Yapon tilidagi barqaror birikmalarning tarjimadagi o’rni o‘zdjtu tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 3-bosqich, 306-guruh talabasi Farangiz Abduqodirova Ilmiy rahbar


Download 26.3 Kb.
Sana19.05.2020
Hajmi26.3 Kb.
#107831
Bog'liq
Yapon tili iboralari


YAPON TILIDAGI BARQAROR BIRIKMALARNING TARJIMADAGI O’RNI

O‘ZDJTU Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 3-bosqich, 306-guruh talabasi Farangiz Abduqodirova Ilmiy rahbar:

Til millatning qalbi, uning o’tmishi, buguni va kelajagi hisoblanadi. Til ijtimoiy hodisa sifatida muhim ahamiyat kasb etar ekan, til egasi hisoblanmish xalq uni asrab-avaylashi, kelajak avlodga yetkazishi lozimdir. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida alohida ta’kidlaganidek: “Ma’lumki o’zlikni anglash, milliy ong va tafakkuring ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili-bu millatning ruhidir”.¹

Darhaqiqat, bugungi jadal globallashuv jarayonida chet tillarini o’rganish hayotimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Behbudiyning “Ikki emas, to’rt til lozim” maqolasida millat taraqqiyoti uchun o’zbek, tojik, arab, rus va hatto biror uzoq xorij(masalan, fransuz) tilini bilishi shart deb hisobladi.

Shunday ekan chet tillarini chuqur o’rganish, ulardan to’g’ri foydalana olish, o’zbek tiliga to’g’ri tarjima qilish zarurdir.

Nutqiy jarayonda fikrimizni bayon etish uchun nafaqat so’zlardan, balki bir so’zga teng bo’lgan so’z birikmalari yoki gaplardan foydalanamiz. Bunday til birliklari barqaror birikmalar deb nomlanib, nutqning tushunarli, ta’sirchan bo’lishiga yordam beradi. Barqaror birikmalar dunyodagi barcha tillarda mavjud bo’lib, bu birikmalar o’zlarining obrazliligi bilan ajralib turadi. Frazeologizmlarning(maqol, matal, iboralar) xalqning o’tmishi, tarixi, an’analari, urf-odatlari va madaniyatini o’zida yaqqol aks ettiradi. Shu bilan birga frazeologizmlarda xalq tilining yorqin lingomadaniy xususiyatlari mujassam bo’lib, ular chuqur va boy ma’noga ega bo’lishi bilan bir qatorda, nutqqa alohida ko’rk va ta’sirchanlik bag’ishlaydi.

Frazeologizmlarning shakllanish tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, u tilshunosliking boshqa sohalariga qaraganda ancha yangi soha bo’lib,

¹ Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T.: “Ma’naviyat” nashriyoti. 2008,83

XX asrning 50-yillaridan boshlab, leksikologiyadan alohida bo’lim sifatida ajralib chiqqan.

Ushbu bo’limning mustaqil soha sifatida shakllanishida rus akademigi V. V. Vinogradovning xizmati nihoyatda beqiyosdir. Bundan tashqari fransuz olimi F. Sossyur frazeologizmlarni tildagi tayyor birliklar sifatida qayd etgan.

Tarjima jarayonida bu birikmalardan unumli foydalangan holda, o’zbek tilidagi muqobil ekvivalentidan foydalanish zarurdir. Chunki ma’lum bir tildagi barqaror birikmalar so’zma-so’z tarjima qilganda boshqa ma’noni anglatishi, gapda esa o’zga ma’noni ifodalashi mumkin. Bunday holatda tarjima jarayonida g’alizlik yuzaga kelib, tinglovchi yoki o’quvchi uchun tushunarsiz bo’lishi mumkin. Ayniqsa biz bunday vaziyatni zoonimlarning ko’chma ma’noda kelishida ko’rishimiiz mumkin. Albatta, o’zbek tilida ham zoonimlarning ko’chma ma’noda ishlatilishini uchratamiz. Masalan, qush uyasida ko’rganini qiladi, tipratikan ham bolasini yumshog’im deydi, mushuk tekinga oftobga chiqmaydi, oq it qora it-baribir it va boshqalar.



Yapon tilida ham zoonimlarning ko’chma ma’noda kelishini uchratishimiz mumkin. Ushbu maqolamizda yapon tilidagi zoonimlarning ishtirokidagi barqaror birikmalar haqida so’z yuritmoqchimiz.

猫の手も借りたいほど(nekono temo karitaihodo)-mushukning qo’lini qarzga olishni xohlayman, mushukning qo’lini qarzga olishni xohlaydigan darajada                              Juda band bo’lib, kimdan bo’lsa ham yordam olishni istagan paytda qo’llaniluvchi ibora.                   今日兄の誕生日ので忙しくて、猫の手も借りたいほどだ。 (kyou anino tanjyoubinode, isogashikute nekono te mo karitai hododa) Bugun akamning tug’ilgan kuni bo’lgani uchun, mushukning qo’lini qarzga oladigan darajada bandman.

猫の額ほど(nekono hitaihodo)-mushukning peshonasidek. Bu ibora joy, hududga nisbatan ishlatilib, o’sha hududning tor, kichkinaligini bildiradi.                                             猫の額ほど庭があります(Nekono hitaihodo niwaga arimasu). Mushukning peshonasidek kichkina bog’im bor.

猫に小判(Nekoni koban)-mushukka pul.                                   O’zbek tilida pulni ko’kka sovurish. Qimmat bo’lsa-da, berilgan narsalarni ishlatmasdan olib qo’yuvchi kishilarga nisbatan qo’llaniladi. So’zma-so’z tarjima qilinganidan ko’rinib turibdiki, mushukka pul kerak emas, berilgan taqdirda ham u puldan foydalamaydi.                                                 彼は私があげた高い辞書をつかないね、猫に小判だ(Kareva watashiga ageta takai jishowo zenzen tsukateinaine, nekoni kobanda) Mushukka pul bergandek, u men bergan qimmat lug’atdan umuman foydalanmaydi.

猿も木から落ちる(Sarumo kikara ochiru)-maymun ham daraxtdan yiqiladi. Bu ibora insonlarga nisbatan ishlatilib, qanchalik o’z ishining ustasi bo’lsa ham, omadsizlikka uchrashi mumkin degan ma’noni bildiradi.                                         -試験は不合格だった  (shikenva fugoukakudatta)                              -気にしないで、猿も木からおちるよ( kinishinaide, sarumokikara ochiruyo)                  -Imtihondan yiqildim                                              -Ko’p o’ylama, maymun ham daraxtdan yiqiladi-ku.

馬があう(Umaga au)-otlar uchrashishi                          O’zbek tiliga yulduzi yulduziga mos keldi deb tarjima qilish mumkin bo’lib, ikki insonning o’zaro yaxshi munosabatda bo’lishiga nisbatan ishlatiladi.                                   最近この二人はいつも一緒ね、馬があった(saikin kono futariha itsumo ishone, umaga atta) Oxirgi paytlarda ikkovi doim birga, otlar uchrashishdi.

狐とタヌキ(Kitsuneto tanuki)-tulki va tanuki                                    O’zbek tilidagi ko’r ko’rni qorong’ida topadi degan iboraga mos kelad.                                                                    

犬猿の中(Inu saruno naka)-it bilan maymun o’zbek tilida esa it bilan mushuk tarzida tarjima qilish mumkin.                                        O’zaro chiqisha olmaydigan kishilarga nisbatan qo’llaniluvchi ibora.                       弟と妹は喧嘩してばかりいる。犬猿の中だ( Otouto to imoutova itsumo kenkashite bakari iru. Inu saruno nakada)- Ukam bilan singlim har doim janjallashishadi. It va mushukning o’zi.

亀のこより年のこ(Kameno koyori toshino ko)-toshbaqaning toshidan ko’ra tajriba mustahkamroq. Tinmay mashq qilish natijasida ma’lum maqsadga erishish, tajriba orttirish. Va o’sha tajribaning muhimligini ko’rsatuvchi ibora.                                      彼は10年もガイドをしている。亀のこより年のこ( Kareva 10 nenmo gaido wo shiteiru, kameno koyori toshino ko)-u 10 yildan beri gidlik qiladi, toshbaqaning toshidan ko’ra tajribasi mustahkamroq.

Dunyo tillari orasida tilni ravon qilishga, uni yanada bo’yoqdor qilishga xizmat qiluvchi bir qancha til birliklari mavjud. Bulardan biri iboralar bo’lib, ular tilni yanada go’zalroq qilishga ko’mak beradi. Dunyoda iboralarsiz tilning o’zi yo’q. Hususan, biz tahlil qilayotgan o’zbek va yapon tillari frazeologiyasi ham juda boy va o’zining ko’p asrlik tarixiga ega. Keyingi maqolalarimizda yapon tilidagi boshqa frazeologizmlarning o’zbek tilidagi tarjimasi turli ma’nolarni ifodalashi haqida so’z yuritamiz.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  1. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. T.: Sharq nashriyoti, 2010.

  2. Jamolxonov H. Hozirgi o’zbek adabiy tili.-T.: Talqin, 2005

Download 26.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling