Y1 shalidagi
Download 15.74 Kb.
|
1 2
Bog'liqRavish yangi Y1,Y2,Y3
Y1 shalidagi test Ertasiga ertalab Nayman ona yana yo’lga tushdi.Uyur bu yerdan xiyla uzoqlashib ketgan edi . Izlab aylanma yo;llardan ehtiyotkorona o’tib uzoq yo’l bosdi. Ushbu gaplardagi ravishlar miqdorini aniqlang A)8 B)5 C)6 D)7 Harakat – holatining bajarilish tarsi ,o’rni , daraja-miqdori kabi belgilarni bildiruvchi so’lar qaysi turkumga mansub. A)fe’l B)ot C) sifat D)ravish 3. Holat ravishlarini aniqlang A) arang, qasddan B)xiyol , oz C)dastlab , hanuz D)tez , darhol 4. Hoshimjon maktabning nomiga e’tibor bermagan ekan . U nima qilishni bilmasdan ishlarni nomiga qilardi . Berilgan gaplardagi nomiga so’ziga qaysi javobda to’g’ri izoh berilgan A)1-gapda turlangan ot, 2-gapda ravish B)1-gapda ravish, 2-gapda turlangan ot C)har ikkala gapda ham turlangan ot D)1- gapda turlangan ravish 2- gapda yasama ravish 5. Juft ravish berilgan qatorni toping A) oldin –ketin B) sekin –sekin C)oz-oz D)ota-ona 6. Kunduzi o’ralashib yurganlardan qitday ham qolmagan . Ushbu gapdagi ravishlar sonini aniqlang. A) 4 B)3 C)2 D)1 7. Ko’p yaxshi o’ylabsiz, ammo zaif saltanatingiz uzoqqa bormasa kerak. Bu gapda qanday so’z turkumlari bor ? A) ot, ravish, fe’l, bog’lovchi B) ot, ravish, fe’l, boglovchi, sifat C) olmosh, ravish, fe’l, bog’lovchi D) sifat, ravish, fe’l, bog’lovchi 8. 1. Partalarni nari-beri surdik. 2. Akbar nari-beri dars qildi. Ushbu gaplardagi nari-beri so’zi haqidagi qaysi fikr to’g’ri ? A) 1-gapda o’rin ravishi, 2-gapda holat ravishi B) 1- gapda holat ravishi, 2-gapda o’rin ravishi C) Har ikkala gapda holat ravishi D) Har ikkala gapda o’rin ravishi 9. Qaysi gapda sodda yasama holat ravishi ishtirok etgan ? A) Dushman bilan tortishayotganingizda ham mardlarcha fikr bildiring. B) Ular asta-sekin ko’zdan olislab borishardi, biz esa ularni kuzatib qoldik. C) Olmaxon yerdan ko’ra daraxtda yanada tezroq yuguradi. D) Kemtik oy cho’qqilar orasidan mo’ralaydi, Jamila esa oyga termilib zavqlanardi. 10. Qaysi gap(lar)da qo’shma ravish qo’llangan ? 1) Shahzoda har kungi mahzun, ko’ngilni ezuvchi tuyg’ulardan qutula olmas edi. 2) Baribir bir kuni ketib qolishi mumkinligidan xafsirab yashardi. 3) Bola nari-beri choy ichib ko’chaga otlandi. 4) O’zbekiston istiqboli yildan yilga rivojlanib bormoqda. A) 1,2 B) 1,2,3,4 C) 2,3,4 D) 2 Download 15.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling