Yangilik kiritaman, tatbiq etaman, o’zgartiraman


Download 46.27 Kb.
Sana18.08.2020
Hajmi46.27 Kb.

Innovatsiya  — lotincha  so’z bo’lib, “yangilik kiritaman, tatbiq etaman, o’zgartiraman “ degan ma’nolarni bildiradi .   Keng ma’noda qaraganda  ta’lim tizimidagi  har qanday o’zgarish – bu pedagogik innovatsiyadir. Bu ta’limot  uch yo’nalishni o’z ichiga oladi :

1.    Pedagogik  neologiya  ( yunoncha  neo- yangi va “Logos” – ta’lim –yangilik haqidagi ta’limot ) bunda  pedagogika sohasidagi  yangiliklar o’rganiladi va umumlashtiriladi

2.  Pedagogik akseologiya  ( yunoncha “Aksioma “- hurmat qilmoq, isbotlanmaydigan ta’limot )  deyilib bunda pedagogik yangiliklar ichidan eng samaralisi tanlab olinadi .

3.    Pedagogik praksologiya ( yunoncha “Proks “ – harakat, “Logos” – ta’lim ,amaliyotga qo’llash haqidagi ta’limot ) deyilib bunda tanlab olingan pedagogik yangiliklar amaliyotda qo’llaniladi .

    O’qituvchiga qo’yiladigan talablar :

-  Innovatsion texnalogiya tushunchasini, uning mazmun mohiyatini bilishi ;

-  Innovatsion texnalogiyalarning ta’lim maqsadini amalgam oshirishdagi o’rni va rolini  bilishi. 

-  Innovatsion texnalogiyalarni fanlar bo’yicha qo’llash prinsiplarini  bilishi, o’quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilish va ta’minlash  yo’llarini  bilishi. 

-   O’quvchilarning o’z ustida mustaqil ishlash mahoratini oshirish usullarini egallashi .

- Ko’rgazmali o’qitish usullarini bilishi va egallashi.

Ilg’or pedagogic texnalogiyalarni  qo’llab namunaviy o’quv mashg’ulotlarini o’qitish ta’lim – tarbiyaning faollashtiruvchi usullarini  bilishi va egallashi  kerak. Bugungu kunda Ozbekistonda uzluksiz ta’lim ta’lim tizimida 80 ga yaqin innovatsion texnologiyalar va metodlardan  foydalanilmoqda . 

Masalan: 

-  “Bumerang “ 

-  “Loyihalash “

-  “Ishbilarmonlik rolli o’yini “ 

-  “Charxpalak “ texnalogiyalari 

-  “Klaster “ metodi .

-  “Xulosalash “texnalogiyalari  .

-  “Muommoli o’qitish texnalogiyalari  .”

-  “Beer (Yelpig’ich ) texnalogiyalari  .”

-  “Muammo “

- Debatlar .

-  “Mini  test metodi “

- Skarabey  texnalogiyasi

-  “Aqliy hujum “ 

-  “Ikki qismli kundalik “

  O’qituvchi  qaysi fandan dars o’tmasin, har doim “Qanday o’qitish kerak? “ degan savol  turadi. Bu masalani yechimi faqatgina shu pedagogning  mahoratiga bog’liq .

 Maqsadimiz: 

“Sen buni bilishing kerak “ degan majburlovchi da’vatdan “ Menga bu zarur va men buni bilishga ,uni hayotga qo’llashga qodirman “ degan ichki ishonch va intilishni yug’otish !

O’qitish jarayonida  qo’llaniladigan usullar  juda ko’p. Bu usullar bolaning yosh  xususiyatlariga ,  ko’pchilikni o’qitishga  yoki individual ta’lim  berishga mo’ljallangan   bo’ladi. 

1.    Blits   — uch bosqichda olib boriladi. Hamma bosqichlar uchun bir xil vaqt ajratiladi .Shu o’yinni VI sinfda “Tovush manbalari “ mavzusiga qo’llalik .

I  bosqich :

 Bunda har bir o’quvchi induvidual holatda islaydi 
Shart: “Tovushning tabiiy manbalari”ga ettita misol yozing  1 daqiqa vaqt ajratiladi. Keyin o’qib eshitiladi .

II bosqichda o’quvchilar ikkitadan bo’lib

III  bosqichda Qatoridagi o’quvchilar bir guruh bo’lib 1 daqiqa ichida 30 ta “Tovushning tabiiy manbalari”ga  misol yozishadi. Keyin o’qib eshitiladi .

Bu metod bolalarni hamjihat bo’lib fikirlashga, tezkorlikka o’rgatadi .

II .Bumerang 

Ushbu texnalogiya dars jarayonida, darsdan tashqari bo’sh vaqtlarda turli adabiyotlar tarixiy manbalar, matnlar bilan ishlash jarayonida o’quvchilarning o’rganilgan mavzuni yaxshi eslab qolish og’zaki nutqini rivojlantirish va o’z fikrlarini erkin bayon eta olish malaksini shakllantiradi shuningdek  bir dars davomida barcha o’quvchilarni baholash imkonini beruvchi texnalogiya hisoblanadi  Bu texnalogiyadan  yangi mavzuni yoki materialni o’rganish jarayonida foydalanish maqsadga muvofiqdir. 

1-   bosqich .O’quvchilar 4-5 kishidan iborat kichik guruhlarga bo’linadi .

2-   bosqich .O’qituvchi har bir guruh va uning har bir a’zosiga mustaqil o’rganish fikrlash va yodda saqlab qolish uchun o’rganilayotgan yangi mavzu bo’yicha alohida yozma  tarqatma material beradi. Tarqatma material umumiy mavzuning bir qismini tashkil etib, guruhning barcha a’zolariga  bir xil mazmunda berilishi kerak. Demak yangi mavzu oldindan tashkil etiladigan guruhlar soniga qarab to’rt  yoki besh qismga bo’linishi lozim. Shunda har bir guruh yangi mavzuga oid alohida matnga ega bo’ladi .

3-   bosqich.Gguruhning har bir a’zosi matnni yakka tartibda alohida o’rganib chiqib, eslab qolishi, keyin esa guruh a’zolari matnini o’zaro savol-javob asosida guruhda muhokama qilishi  kerak. Matnning katta kichikligiga qarab  bu ishga 10 min ajratiladi .

4-   bosqich.  O’qituvchi har bir guruh yoniga kelib oldindan raqam yozilgan kartochkalardan bittadan olishni taklif etadi ( qog’oz soni guruhdagi o’quvchilar soniga teng bo’lishi kerak, 1 raqamini olganlar 1- guruhga, 2 raqamini olganlar 2- guruhga va hokazo .) O’qituvchi raqamlar bo’yicha yangi guruh tuzishni taklif etadi .

5-   bosqich .Yangi tuzilgan guruhning  har bir a’zosi endi o’ziga  2ta vazifani ham o’qituvchi, ham o’quvchi vazifasini oladi .Yani guruhning har bir a’zosidan oldingi  guruhda o’zi  o’rganib  chiqqan  maqtn mazmunini  yangi  guruh o’zolaroga o’rgatishi va o’z  navbatida  guruhning  boshqa  a’zolarining   matnlarini   ham o’zlashtirib olish talab  etiladi.  bunda  guruhning har  bir  ishtirokchisi   o’zi o’zlashtirgan materualni  so’zlab berishi  orqaki boshqalarga yetkazishi lozim.buningv uchun  20 daqiqa vaqt  ajratiladi.   natijada raqamlar  bo’yicha tuzilgan yangi  guruhlar  umumiy  mavzu boyicha  barcha  materialni  o’zlashtirishga erishadilar.

6-   bosqich. Guruhdagilar  bir-birlariga   o’z  matnlarini  gapirib  bergach ,  matn   qanday  o’zlashtirilganini  tekshirish  uchun  o’qituvchi   guruh  a’zolariga o’z  matnlaridan  kelib chiqib  bir-birlariga    savol  berishlari  tushuntiriladi  va   guruh ichida  shu  tariqa  ichki  nazorat  o’tkaziladi. bu esa guruhdagilarning  bir-birlariga so’zlab bergan materiallarini boshqalar tomonidan qanday  o’zlashtirilganini  aniqlashga  va  mustahkamlashga  yordam beradi.

7-   bosqich.  O’qituvchi  barcha  o’quvchilarning   oldingi  guruhlarga qaytarilishlarini  so’raydi va hamma dastlabki  guruhiga qaytadi .

8-   O’qituvchi barcha o’quvchilarning mavzuga oid hamma material bilan tanishib  chiqqanligini  hisobga olgan  holda  sinfdagi hohlagan o’quvchisidan  usgbu mavzuga oid  hohlagan savolini so’rashi mumkinligini  va nazorat savollarini reytini ballariasosida baholashini aytadi 

9-   bosqich. O’qituvchi tarqatma materiallardagi savollar asosida guruhlarning o’zlashtirishini tekshirib  chiqadi 

10- bosqich. O’qituvchi har bir guruhga o’z materiali asosida  yangidan  3ta savol  tuzishni aytadi  Vaqt 3-5 daqiqa 

11-  bosqich .Bu bosqichda guruhlar bir – birlariga  o’zlari tuzgan savollarni beradilar va berilgan javoblar  baholanadi. Agar guruhlar savolga javob bera olmasa o’zlari to’ldiradi va qo’shimcha balni qo’lga kiritadilar .

12- Yakuniy bosqichda  guruhlar to’plagan  ballar  hisoblanib, rag’batlantiriladi .Bunda guruh a’zolarining ham fikrlari inobatga olinib ballar qo’yiladi .
Bu o’yinni masalan VII sinfda 30-mavzu. Sirpanish ishqalanishi. Dumalanish ishqalanishi  mavzusini o’tishda qo’llashni ko’raylik .

I- bosqichda  o’quvchilarga  kartochkalar tarqatamiz. Tarqatib bo’lgach ochib qarashlari aytiladi. Kartochkalarda “ Doira “, “Rubob “, “G’jjak”, “Surnay “  yozuvlari bo’ladi. O’quvchilardan gapirmasdan pantamimo qilib o’z guruhlarini topishlari aytiladi. 

2-3-bosqich: “Doira “ guruhi  a’zolariga  “Sirpanish ishqalanishi deb nimaga aytiladi ?”

“Rubob “guruhi  a’zolariga  “ Sirpanish ishqalanish kuchi formulasi, undagi kattaliklar “,“G’jjak” guruhi  a’zolariga   “Dumalanish ishqalanishi  deb nimaga aytiladi ?”, “Surnay “  guruhi  a’zolariga  “  Dumalanish ishqalanish kuchi qanday kattaliklarga bog’liq? “ degan topshiriqlar beriladi .Guruh a’zolari savollarni yotib beruvchi matnni alohida daftarlariga yozishlari eslatiladi .Buning uchun 8 min vaqt berilgani eslatiladi .

4-bosqich. O’quvchilarda “1 ” va “2” raqam yozilgan kartochkalarni tarqatib chiqamiz. 

5- bosqich .Yangi tuzilgan guruhlar bir birlariga o’zlariga berilgan topshiriqlarni o’rgatishadi ( “Mehmonlarga “) … Shu tartibda barcha bosqichlarni  yuqorida aytilgandek tashkil etiladi. 

IV. “Klaster “ .

Klaster inglizcha so’z bo’lib ( cluster ), bosh, bir shingil, popuk ma’nosini anglatadi. Klaster – bu ma’lum bir mavzu bo’yicha o’ylashga yordam beruvchi strategiya bo’lib  fikrlashning nochiziqli  shaklidir. 

Klasterni o’tkazish usuli 

1.Doskaning o’rtasiga tayanch, asosiy formula, tushuncha yoki fizik qonun yozib qo’yiladi

2   O’quvchilar shu so’z bilan bog’liq hayoliga kelgan barcha so’z va gaplarni aytadilar. Ularni o’qituvchi, boshlovchi o’quvchi  yoki fikr aytgan o’quvchining o’zi doskaga yozib qo’yadi .

3 Go’yalarni aytish va yozish belgilangan vaqt davomida amalga oshiriladi .

4 Yozish tugagach, yozilgan so’zlar orasida bog’liqlik tahlil qilinadi va chiziqchalar chiziladi .

 

 

 
Doirachalar ichiga :

Og’rlik kuchi, elastiklik kuchi, jism tezligini o’zgartiruvchi sabab, Nyuton ,
dinamometr, jism shaklini o’zgartiruvchi sabab …. yozilishi mumkin. bog’liqlik chiroyli chiqmasa shingil, yoki popuk hosil bo’lmay qoladi .

V. “Sinkveyn “  tuzish. Qisqa gapda katta o’quv axborotni  o’z ichiga olgan qofiyalanmagan misra. Sinkveyn  — fransuzcha so’z bo’lib  “besh “  degan ma’noni bildiradi. U  besh qatordan iborat bo’ladi .

1- qator: Mavzu   bitta so’z bilan yoziladi .

2- qator: mavzu ikkita so’z bilan yoziladi .

3- qator :  Mavzudagi voqea uchta so’z bilan  yoziladi 

4- qator: Munosabat, hissiyot to’rtta so’z bilan yoziladi .

5- qator: Mavzu mazmuni bitta so’z bilan yoziladi .

 
Masalan:  IX sinflarda  “Koinot haqidagi tasavvurlar bo’limi”da 
 

1.    Mars

2.    To’rtinchi  sayyora, qizil

3.    Doimiy, murakkab harakatda .

4.    Yer gruppasiga kiradi, tabiiy yo’ldoshlari ikkita, hayot mavjud emas.

5.    Sayyora .


Xulosa :

Innovatsion usullarni qo’llashda  dars o’qitilganda sinfda qoloq, mavzuni o’zlashtirmaydigan o’quvchi qolmaydi. Deyarli barcha o’quvchilar  dars jarayoniga  jalb etilib, ularning darsga qiziqishlari  ortadi. O’quvchilarning kelgusidagi mustaqil bilim olishlariga, hunar   o’rganishlariga  imkon yaratadi. 

     Pedagogik faoliyatim davomida VI- VII – VIII – IX sinflarda  turli xil didaktik o’yinlardan  foydalanib  kelmoqdaman  va uning natijasini  ham  tahlil qilib  kelmoqdaman .  Darslarda didaktik o’yinlardan foydalanish, o’quvchilarni ahillik, birdamlikka va sinfda  do’stona muhitni shakllantirishga  yordam beradi .

 Bir so’z bilan aytganda ta’lim jarayoniga yangicha yondashib, ijodkorlik, bunyodkorlik tadbiq etilsagina, ta’lim samarasi yangi bosqichga ko’tariladi .

 Yani: 

-   Bolaning talabi, moyilligi, istak xoxishi uning imkoniyatlari darajasida qondiriladi

-  O’quvchining o’quv mehnatiga mas’uliyati, javobgarligi va burchi oshadi
-   Bilimlarni mustaqil egallash malakalari shakllanadi .

-   U umr bo’yi o’z bilimini o’ziga foydalanishga ishonch faydo bo’ladi 

-   Erkin fikrlash malakasi shakllanadi .

-   Shaxs jamiyatda o’zining o’rnini tezroq topib olishga muhit yaratadi .

Buning uchun bugun biz o’quvchiga  “Sen buni bilishing kerak “ degan majburlovchi da’vatdan “ Menga bu zarur va men buni bilishga ,uni hayotga qo’llashga qodirman “ degan ichki ishonch va intilishni yug’otishimiz kerak. 

Igna  bilan  quduq  qazgan  misoli ,

Muallim  chekadi  og’ir mashaqqat .



U  mudom  yashaydi g’arazdan  holi ,

Muallimga  bo’lsin  eng  buyuk  xurmat !
Download 46.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling