Y. Hamrayeva O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi (ma’ruzalar matni) Qarshi-2007


Download 0.58 Mb.
bet7/7
Sana01.10.2020
Hajmi0.58 Mb.
#132083
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi. (Ma’ruzalar matni) by Hamrayeva Y. (z-lib.org)


Mavzuni mustahkamlash uchun

savol va topshiriqlar:


  1. Predikativ bog’lanma bilan nopredikativ bog’lanma o’rtasida qanday farqlar bor?

  2. O‘zbek va rus tillaridagi tldiruvchili birikmalar shaqida gapiring.

  1. O‘zbek va rus tillaridagi vositali tldiruvchiga qiyosiy tavsif bering.

  2. O‘zbek va rus tillaridagi sholli birikmalarga qiyosiy tavsif bering.

  3. Rus tilidagi sifatlovchili birikmalar bilan o’zbek tilidagi shunday birikmalar O‘rtasidagi keskin tafovut nimalarda namoyon bo’ladi?

  4. O‘zbek tilidagi so’z birikmalarining rus tilidagi birikmalarda mavjud bo’lmagan imkoniyatlari shaqida gapiring.

  5. O‘zbek va rus tillaridagi moslashuv hodisasiga qiyosiy tavsif bering.

  6. O‘zbek va rus tillaridagi boshqaruv hodisasining umumiy va farqli jishatlarini ayting.

  7. O‘zbek tilidagi bitishuv hodisasi bilan rus tilidagi shunday hodisa o’rtasidagi tafovutlar shaqida gapiring.

  8. Rus tilidagi izoshlovchining o’zbek tilidagi izoshlovchidan farqini ayting.


Informatsion­uslubiy ta‘minot,

tavsiya etiladigan adabiyotlar:


  1. Azizov O. Safaev A. Jamolxonov. O‘zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi. T., 1986.

  2. Hamrayeva Y., Elmurodova L. O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi. Qarshi: «Nasaf», 2007.

  3. Киссен И.А. Курс сопоставительной грамматики русского и узбекского языков. Т., 1979.

  4. Rahmatullaev Sh. О’zbek va rus tillarini qiyoslash. T., 1993; 19-22-betlar.

  5. Reshetov V.V., Reshetova L.V. Rus tili grammatikasi. Toshkent: «О‘qituvchi», 1968.

  6. Якубова X. Практикум по сопоставительной грамматике русского и узбекского языков. T.: «Укитувчи», 1986.

  7. O‘zbek tili grammatikasi. I tom. Toshkent: «Fan», 1975.

11-Mavzu: O’zbek va rus tillarida gap.

O’zbek va rus tillarida bosh bo’laklar

Har ikki tilda ega gapning mustaqil bo’lagi bo’lib, turli so’z turkumlari bilan ifodalanadi.

Predikativ ega qiyos qilinayotgan ikkala tilda ham predmet yoki shaxsni bildiruvchi hamda ayrim so’z yoki so’z birikmasi bilan ifodalangan bosh bo’lakdir. U anglatgan predmet yoki shaxsning harakati yoxud belgisi kesim orqali (predikatsiya yo’li bilan) aniqlanadi. Gapning egasi kesim tomonidan aniqlanganligi uchun predikativ ega deb ataladi va qaratqich egadan (sub‘ekt prinadlejnostidan) farq qiladi.

Predikativ ega vazifasida kelgan har bir so’z yoki so’z birikmasi ikkala tilda ham bosh kelishik (imenitelny padej) so’rog’iga (kim?, kimlar? – kto?; nima?, nimalar? – chto?) javob bo’ladi.

Rus tilida predikativ ega o’zbek tilidagi kabi ot, sifat, son, olmosh, fe‘l va boshqa so’z turkumlari hamda turli so’z birikmalari bilan ifodalanadi.

Rus tilida predikativ eganing o’ziga xos eng muhim grammatik xususiyatlari quyidagilar: a) ega vazifasida kelgan konkret so’zning (asosan otning) grammatik kategoriyalariga kesimning grammatik formasi qat‘iyan tobe bo’lishi shart, binobarin, kesim ko’rsatkichining shakllanishi egaga qat‘iy bog’liq; b) ega ko’p gaplarda konkret predikativ shaxs kategoriyasini (ya‘ni uch konkret shaxsdan birini) ifodalaydi .

Kesim predikatsiyalovchi (ya‘ni aniqlash, takidlash, inkor qilish kabi yo’llar bilan gap hosil qiluvchi) kategoriya sifatida quyidagi ma‘nolarni ifodalaydi:

Predmetning harakatining bildiradi: Karim ketdi. Yuqoriga o’ting. Karim ushyol. Poluchite kabi.

Predmetning belgisi. Sifati. Xusisiyatini bildiradi.

Egasiz gapda kesim (aslida kesimga teng bo’lgan gap) ma‘lum bir predmet yoki hodisaning hozir yoki doim mavjud ekanligini o’tgan yoki kelasi zamonda bo’lishini ifodalashi mumkin. Masalan: o’zbek tilida: Qish payti edi.

O’zbek va rus tillarida kesim o’ziga xos grammatik xususiyatlarga ham ega.

O’zbek tilida kesim sodda va murakkab bo’lib, turli predikativ (kesimlik) ko’rsatkichlar bilan shakllanadi. Kesim vazifasida kelgan so’zlarda shaxs – son qo’shimchalari, modallik va zamon ko’rsatkilari bo’ladi.

Fe‘lning buyruq mayli (povelitelnoe naklonenie) formasi bilan ifodalangan kesimlar. Bu xil kesimlar, asosan, ikkinchi shaxs birlik va ko’plikda ishlatiladi. Birlikda ular –i, -y, -, - is, -ysya, - sya affikslari bilan shakllanadi. (idi, chitay, syad, uchis, umoysya, odensya kabi), ko’plikda esa shu ko’rsatkichlarga –te qo’shiladi yoki –ites, -ytes, -etes, - tes qo’shimchalari ishlatiladi (idite, chitayte, syadte, uchites, umoytes, odentes kabi).

Rus tilidagi kesimlar yana quyidagi xususiyatlarga ega:

Rus tilida infinitiv kesim ega bilan moslashmaydi. U egali va egasiz (shaxssiz) gaplarning kesimi vazifasida keladi.

Egali gaplardagi infinitiv kesim: a) ta‘kidlash ma‘nosini ifodalaydi: Moya tsel-poluchit vsshee obrazovanie. –Mening maqsadim oliy ma‘lumot olishdir; b) boshlanib ketgan yoki davom etayotgan harakatni bildiradi: Ya tsaritsa xoxotat i plechami pojimat, i podmigevat glazami, i prishyol kivat perstami, i vertetsya podbochas. (Pushkin).



Ikkinchi darajali bo‘laklar
Tilshunos olim O.Azizov ikkinchi darajali bo’laklarni ikki guruhga ajratgan edi:1) otga ergashuvchi ikkinchi darajali bo’laklar (vtoroste­penne chlen, poyasnyayushie imya sushestvitelnoe); 2) fe‘lga ergashuvchi ikkinchi darajali bo’laklar (vtoro­stepenne chlen, poyasnyayushie glagol).

Aniqlovchi. Ma‘lumki, otga bog’lanib, predmetning sifati, belgisini bildirgan gap bo’laklari aniqlovchi (opredelenie) deb, sharakat vositasi, ob‘ekti, sholatini bildirgan gap bo’laklari tldiruvchi (dopolnenie) va shol (obstoyatelstvo) deb ataladi.

1. Sifatlovchilar sifat, son, sifatdosh, ravish hamda sifat vazifasidagi ot va

Rus tilida aniqlovchilar moslashgan (soglasovannoe opre­delenie) va moslashmagan (nesoglasovannoe opredelenie) bo’ladi.

1. Moslashgan aniqlovchilar sifat, tartib son, sifatdosh, olmosh bilan ifodalanadi. Moslashgan aniqlovchining aniqlanmish bilan struktural munosabati quyidagicha:

Ma‘lumki, rus tilida otlar uchta grammatik gruppaga, ya‘ni mujskoy, jenskiy va sredniy rod otlariga ajraladi. Bularning har biri o’ziga xos kelishiklarda turlanadi. aniqlovchi-lar uz grammatik formalarini (uzgaruvchi qo’shimchalarini) aniqlanmishning yukorida kayd kilingan gchrammatik ma‘nolari bilan moslab keladi.

2. Moslashmagan aniqlovchi roditelny kelishikdagi yoki boshika vositali kelishikdagi otlar bilan ifodalanib, aniqlanmishdan keyin keladi: kniga brata (akamning kitobi), kni­gi, brata (akamning kitobo’lari), s knigami brata (akamning kitobo’lari bilan), o knigax brata (akamning kitobo’lari ka-kida).

Moslashmagan aniqlovchilarning ba‘zi grammatik xususiyatlari ularni uo’zbek tili bilan qiyoslaganda ravshan kurinadi. Chunonchi:

a) predlogsiz roditelny kelishikdagi ot bilan ifodalangan aniqlovchilar aniqlanmishdan keyin keladi va ikki predmetning bir-biriga qarashliligini, xususiyatini, sifatini bildiradi. Bu aniqlovchilarga uo’zbek tilida aniqlanmish ot oldidan keladigan qaratqich ekvivalent bo’ladi: direktor shkol — maktab direktora. Yego, yee, ix, formalari aniqlovchi vazifasida aniqlanmishdan oldin keladi: yego dom — uning uyi .

To‘ldiruvchi. Ma‘lumki, har ikkala tilda ham to’ldiruvchilar vositasiz (pryamoe) va vositali (kosvennoe) bo’ladi. Vositasiz to’ldiruvchilar uo’zbek tilida tushum kelishikdagi otlar bilan, rus tilida esa predlogsiz vinitelny kelishik­dagi suzlar bilan ifodalanadi.

Qiyoslanayotgan har ikki tildagi to’ldiruvchilarning o’ziga xos grammatik xususiyatlari mavjud. Xususan, uo’zbek tilida vositasiz to’ldiruvchilar belgili tushum kelishikda (-ni qo’shimchasi bilan) va belgisiz tushum kelishikda (qo’shimchasiz) kelgan suzlar bilan ifodalanishi mumkin. Ma‘lumki, o’zbek tilida fe‘lning orttirma darajasi oldida ham to’ldiruvchi keladi. To’ldiruvchilar substantivlashgan birikmalar bilan ham ifodalanishi mumkin: imtxon topshirgan studentlarga ayting birikmasi urniga imtixon topshirganlarga ayting birikmasi ishlatilishi mumkin.

To’ldiruvchilar ko’makchili konstruktsiyalar bilan ifodalanadi:

Hol. Ma‘lumki, hol qiyoslanayotgan ikkala tilda ham ravish (narechiye), ravishdosh (deyeprichastie) va vositali kelishiklardagi otlar bilan ifodalanib, harakatning qanday holatda kay tarzda, qanday sharoitda, kaerda va qachon bajarilganini bildiradi: Sekinrok gapirishing.— Razgovarivayte tishe. Moskvadan turistlar keldi.— Iz Moskv priexali turist. Eo’rtaga Moskvaga junab ketyapmiz.— Zavtra yedem v Moskvu.

Uo’zbek tilida holning quyidagi turlari bor: ravish holi, payt holi, sabab holi, maksad holi, mikdor-daraja holi, urin holi.

Sodda gapda bo’laklarning o’rni va tartibi. Odatda gap so’zlardan tarkib topadi deyiladi, asli gap bo’laklardan tarkib topadi deyish to’g’riroq. Sintaktik bo’lakning ifoda ashyosi bo’lib odatda so’zshakl xizmat qiladi (bunday sintaktik birlik so’z deb yuritilar edi); shu bilan birga, sintaktik bo’lak bog’lanma bilan ham ifodalanadi. Keyingi holat hisobga olinsa, gan so’zlardan (so’zshakllardan) tarkib topadi deyish to’g’ri bo’lavermaydi. Asli gap bo’laklardan tarkib topadi, bo’lak o’z navbatida so’z bilan (to’g’rirog’i — so’zshakl bilan) yoki bog’lanma bilan ifodalangan bo’lishi mumkin. Masalan, III hozir kursda 96 student o’qiydi. Seychay na III kurse obuchayutsya studentov gaplari to’rt bo’lakdan tarkib topgan: 1) hozir (seychas), 2) III kursda (na III kurse), 3) 96 student (96 studentov), 4) o’qiydi (obuchayutsya). Bunda birinchi va to’rtinchi bo’lak yakka so’zshakl bilan, ikkinchi, uchinchi bo’lak bog’lanma bilan ifodalangan. Gap tarkibida gapning bo’lagi (ega, kesim), birikmaning bo’lagi (sifatlovchi, qaratuvchi, izoxlovchi, to’ldiruvchi, hol) va gap bo’laklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydigan bo’lak (undalma, kirish) qatnashuvini ham hisobga olsak “gap bo’laklarining tartibi” deyishdan ham ko’ra “sintaktik bo’laklapn tartibi” deyishimiz to’g’ri.

Ikki hodisani farqlash lozim: sintaktik bo’lakning o’rni bor va bu o’rinni o’zgartirish imkoniyati bor. O’rni qat‘i belgilangan bo’lakka nisbatan tartib haqida gapirib bo’lmayli Odatdagi o’rnini o’zgartirishga yo’l qo’yadigan bo’lakdagina tartib erkinligi mavjud. Sintaktik bo’laklarning o’rnini va tartibni belgilashda nasriy adabiy nutq asosga olinadi.

Qo’shma gap rus tilida ham, o’zbek tilida ham tuzilishi va mazmuniga ko’ra o’ta murakkab bo’lib, har bir tilning uz imkoniyatlari doirasida namoyon bo’ladi. Tuzilish jihatidan alohida ta‘kidlashga loyiq hodisa shuki, o’zbek tilida, rus tilidan farqli holda, ergashgan qo’shma gaplarning ma‘lum turida ergash gapning kesimi shaxsli (tuslangan) fe‘l bilan omas, balki ravishdosh bilan ifodalanadi; Etik ochilib Cho’lponoyning onasi ko’rindi (P. Qodirov). Rus tilida esa qo’shma gap tarkibidagi har bir predikativ qismning kesimi shaxsli (tuslangan) fe‘l bilan ifodalanadi: Bo’lagodarya tomu chto m strogo sobo’lyudaem grafik dvijenii poezdov, kolichestvo pere­vozok znachitelno uvelichivaetsya (Gazetadan).

Rus tilida ergashgan qo’shma gaplar “slojnopodchinenne pred­lojeniya neraschlenennoy struktur” va “slojnopodchinenne predlojeniya raschlenennoy struktur” deb ikkiga ajratiladi. Birinchi tur qo’shma gapda ergash gap bosh gapdagi ot bilan ifodalangan bo’lakka bevosita taalluqli bo’ladi, shu bo’lakni aniqlaydi (sifatlaydi); boshqa tur sifatlovchilardan farqi shuki, tarkibida ega bo’lak qatnashadi, demak, tuzilishi jixatidan gapga teng bo’ladi. Qiyos qiling: On vzyal knigi, kotore nujn yemu.—On vzyal knigi, nujne yemu. Birinchi misol aniqlovchi ergash gapli qo’shma gapga, ikkinchi misol esa sifatdosh oborotli sodda gapga teng.

Ko’rinadiki, bu qismlar sintaktik aloqa nuqtai nazaridan bir xil; birini gap, ikkinchisini bo’lak deb belgilashda ularning ichki sintaktik surilishidan kelib chiqiladi. Bunday ergash gapli qo’shma gapda asli ikki predikativ bog’lanmashshg teng mavqedagi aloqasi sodir bo’lmaydi, ergash gap boshqa bir gapga emas, balki o’sha gap tarkibidagi ma‘lum bir so’zshaklga taalluqli bo’ladi. Faqat predikativlik belgilarga to’liq ega ekanligi (to’liq shakllangan ega va kesimning mavjudligi) tufayli uni gap deb tan olish lozim bo’ladi.

O’zbek tilida sifatlovchi odatda sifatlanmishidan oldin joylashadi, bunday holat sifatlovchi yakka so’zshakl bilan ifodalanganda ham, birikma bilan ifodalanganda ham birdek voqe bo’ladi: U kerakli kitobo’larni oldi.— U o’ziga kerakli kitobo’larpi oldi kabi. O’zbek tilida, rus tilidan farqli holda, predikativ bog’lanma ham sifatlovchi bo’lib kela oldi: U qarilikdan... chetlari qizargan ko’zlarini Gulnorga allaqanday hirs bilan tikdi (Oybek). Predikativ bog’lanma sifatlovchi bo’lib kelishi uchun ma‘lum o’o’zgarishlar yuz beradi, albatta. Masalan, Men yoqtirdim predikativ bog’lanmasi sifat­lovchi bo’lib kelishi uchun tuslovchi tashlanishi, zamon yasovchisi esa sifatdosh yasovchisiga almashtirilishi lozim, Natijada pre­dikativ bog’lanma gaplik holatini yuqotib, sifatlovchi bo’lakka xos shakl oladi. Bunday o’zgarishlardan keyin predikativ bog’lanmani gap deb bo’lmaydi: Men yoqtirgan kuyni chaling kabi.



Rus tilida qo’shma gap bilan ifodalangan mazmun o’zbek tilida ham ko’pincha gap bilan ifodalanadi: Выпал обильный снег, поэтому стало ходить трудно.— Qor juda qalin yog’di, shu sababli yurish qiyinlashdi kabi. Bundan qat‘i nazar, rus tilida qo’shma gap bilan ifodalanadigan mazmunni o’zbek tilida sodda gap bilan ifodalash ham anchagina uchraydi, bunda rus tilida gap bilan ifodalangan mazmun o’zbek tilida oborot bilan ifodalanadi: Я знаю, что ты сегодня работаешь.— Men sening bugun ishlashingni bilaman. Он благодарен тебе за то, что ты оказал помощь его матери.—U sendan onasiga yordam berib turganing uchun minnatdor kabi. Bu mazmunni o’zbek tilida qo’shma gap bilan ham ifodalash mumkin: U sendan minnatdor, chunki sen uning onasiga yordam berib turding kabi.
Mavzuni mustahkamlash uchun

savol va topshiriqlar:


  1. Sintaktik bo’lakning ifoda ashyosi bo’lib xizmat qiluvchi narsa nima?

  2. O‘zbek va rus tillarida gap bo’laklarining tartibi shaqida gapiring.

  3. O‘zbek va rus tillaridagi bosh bo’laklar o’rtasidagi farqlar nimalardan iborat?

  4. O‘zbekcha ega va ruscha podlejasheening umumiy xususiyachtlari shaqida gapiring.

  5. Ega va kesim moslashuvi bu ikki tilda qanday farqli jishatlarga ega?

  6. O‘zbekcha va ruscha ikkinchi darajali bo’laklarga qiyosiy tavsif bering.

  7. Inversiya hodisasi shaqida gapiring.

  8. O‘zbek tilidagi ajratilgan bo’lakni va rus tilidagi prichastny oborotga qiyoslab, ular o’rtasidagi farqlarni tushuntiring.

  9. Rus tilidagi substantivny oborotning o‘ziga xos xususiyatlari haqida nimalar deya olasiz?

  10. O‘zbek va rus tillaridagi qshma gaplarga qiyosiy tavsif bering.



Informatsion­uslubiy ta‘minot,

tavsiya etiladigan adabiyotlar:


  1. Azizov O. Safaev A. Jamolxonov. O‘zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi. T., 1986.

  2. Киссен И.А. Курс сопоставительной грамматики русского и узбекского языков. Т., 1979.

  3. Mahmudov N., Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. T., 1965.

  4. Rahmatullaev Sh. О’zbek va rus tillarini qiyoslash. T., 1993; 19-22-betlar.

  5. Reshetov V.V., Reshetova L.V. Rus tili grammatikasi. Toshkent: «О‘qituvchi», 1968.

  6. Cовременный русский язык. Под ред. Белошапковой. M.: «Высшая школа», 1989.

  7. Якубова X. Практикум по сопоставительной грамматике русского и узбекского языков. T.: «Укитувчи», 1986.

  8. O‘zbek tili grammatikasi. II tom. Toshkent: «Fan», 1975.






Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling