3.4 Yalpiz o’simligi tarkibidagi flovonoidlarga xos sifat reaksiyalar
1. Ammiak bilan reaksiya. Olingan flavonoidlarning spirtdagi eritmasini chinni idishchaga solib uning ustiga ammiak eritmasidan qo`shib, suv xammomchasida bir oz qizdiriladi. Reaksiya natijasida flavonlar, flavonollar, flavononolar eritmasi zarg`aldoq yoki qizil rangga o`tadigan sariq rang xosil qiladi. Xalkonlar va auronlar eritmasiga ammiak eritmasi qo`shilishi bilan qizdirilmasdan qizil yoki to`q qizil rang xosil bo`ladi. Antotsianlar esa ammiak eritmasi ta'sirida (natriy bikarbonat eritmasi ta'sir ettirilsa xam) zangori yoki binafsha rangga bo`yaladi.
Ishqor eritmalari bilan ham bu reaksiyani o’tkazib quydagi natijaga erishish mumkin.
2. Alyuminiy xlorid bilan reaksiya. CHinni idishchadagi flavonoidlarning spirtdagi 5 ml eritmasiga alyuminiy xloridning spirtdagi 5% li eritmasidan bir necha tomchi tomizildi, natijada eritma och yashil rangga kirdi. Bu xodisa flavonlar borligidan dalolat beradi.
3. Mineral kislotalar bilan reaksiya. Yalpiz o`simligining spirtli ekstraktiga xlorid kislota tasir ettirilganda och sariq rang namoyon bo`ldi. Bu esa flavonlar va flavonollar borligidan dalolat beradi.
Ekstraktdan bir qism olib xlorid kislota tasirida xalkonlar va auronlarga xos bo`lgan ranglar namoyon bo`ldi.
Eritmaga konsentrlangan sulfat kislota olinganda katexinlar, antosianlar va flavanonlar qizil, flavonlar va flavonollar tiniq sariqdan zarg’aldoq ranggacha bo’yaldi.
4. Temir (III)-xlorid bilan reaksiya. 5 ml flavonoidning spirtdagi eritmasiga 5% li temir (III)-xloridning spirtdagi eritmasidan bir necha tomchi qo’shildi, qizg’ish rang hosil bo’ldi.
Temir (III)-xlorid eritmasi bilan flavonoidlarning hamma guruhlari rangli reaksiya berdi.
5.Vanilin bilan reaksiya. CHinni idishchadagi vanilinning konsentrlangan xlorid kislotadagi 1% li eritmasiga katexinlardan qo’shildi, ko’k rang hosil bo’ldi.
6. Sianidin reaksiyasi (Sinod reaksiyasi). Flavonoidlarning spirtdagi eritmasidan yoki o’simlikdan tayyorlangan flavonoid ajratmasidan chinni idishchaga 2-3 ml solib, magniy kukuni va konsentrlangan xlorid kislotadan 5-6 tomchi qo’shib, suv hammomchasida 1-2 daqiqa qizdirildi, ko’k rang hosil bo’ldi. Bu reaksiya flavonlar, flavonollar, flavanonlar va flavanonollarga xosdir. Ushbu reaksiya yuqorida ko’rsatilgan birikmalarning vodorod bilan qaytarilishi natijasida antosianidinlar hosil bo’lishiga asoslandi. CHinni idishchada kislotali sharoit bo’lgani uchun hosil bo’lgan antosianidinlar tezda qizil rangga o’tdi.
Kvertsetin Sianidin
Reaksiya boshlangandan 10 daqiqa keyin hosil bo’lgan rang 2 soat davomida saqlanib qoldi. Flavanonollar reaksiya natijasida qizil-binafsha, flavonollar - qizil, flavonlar esa sarg’ish (doimo yaxshi ko’rinmaydigan) rang hosil qildi. CHunki ular eritmasiga xlorid kislota qo’shilishi bilan (magniy kukuni bo’lmasa ham) oksoniy tuzlar hosil bo’lishi hisobiga eritma qizil rangga o’tdi.
Flavonoidlar glikozidlar holida bo’lsa, sianidin reaksiyasi qiyinlik bilan boradi. Bunday hollarda reaksiyani tezlatish uchun oldin flavonoidlar eritmasiga xlorid kislotadan qo’shib, 1-2 daqiqa qizdirildi (glikozidlar gidrolizlanib, sof aglikonlar ajralib chiqadi), so’ngra magniy kukuni (poroshogi) qo’shildi va reaksiya yuqorida ko’rsatilgandek davom ettirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |