Yangi O‘zbekiston ma’rifatli jamiyatini yaratishda yoshlarning o’rni


Download 23.97 Kb.
bet1/2
Sana16.05.2022
Hajmi23.97 Kb.
#671114
  1   2
Bog'liq
Hujjat
10 CEFR READING PRACTICE TESTS, Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul, Muradova M. Ariza, To'raqo'rg'on XKvaS texnikumi YuKarimova санакулов, Кариомва Ю розиқова 9 10 2021топшириқ, O'z o'zini boshqarish (3ta topshiriq ijrosi) Yu.Karimova (N.Karimova), Шосалимов 9 10 2021 Модул бўйича муст топш УТИБДУ, FarDU xuzuridagi To'raqo'rg'on XKvaS texnikumi bayonnoma, 37-sonli MTT, 3.5х4.5, 7 sinf fizika fanidan i chorak 1396-6-20-6-41.docx, 2928-8801-1-PB, 1- mustaqil ish, ........JO`RAYEVA SABINA 1-KURS 101-GURUH TALABASI 111

Yangi O‘zbekiston ma’rifatli jamiyatini yaratishda yoshlarning o’rni.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi
Axtamova Xurshida Jamshid qizi
Tel: 995670655
Annotatsiya: Biz bilamizki, har bir rivojlangan davlatlarda asosiy e’tibor yoshlarga qaratiladi. Yoshlar ma’naviyatli bo’lsa mamlakat har taraflama katta yutuqlarga ega bo’lib rivojlanib boraveradi. Ushbu maqola Yangi O’zbekiston yaratish uchun katta e’tiborlar hozirda yoshlarga qaratilib, ularning o’sib borishi uchun siyosiy jihatdan ham yordam berilayotganligi ko‘rsatilib o’tilgan. Maqolada Harakatlar strategiyasi, Yoshlarga oid davlat siyosatining ilovalarida yoshlarni ma’naviyatli qilib tarbiyalashga qaratilgan chora tadbirlar ularning yutuqlari va o’zgarishlar haqida so’z boradi. Unda O’zbekistonning ma’naviy jihatdan ta’minlaydigan keng qamrovli islohotlar ko‘rsatilib o’tilgan.
Kalit so’z: Strategiya, ma’naviyat, kadrlar, besh muhim tashabbus, ,, Ma’rifat karvoni “, ,, Yosh kitobxon “, ta’lim, oliy o’quv muassasalari.
,, Dunyoda hech qachon bir xil tong otgan emas “. Bu ibora koinot, tabiat va bashariyat doim o’zgarishda, yangilanishda degani. Davrlar o‘taveradi zamonlar almashaveradi. Bu yorug’ olamga kelgan har bir odamzod avlodi turli o’zgarishlar va yangilanishlar sari intilavetadi. Huddi shunday hozirgi davrda xalqimiz eng rivojlangan mamlakatlarga xos hayot darajasiga erishish, yangi jamiyat qurishdek ulug’vor maqsad bilan yashamoqda. Mamlakatimizning zamonaviy va jozibador qiyofasini yaratish, Yangi O’zbekistonni barpo etish vatandoshlarimizning asosiy

maqsad vazifasiga aylandi. Yangi O’zbekiston- mamlakatimizning mustaqilligini yanada mustahkamlash, erkinlik va ozodlikning yangi davr, bunyodkorlik va farovonlik yo’lining yangi bosqichidir. Bu borada bir fikrni alohida ta’kidlashimiz joizki, keyingi yillarda hayotimizning barcha sohalarida keng qamrovli islohotlar va tub o’zgarishlar amalga oshirilmoqda va muhim ijtimoiy natijalarga erishilmoqda. Yangi O’zbekistonda ma’rifatli jamiyat yaratishda yoshlarning o’rni haqida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shunday deganlar: ,, Ayni paytda islohotchi bo’lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashmiz zarur. Shu boisdan bog’chadan boshlab oliy o’quv yurtigacha- ta’limning barcha bo’g’inlarini izchil isloh qilmoqdamiz. Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat, albatta yuksak madaniyat kerak “. Yosh avlodni fuqorolik pozitsiyasi va faolligini kuchaytirish, farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan zamonaviy bilim va kasb- hunarlarni puxta egallab, xalqaro maydonda raqobatga kirish oladigan barkamol shaxslar yetuk mutaxassislar etib tarbiyalash bo‘yicha keng ko’lamli ishlar borilmoqda. [1]


Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish davlat siyosati ma’no-mazmunidan va uning dolzarbligidan kelib chiqib, uni quyidagicha izohlash mumkin: birinchidan, yangi ta’lim tizimi, barkamol avlod kadrlarini tayyorlashga o‘zgarishlar va yangi yondashuvlar, zamonaviy kasb sohalarining paydo bo’lgani hamda uning mamlakatimiz sharoiti bilan bog’liqligi; ikkinchidan, ta’lim tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot natijasida muayyan davrdan boshlab, inson faoliyatining alohida mustaqil sohasiga aylanib, jamiyatning ijtimoiy tajribasini keyingi bosqichga uzatadi; uchinchidan, ta’lim inson shaxsining intellektual-ma’naviy qirralarini shakillantirish, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlashga qaratilgan harakatlar yig’indisi bo’lib ma’rifat hamda bilim berishni anglatadi; to’rtinchidan,

fan jamiyatning ijtimoiy institutlaridan biri bo’lib, tabiat va jamiyat hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy, ong shakli. Ta’limni davlat salohiyatida ozni va mazmuniga qarab shunday izohlaymiz. [5]


Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda yoshlar haqida e’tibor va g‘amxo’rliklar ko’rsatishga davlat siyosatining eng asosiy va ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida qarab kelinmoqda. Chunki yoshlar-yurt kelajagi. Bu sohadagi davlat siyosatini yanada chuqurlashtirish uchun yaqinda O’zbekiston Respublikasining ,, Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida “gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Buning barchasi bugungi kunda o’z samarasini bermoqda. Yoshlarimizning biznes, ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot va sport sohalarida olamshumul muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Bu mamlakatimiz istiqboliga, buyuk ajdodlarimiz boshlagan ezgu ishlarni kelajak avlodlar munosib davom ettirishiga katta ishonch bog’laydi. [4]
Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarga oid davlat siyosati deganda davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakillantirish va ularni intellektual, ijtimoiy va boshqa yo’nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora tadbirlar tizimi tushuniladi. Yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, shuningdek, mamlakatimizda 2020-yil dekabr oyida tashkil etilgan O’zbekiston yoshlar forumida hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga va xalqimizga Murojaatnomasida qayd etilgan yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish bilan bog’liq vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarorida: yoshlarni madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot

texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakillantirish, ular o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan ,, besh muhim tashabbus “ni amalga oshirish to’g’risida ham qonun mavjud edi. [2]


Mamlakat aholisining 18,9 million nafar yoki 54 foizi 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar va bolalarni tashkil etadi. Yoshlarning 9,5 millionni erkak, 9,4 millionni esa ayol jinsiga mansub. Yoshlarning ma’naviyatlilik salohiyatini oshirish maqsadida islohotlar o’tkazildi va ular natija bermoqda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatida Yoshlar, madaniyat va sport masalasi qo’mitasi, Oliy Majlis Senati qoshida 100 nafar va Qonunchilik palatasi qoshida 250 nafar faol tashabbuskor yoshlardan iborat ,, Yoshlar parlament “ lari, Qonunchilik palatasida Yoshlar masalasi bo‘yicha komissiya tashkil qilindi. O’zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlantirish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tuzildi. Hududlarda loyihalari fabrikasi ish boshladi. Hududlarda 72ta Raqamli texnologiyalar o’quv markazlari tashkil etilib, ,, Ma’rifat karvoni “ tadbirlari doirasida 3 milliondan ortiq kitoblar yoshlarga yetkazilib berildi hamda ,, Yosh kitobxon “ tanlovi, ,, Bir million dasturchi “ kabi o’nlab yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Yosh avlodni tarbiyalashda hal qiluvchi o’rin tutadigan ta’lim tizimida ulkan o’zgarishlar amalga oshirilmoqda 4ta Prezident maktablari, 5ta ,,Temurbeklar maktablari “ va 9ta ijod maktablari barpo etilib, ,, Zamonaviy maktab “ dasturi joriy etilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasiga 2019-yilda o’tkazilgan saylovlarda 9 nafar (6 foiz) yoshlar deputat etib saylangan bo‘lsa, mahalliy kengashlar deputatlarining 10 foizini yoshlar tashkil etadi. [3]
Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va yangi sifat bosqichiga ko’tarish bo‘yicha ulkan ishlar olib borildi. Besh yilda 50ta oliy ta’lim muassasasi tashkil etildi. Ta’limning bakalavriat, magistratura va sirtqi shakllari uchun kvotalar oshirib, kechki ta’lim shakli joriy qilindi. Oliy ta’limga qabul parametrlari 2,5marta oshirilib,

yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 9 foizdan 28 foizga, sohaga ajratiladigan davlat grantlari sonini 25 foizga yetkazildi. Dunyo miqyosida raqobat keskinlashib borayotgan hozirgi murakkab davrda mamlakatimizni ilm-fan yutuqlari, yuqori texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish va yangilash muhim vazifaga aylandi. Shu sababli O’zbekiston Fanlar akademiyasi tizimini qayta tiklandi va takomillashtirildi, uni to’la qonli faoliyatiga qaytarish uchun zarur choralar ko’rildi. Mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhim barqarorligini mustahkamlash, ayniqsa, yoshlarimizda ma’naviy fazilatlari yuksaltirish, oila va mahallalarda hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida barcha tuman va shaharlarda Ma’naviyat va ma’rifat maskanlari faoliyat yuritmoqda. [1]


Yoshlarni ma’naviyatli qilishga qanday erishish mumkinligi haqida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shunday deganlar: ,,Bugungi tez o’zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlarni ochmoqda. Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz, ota- onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahallako’y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo‘ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun yoshlarimiz bilan ko’proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish muammolarini yechish uchun amaliy ko’mak berishimiz kerak. Bu borada uyushmagan yoshlar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratishimiz zarur. Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz. Farzandlarimiz, ayniqsa, qiz bolalar zamonaviy bilim va kasb-hunarlari xorijiy tillarni egallashlari, har taraflama sog’lom va barkamol bo’lib, hayotda munosib o’rin topishlari uchun barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. [4]
Bugungi kunda ma’naviyat dunyosiga nisbatan mavjud bo’lgan xavf-xatarlardan albatta ko’z yumib bo’lmaydi, lekin bizning ishonchimiz komilki, xalqimiz

tarixining murakkab jarayonlarida irodasi chiniqib, har qanday hujum va tazyiqlarga qaramasdan, ma’naviy olami kuchayib va yuksalib borayotgani, bizni ko‘rolmaydigan kuchlar ham bu haqiqatni tan olayotganini mamnuniyat bilan qayd etamiz. Chunki xalq- bamisoli ulug’ va sharafli yo’ldan ilgarilab borayotgan ulkan karvon. Uni yo’ldan chalg’itish urinuvchilar payt poylab orqasidan hamla qiluvchilar hamisha bo’lgan, bundan keyin ham bo’lishi mumkin. Karvon bexatar bo’lmas, degan gap bejiz aytilmagan. Ammo xalq karvonini hech qanday kuch ortga qaytarolmaydi. Nega deganda, xalqimizning qalbida ne-ne avlodlardan meros yengilmas kuch -ma’naviyat bor. [6]


Xulosa qilib aytganda, har bir rivojlangan mamlakatda yoshlarga e’tibor qaratilgandek, yurtimizda ham Yangi O’zbekiston yaratish va uni mustahkamlash uchun yoshlarni ma’rifatli qilib tarbiyalash lozim ekan. Bugungi shiddatli davrda chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o’z milliy qadriyatlarini, milliy o’zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatimizda o’ziga munosib o’rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurasha olishi mumkin. Bizning yurtimizda yoshlarga har tomonlama imkoniyatlar mavjud. Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyat yaratishda yoshlarning o’rni beqiyos bo’lib, shu sababli shunday yoshlarni tarbiyalashga e’tiborlar berilmoqda. Bundan biz yoshlar oqilona foydalanib Yangi O’zbekistonimizning ma’rifatli yetuk shaxslari bo’lib yetishishimiz kerak bo’ladi.



Download 23.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling