Yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish, uning hisob-kitoblarini taqdim etish va uni to‘lash tartibi


Download 24.04 Kb.
bet1/5
Sana22.01.2022
Hajmi24.04 Kb.
#422691
  1   2   3   4   5
Bog'liq
diskret 3, Деятельность, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi, CHIZIQLI FUNKSIY, 1.Nomanfiy butun sonlar to, 1.Nomanfiy butun sonlar to, shaharlar geografiyasi fanining asosij tushunchalari va ularning umumtalim maktablarida oqitilish muammolari

Yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish, uning

hisob-kitoblarini taqdim etish va uni to‘lash tartibi
Yagona soliq to‘lovi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Yagona soliq to‘lovi quyidagi formulaga muvofiq yalpi tushumdan hisoblanadi:



YaSТS = (YaТ - ChS) x S
bunda: YaSТS - yagona soliq to‘lovi summasi;

YaТ - yalpi tushum;

ChS - yalpi tushumdan chegiriladigan summalar;

S - soliq stavkasi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun yagona soliq to‘lovi summasi byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga, lekin yagona soliq to‘lovi summasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorga kamaytiriladi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini ixtiyoriy ravishda to‘lashga kalendar yil boshidan e’tiboran o‘tmagan to‘lovchilar yagona soliq to‘lovi summasini qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblab chiqarilgan hisobot davriga to‘g‘ri keladigan summaga kamaytiradi.

Yagona soliq to’lovining hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa - yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra soliq solishning sodalashtirilgan tartibini qo‘llovchi mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan Davlat soliq xizmati organlari va statistika qo‘mitasiga har chorakda buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va debitorlik va kreditorlik qarzlar haqida ma’lumotnomani taqdim etadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 iyuldagi “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4453-sonli Farmoniga muvofiq quyidagilar belgilandi:

- 2012 yil III-chorakdan boshlab, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan “Debitorlik va kreditorlik qarzlar haqida ma’lumotnoma (2a-sonli shakl)ni” taqdim etish tartibi bekor qilindi. Ushbu ma’lumotlar statistikaga organlariga taqdim etiladigan Buxgalteriya balansiga ilova qilinadigan muddati o‘tgan qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotda ko‘rish mumkin.

- 2012 yil III-chorakdan boshlab, yagona soliq to‘lovini to‘lovchi ulgurji korxonalari tomonidan Davlat soliq xizmati organlariga xar chorakda taqdim etiladigan xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yilda bir marta taqdim etish tartibi belgilandi;

- 2012 yil III-chorakdan boshlab, yagona soliq to‘lovini to‘lovchi umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan Davlat soliq xizmati organlariga xar chorakda taqdim etiladigan xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlari to‘g‘risidagi ma’lumotni yilda bir marta taqdim etish tartibi belgilandi.

- 2013 yil 1 yanvardan boshlab, yagona soliq to‘lovini to‘lovchi barcha korxonalar tomonidan yagona soliq to‘lovining hisob-kitobini har chorakda taqdim etish tartibi belgilandi.

Yagona soliq to’lovi quyidagicha to’lanadi:

mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay;

mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to’lovchilar tomonidan - har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa - yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay.

Kalendar yil soliq davridir. Yil choragi hisobot davridir.

O’tgan yil yakunlari bo’yicha asosiy (soha) faoliyat turi savdo faoliyati va umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat bo’lgan yuridik shaxslar Soliq kodeksida belgilangan tartibda hisobot yili boshidan boshlab yagona soliq to’lovini to’lashi kerak.

Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar yagona soliq to’lovini davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sanadan e’tiboran joriy yil tugaguniga qadar, 1 oktabrdan keyin ro’yxatdan o’tkazilgan yuridik shaxslar esa keyingi yil tugaguniga qadar to’laydi.

Agar Soliq kodeksi 352-moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan yagona soliq to’lovi to’lovchilarda joriy soliq davrining ketma-ket keluvchi ikki choragi davomida savdo faoliyati va umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat asosiy faoliyat turi bo’lmasa, ular Soliq kodeksi 348-moddasining to’rtinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq umumbelgilangan soliqlarni to’lashga o’tishga haqli.

Agar yuridik shaxslar hisobot yili yakunlari bo’yicha Soliq kodeksi 350-moddasining to’rtinchi qismida belgilangan shartlarga javob bermasalar, ular kelgusi yil boshidan e’tiboran umumbelgilangan soliqlar to’lashga o’tishi kerak, bundan soliq solish tartibini tanlash huquqi saqlab qolinadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar mustasno.

Soliq kodeksi 352-moddaning to’rtinchi qismida ko’rsatilgan yuridik shaxslar, bundan mikrofirmalar va kichik korxonalar mustasno, yagona soliq to’lovini to’lash huquqidan mahrum bo’lgan o’tgan hisobot yili uchun umumbelgilangan soliqlar bo’yicha hisob-kitoblar asosida yagona soliq to’lovi yuzasidan Soliq kodeksining 351-moddasida belgilangan tartibda qayta hisob-kitobni amalga oshiradi.

Hisobot yili tugaganidan keyin Soliq kodeksi 350-moddasining to’rtinchi qismida belgilangan shartlarga javob bermay qolgan mikrofirmalar va kichik korxonalar 1 fevraldan kechiktirmay soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq solish tartibi tanlanganligi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan shakl bo’yicha yozma bildirish taqdim etishi shart. Soliq to’lovchi tomonidan yozma bildirishning belgilangan muddatda taqdim etilmaganligi uning umumbelgilangan soliqlarni to’lashga berilgan roziligi deb hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 apreldagi PQ-1326-son "Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori va u asosda ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013 yil 4 aprelda 2449-son bilan ro‘yxatga olingan Yagona soliq to’lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to’lovini (YAST) hisoblab chiqarish va to’lash tartibi to’g’risidagi Nizom ishlab chiqilgan. Ushbu Nizomga muvofiq chakana savdo korxonalari YaSTni qonun hujjatlariga muvofiq, lekin aynan shunday faoliyat turini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to’lanadigan qat’iy belgilangan soliq miqdoridan kam bo’lmagan miqdorda to’laydilar. Bunda chakana savdo korxonalari deganda, hisobot choragi yakunlari bo’yicha asosiy faoliyat turi chakana savdo bo’lgan yuridik shaxslar tushuniladi. Mazkur Nizom:

hisobot choragi yakunlari bo’yicha asosiy faoliyat turi qonun hujjatlariga muvofiq faqat yuridik shaxs shaklida tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlari tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlarning chakana savdosi bo’lgan;

ixtiyoriy tugatish to’g’risida qaror qabul qilingan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

To’lovchilar YaSTning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan to’lanishi lozim bo’lgan YAST summasini aniqlash uchun:

YaSTning eng kam miqdori;

YaSTning hisob-kitob summasi;

YaSTning qo’shimcha hisoblangan summasini hisoblab chiqaradilar.

YaSTning eng kam miqdori chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun o’rnatilgan stavka bo’yicha qat’iy belgilangan soliq summasidan kelib chiqib aniqlanadi hamda hisobot choragidagi qat’iy belgilangan soliq summalarini qo’shish orqali chorak uchun hisoblab chiqariladi.

Hisoblangan YAST summasini YaSTning eng kam miqdori bilan solishtirish uchun YaSTning hisob-kitob summasi butun chakana savdo korxonasi bo’yicha mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Yagona soliq to’lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to’lovining ma’lumotnoma-hisob-kitobi (bundan buyon matnda Ma’lumotnoma-hisob-kitob deb yuritiladi) asosida quyidagi formula orqali aniqlanadi:




Download 24.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling