“Yangi O‘zbekiston-yangicha dunyoqarash” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlari Andijon shahrida,Talabalar diqqatiga!


Download 195.88 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.01.2022
Hajmi195.88 Kb.
#184560
Bog'liq
mpdf



“Yangi  O‘zbekiston-yangicha

dunyoqarash”  shiori  ostidagi

targ‘ibot  tadbirlari  Andijon

shahrida

Mamalakatimizda  amalga  oshirilayotgan  islohotlarning  mazmun-

mohiyati  va  ahamiyatini  keng  jamoatchilikka  yetkazish

maqsadida  “Yangi  O‘zbekiston-yangicha  dunyoqarash”  shiori

ostidagi  targ‘ibot  tadbirlari  Andijon  shahrida  zo‘r

ko‘tarinkilik  bilan  davom  etmoqda.




Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, tibbiyot fanlarini

doktori,  professor  M.M.Madazimov  rahbarligidagi  targ‘ibot

guruhi maxsus dasturga ko‘ra Andijon shahridagi 9-, 11-, 28-,

29-, 31-, 37-, 49-umumta’lim maktablarida bo‘ldi.




Targ‘ibotchilar  avvalo  maktablar  hayoti  bilan  yaqindan

tanishdilar,  o‘quvchilari  uchun  yaratilgan  shart-sharoitlar,

ular    tomonidan  qo‘l  mehnati  yordamida  tayyorlangan

ko‘rgazmalardan  baharmand  bo‘ldilar.




5  ta  muhim  tashabbusni  hayotimizga  samarali  tatbiq  etish

maqsadida  ommaviy  sport  tadbirlari  tashkil  etilib  sport

turlari  bo‘yicha  musobaqalar  o‘tkazildi.  Ma’naviy-ma’rifiy

tadbir  davomida  xalq  farovonligi  va  yurt  tinchligi  yo‘lida

amalga  oshirilayotgan  islohotlar,  mamlakatimizning  keyingi

yillarda  jahon  hamjamiyatida  tutgan  o‘rni,  ijtimoiy  hayotga

tatbiq qilinayotgan yangilik va o‘zgarishlar yuzasidan fikrlar

bildirdilar.  O‘z  o‘rnida  maktablar  vakillari  xam  mamlakatda

amalga  oshtrilayotgan  islohotlarga  o‘z  munosabatlarini

bildirdilar.




“Yangi  O‘zbekiston  –  yangicha  dunyoqarash”  g‘oyasi  ostidagi

ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlar  aholining  kayfiyatini  ko‘tarish,

ularda  yurtimizda  kechayotgan  islohotlarga  daxldorlik

tuyg‘usini  mustahkamlash,  mehr-oqibat,  shukronalik,  o‘zaro

yordam  kabi  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarni  yanada

kuchaytirishda  alohida  ahamiyatga  ega  bo‘lmoqda.



ADTI axborot xizmati


Talabalar diqqatiga!

Respublika  komissiyasining  2020-yil  12-noyabrdagi  yig‘ilishi

qaroriga  muvofiq  barcha  oliy  ta’lim  muassasalarida  joriy

yilning 16-noyabridan oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab

chiqilgan  chora-tadbirlar  va  reja-grafik  asosida  o‘quv

jarayonini  an’anaviy  shaklda  davom  ettirish  belgilandi.



ADTI ma’muriyati

Download 195.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling