Yadro reaksiyalari


Download 48 Kb.
bet1/3
Sana10.09.2020
Hajmi48 Kb.
#129120
  1   2   3
Bog'liq
Ядро реакция


Mavzu: Yadro reaksiyalari
Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga radioaktivlik, radioaktiv elementlar, sun’iy radioaktivlik α, β, γ nurlar haqida umumiy nazariy tushunchalar berish.

  2. Tarbiyaviy maqsadi:O’quvchilarning kimyo faniga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, kasbga yo’naltirish.Vatanga muhabbat elga sadoqatli bo’lish umummadaniy qadryatlarni e’zozlash ruhida tarbiyalash

  3. Rivojlantiruvchi maqsadi: Yadro reaksiyari, α, β, γ yemirilish, yadro reaksiyalari tenglamalarini yoza olish malakalarini shakllantirish va turmushda qo’llay olishni o’rgatish.

Dars metodi: Noan’anaviy.

Dars turi: Aqliy hujum, klaster usuli,guruhlarda ishlash.

Darsda foydalanilgan ko’rgazmali qurollar: mavzuga oid plakatlar, slaydlar, o’quv darsligi, tarqatma testlar.

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism:

a)O’quvchilar bilan salomlashish,

o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish

b)Davomatni aniqlash, siyosiy daqiqa o’tkazish.

2) O’tilgan mavzu bo’yicha savol javob:

O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi. O’qituvchi o’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida har bir o’quvchiga tarqatma testlar tarqatadi va 3 minut vaqt belgilaydi. Yana qo’shimcha sifatida “aqliy hujum” asosida davriy sistemadagi ba’zi elementlarning atom tuzilishi so’raladi.

Yangi mavzu bayoni:

Mavzuni boshlashdan oldin guruhlardagi o’quvchilarga quyidagi savol beriladi:

Yadro reaksiyalari kimyoviy reaksiyalardan qanday o’ziga xos tomonlari bilan farqlanadi?

Guruhlardagi o’quvchilardan bir kishidan javob berishadi va doskaga misol yozadilar.

Kimyoviy elementlarning beqaror izotoplari yadrolaridan turli zarrachalar va nurlar chiqarib boshqa xil yadroga aylanishi hodisasi reaktivlik deb ataladi.

“Radioaktiv” lotincha so’z bo’lib “radio- nur chiqaraman, aktavus- faol”, ya’ni faol nur chiqaruvchi demakdir.



Barcha izotoplari radioaktiv bo’lgan kimyoviy elementlar radioaktiv elementlar deyiladi.

Radiaktiv elementlar o’zidan uch xil α,β,γ –nurlar chiqarib boshqa element yadrolarini hosil qiladi. Radiaktiv elementlar radiaktiv nurlar chiqarib boshqa element izatopiga yoki shu elementning o’z izotopiga aylanadi.Bunday reaksiyalar yadro reaksiyalari deyiladi.

O’qituvchi doskaga α-yemirilish,β-yemirilish,β-


yemirilish,elektronning yadroga qulash natijasida yemirilish so’zlarini yozadi va bu yemirilish hodisalariga tushuncha berib o’tadi.

E→He+E

α-zarrachalar musbat zaryadli zarrachalar bo’lib, geliy atomining yadrosi,bu yemirilish oqibatida radioaktiv elementning massasi 4 va zaryadi 2 birlikka kamayadi.


Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling