Y. Hamrayeva O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi (ma’ruzalar matni) Qarshi-2007


Download 0.58 Mb.
bet6/7
Sana01.10.2020
Hajmi0.58 Mb.
#132083
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi. (Ma’ruzalar matni) by Hamrayeva Y. (z-lib.org)


Sifatdosh


  1. Har ikkala tilda ham fe’llik, ham sifatlik xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan fe’l shakli sifatdosh (rus tilida причастие) hisoblanadi. Ular harakat-holat ma’nosini saqlagani holda ot bilan bog‘lanib, uning aniqlovchisi vazifasida keladi. Ammo o‘zbek va rus tillaridagi bu birliklar orasida ma’lum farqlar bor. Masalan:

м. р. ж.р.

И.п. играющий мальчик, танцующая девушка

Р.п. играющего мальчика танцующей девушки

Д.п. играющему мальчику танцующей девушке

В.п. играющего мальчика танцующую девушку

Т.п. играющим мальчиком танцующей девушкой

П.п. (об) играющем мальчике (о) танцующей девушке

Xuddi shu taxlit sredniy rod hamda ko‘plikda ham sifatdosh ot bilan moslashib, kelishiklar bo‘yicha o‘zgaradi. O‘zbek tilida bunday holat yo‘q. O‘zbek tilida sifatdosh aniqlanmishga bitishuv yo‘li bilan bog‘lanadi.


Ravishdosh

O‘zbek tilida ham, rus tilida ham ravishdosh fe’l shakli bo‘lib, ham fe’llik, ham ravishlik belgilariga ega. Ravishdoshda ham harakat-holat ma’nosi bor, shuning uchun fe’lga o‘xshab o‘timli va o‘timsiz bo‘ladi, nisbat ma’nosini ifodalaydi, shuningdek fe’l kabi o‘ziga tobe bo‘lgan so‘zni boshqarib keladi. Shu bilan birga ravishdosh ravish kabi ish-harakat va holatning belgisini bildiradi, uning so‘rog‘iga javob bo‘lib, ravishga xos sintaktik vazifalarni bajaradi. Rus tilida ravishdosh sifatdoshga o‘xshab belgini ifodalagani uchun причастие negizini saqlab qolgan, ammo unda jarayon ma’nosi ham mavjudligi uchun mazkur negiz oldidan дее- (действие-harakat) affiksi qo‘shilib, деепричастие nomi hosil qilingan.



Har ikki tilda ravishdoshlar qo‘shimcha harakatni bildirish bilan birga gapda holat, payt, sabab, kabi ma’nolarni ifodalab keladi. Har ikkala tilda ham ravishdosh fe’lning o‘zgarmas shakli hisoblanadi. Ammo o‘zbek va rus tillaridagi ravishdoshlar o‘rtasida ham ayrim tafovutlar bor bo‘lib, ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  1. O‘zbek tilida yuqorida qayd etilgan ma’nolardan tashqari, maqsad ma’noli ravishdoshlar ham bor: Bu yerga sizni ko‘rgani keldim. Rus tilida maqsad ravishdoshi bo‘lmagani uchun bunday o‘rinlarda maqsad tobe gapli qo‘shma gap qo‘llanadi: Я пришёл сюда, чтобы встретиться с вами.

  2. Rus tilida barcha fe’l shakllaridgi kabi ravishdoshlarda ham vid farqlanadi. Ravishdosh qaysi fe’ldan yasalgan bo‘lsa, o‘sha fe’lning vidini saqlaydi: делая, сделав; получая, получив va hokazo. Odatda nesovershenniy vid ravishdoshi harakat-holat voqe bo‘layotgan paytni, sovershenniy vid ravishdoshi esa, asosan, harakat-holatdan oldin voqe bo‘lgan harakatni ifodalaydi. Masalan: Сидя у камина, старик рассказывал детям сказки. – Kamin (olovi yonib turgan o‘choq) yonida o‘tirib, qariya bolalarga ertak aytib berardi; Посидев у речки, туристы продолжили путь. – Soy bo‘yoda oboroz o‘tirgach, sayohatchilar yo‘lida davom etishdi.

  3. O‘zbek tilida har qanday fe’lning ravishdosh shaklini hosil qilish mumkin (yozayotib, ichayotib), rus tilida esa ayrim fe’llardan mutlaqo ravishdosh hosil qilib bo‘lmaydi. Masalan, umuman, «пиша» письмо yoki «пия» чай deyilmaydi. Bunday fe’llardan pristavkalar yordamida sovershenniy vid hosil qilingandagina, o‘tgan zamon ravishdoshini yasash mumkin: написав письмо, выпив чай.

  4. O‘zbek tilida majhul nisbatdagi ravishdoshlar ham bor, rus tilidagi fe’llardan esa ravishdoshlarning majhul nisbat shakli deyarli hosil qilinmaydi. Nutqda kamdan-kam hollarda ishlatiladigan будучи приглашаем, будучи вызван kabi analitik shakllarga istisno tariqasida qaraladi. (Mas.: Будучи приглашаем, он не явился на свадьбу. – U talkif qilingan bo‘lsa-da, to‘yga kelmadi).

  5. O‘zbek tilida ayrim ravishdoshlar takror holda qo‘llanadi: yura-yura charchadi; yig‘lay-yig‘lay uxladi. Rus tilida bunday hodisa yo‘q.

  6. O‘zbek tilida fe’lning barcha shaklida bo‘lganidek ravishdoshda ham bo‘lishli-bo‘lishsizlik ma’nosi bor. Rus tilida ravishdoshlarning bo‘lishsiz shakli mavjud emas, bunday ma’noni hosil qilish uchun ravishdoshdan ajratib yoziladigan не inkor yuklamasidan foydalaniladi.

  7. Rus tilida ravishdosh ravish kabi как? когда? почему? при каком условии? kabi so‘roqlarga javob bo‘lib, gapda hol vazifasida keladi. O‘zbek tilida esa ravishdoshning bir qancha sintaktik vazifalari mavjud bo‘lib, u harakat tarzi shakllarini yasashda faol ishtirok etadi. Bunda ko‘makchi qism, odatda, shaxs-son va zamonni ifodalaydi. Rus tilida bunday imkoniyat bo‘lmagani uchun ularning ma’nosi, asosan, sovershenniy vid fe’llari bilan beriladi: kutib turaman – подожду; o‘ylab ko‘ramiz – подумаем; suzib o‘tasan – переплывёш; irg‘ib turdi – вскочил; Shuningdek, o‘zbek tilida ravishdosh ergash gapni bosh gapga bog‘laydi: Bahor kelib, kunlar isiy boshladi; O‘zi mustaqil kesim vazifasida ham kela oladi: Ishning boshi boshlanguncha; Bundan tashqari, fe’lga shaxs-son qo‘shimchasini biriktiradi: o‘ylabman; aytibsan; boribmiz va hokazo.

  8. Rus tilida sovershenniy vid ravishdosh infinitiv yoki o’tgan zamon negiziga -в yoki вш (-ши) suffikslarini qo’shish bilan yasaladi: сказав, выпивши, занёсши. Nesovershenniy vid ravishdoshlar esa -а yoki -я suffikslari bilan yasaladi: крича, услыша, делая, читая, неся; O‘zbeklar nutqida ravishdosh nihoyatda ko‘p uchraydi, shuning uchun bo‘lsa kerak uni hosil qiluvchi qo‘shimchalar ham tilimizda g‘oyat bisyor.

  9. Rus tilida ravishdosh o‘ziga tobe bo‘lgan so‘zlar bilan birgalikda деепричастный оборот (ravishdoshli birikma)ni hosil qiladi va u bir butun yaxlit holda ajratilgan izoh hol vazifasini bajarib, kesimga bog‘lanadi: Победив чемпиона мира по боксу Николая Валуева, Руслан Чагаев продемонстрировал свои способности всему миру. – Boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan Nikolay Valuyevni yengib, Ruslan Chagayev o‘z qobiliyatlarini bitun dunyoga namoyish qildi.


Mavzuni mustahkamlash uchun

savol va topshiriqlar:
1. Har ikki tildagi fe‘llarga xos bo’lgan umumiy grammatik kategoriyalar haqida gapiring.

  1. Rus tilidagi tur kategoriyasining o‘ziga xos xususiyatlarini ayting.

  2. O‘zbek tilidagi bulishli-bulishsizlik kategoriyasi rus tilida qanday ifodalanadi?

  3. O‘’zbek va rus tillaridagi fe‘llarning shaxs-son bo’yicha tuslanishida qanday farqlar namoyon bo’ladi?

  4. O‘zbekcha va ruscha fe‘llarga xos zamon kategoriyasi haqida gapiring.

  5. Rus tilidagi shaxssiz fe‘llar uo’zbek tilida qanday ifodalanadi?

  6. O‘zbek tilidagi harakat nomi bilan ruscha infinitiv uo’rtasidagi farqlarni ayting.

  7. O‘’zbek tilida rus tilidagi infinitivga to’liq mos keladigan fe‘l shakli bormi?

  8. O‘zbek va rus tillaridagi sifatdashlarning o’xshash va farqli tomonlari haqida gapiring.

  9. Rus tilida sifatdoshning qanday zamon shakllari bor?

  10. O‘zbek va rus tillaridagi ravishdoshlarga kiyosiy tavsif bering.

  11. O‘zbek tilidagi ravishdoshlar ruscha ravishdoshlarda mavjud bo’lmagan qanday imkoniyatlarga ega?


Informatsion­uslubiy ta’minot,

tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Azizov O. Sopostavitelnaya grammatika russkogo i uo’zbekskogo yazikov. T., 1966;

2. Azizov O. Safaev A. Jamolxonov. O‘zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi. T., 1986.

3. Hamrayeva Y., Elmurodova L. O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi. Qarshi: «Nasaf», 2007.

4. Kissen I.A. Kurs sopostavitelnoy grammatiki russkogo i uo’zbekskogo yazikov. T.,1979;

5. Mahmudov N., Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. T., 1965.

6. Rahmatullaev Sh. o’zbek va rus tillarini qiyoslash. T., 1993; 19-22-betlar.

7. Reshetov V.V., Reshetova L.V. Rus tili grammatikasi. Toshkent: «qituvchi», 1968.

8. Cовременный русский язык. Под ред. Белошапковой. M.: «Высшая школа», 1989.

9. Якубова X. Практикум по сопоставительной грамматике русского и узбекского языков. T.: «Укитувчи», 1986.

10. O‘zbek tili grammatikasi. I tom. Toshkent: «Fan», 1975.




9-Mavzu: O’zbek va rus tillarida yordamchi

so’z turkumlari

Ko‘makchi. O‘zbek va rys tillarida mavjud yordamchi so‘z turkumlari qiyoslanganda, o‘zbek tilida rus tilidagi predloglarning, rus tilida esa o‘zbekcha ko‘makchilarga aynan o‘xshash birliklarning yo‘qligi ma’lum bo‘ladi. Rus tilidagi predloglar o‘zi bog‘langan so‘zdan oldin keladi. O‘zbek tilidagi ko‘makchi esa hamma vaqt o‘zi bog‘langan so‘zdan keyin keladi. Shuning uchun ham turkiy tillarga oid ruscha ilmiy manbalarda o‘zbek va boshqa turkiy tillarga xos bo‘lgan ko‘makchilar posleloglar deb yuritiladi.

Har ikki tilda ham ko‘makchi alohida gap bo‘lagi bo‘lolmaydi, o‘zi bog‘lanib kelgan so’z bilan birgalikda gapning biror bo‘lagi vazifasida keladi. O‘zbek tilidagi ko‘makchi ham, rus tilidagi predlog ham so‘zdan ajratib yoziladi.

O‘zbek tilida ko‘makchilar ikki guruhga ajratiladi: 1) sof ko‘makchilar; 2) ko‘makchi vazifasidagi so‘zlar.

Sof ko‘makchilarga bilan, uchun, sari, sayin, qadar, uzra, kabi, singari, yanglig‘, dovur, oid so‘zlari kiradi. Ular mustaqil ma’nosini yo‘qotgan bo‘lib, faqat grammatik ma’no ifodalaydi. Shu jihati bilan ular rus tilidagi predloglarga o‘xshab ketadi.

Ko’makchilar bilan predloglarning o’ziga xos hususiyati ularning ma’lum kelishikdagi so‘z bilan bog‘lanib kelishida namoyon bo‘ladi. O‘zbek tilida bilan, uchun, sayin, orqali, kabi, singari,yanglig‘, sari, bo‘ylab, uzra, ichra, osha, bo‘ylab kabi ko‘makchilar bosh kelishikdagi so‘z (ba’zan qaratqich kelishigidagi olmosh) bilan; tomon, qadar, qarshi, ko‘ra, qarab, qaraganda, yarasha, doir, binoan, asosan, muvofiq kabilar, odatda, jo‘nalish kelishigidagi so‘z bilan; avval, keyin, so‘ng, boshqa, bo‘lak, tashqari, ilgari, burun, beri, buyon, boshlab, tortib kabilar chiqish kelishigidagi so‘z bilan; ot, sifat va boshqa so‘z turkumlaridan ko‘chib o‘tgan ost, tag, ust, old, orqa, yon, qarshi, ich, o‘rta kabi ko‘makchilar belgili va belgisiz qaratqich kelishigidagi so‘z bilan bog‘lanib keladi.

Rus tilida har qanday predlog bosh kelishikdan tashqari ma’lum kelishikda shakllangan so‘z bilan birga ishlatiladi.



Bog’lovchi. Bog’lovchilar ham yordamchi so’zlarning bir turi bo’lib, ular o’zbek va rus tillarida gap bo’laklarini yoki qo’shma gap qismlarini bir-biriga bog’lab keladi. Ikkala tilda ham ular ikki guruhga birlashadi: a) teng bog’lovchilar va ergashtiruvchi bog’lovchilar.

O’zbek tilida biriktiruvchi bog’lovchilardan eng ko’p ishla tiladigani — va, rus tilida esa i yordamchi so’zidir. Bunday bog’lovchilar vositasi bilan narsa, kishi yoki boshqa otlar nomma-nom atalib ko’rsatiladi: kitob va daftar — kniga i tetrad; Layli va Majnun – Leyli i Medjnun.

O’zbek tilida va bog’lovchisi bilan bog’lanib kelgan so’zlardagi son, kelishik, egalik affikslari har bir so’zga yoki eng keyingi so’zgagina qo’'shilib kelishi mumkin, rus tilida esa i bilan bog’lanib kelgan so’zlarning har qaysisi kerakli grammatik shaklda bo’lishi shart. Masalan: Sizga qni-qshni va dstlaringizdan salom. — Vam privet ot sosedey i druzey.

Ergashtiruvchi bog’lovchilar qo’shma gapdagi ergash gapni bosh gap bilan bog’lashda xizmat qiladi.



Yuklama. Yuklamalar har ikki tilda predmetlik ma‘nosini yo’qotgan yordamchi so’zlar bo’lib, butun bir gapga yoki uning ayrim bo’laklariga turli qo’shimcha ma‘no ottenkalarini qo’shadi. Yuklamalar gap bo’lagi bo’la olmaydi.

Modal so’zlar. Har ikki tilda ham modal so’zlar harakatning voqelikka munosabatini yoki so’zlovchining o’z nutqiga bo’lgan munosabatini ifodalaydi. Modal so’zlarga qo’yidagilar kiradi:

Undovlar (Mejdometiya). Har ikkala tilda ham undovlar turli tuyg’u, sezgi, his hayajon va xitob kabilarni ifodalaydigan maxsus tovushlar va so’zlar bilan ifodalanadi. Undovlar gapda boshqa so’zlar bilan sintaktik jihatdan bog’lanmaydi, gap bo’lagi bo’la ol maydi (otlashish holatlari bundan mustasno). Shuning uchun undovlarning ma‘nosi intonatsiya bilan bog’liq.


Mavzuni mustahkamlash uchun

savol va topshiriqlar:
1. O‘zbek va rus tillaridagi ko‘makchilar o’rtasidagi asosiy farqlar nimalardan iborat?

  1. Rus tilidagi predloglar o‘zi birikib kelgan so’z bilan qanday moslashadi?

3. Rus tilida ham o’zbek tilidagi kabi sof ko‘makchilardan tashqari, ko‘makchi vazifasida keluvchi mustaqil so’zlar bormi?

  1. O‘zbek va rus tillaridagi bog’lovchilarga qiyosiy tavsif bering.

  2. Rus tilidagi maxsus zamon bog’lovchilari haqida gapiring.

  3. O‘zbek va rus tillaridagi yuklamalarning o‘ziga xos xususiyatlarini ayting.

  4. Rus tilida ham o’zbek tilidagidek so’zga qo‘shib yoki chiziqcha bilan yoziladigan yuklamalar bormi?

  5. O‘zbek va rus tillaridagi yuklamalarning ma‘no bo‘yoqlariga qiyosiy tavsif bering.

  6. O‘zbekcha va ruscha taqlid so’zlar o’rtasidagi tafovutlarni ayting.

  7. O‘zbek va rus tillarida mavjud boshqa turkum so’zlar haqida gapiring.


Informatsion­uslubiy ta‘minot,

tavsiya etiladigan adabiyotlar:


  1. Azizov O. Safaev A. Jamolxonov. O‘zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi. T., 1986.

  2. Hamrayeva Y., Elmurodova L. O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi. Qarshi: «Nasaf», 2007.

  3. Киссен И.А. Курс сопоставительной грамматики русского и узбекского языков. Т., 1979.

  4. Mahmudov N., Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. T., 1965.

  5. Rahmatullaev Sh. О’zbek va rus tillarini qiyoslash. T., 1993; 19-22-betlar.

  6. Reshetov V.V., Reshetova L.V. Rus tili grammatikasi. Toshkent: «О‘qituvchi», 1968.

  7. Cовременный русский язык. Под ред. Белошапковой. M.: «Высшая школа», 1989.

  8. Якубова X. Практикум по сопоставительной грамматике русского и узбекского языков. T.: «Укитувчи», 1986.

  9. O‘zbek tili grammatikasi. I tom. Toshkent: «Fan», 1975.


10-Mavzu: O‘zbek va rus tillarida so‘z birikmasi

Nopredikativ bog’lanma doim ikki a‘zodan tarkib topadi, ulardan biri tobe, ikkinchisi esa hokim bo’ladi. Predikativ bog’lanmada uning hokim a‘zosi odatda oldin, tobe a‘zosi keyin joylashadi, nopredikativ bog’lanmada, aksincha, tobe a‘zo ko’pincha oldin, hokim a‘zo esa keyin joylashadi. Muhim farq shuki, predikativ bog’lanmada uning har ikki a‘zosi so’zshakl bilan ifodalanadi, shunga ko’ra har ikkisi sintaktik bo’lak (ega, kesim) sifatida shakllanadi. Nopredikativ bog’lanmalarda esa uning tobe a‘zosi ko’pincha so’zshakl bilan ifodalanadi, shunga ko’ra shu a‘zogina sintaktik bo’lak (masalan, to’ldiruvchi) sifatida shakllaiadi.

Nopredikativ bog’lanmalar (bular birikma deb ham yuritiladi) turlicha tasnif qilinadi, shulardan biri tobe a‘zosining sintaktik mohiyati asosida tasniflash bo’lib, bunda sifatlovchili birikma, to’ldiruvchili birikma, holli birikma kabi bog’lanmalar ajratidadi.

Birikmalarning tobe a‘zosi (sifatlovchi, to’ldiruvchi, hol) gapning ikkinchi darajali bo’lagi deb yuritilar edi, keyingi yillarda yoyuvchi bo’lak deb talqin qilinmoqda. Bunday yondashuvga ko’ra avval predikativ bog’lanma (gap) tuziladi, keyin kesimga, egaga doir yoyuvchi bo’lak qo’shiladi (kiritiladi), o’z navbatida bu yoyuvchi bo’lak ham yoyilishi mumkin. Agar bu fikrga qo’shilsak, sintaktik bo’lak uchun qurilish ashyosi bo’lib so’zshakldan yirik sintaktik birlikning (birikmaning, gapning) kela olishini inkor etgan bo’lamiz. Aslida sintaktik bo’lakning yoyilishida emas, balki sintaktik bo’lakning, so’zshakldan tashqari, turli-tuman bog’lanmalar bilan ifodalanishi haqida gapirish o’rinli. Gap qurilishida biror bo’lakning boshqa bir bo’lakka gapga bir butun holda taalluqli bo’lishi alohida masala bo’lib, bu masalani hal etishda yoyuvchi bo’lak tushunchasiga zaruriyat yo’q.

To’ldiruvchili birikmalar rus va o’zbek tillarida mohiyat jihatidan bir xil. To’ldiruvchi to’ldirilmishiga boshqaruv usuli bilan bog’lanadi: to’ldirilmish bo’lib kelgan leksemaning ma‘nosi bog’lanadigan to’ldiruvchi qaysi sintaktik shaklda kelishini belgilaydi. To’ldiruvchining ikki turi ajratiladi: vositasiz to’ldiruvchi (pryamoe dopolnenie) va vositali to’ldiruvchi (kosvennoe dopolnenie).

Holli birikmalar ham rus va o’zbek tillarida mohiyat jihatidan bir xil. Hol bilan hollanmish orasidagi sintaktik aloqa ikki xil: 1) Hol vazifasida shakl o’o’zgarishi yo’q birlik (ravish, ravishdosh; o’zbek tilida sifat ham) kelsa, hollanmishiga bitishuv usuli bilan bog’lanadi: uzoq II yaxshi 11 miriqib dam olmoq; stoyat dolgo 11 obo’lokotivshis na perila kabi; 2) so’zumso’z vazifasida ma‘lum kelishikda yoki ko’makchi (rus tilida predlog) bilan shakllangan so’zshakl kelsa, hollanmishiga boshqaruv usuli bilan bog’lanadi: U universitetga ketdi.— On ushel v universitet. By yil bahorda yog’ingarchilik ko’p bo’ldi. V etom godu vesnoy osadkov bo’lo mnogo kabi.

Sifatlovchili birikmalar rus va o’zbek tillarida keskin farq qiladi. Rus tilida sifatlovchilar moslashadigan va moslashmaydigan sifatlovchi deb ikkiga ajratiladi.

Asli tom ma‘nodagi, ya‘ni ham grammatik, ham semantik jixatdan sifatlovchi deb qarashga loyiq sifatlovchi — moslashadigan sifatlovchi. Chunki bunday sifatlovchi vazifasida predmetning belgisini anglatadigan turkum leksemasi keladi va u sifatlanmish otning grammatik shakliga mos holda grammatik ko’rsatkich oladi hamda moslashib o’zgaradi: chistaya bumaga,ch istuyu bumagu kabi.

Rus tilida sifatlovchili birikmaning tobe a‘zosi (sifatlovchi) hajm a‘zosiga (sifatlanmishiga) qarab grammatik ko’rsatkich oladi, grammatik ko’rsatkichlar orasida mutanosib o’zgarish yuz beradi. Lekin birikma doirasida na hokim a‘zoning, na tobe a‘zoning grammatik shakli aniq bo’lmaydi, bunday birikmaning a‘zolari nutqda aniq bir grammatik shakl kasb etadi. To’g’ri, sifatlovchili birikmani alohida birlik sifatida talaffuz etish zarur bo’lsa, uni ma‘lum rod, birlik, bosh kelishik shaklida aytamiz, chunki shunday grammatik shakl sifatlovchili birikma uchun bosh shakl deb qabul qilingan: cherny karandash, bolshaya lampochka, sinee nebo kabi. Bunday bog’lanmada tugallanmalarni to’rtburchakka olsak, qolgan qism birikmaning asosiga teng bo’ladi: cherny, karandash, bolshaya, lampochka, sinee, nebo. Tilda bunday, sifatlovchili birikmaning andozasi bor: (asos + tugallanma) x (asos – tugallanma), bu andozada qaysi tugallanmalar (o’z-o’zidan, qaysi leksemalar ham) qatnashuvi nutqdagina aniq bo’ladi. Demak, rus tilida sifatlovchili birikmaning tobe a‘zosi birikma doirasida grammatik shakllanib yetmaydi; bunday birikmaning hokim a‘zosi ham (asli birikmaning o’zi ham) nutqda tugal grammatik shakllanadi.

O’zbek tilida barcha sonlar sifatlanmishiga bitishuv usul bilan bog’lanaveradi. Yana bir farq shuki, rus tilida dva va undan yirik son sifatlovchi bo’lib kelganida sifatlanmish ot asosan ko’plik ,shaklida ishlatiladi: dva studenta, lekin dvux studentov; pyat stydenmov kabi; o’zbek tilida, sifatlovchi qaysi son bilan ifodalanishidan qat‘i nazar, sifatlanmish ot birlik shaklida ishlatiladi: ikki student, o’n student kabi. rus tilidan farqli holda o’zbek tilida sifatlovchi bo’lib ba‘zan ravish ham keladi: ko’p gap, oz gap, tez odam kabi. Ko’rinadiki, bu vazifada sifat tur ravishlargina kela oladi. Rus tilida ravish sifatlovchi bo’lib kelmaydi. O’zbek tilida sifatlovchi ot bilan ham ifodalanadi: oltin soam, g’isht devor kabi. Bunday vazifada asosan jism otlari keladi. Sifatlovchi vazifasida kelgan bunday ot grammatik shakli jihatidan sifatga tenglashadi: son va kelishik shakllariga ega bo’lmaydi.

Rus tilida sifatlovchining moslashmaydigan turi ham ajratiladi. Bunday sifatlovchi asosan sifatlanmishidan keyin joylashadi.

O’zbek tilining rus tilidan farqli hodisalaridan biri — qaratuvchili birikma: dushmanning xujumi, qovunning urug’i,shaharning chekasi kabi. Bunday birikma rus tilidagi nastup­iv vraga, semena dni, okraina goroda kabi birikmalarga eng yaqin turadi, lekin teng emas.

Tasvirlanayotgan birikmaning tobe a‘zosi qaratuvchi deb hokim a‘zosi qaralmish deb yuritiladi. hozirgacha qaratuvchi bilan qaralmishning sintaktik aloqasi moslashuv deb kelinadi. Aslida esa tom ma‘nodagi moslashuv emasligi allaxachon ta‘kidlangan edi-yu, lekin uzil-kesil yangi talqin berilmadi. haqiqatda, qaratuvchili birikmada hokim a‘zo tobe a‘zoning grammatik shakliga to’liq moslashmaydi. Hokim a‘zoga qo’shiladigan nisbatlovchi tobe a‘zoga mutanosib holda tanlab qo’shiladi, lekin bunday mutanosibo’lik bu a‘zolarning gramma­tik shakllari orasidagina voqe bo’lmaydi. Masalan, shaxs ma‘nosi tobe a‘zo vazifasidagi so’zshaklning asosidan anglashiladi, hokim a‘zoda esa 6o’ ma‘noni gramatik ko’rsatkich (nisbatlovchi) ifodalaydi. Faqat qaratuvchi o’z so’zi bilan, hama kabi omosh bilan ikki kabi son bilan ifodalanadigan birikmalarda moslashuv voqe bo’ladi: o’zimning uyim,hammamizning uyimiz, ikkimizning uyimiz kabi. Ko’rinadiki, bunday qaratuvchi bilan qaralmish tarkibida ayni bir nisbat­lovchi qatnashadi. Agar bunday ko’rilma asli uch a‘zoli ekanini hisobga olsak (mening o’zimning uyim kabi), unda tushiriladigan a‘zo asl qaratuvchi ekanini, qatnashadigan a‘zo esa ta‘kidlovchi ekanini sezish qiyin emas. Demak, bunday qurilmalarda ham asli qaralmish tarkibidagi nisbatlovchi shaxs jixatidan qaratuvchi vazifasidagi so’zshaklning asosiga mutanosib qo’shiladi. Modomiki mutanosibo’lik grammatik ko’rsatkichlar orasida emas, endi bunday sintaktik aloqani moslashuv deb bo’lmaydi.

Demak, qaratuvchili birikmaning ayrim ko’rinishlarida son jihatidan moslashuv voqe bo’ladi yoki son jihatidan mutanosibo’lik yo’qoladi, qolgan ko’rinishlarida esa son jihatidan muvofiqlashuv sodir bo’ladi.

O’zbek tilida rus tilidagidaek muntazam moslashuv qonunlari yo’q. Odatda o’zbek tilida (boshqa turkiy tillarda bo’lganidek) kesim ega bilan shaxs va sonda moslashadi deb xisobo’lanadi. Biroq bu xil moslashuvda tobe bo’lak hokim bo’lakka nisbatan grammatik jihatdan erkinroq bo’ladi, binobarin, hokim bo’lak tushib qolganda ham, tobe bo’lak o’zining oldingi formasini saqlab qola oladi. Masalan, Men oldim gapida ega (men olmoshi) qo’llanmagan taqdirda ham, kesim (oldim so’z formasi) birinchi shaxs, birlik ko’rsatkichi bilan qo’llana oladi.

Rus tilida moslashuv, asosan, ikki xil birikmada bo’ladi: birinchisi — kesimning ega bilan rod, son va shaxsda moslashuvi, ikkinchisi — aniqlovchining aniqlanmish ot bilan rod, son va kelishikda moslashuvidir. Rus tilida moslashuvning to’liq va to’liqsiz formalari ham mavjud.

Rus tilidagi boshqaruvda esa hokim so’z (ko’pincha fe‘l) tobe so’zning ma‘lum bir kelishikda, predlogsiz yoki predlogli ergashib kelishini talab qiladi. Bundan tashqari, rus tilida predloglarning ayrim guruhlari otlarning ma‘lum bir vositali kelishikda bo’lishini talab qiladi.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling