Yaponiya iqtisodiy geografik o‘rnining xususiyatlariga tavsif bering


Download 24.34 Kb.
Sana30.05.2020
Hajmi24.34 Kb.
#112149
Bog'liq
7-topshiriq yaponiya


7-топширик


  1. Yaponiya iqtisodiy geografik o‘rnining xususiyatlariga tavsif bering.

  2. XX asrning ikkinchi yarmida yapon iqtisodiyoti rivojlanishining bosqichlarini izohlang. “Yapon iqtisodiy mo‘jizasi” sabablari va xususiyatlarini yoriting.

  3. Zamonaviy Yaponiya xo‘jaligi tarmoqlar tarkibining o‘zgarishida qanday omillar ta’siri ustun? Bu aholi va sanoat tarmoqlarining hududiy joylashuviga qanday ta’sir ko‘rsatadi ?

  4. Yapon madaniyati fenomeniga tavsif bering.



  1. Yaponiya Sharqiy Osiyoda joylashgan orol mamlakati. Yaponiyada jami orollar soni 6 852 ta bo‘lsa ham, hududining 97 % ini 4 ta yirik orol – Xonsyu, Xokkaydo, Kyusyu va Sikoku orollari egallaydi. Qirg‘oqlari shimolda Oxota, g‘arbda Yapon, janubi-g‘arbda Sharqiy Xitoy dengizi, sharq va janubda Tinch okean suvlari bilan yuviladi. Yaponiyaning hududi shimoldan janubga 2 800 km masofaga cho‘zilgan. Yaponiyaning iqtisodiy geografik o’rni avvalo orollarda joylashganligi va materikka yaqinligi bilan belgilanadi. Bu avvalo Yaponiyani Rossiya Fedarasiyasi, XXR va “Osiyo yo’lbarsi” davlatlariga yaqinligi bilan izohlanadi. Ayni paytda Yaponiya Osiyo-Tinch okeani regionining markazidir. Bu holatlar mamlakatni xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etishi uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi. Yaponiya hukumati bilan Rossiya hukumati orasida Shikotan oroli majorasi mavjud va bu holat hamon davom etmoqda. Yaponiyani hududining o`lchamiga ko`ra, G`arbiy Yevropaning eng yirik mamlakatlari va AQSH shtatlari bilan taqqoslasa bo`ladi. Biroq tarkibiga va shakliga ko`ra Yaponya hudidi ulardan keskin farq qiladi. Yaponiya arxipelaglar mamalakati bo`lib, to`trtta yirik va deyarli 4 ming mayda orollarda joylashgan. U butun bir, orollar olamidir.

Tabiiy sharoiti va resurslari. Yaponiyada, u Tinch okean seysmik mintaqasida joylashganligi tufayli, zilzila va sunami tez-tez sodir bo‘ladi. Bu tabiiy xususiyat Yaponiya aholisining turmushiga katta ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun ham yaponlarga bolalik davridanoq favqulodda vaziyatlarda o‘zini to‘g‘ri tutish qoidalari o‘rgatiladi. Yaponiya hududi yuqori seysmik zonada joylashgan. Har yili 1500 dan ortiq turli kuchdagi zilzilalar, tayfunlar, sunamilar hudud iqtisodiyotiga katta zarar etkazadi. Mamlakatda 15 ta so‘nmagan harakatdagi vulqonlar bor. Yaponiya hududining 2/3 qismini tog‘li o‘rmonlar egallasa-da, yog‘och zaxirasi o‘z ehtiyojlarining faqatgina yarmini qoplaydi. Yaponiya daryolaridan GESlar qurish hamda suv ta’minoti uchun foydalaniladi. Yaponiya moʻʼtadil, subtropik va tropik mintaqalarda joylashgan. Qirgʻoq chizigʻining umumiy uzunligi. 30 ming km ga yaqin. Honshu orolning janubiy sohili, Sekoku va Kyushu orollarining qirgʻoqlarida qoʻltiq koʻp; bu yerda murakkab qirgʻoq chizigʻiga ega boʻlgan Ichki Yapon dengizi joylashgan. Ryukyuning janubiy orollari marjon riflari bilan oʻralgan. Yaponiya, asosan, tog'li mamlakat. Hududining 75 foizini tog'lar egallaydi. Eng baland tog'i Fudziyama (3776 m.) yapon xalqining ommaviy topinadigan-sig'inadigan muqaddas joyi hisoblanadi. Tekisliklari, asosan, Tinch okean sohillari bo'ylab joylashgan. Ayniqsa, Tokio qo'ltiq-bo'yidagi Kanto pasttekisiigi mashhurdir. Hokkaydo oroldagi tizmalarning baʼzi choʻqqilari 2000 m dan oshadi (Asahi choʻqqisi — 2290 m). Honshu orolning shimoliy qismida 3 ta boʻylama togʻ tizmalari boʻlib, ular vodiy va soyliklar bilan boʻlingan; orolda bir qancha vulkan, jumladan, Yaponiyadagi eng baland vulkan — Fujiyama (bal. 3776 m) qad koʻtargan. Honshu orolning markaziy qismidagi tizmalarning choʻqqilari alp selyefli va yilning koʻp qismida qor bilan qoplanib turadi. Sekoku orolning eng baland joyi 1981 m (Isidzuti choʻqqisi), Kyushu orolniki 1788 m (Kuzyu vulkani). Yaponiya hududi kuchli seysmik zonada joylashgan (1855, 1891, 1897, 1923, 1995 yillarda falokatli zilzilalar boʻlgan). Yaponiyadagi 150 vulkandan 40 tachasi soʻnmagan. Vulkanli rayonlarda mineral va termal buloklar koʻp. 26 mingdan ortiq issiq suv manbalari bor. Foydali qazilmalardan koʻmir, gaz, temir rudasi, oltingugurt, marganets, qoʻrgʻoshinrux, mis rudalari neft, xromit, oltin, kumush, pirit, kaolin, talk va simob konlari mavjud.

Yaponiya foydali qazilmalarga boy emas. Mamlakatda, asosan, yod (zaxiralari bo‘yicha dunyoda 1-o‘rin), oltingugurt, shuningdek, oz miqdorda neft, tabiiy gaz,

oltin, kumush va boshqa mineral resurslar qazib olinadi. Yerosti boyliklarining ozligi Yaponiyani yoqilg‘i va metallarni eng ko‘p import qiluvchi davlatlardan biriga aylantirgan.
2. XX asrning 60-yillaridan boshlab Yaponiyaning «iqtisodiy mobjiza»si jahonni hayratga sola boshladi. Buning sababi II jahon urushida yengilib, atom bombasining dahshatlarini o‘z boshidan o‘tkazgan mamlakatning tezlik bilan qaddini rostlagani va misli ko‘rilmagan sur‘atlarda tez rivojlanishga erishgani edi. Ana shunday muammolarni yengib о‘tа olgan va yuksak rivojlanish marralarini egallagan Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyot yo‘li hozirgi vaqtda ko‘pgina rivojlanayotgan davlatlar, shu jumladan, O‘zbekiston uchun ham ibrat bo‘lishi mumkin. Yaponiya «iqtisodiy mo‘jiza» sining asosiy manbayi, mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, yapon millatining yuqori darajadagi mehnatsevarlik va mehnat intizomi, uyushqoqlik va sabr-toqat, ishga mas‘uliyat hissi va tejamkorlik kabi ijtimoiy ko‘rsatkichlaridir. «Iqtisodiy mo‘jiza»ning sabablari qatoriga yana harbiy tayyorgarliklardan tiyilib borishi (konstitutsiyaga kobra Yaponiyada milliy daromadining atigi 1 foizdan ortiq bo‘lmagan qismini harbiy xarajatlarga ajratish mumkin) ham kiradi. Yaponiya iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakat. YAMD ning umumiy hajmi (4390 mlrd. AQSh dollari)ga ko‘ra dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Unda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari yaxshi rivojlangan.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Osiyo iqtisodiy strategiyasi hukumat intervensiyasi (ko‘rinuvchi qo‘l) va bozor kuchlari (ko‘rinmas qo‘l) kombinatsiyasini uyg‘unlikda ushlagan. Shu o‘rinda G‘arbdan farqli o‘laroq, Yaponiya jamiyatida ishlab chiqilgan ijtimoiy safarbarlik dasturini jonli, qiziqarli misol sifatida o‘rganish foydadan xoli bo‘lmaydi. Yaponiyada so‘nggi yuz yildan ortiq vaqt davomida jamiyat hayotining barcha sohalarida iqtisodiyot, siyosat, ilm-fan va madaniyatning modernizatsiyasi va baynalmilallashuvi bilan bog‘liq ob’yektiv tarixiy tendensiyani aks ettiruvchi chuqur globallashuv jarayoni kechmoqda. Natijada an’anaviy unsurlar va g‘arbiy innovatsiyalarni o‘zida birlashtirgan yangi mamlakat qiyofasi shakllanmoqda. Bu jarayonga esa Meydzi (Meydzi isin) restavratsiyasi (1868 yil) asos soldi hamda ikki yuz yillik yakkalanib qolishdan keyin G‘arb mamlakatlari bilan faol muloqotlar boshlandi. Yaponlarning yangilanish va yuksalish xarakteriga aholining yuqori darajada moslashish qobiliyati, ya’ni uning boshqa sivilizatsiyalar, birinchi navbatda, Hindiston va Xitoy sivilizatsiyalari elementlarini yaxshi o‘zlashtirgani, ularni o‘z milliy qadriyatlarining tarkibiy qismiga aylantirgani katta ta’sir ko‘rsatdi. Muammolarni kelishuv yo‘li bilan hal qilish Yaponiya uchun o‘ziga xos hodisa bo‘lib, bu yerda odatda buzg‘unchilik va yaratuvchanlik g‘oyasi o‘rtasida oltin me’yor tanlanadi. Bunday yondashuv yaponlarning olamni idrok etishdagi muhim tamoyillardan biri bo‘lgan uyg‘unlashtirish tushunchasiga asoslanadi. Meydzi “qayta tiklashidan” maqsad konservativ kuchlar va yangilanish tarafdorlari o‘rtasida kelishuv edi. Hokimiyatga olib kelingan savdo-sanoat kapitali vakillarining kattagina qismi yangi davr talablariga moslashish uchun ancha tayyor edi. Yapon pragmatizmi esa an’anaviy qadriyatlarni boy bermasdan, ehtimoliy halokatlarni chetlab o‘tgan holda zarur yangiliklarni qabul qilish imkoniyatini berdi. “Yapon tajribasi shundan dalolat beradiki, birorta madaniyat taqlid uchun universal namuna bo‘la olmaydi. Shunday bo‘lsa-da, hech bir madaniyat mutlaqo mustaqil rivojlana olmaydi”, degan edi olim Yu.Misima.Biroq G‘arb qarashlarini qabul qilish “Yapon ruhiyati – G‘arb texnikasi” (vakon - yosay) formulasi kurashlari ostida kechdi. Vakon – an’anaviy madaniyat, ya’ni yaponlarning ma’naviy qadriyatlari bilan bog‘liq holda dunyoni idrok etish, yosay – universal Yevropa sivilizatsiyasi ma’nosini bildirar edi. Hukumat g‘arbiy ilm-fan, texnika yutuqlarini o‘zlashtirish barobarida mustaqillik hamda imtiyozlarni saqlab qolishga intildi. Lekin Yevropa yutuqlarini o‘zlashtirish ortida mavjud tizimning yemirilish ehtimoli yotardi. Shu bois “varvarlarning eng zo‘r texnikasini o‘rganib, uning yordamida varvarlarni quvib chiqarish” shiori o‘rtaga tashlandi.



Meydzi qayta tiklashining xususiyati shundaki, u hukumat tepasiga siyosiy zaif burjuaziyani emas, balki katta mulkdorlarni boshlab keldi. Bu esa mamlakat rivojini belgilab berdi. Modernizatsiya millat “ustunlari” orqali, yuqoridan amalga oshirilar ekan, uni ro‘yobga chiqarishda davlatning o‘rni beqiyos bo‘lib, u mamlakatning iqtisodiy o‘sishi uchun qudratli ustunga asos soldi. Yapon olimi S.Yamamoto Yaponiyaning rivojida S.Sudzuki (1579–1655 yy.) va B.Isidaning (1685–1744 yy.) alohida xizmatlarini yuqori baholaydi. Sobiq samuray, hukumat amaldori Sudzuki savdogarga ishonchning birinchi sharti uning bukilmas insofga bo‘lgan ishonchida, deb bilardi. Agar savdogar faqat daromad olish maqsadida tijorat bilan shug‘ullansa, u muvaffaqiyat qozonmaydi. Faoliyatini xaridor va davlat ehtiyojidan kelib chiqib amalga oshirmas ekan, iqbol unga kulib boqmaydi. Olim mehnatni sabr-toqat, qanoatga tenglashtiradi. Boshqacha aytganda, u mehnatni haqiqiy iymon va e’tiqod yo‘li, deb hisoblaydi. Oddiy xodimlikdan faylasuf va iqtisodchi sifatidagi faoliyatgacha bo‘lgan mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan B.Isida S.Sudzukining izdoshi edi. U o‘z ajdodining qarashlarini Yaponiyada hozirgi kunga qadar hukmronlik qiluvchi iqtisodiy falsafa darajasigacha ko‘tara oldi. B.Isida falsafasi S.Sudzuki ta’limotiga qaraganda, ko‘proq pragmatik xarakterga ega. Isidaning ta’kidlashicha, inson o‘z xulq-atvori va o‘zi rioya qilgan axloqiy normalar uchun mas’uldir. Uning tabiati hayotda yo‘lboshchisi bo‘lmog‘i lozim. Ya’ni, u vijdonli, vazmin va tartibli bo‘lsagina, ruhiy maqomi yuksalish holatiga ko‘chadi. Hozirgi zamon yapon boshqaruv uslubi “kattalik” tamoyiliga asoslangan. Qadimda chakana va ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchilar tomonidan ishga yollangan xodimlar ma’lum ijtimoiy guruhlarga bo‘lingan. Har bir kompaniya jamoaviy bo‘linma orqali boshqarilardi. Shunda bosh idoraning ko‘rsatmasiga ehtiyoj qolmas, har bir bo‘linma mas’uliyatni chuqur his etgan holda mukofotni taqsimlashda bir oiladek ish ko‘rardi. Tadqiqotchilarning fikricha, hozirgi kunda ham yapon firmalarida boshqaruvchi katta o‘rin tutmaydi. Ikki tomonlama mehnat bitimini imzolash hozirda ham kamdan-kam uchraydi va buning uchun bir og‘iz so‘zning o‘zi kifoya qiladi. Isida etikasiga ko‘ra, ish yoki tijoriy faoliyat siyosat bilan bog‘lanmasligi lozim. Hozirgi zamon yapon biznesmenlarining siyosat bilan shug‘ullanishga istaklarining yo‘qligi ham aynan 260 yil avval yaratilgan Isida falsafasidan kelib chiqadi. Sudzuki va Isida yaratgan mazkur konsepsiya hozirgi zamon yapon tadbirkorlarining ruhiyatini tushunishda qo‘l keladi. Aksar ishchilar faqat daromad ketidan quvish kompaniyani mag‘lubiyatga uchratishiga ishonadi. Asosiy maqsadi imkon darajasida ko‘p foyda olish bo‘lgan yondashuv yapon milliy xarakteriga ziddir. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng boshqaruv tizimi va iqtisodiy yo‘l o‘zgardi. “Japan Inkorporeytid” – davlat, biznes, kasaba uyushmasiga o‘xshagan milliy korporatsiyalar yapon raqobatbardoshligiga kuchli zamin hozirladi. Yaponlar ijobiy ma’nodagi taqlidchi sifatida G‘arb ixtirosi va yangiliklarini sanoatga osonlikcha qo‘llashga o‘tdi. Davlat proteksionizmi kuchaytirildi. 1945 yilgi urushdagi mag‘lubiyat odamlarni yanada jipslashishga undadi. Mamlakat bosqinlar, fuqarolar urushi, zilzila, yong‘in, to‘fonlar, orolda dunyodan ajralib yashash, bombardimon, energetik inqirozni boshidan o‘tkazdi. Xalq har qanday vaziyatda irodasi bukilmasligini namoyon qildi. Urushdagi mag‘lubiyatdan keyin mamlakat tezda oyoqqa turdi. Bunda Sudzuki, Isida falsafasi hamda zamonaviy menejerlik falsafasi, shubhasiz, muhim rol o‘ynadi. Isida etikasiga ko‘ra, ishchilar va tadbirkorlar siyosatdan uzoqda yurib, davlatning siyosiy ishlariga aralashmaydi. Korxonalarda konsensus tushunchasi yetakchilik qildi. V.Yeryomin “Yaponiya tarixi” kitobida yozganidek, “O‘z samaradorligini isbotlagan bu konsepsiya yapon menejmentining barcha jabhalari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi”. Mamlakatning boshqaruv tizimi va iqtisodiyoti XX asrning 50-60-yillarida yanada takomillashib bordi. Jumladan, davlat, biznes tuzilma va kasaba uyushmalarining o‘zaro munosabati yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. “Japan Inkorporeytid” kabi milliy korporatsiyalar soni ko‘paydi. Yaponlar G‘arb ixtirolarini o‘z sanoatida qo‘llay boshladi, davlat proteksionizmi kuchaydi. Ayniqsa, AQSh andazasi asosida ishlovchi “aniq va o‘z vaqtida” tezkor usuli yirik zavodlarga shon-shuhrat keltira boshladi. Hozirgi kunda ushbu iqtisodiy yondashuv mamlakatimizdagi Asaka avtomobil zavodida ham keng qo‘llanilmoqda. Bu texnologik usulning xususiyati shundaki, mahsulotni konveyerdan chiqqungacha bo‘lgan barcha jarayonlarni bosh muhandis, sex boshlig‘i yoki usta emas, balki ishchining o‘zi bexato bajaradi! Yuqoridagi sabablarga ko‘ra, Yaponiya 2000 yillarga kelib, iqtisodiyotda Yevropa mamlakatlarini ortda qoldirib, ayrim tarmoqlarda AQSh bilan raqobatlasha oladigan davlatga aylandi. Mamlakatning chet ellardagi kapital qo‘yilmasi 1 trillion dollardan ziyodni tashkil qiladi. Bugungi kunda jahonning 100 ta eng yirik bankidan 29 tasi yaponlarga tegishli. Amerikaliklar esa 9 tasiga egalik qiladi. Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi. Xo‘sh, Yaponiya modernizatsiyasi, islohotlari ustunligi nimada? Ilmiy tahlillar asosida aytish mumkinki, ushbu davlatda mehnat unumdorligi o‘sishining bosh manbasi – ta’limga bo‘lgan e’tibor kuchli, yapon xalqi o‘zgaruvchan, qiyin sharoitlarga tez moslashishga harakat qiladi, aniq maqsadga erishish yo‘lida qat’iy irodani namoyish eta oladi. Foyda olishdan ko‘ra, mahsulot, xizmat sifati va samaradorlik tushunchasi ustun turadi. Bir so‘z bilan aytganda, yapon xalqi ruhiyati negiziga qurilgan madaniyat, siyosat va iqtisodiyot mo‘’jizalari, uning o‘ziga xos takrorlanmas jihatlari AQSh va Yevropa ishbilarmonlari uchun hamon sirliligicha qolmoqda.

  1. Yaponiya jihatidan, AQSh va Xitoydan keyin, dunyodagi eng katta uchinchi milliy iqtisodiyoti nominal yalpi ichki mahsulotga nisbatan , jihatidan, AQSh, Xitoy va Hindiston keyin, va dunyoda to'rtinchi yirik milliy iqtisodiyoti sotib kuch pariteti. 2016 yil holatiga ko'ra , Yaponiyaning davlat qarzi yillik yalpi ichki mahsulotining 230 foizidan ko'prog'ini tashkil qildi, bu dunyodagi eng katta davlatdir. Xizmati sektori yalpi ichki mahsulotning to'rtdan uch hissasiga to'g'ri keladi. 2016 yil holatiga Yaponiyaning ishchi kuchi taxminan 65,9 million ishchidan iborat edi. Yaponiyada ishsizlik darajasi to'rt foizga yaqin. 2007 yilda 20 millionga yaqin odam, ya'ni aholining 17 foizi, kambag'allik chegarasidan past bo'lgan. Yaponiyada uy-joy shaharlarda er bilan cheklanganligi bilan ajralib turadi.

  1. da Yaponiya eksporti aholi jon boshiga 4210 AQSh dollarini tashkil qildi. 2014 yildagi holatga ko'ra Yaponiyaning asosiy eksport bozorlari Amerika Qo'shma Shtatlari (20,2 foiz), Xitoy (17,5 foiz), Janubiy Koreya (7,1 foiz), Gonkong (5,6 foiz) va Tailanddir. 4,5 foiz). Uning asosiy eksporti transport uskunalari, avtoulovlar, temir va po'lat buyumlar, yarimo'tkazgichlar va avtoulovlardir. 2015 yildagi Yaponiyaning asosiy import bozorlari Xitoy (24,8 foiz), AQSh (10,5 foiz), Avstraliya (5,4 foiz) va Janubiy Koreya (4,1 foiz) edi. [58] Yaponiyaning asosiy importi mashina va uskunalar, qazib olinadigan yoqilg'i , oziq-ovqat mahsulotlari (xususan mol go'shti), kimyo sanoati, to'qimachilik va uning sanoati uchun xom ashyo hisoblanadi. Bozor ulushi bo'yicha ichki bozorlar eng ochiq hisoblanadiOECD mamlakati. Junichiro Koidzumi ma'muriyati raqobatbardosh islohotlarni boshladi va Yaponiyada xorijiy investitsiyalar o'sdi. Yaponiya 2018 yilda biznes yuritish qulayligi bo'yicha 190 mamlakat orasida 34-o'rinni egallagan va rivojlangan dunyoning eng kam soliq tushumlaridan biriga ega. Kapitalizmning yaponcha varianti juda ko'p o'ziga xos xususiyatlarga ega: keiretsu korxonalari nufuzli va umrbod ish bilan ta'minlash va ish stajiga ko'tarilish Yapon ish muhitida nisbatan keng tarqalgan. Yaponiya kompaniyalari " Toyota Way " kabi boshqaruv usullari bilan mashhur va aktsiyadorlarning faolligi kam. Yaponiyada ham katta kooperativ mavjudsektori, dunyodagi eng yirik o'nta kooperativning uchtasi Yaponiyada joylashgan bo'lib, dunyodagi eng yirik iste'mol kooperativi va eng yirik qishloq xo'jaligi kooperativini o'z ichiga oladi. Bugungi kunda Yaponiya raqobatbardoshlik va iqtisodiy erkinlik bo'yicha etakchi o'rinni egallaydi . 2015–2016 yillar uchun global raqobatbardoshlik hisobotida oltinchi o'rinni egallaydi

  1. Eramizning soʻnggi I ming yillikning oxiridan boshlab Yaponiyada adabiyot nihoyatda tez sur’atlar bilan rovjlana boshladi va u hozirgi kunlargacha yetib kelgandir (masalan, Yaponiya madhiyasining matni IX-X asrlar bilan belgilanadi). II ming yillik boshlarida mavjud boʻlgan rassomlik sanʼati va arxitekturasi hozirgi paytgacha saqlanib qolgan. Yaponiya madaniyatining shakllanishi davrida unga Xitoy madaniyati, Meydzi Restavratsiyasidan keyin esa — Gʻarbiy Evropa madaniyati katta taʼsir koʻrsatgan. XX asrlarda esa Yaponiya multiplikatsiya va komikslar butun jahon koʻlamida muvaffaqiyatlar qozondi. Zamonaviy yapon madaniyati Osiyo, Evropa va Shimoliy Amerika ta'sirlarini o'zida mujassam etgan. An'anaviy yapon san'ati kulolchilik , to'qimachilik, lok-idish , qilich va qo'g'irchoq kabi hunarmandchilikni o'z ichiga oladi ; ning chiqishlari Bunraku , kabuki , No , raqs va rakugo ; va boshqa amaliyotlar, choy marosimi , ikebana , jang san'ati , xattotlik , origami , onsen , Geysha va boshqalaro'yinlar . Yaponiyada ham moddiy, ham nomoddiy madaniy xususiyatlarni va milliy boyliklarni himoya qilish va ilgari surish bo'yicha rivojlangan tizim mavjud .Yigirma ikkita joy YuNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan, ulardan o'n sakkiztasi madaniy ahamiyatga ega. Yog'ochdan yasalgan yapon haykaltaroshligi va yapon rasmlari yapon san'atining eng qadimgi turlaridan biri bo'lib, erta miloddan avvalgi 300 yilgacha bo'lgan erta tasviriy rasmlar. Yapon rasmlarining tarixi yaponiyalik estetika va import qilingan g'oyalarni moslashtirish o'rtasidagi sintez va raqobatni namoyish etadi . Yaponiya va Evropa san'atining o'zaro ta'siri katta ahamiyatga ega edi: masalan 19-asrdan boshlab yaponlarizm nomi bilan tanilgan harakat orqali eksport qilinadigan ukiyo-e printlar G'arbda zamonaviy san'atning rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatdi. , eng muhimi post-impressionizmda . yapon manga20-asrda ishlab chiqilgan va butun dunyo bo'ylab ommalashgan.

Yaponiya arxitekturasi - bu mahalliy va boshqa ta'sirlarning uyg'unligi. An'anaga ko'ra, yog'ochdan yasalgan inshootlar bilan ajralib turadi, erdan biroz balandroq, plitkali yoki peshtoqli tomlari bilan. Bo'lsa qadamjolari Yaponiya me'morchiligining prototip sifatida nishonlandi. Ko'pincha yog'ochdan yasalgan, an'anaviy uy-joylar va ko'plab ma'bad binolari xonalarning ichki va tashqi makon o'rtasidagi farqni buzadigan tatami paspaslari va toymas eshiklardan foydalanishni ko'rishadi . Biroq, 19-asrdan beri Yaponiya G'arbiy, zamonaviy va post-zamonaviy arxitekturalarning ko'p qismini o'zida mujassam etganqurilish va dizaynga. G'arbiy arxitektorlar bilan birgalikda o'qishdan qaytgan me'morlar Yaponiyada Xalqaro Modernizm uslubini tanishtirishdi . Ammo Ikkinchi Jahon Urushidan keyin yapon me'morlari xalqaro sahnada, birinchi navbatda Kenzi Tange kabi me'morlarning ishlari, so'ngra Metabolizm kabi harakatlar bilan taassurot qoldirishdi
Download 24.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling