Y1 shaklidagi testlar


Download 24.43 Kb.
bet1/2
Sana15.02.2023
Hajmi24.43 Kb.
#1200530
  1   2
Bog'liq
Ot mavzusi Y1,Y2, Y3 shaklidagi testlar





Ot so’z turkumi
Y1 shaklidagi testlar:
1. Ajoyib milliy urf-odatlarimiz odamlarni hamjihatlikka, birodarlikka va samimiyatga chorlaydi.
Ushbu gapda ishtirok etgan otlarga oid to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Ushbu gapdagi otlar aniqlovchi, ega, to‘ldiruvchi vazifasini bajargan.
B) Ushbu gapdagi barcha otlar mavhum otlar sanaladi.
C) Ushbu gapdagi so‘z birikmalarida yasama otlar hokim qism va tobe qism
vazifasini bajargan.
D) Ushbu gapda tub va yasama otlarning qatnashishi kuzatiladi.

2. Ajoyib milliy urf-odatlarimiz odamlarni hamjihatlikka, birodarlikka va samimiyatga chorlaydi.


Ushbu gapda ishtirok etgan otlarga oid qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Ushbu gapda aniq va mavhum otlar qatnashgan.
B) Ushbu gapdagi barcha otlar tuzilishiga ko‘ra o‘zaro bir turga oid
hisoblanadi.
C) Ushbu gapdagi so‘z birikmalarida hokim qism vazifasini bajargan ot qatnashgan.
D) Ushbu gapdagi otlar ega va to‘ldiruvchi vazifasini bajargan.

3. Qaysi javobda to’rt o’rinda KIM so’rog’iga javob bo’luvchi ot qatnashgan?


A) Yugur, pochchangga chop, tog‘am keldi, deb ayt.
B) Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o‘g‘li Otabek!
C) Dehqonchilik sirini professorlar o‘rgatgan emas bizga. Paxtakorning o‘z kitobi bor.
D) Shavkat eng oldin enasi bilan quchoqlashib, xayr-xo‘shlashdi.

4. Ma’lum bir geografik hududga atab qo’yilgan nomlar qanday nomlar hisoblanadi?


A) shaxs nomlari B) narsa-buyum otlari C) joy nomlari D) turdosh otlar

5. Berilgan otlardan qay biri shaxslarni yoshiga ko’ra nomlagan?


A) Sarvi xola, Turdi tog’a, Yo’ldosh amaki
B) shaharlik, farg’onalik, buxorolik
C) suvchi, zargar, kosib
D) chol, kampir, yigit, qiz

6. Joy nomlari berilgan otni toping?


A) Qorovulbozor, Jarqo’rg’on B) tuman, gulzor C) o’tloq, jiydazor D) barchasi to’g’ri

7. Qaysi qatorda o’rin-joyni bildiruvchi ot qatnashmagan?


A) Yeryong‘oq B) Mingtepa C) Uchqo‘rg‘on D) O‘rta Chirchiq

8. U hammaning kasb-korini, qandoq ishlashini, oilasini, fe’l-atvorinigina emas, dard-hasratini, orzu-armonini, qobiliyatini, zaif tomonlarini juda ham yaxshi bilar edi.


Ushbu gapdagi otlar miqdorini aniqlang.
A) 8 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 9 ta

9. Qaysi qatordagi gapda egalik qo’shimchasi qo’llangan?


A) Kechasi ishlaydi, kunduzi uxlaydi.
B) Oradan ikki kun o’tgandan keyin Tesha Saidiyning hujrasiga keldi.
C) Tuni bilan mijja qoqmadi.
D) berilgan gaplarning barchasida egalik qo‘shimchasi mavjud.

10. Un , yog’ , suv kabi so’zlarga –LAR qo’shimchasi qo’shilganda qanday mano ifodalanadi? A) gramatik ko’plik B) kuchaytirish va ta’kid C ) jamlik va to’da D) xil , nav, mo‘llik




Download 24.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling