Yangi orzu, yangi shon, Tilaklari bir jahon


Download 18.42 Kb.
Sana14.01.2023
Hajmi18.42 Kb.
#1093214
Bog'liq
yangi yil ssenari


Sevinch:
Yangi orzu, yangi shon,
Tilaklari bir jahon.
Dunyo bo'lsin deb omon,
Kulib kelgan yangi yil,
Dikl to'ridan bir olam
Salom senga,
Assalom!
Humoyun:
Bag'ri to'la quvonch, baxt,
Mangu tinchlik qilib ahd,
Yigitday g'ayrati shaxd
To'lib kelgan yangi yil,
Qalb to'ridan bir olam
Salom senga,
Assalom!
Sevinch: Assalomu alaykum, aziz bolajonlar
Humoyun: Assalomu alaykum qadrli tengdoshlar.
Sevinch:Yangi yil bayramida siz bilan yaxshi niyatlar
Humoyun: Yangi reja va orzular qanotida
Birgalikda.kurishib turganimizdan mamnumiz.
Sevinch: bilasizmi, yil bayrami yil boshlanishi qadimda turli fasllarda turlicha nishonlangan .
Humoyun: Darhaqiqat yangi yil bayrami juda ko'p mamla- katlar qatori bizning ona diyorimizda ham ajoyib tantanalar bilan nishonlanadi. Kelinglar dasturimizning avvalida ayngi yilni dunyo davaltlari qachon va qanday nishonblashini bilib olsak
Sevinch: albatta, o’ylaymanki bu teletomashabin do’dtlarimizga ham juda qiziqarli
Humoyun: unda marhamat
Lavha
Sevinch: ha humoyun bu balanda archaga qarab nimalarni uylab qoldingiz?
Humoyun: o’yinchoqlarning ajoyibligi meni hayratga solyapti. Aytgancha, Sevinch, uyimdagi archani qanday uyinchoqlar bilan bezatsam oyijonim ,endek hayratga qolarkanlara?
Sevinch: shu ham muammomi bu borada bizga do’stlarimiz yordam beradilar. Aziz bolajonlar siz ham oyijoningizni hursand qilishni hohlasangiz hozirgi sahifamizni diqqat bilan tomosha qiling va o’rganing.
Humoyun: Sevinch tengdoshlarimizni ko’rib meni ham archa o’yinhoqlari yasagim kelyapti keling biz ham ularga qo’shilaylik
Sevinch:Mayli marhamat
Humoyun: Ozimga o’zim qoil qolib ketyapman oyim ko’rsalar juda hursand bo’ladilarda endi
Sevinch: Humoyun, humoyun
Huoyun: Ha nima gap
Sevinch: Nima gap deaginigiz nimasi axir do’stlarimiz kutib qoldi dasturni davom ettirishimiz kerak
Humoyun: Voy uzr yodimdan chiqibdi. Keling aybimni yuvish uchun mana shu ko’rkam archa haqida bir sher aytib berman
Yurtimning xushsuratiga
Ko'rk bergan baland archa,
Har yilgidan chiroyliroq
Bezangansan ayt, buncha?
Bo'yi-basting xo'p kelishgan,
Yarashibsan maydonga.
Katta-kichik qo'l ushlashib,
Oshiqar sen tomonga.
Sevinch: Olqishlar. Bilasizmi siznining sheringizni eshitib o’ylab qoldim archa atrofida yurgan tengdoshlarimiz jajji ukajonlarimiz ham bizga yangi yil bayrami haqida she’r aytib berisharmikin
Humoyun: Keling unda ularni bir sinovdan o’tkazamiz.
She’riyat
Humoyun: Sevinch siz yangi yil dasturxonida qanday taomlar bo’lishini xoxlardiz
Sevinch: Menga …….. taomlar yoqadi shu bilan birga o’zimni sevimli salatim ….. tayyolash ham yoqadi. Men uni opam va ayamdan o’rganganman
Humoyun: Rostan tayyorlashni bilasizmi?
Sevinch: Nima ishonmaysizmi? Hohlasangiz tayyorlab berishim mumkin
Qani unda bir ko’raylikchi
Yangi yil taomnomasi
Sevinch: Humoyun siz rasm chizish she’r yozishga qiziqasizmi?
Humoyun: Yo’q menga ko’proq she’r yodalsh yoqadi, nega so’radiz
Sevinch: Esingizda yo’qmi?
Humoyun: Nimani aytyapsiz
Sevinch: Axir dasturimiz orqali yangi yilim yaxshi yilim ijodiy tanlovini e’lon qilgan edikku
Humoyun: Ho’sh hosh
Sevinch: Ana shu tanlovning goliblari bugun taqdiranadilar. Yuring biz ham ularning quvonchlariga sherik bo’lamiz
Humoyun: Sevinch buvijonlarimizning bayramlar bayramga ulansin degan duolarini eshtganmisiz
Sevinch: Ha eshitganman, taqdirlash marosimi Kamalak bolalar tashkilotining bayram shodiyonalriga ulanib ketganini aytmoqchisizda.
Humoyun: Juda topog’onsizda fikrimni bir pasda uqib oldingiza. Ho’sh nima deysiz bayram tantanasida ishtirok etamizmi?
Sevinch; Albattada
Humoyun: Sevinch soat nechchi bo’ldikina
Sevinch: Ha do’stim biror yerga shoshilyapsizmi
Humoyun: Albattada axir bugun Qashqadaryo viloyat televideniyesida biz bolajonlarga atalgan katta bayram bo’ladiki
Sevinch: Ana xolos butunlay yodimdan chiqdi, qani ketdik unda
Humoyun: Mana manzilga ham yetib keldik
Sevinch: Ha endi bayram shodiyonalarini tomoshabinlarimiz bilan birgalikda tomosha qilamiz.
Sevnch: Shunaqayam hursand bo’lib ketyapman
Humoyun:Ha nimasini aytasiz baribir yangi yil bayrami boshqachada
Sevinch: Siz yangi yilda qanday tilak bidirasiz Humoyun
Humoyun; Keling yaxshi bu borada yana tengdoshlarimizga yuzlansakda keyin men uz tilaklarimni bildirsam
Sevinch: mayli, marhamat
tilaklar
humoyun: sevinch nima deysiz kattalar ham yangi yil bayramini bizdek yaxshi ko’risharmikin
sevinch: qiziqtirib qo’ydingiz, menimcha… yo’q yaxshisi ularni o’zlaridan surasak
ha haqiqatdam ham yangi yil bayrami barcha uchun birdek sevimli bayram ekan
shu sabadan uni barcha baryamlardan kuproq orziqib kutsak kerak

Orziqib kutilgan aziz mehmondek

Tashrif buyurmoqda Yangi yilimiz.

Qalbimiz yorishib nurli osmondek,

Go'zal his-tuyg'uga to'lar dilimiz.

Yangi yil kutmoqlik ezgulik tilab,

Ulug' ahd sanalur har xonadonda.

Shodon chehralarda gul ochar xanda.

Orzular mazmuni – tinchlik, omonlik,

Gulzordek yashnasin ona-yurt bog'i.


Qarang humoyun bir pastda bizga ajratilgan vaqt o’z nihoyasiga yetibdi
Ha nimasini aytasiz bayram shodliklari bilan vat o’tganini sezmapmiz ham
Endi esa do’stlarimiz aziz bolajonlar bilan hayrlashish lozim
Yo’q hayrlashmaymiz aksincha ko’rishguncha deymiz
Aziz bolajlar kirib kelayotgan yangi yil barchagizga quvonch shodlik olib kelsin
Yangi yilda ham alo baholarda o’qishingizni tilab qolamiz
Yangi yilda ko’rishguncha
Download 18.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling