Yaponiya hududida qadimiy odam izlari paleolit davriga oid taxminan mil av. 8000-300 yillarda neolit davri madaniyati dzyomon (idishlarga bitilgan ipsimon naqshlarga qarab nomlangan) mavjud boʻlgan


Download 16.57 Kb.
Sana02.04.2023
Hajmi16.57 Kb.
#1321618
Bog'liq
yaponiya


Yaponiya hududida qadimiy odam izlari paleolit davriga oid. taxminan mil. av. 8000—300 yillarda neolit davri madaniyati — dzyomon (idishlarga bitilgan ipsimon naqshlarga qarab nomlangan) mavjud boʻlgan. Oʻsha davr moddiy yodgorliklarini oʻrganish Yaponiyaning qadimiy aholisi, asosan, Janubiy Sharqiy Osiyodan kirib borganini koʻrsatadi. Mil.av. 2-ming yillik mobaynida janubiy moʻgʻul tipidagi qabilalar kelgan. Mil.av. 1 ming yillik arafasida Yaponiyada asosiy qismini aynlar tashkil etgan etnik aholi tarkib topdi. Mil.av. 5—4-asrlarda dehqonchilik, chorvachilik rivojlangan, metall qurollar qoʻllanilgan. Mil.ning boshlarida ijtimoiy tabaqalanish kuchaydi; qulchilik paydo boʻldi. 4-asr oʻrtalarida tashkil topgan yirik qabilalar ittifoqi — Yamato asosida ilk yapon davlati tarkib topdi. 5-asrdan iyeroglif yozuvi, 6-asrdan buddizm tarqaldi. Yamato hukmdorlari tashqi aloqalarda "tenno" unvonini qoʻllay boshlagan. Bu unvon hozirgacha ham saqlangan va Yevropa tillariga "imperator" soʻzi bilan tarjima qilinadi. 646 yil yer davlat mulki deb eʼlon qilindi, aholi esa davlat chek yerlari egasiga aylandi. Yarim erkin dehqonlar zodagonga qaram dehqonlar bilan tenglashtirildi. Xitoydagi Tan davlati tipida markaziy maʼmuriyat tuzildi. 710 yilda birinchi doimiy poytaxt — Nara qurildi, 794 yilda poytaxt Kioto (Xeyan)ga koʻchirildi. 8-asrda mamlakat janubidagi avstronezlarning singdirilishi natijasida yapon millati shakllandi. 10-asrda davlat chek yer egaligi tizimi barham topib, aslzoda va ibodatxonalarning yermulklari (syoen) yerga egalikning asosiy shakliga aylandi. 11-asrdan sardorlar boshchiligida harbiy zodagonlar guruhlari tashkil topa boshladi. 12-asrning oʻrtalarida Xonsyudan shimoli-sharqda Minamoto, janubi-gʻarbda Tayra ulardan eng yirigi edi. Bu xonadonlarning oʻzaro kurashi 1185 yilda Tayraning magʻlubiyati bilan tugadi. 1192 yilda shimoli-sharqliklar oʻz sardorlari Yoritomo Minamotoni syogun (sarkarda) unvoni bilan davlatning hukmdori deb eʼlon qildilar. Imperator sulolasi syogunlar hukmronligini xalq oldida qonuniy boʻlishini kafolatlab turish uchun nomigagina saklab qolindi. Qarorgohi Kamakura shahrida joylashgan syogunlarga harbiylar tabaqasi (busi) va shaxsiy vassallar (ular maʼmuriy mansablarni egalladilar) asosiy tayanch boʻldi. Busi tabaqasining quyi qismi mayda harbiy dvoryanlar — samuraylardan iborat edi. Xitoy va Koreyani zabt etgan moʻgʻullar 1274 va 1281 yillarda Yaponiyaga qarshi ekspeditsiyalar uyushtirdilar, lekin bu yurishlar muvaffaqiyatsiz chiqdi. Dengizda paydo boʻlgan kuchli tayfun moʻgʻul qoʻshinlarini halok qildi. Yaponiya tarixida bu tayfun "kamikaze" ("ilohiy shamol") nomini oddi. 13-asrdan savdo va hunarmandchilik korporatsiyalari (dza) soni orta boshladi. 14—16-asrlarda syoendan yirik zamindorlik — knyazlikka oʻtildi. 15—16-asrlarda deyarli uzluksiz dehqonlar qoʻzgʻolonlari boʻlib turdi. 1485—93 yillarda boʻlib oʻtgan Yamashiro qoʻzgʻoloni ulardan eng yirigi edi. 15—16-asrlarda Yaponiya bilan Xitoy va Koreya oʻrtasida savdosotiq avj oldi. 16-asrning oʻrtalaridan Yaponiyaga kirib kelgan yevropalik missionerlar xristianlikni tarqata boshladilar. 1603 yil Ieyasu Tokugava (1542—1616) syogun deb eʼlon qilindi va uning qarorgohi Edo (hoz. Tokio)ga koʻchirildi. Tokugava syogunlari sulosasi mamlakatni 1867 yilgacha boshqardi. Ularning hukmronligi davrida Yaponiya markazlashgan monarxiya davlatiga aylandi. Hukumat qatʼiy qoidalar bilan 4 tabaqa tizimi (samuray, dehqon, hunarmand va savdogarlar)ni oʻrnatdi. Tokugava hukumatining yevropaliklar ekspansiyasi va xristianlik xalq harakatining mafkurasiga aylanayotganligiga qarshi qator tadbirlarni koʻrishi natijasida Yaponiya qariyb 2,5 asr mobaynida "yopiq" davlatga aylandi. Shu yoʻl bilan mamlakat mustamlaka boʻlishdan saqlanib qoldi. 17-asr oxiri — 18-asr boshlari Tokugavalar Yaponiyasi uchun eng yuksalish davri boʻddi. Bu davrda aholining savodxonlik darajasi jahon miqyosida ham ilgʻor oʻringa chiqdi. 18-asr oxiri — 19-asrning 1-yarmida manufakturalar paydo boʻla boshladi. 1854—58 yillarda AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya bilan tuzilgan Ansey shartnomalariga koʻra, Yaponiya oʻz holicha ajralib yashash siyosatidan voz kechishga majbur boʻddi va suvereniteti cheklangan holda jahon bozoriga qoʻshildi. 1867—68 yillarda Yaponiyada dehqonlar, shahar kambagʻallari, savdosanoat korchalonlari, dvoryanlarning quyi tabaqalari, saroy aslzodalari va muxolifatdagi baʼzi yirik zodagonlardan iborat keng omma syogunlarga qarshi chiqdi. Natijada burjua inqilobi — Meydzi isin sodir boʻldi, syogun hukumati agʻdarildi va hokimiyat imperator Mutsuxito (1867—1912 ylarda hukmronlik qilgan) qoʻliga oʻtdi. Shu davrdan boshlab Yaponiya imperator va uning hukumati boshchiligida tub ijtimoiysiyosiy va iqtisodiy islohotlar yoʻliga oʻtib, tezlashgan modernizatsiya orqali gʻarb davlatlari darajasiga yetishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi.

1869-yilda poytaxt rasman Tokioga koʻchirildi. 1871—72 yillarda knyazliklar tugatilib, oʻrniga prefekturalar tashkil etildi, avvalgi 4 tabaqa oʻrniga 3 tabaqa [oliy dvoryanlar (sobiq zodagon knyazlar, saroy aslzodalari), dvoryanlar (barcha sobiq samuraylar), oddiy xalq (bunga savdosanoat korchalonlari ham kiritildi)] taʼsis etildi. Barcha tabaqalarning tengligi, kasb tanlash va mamlakat boʻylab koʻchib yurish erkinligi haqida qonunlar qabul qilindi. 1872 —73 yillarda oʻtkazilgan yer islohotidan keyin yer, asosan, dvoryan yer egalari va boy dehqonlar qoʻliga oʻtdi. 1873 yildan mamlakatda yil sanasini belgilashda imperator hukmronlik qilgan davr nomi bilan bir qatorda grigoriy kalendari ham joriy etildi. 1879 yil birinchi siyosiy partiya tuzildi. 1868—85 yillarda xususiy sarmoya yordamida qishloq xoʻjaligi xom ashyosiga ishlov beradigan 1300 korxona qurildi. 1889-yil imperatorga mutlaq vakolatlar beruvchi konstitutsiya qabul qilindi, 1890 yilda parlament taʼsis etildi.



19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Yaponiyaning hukmron doiralari agressiv tashqi siyosat tuta boshlab, 1894 yilda Koreyada qoʻtarilgan dehqonlar qoʻzgolonini bostirish niqobi ostida u yerga qoʻshin yubordi va Xitoy bilan boʻlgan urush (1894—95) natijasida Tayvan va Penxuledao orollarini, rusyapon urushi (1904—05) oqibatida esa Shimoliy Saxalinni egalladi. Yaponiya va Buyuk Britaniya oʻrtasida 1902, 1905 va 1911 yillarda imzolangan shartnomalar asosida oʻzaro hamkorlik harbiy-siyosiy ittifoq darajasiga qoʻgarildi va ikki tomon Koreya hamda Xitoyda oʻz mavqelarini yanada mustahkamladi. 1910 yil avgustda Yaponiya Koreyani oʻz mustamlakasiga aylantirdi. Yapon monopoliyalari Janubiy Manjuriyani, keyinroq Xitoyning boshqa rayonlarini oʻz taʼsir doirasiga kiritdi.
Download 16.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling