Yangi O`zbekiston – Uchinchi Renessans davrida ta`lim taraqqiyoti Annotatsiya
Download 26.2 Kb.
|
Yangi O`zbekiston – Uchinchi Renessans davrida ta`lim taraqqiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Yangi O`zbekiston – Uchinchi Renessans davrida ta`lim taraqqiyoti Annotatsiya: Ushbu maqolada Yangi O`zbekiston va Yangi O`zbekistonda uyg`onish davri ya`ni uchinchi renessans haqida so`z boradi. Uchinchi renessans davrida ta`lim taraqqiyotida Yurtboshimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr yuritiladi. “Renessans” so`zining lug`azviy ma`nosi birinchi va ikkinchi renessans davri namoyondalari keltirib o`tilgan. Kalit so`zlar: Renessans, ta`lim, taraqqiyot, uyg`onish davri, strategiya, innovatsion texnologiyalar. Bugungi kunda jahon miqiyosida yurtimiz haqida so`z ketganda “Yangi O`zbekiston” iborasi tilga olinmoqda. Bu keying yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichga qadam qo`yganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimizning e`tirofidir. Xalqimizning ulug`vor qudrati jo`sh urgan hozirgi zamonda O`zbekistonda yangi bir uyg`onish - uchinchi renessans davriga poydevor yaratilmoqda. Yangi O`zbekiston me`mori va tashabbuskori hisoblanuvchi Prezidentimiz qayd etganidek, “Yangi O`zbekistonni barpo etish - bu shunchaki xosish-istak, sub`ektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo`lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy-marifiy vaziyatning o`zi taqazo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to`la javob beradigan ob`ektiv zaruratdir”. Davlatimiz rahbari ta`kidlaganidek, “Biz Uchinchi Renessans masalasini strategic vazifa sifatida oldimizga qo`yib, uni milliy go`ya darajasiga ko`tarmoqdamiz. Shunday ekan “Renessans” so`zining lug`aviy ma`nosiga to`xtalib o`tsak. “Renessans” so`zi – fransuzcha “Renaissonce”, italiyancha – “Rinascimento” – qayta yuzaga kelmoq, yangidan tug`ilmoq, qayta tirilish, uyg`onish – degan ma`nolarni anglatadi. “Uyg`onish” istilohi ilk bor XVI asrda me`mor, musavvir va san`at tarixchisi Jorj Vazari (1511-1574) tomonidan G`arbiy Yevropada burjua munosabatlari rivojlanishining dastlabki bosqichi bilan shartlangan tarixiy davrni taviflash uchun qo`llanilgan. Ushbu istilohning hozirgi ma`nosi farang tarixchisi Jyuk Mishel (1798-1874) tomonidan XIX asrda joriy qilindi. Atama sifatida “Renessans” so`zining mazmuni ancha keng: madaniyatda, ilm-fanda, san`atda, ta`lim-tarbiyada, umuman jamiyat hayotida uzoq muddatli turg`unlikdan keyin jonlanib, tez rivojlanishni ijtimoiy ong va qadriyatlar tizimi yangi sifat bosqichiga chiqishini bildiradi. Haqiqatdan tarixan olganda biz ikki Renessansni boshdan kechirdik: birinchisi – IX-XII-asrlar, ikkinchisi XIV asr oxirgi choragi – XVI asr birinchi choragi. Birinchi Renessansda yurtimizdan Farg`oniy, Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg`ariy, Mahmud Zamahshariy kabi buyuk daholar, buyuk muhaddislar – Buxoriy, Termiziy hamda boshqa atoqli dunyoviy, diniy allomalar nuri dunyoni yoritdi. Ikkinchi Renessansda – Ulug`bek, G`iyosiddin, Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Bexzod buyuk me`morlar, bastakorlar, musavvirlar, tarixchilar chiqib, bugun ham dunyoni lol qoldirayotgan asarlar yaratdilar. Har ikkita Renessans davrida biz dunyoning ilg`or xalqlari qatorida edik. Agar yana shunday darajaga erishmoqchi bo`lsak, uchinchi Renessansni amalga oshirmog`imiz lozim. O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yillik tantanalarida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining: “Xalqimizning ulug`vor qudrati jo`sh urgan hozirgi zamonda O`zbekistonda yangi bir uyg`onish – Uchinchi Renassans davriga poydevor yaratilmoqda” – degan so`zi yangradi. Darhaqiqat, shiddat bilan rivojlanayotgan hayotimizda ro`y berayotgan yuksalish jarayonlari o`zini barcha sohalarda namoyon etmoqda. Davlatimiz rahbari Prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridanoq mamlakatimiz uchun eng katta muammo, bu – bugungi zamon talablariga mos kadrlar yetishmasligini barcha sohada innovatsion va kreativ fikrlaydigan ilg`or texnologiyalarni o`zlashtirgan mutaxassislarga ehtiyoj juda yuqori ekanini ta`kidlab keladi. Chunki murakkab o`tish davrida maktablardagi ta`lim sifati pasayib ketdi, ijod maktablarining yo`qligi, to`garaklar faoliyatiga e`tibor qaratilmayotgani bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Yoshlar bilimsiz bo`lib ulg`aydi, ayrimlari yomon yo`lga kirib ketdi, ba`zilari esa chet ellarda sarson – sargardon yuribdi. Shu bois Shavkat Mirziyoyev bu masalaga o`z tashvishi va dardidek qaradi, yurtimizning ertangi kuni zamonaviy kadrlarga bog`liq ekanini alohida ta`kidlab, buning uchun ta`lim tizimini tubdan takomillashtirish, yoshlarni Vatanparvarlik ruhida, yuksak ma`naviyat egalari etib tarbiyalashni ustuvor vazifa sifatida o`rtaga qo`ydi. Haqiqatdan ham rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, ularda jamiyat hayotini o`zgartirishga qaratilgan islohotlar, avvalo ta`lim tizimidan, bog`cha, maktab, tarbiya masalasidan boshlanganini ko`ramiz. Chunki maktabni, ta`lim-tarbiyani tartibga solmay turib shaxsni, jamiyatni o`zgartirib bo`lmaydi. Keying yillarda bu boradagi muammolarni samarali hal etish maqsadida qator farmon va qarorlar qabul qilinib, bu boradagi kompleks say-harakatlar uchun puxta huquqiy zamin yaratildi. Maktabgacha ta`lim, umumiy ta`lim va oliy ta`lim tizimi mazmun va sifat jihatidan yangilanib bormoqda. O`zbekistonda ulug` allomalarimiz – Mirzo Ulug`bek va Muhammad Xorazmiy nomidagi iqtidorli bolalar maktablari, xalqimizning ardoqli adiblari nomlari bilan atalgan ijod maktablari, “Temurbeklar maktabi”, Prezident maktablari, xususiy maktablar singari yangi va zamonaviy namunadagi ta`lim dargohlari tashkil etilgani yurtimiz farzandari uchun ta`lim-tarbiya olish borasida yangi imkoniyatlar ochib bermoqda. Mazkur o`quv maskanlari yangi avlod kadrlarini yaratishda muhim poydevor bo`lishi shubhasiz. Chunki Prezident maktablari iqtidorli bolalarni aniqlash, ularga ilg`or texnologiyalarni qo`llagan holda saboq berish va tarbiyalash bo`yicha yaxlit tizim bo`ladi. Bu istedodli yoshlarni qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish, ma`nan yetuk va intellectual jihatdan barkamol avlodni shakllantirishga xizmat qiladi. Adabiyotlar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yillik tantanalarida so`zlagan nutqidan – 31.08.2021 yil. Muhammadjonov A.R. O`zbekiston tarixi 7-sinflar uchun sharq nashriyoti, Toshkent 2017 yil. 63-141-betlar. “Yangi O`zbekiston uchinchi renessans ostonasida” Murtazo Raxmatov, Bahriddin Zaripov. 2021-yil. Toshkent. Download 26.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling