etimologik lug’ati. T.,2000;

  9. Реформатский A.A. Введение в языковедение.M., 1967;

  10. Reshetov V.V., Reshetova L.V. Rus tili grammatikasi. Toshkent: «O‘qituvchi», 1968.

  11. O‘zbek tili grammatikasi. I tom. T.: «Fan», 1975.

7-Mavzu: Olmosh va ravish turkumlari
Olmosh har ikki tilda ham mustaqil so’z turkumi bo’lib, ot, sifat, son o’rnida ishlatiladi. Olmoshlarning ma‘nosi umumlashgan bo’lib, ular predmet, belgi va miqdorni ko’rsatish uchun xizmat qiladi. Olmoshning konkret ma‘nosi nutqda, kontekstda aniqlanadi:

O’zbek tilida:

Karim — talaba, u institutga bu yil kirgan.

Rus tilida:

Карим студент, он поступил в институт в этом году.

Olmoshlar ma‘no xususiyatlariga ko’ra o’zbek tilida sakkiz turga, rus tilida esa to’qqiz turga bo’linadi:

O’zbek tilida Rus tilida

Kishilik olmoshlari Личные местоимения

O’zlik olmoshi Возвратное местоимение

Ko’rsatish olmoshlari Указательное местоимение

So’roq olmoshlari Вопросительные местоимения

Nisbiy olmoshlar Относительные местоимения

Belgilash olmoshlari Определительные местоимения

Bo’lishsizlik olmoshlari Отрицательные местоимения

Gumon olmoshlari Неопределённые местоимения

Притяжательные местоимения


O’zbek va rus tillaridagi olmoshlar shakli, turlanishi va boshqa so’zlar bilan birikib kelishi jihatdan bir-biridan jiddiy farq qilsa-da, bajaradigan vazifalari jihatidan o’zaro o’xshash.

O’zbek tilida sen olmoshi salbiy uslubiy bo‘yoq berish maqsadida -lar affiksi bilan qo’llanishi ham mumkin. Bunday paytda, asosan, mensimaslik, istehzo ma‘nolari anglashiladi. Rus tilidagi ты esa bunday хususiyatga ega emas.

O’zbek tilida egalik affiksi bilan qo’llangan o’zlik olmoshi rus tilida сам belgilash olmoshiga to’g’ri keladi. Rus tilidagi сам rod, son va kelishiklarda o’zgaradi: Men o’zim ishlayman.— Я сам буду работать. U qiz yosh bo’lsa-da, hamma topshiriqni o’zi bajaradi.— Эта девушка, хотя слишком молода, но все поручения выполняет сама. Rus tilida o’zlik (себя) olmoshining bosh kelishik shakli yo’q, u o’zi bilan birikib kelgan otning rodiga moslashmaydi, kelishiklarda o’zgarsa ham, birlik va ko’plik shakli bir xil bo’ladi. O’zbek tilida buning ma‘nosi o’z olmoshiga egalik va kelishik qo’shimchalarini qo’shish bilan yoki ko’makchilar bi-lan kelgan o’z olmoshiga egalik qo’shimchasini qo’shish bilan ifodalanadi: Я для себя купил новый костюм.— Men o’zim uchun (o’zimga) yangi kostyum sotib oldim. Он ничего не говорил о себе.

Ba‘zan rus tilida o’zlik olmoshi egalik tushunchasini ham ifodalashi mumkin: Нина пригласила гостей к себе.— Nina mehmonlarni o’z uyiga taklif qildi.

O’zbek tilida kim, nima, qaer, qachon, necha, qaysi, qanday, qanaqa, nega so’roq olmoshlaridan ba‘zilari ko’plikda ham qo’llanadi: kim — kimlar, nima — nimalar, qaer — qaerlar kabi. Masalan: Siznikiga kim keldi?— Кто пришёл к вам? Siznikiga kimlar keldi?— Кто пришёл к вам?—

Rus tilida какой, который so’roq olmoshlari otning rod, son va kelishik shakllariga moslashadi, o’zbek tilida esa bunday hodisa kuzatilmaydi. Qiyoslang:


Rus tilida: O’zbek tilida:
Какой журнал? Qanday jurnal?

Какая книга? Qanday kitob?

Какое произведение? Qanday asar?

Какие газеты? Qanday gazetalar?

Которую книгу? Qaysi kitobni?

Какой книгой? Qaysi kitob bilan?

Rus tilida кто, что, который, чей so’roq olmoshlari ba‘zan so’roq ma‘nosini yo’qotib nisbiy olmoshga aylanadi. O’zbek tilida ham, rus tilida bo’lganidek, so’roq olmoshlari nisbiy olmoshlarga ko’chishi mumkin: Кто не работает, тот не ест.— Kim ishlamasa, u tishlamaydi. (Ishlamagan — tishlamaydi.) Что посмеешь, то и пожнёшь.— Nima eksang, shuni o’rasan.

O’zbek tilidagi belgilash olmoshlari otga bog’langanda o’z shaklini o’zgartirmaydi. Rus tilidagi belgilash olmoshlari esa otga tobe bo’lib o’z shaklini otning rod, son va kelishik shakliga moslashtiradi: Masalan: каждый человек, каждая мать, каждое слово.

O’zbek tilida hamma, barcha olmoshlariga egalik qo’shimchalarini qo’shish bilan ifodalangan ma‘nolar rus tilida ko’plikdagi kishilik olmoshlarining ko’plikdagi весь olmoshi bilan birikishi orqali beriladi: hammamiz — мы все, hammangiz — вы все; hammalari — они все;

O’zbek tilida bo’lishsizlik olmoshlari so’roq olmoshlariga hech inkor so’zini biriktirish bilan, rus tilida esa so’roq olmoshlariga ni- va ne- inkor yuklamalarini qo’shish bilan hosil qilinadi: hech kim — nikto, hech nima — nichto, hech kimni-ki — nichey, hech qanday — nikakoy kabi. Rus tilida никто, ничто, ничей olmoshlari кто, что, чей olmoshlari kabi turlanadi: Никто не приходил.— Hech kim kelmadi. Мама ничего не сказала.— Onam hech nima degani yo’q.

Bo’lishsizlik olmoshlari predloglar (old ko’makchilar) bilan qo’llanganda, olmosh tarkibidagi ни- yuklamasi ayrim yoziladi: Карим ни с кем не встречался.— Karim hech kim bilan uchrashmadi.

Никакой olmoshi esa otga bog’lanib, uning rod, son va kelishik formalariga moslashadi: никакой дом dom — hech qanday uy.

Har ikki tilda ham gumon (noaniq) olmoshlari so’roq olmoshlariga turli affikslar qo’shish bilan hosil bo’ladi. Xususan, o’zbek tilida gumon olmoshlari so’roq olmoshlaridan oldin alla- elementini yoki shu olmoshdan keyin -dir qo’shimchasini qo’shish bilan yasaladi: allakim, allanima, kimdir, nimadir kabi.

Rus tilida esa gumon olmoshlari ancha murakkab grammatik hodisa bo’lib, u so’roq olmoshlariga -то, -нибудь, кое- kabi yuklamalarni qo’shish bilan hosil qilinadi: какой-то, кто-нибудь, кое-кто. Rus tilida не- yuklamasi vositasi bilan ham gumon olmoshlari hosil qilinadi: некто, нечто, некий, некоторый, несколько kabi.

Egalik olmoshlari faqat rus tiliga xos bo’lib, ot bilan birikkanda, uning rod, son va kelishik formalariga moslashadi. Egalik olmoshlarnning III shaxs shakli yo’q, shuning uchun III shaxs kishilik olmoshlarnning (он, она, оно, они) qaratqich kelishikdagi birlik ham ko’plik formalari (его, её, их) III shaxs egalik olmoshlari funktsiyasini bajaradi. O’zbek tilida egalik olmoshlari yo’q, lekin ularning ma‘nolari kishilik olmoshlarining qaratqich kelishik shakli bilan beriladi, bunday paytda ot egalik qo’shimchalarini oladi.O’zbek tilida kishilik olmoshlarining qaratqich kelishik shakli fikrni alohida ta‘kidlash kerak bo’lgandagina ishlatiladi, boshqa paytlarda esa ishlatilmaydi: O’quvchilaringiz topshiriqni bajarishdi.— Ваши ученики выполнили задание. Ularning bolalari shu maktabda oqiydi.— Их дети учатся в этой школе.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling