Yaqin orada shu ma’lum bo`ldiki, bolalarda intellectual va emotsional salohiyat bir-biri bilan tengdir. Faqat ularni o`ylashga, qayg`urishga o`qitish, qiyin mantiqiy masalalarni yechishga o`rgatish lozim


Download 15.81 Kb.
Sana30.04.2020
Hajmi15.81 Kb.
#102468
Bog'liq
bolaning iqtidorini oshirish


Yaqin orada shu ma’lum bo`ldiki, bolalarda intellectual va emotsional salohiyat bir-biri bilan tengdir. Faqat ularni o`ylashga, qayg`urishga o`qitish, qiyin mantiqiy masalalarni yechishga o`rgatish lozim. Zamonaviy ta’lim shuni ko`rsatadiki, aqlan rivojlangan bolalar tengdoshlaridan ajralib turadi. Iqtidorli bolalarni kattalarning yordamiga, xususan, e`tibor va yo`l-yo`riqlariga muhtoj emas degan fikr bor. Shu bilan birga shaxsning o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bunday bolalar o`z faoliyati, xulq-atvori va fikrlashlariga nisbatan sezgirdirlar. Bularning barchasi ushbu muammoning dolzarbligiga olib keladi. Har bir bolada iqtidor albatta bor.

Ammo muammo shundaki, har doim bu qobiliyatlar yuzaga chiqmaydi. Ko`p hollarda iqtidor yashiringan bo`ladi va ularni rivojlantirish kerak. Buning uchun bolaning qobiliyatini sezish, unga to`g`ri yo`nalishni tanlashda yordam berish va qo`llash kerak.

Pedagogic kuzatuv bolalarning iste’dodlarini aniqlashning asosiy usuli hisoblanadi. Bolaning qanchalik iste’dodli bo`lishidan qat’iy nazar, uni sabr toqatli, mustaqil qaror qabul qila oladigan qilib o`rgatish kerak. Bola bosimga, ta’qibga, baqirishga toqat qila olmaydi. Maktabgacha yoshdan boshlab bolani ijodiy ish bilan tanishtirish, ijod qilish uchun muhit yaratib berish kerak. Agar bolaning mahoratini to`g`ri rivojlantirsak, qobiliyatlar paydo bo`ladi. Iqtidorni aniqlashning asosiy vazifasi bolani o`zini o`zi ifoda etish va o`zini-o`zi ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdir. Hozirgi vaqtda rivojlanish ta’limiga yo`naltirilgan yangi pedagogic texnologiyalar qo`llanilmoqda. Juda samarali ta’lim texnologiyasi an’anaviy bo`lmagan chizma usullaridan foydalanish hisoblanadi.

Har bir bolada shunday vaqti keladiki, u rasm chizishni xohlaydi. Bu vaqtda unga chizish, ko`rsatish, o`rgatish uchun imkoniyat berish kerak. Natijada u buning natijasini ko`rishi, u ishlayotganini his qilishi muhimdir.

Bolalarning o`z atrofidagi his-tuyg`ularini ifoda etish qobiliyatini cheklamaslik uchun an’anaviy grafik vositalar va materiallarning o`zi yetarli emas. Ijodiy fikrlash uchun shart-sharoitlar yaratish, an’anaviy bo`lmagan chizma usullaridan foydalangan holda bolalar bilan ishlashni tashkil etish, turli badiiy materiallar, asboblar va visual texnika bilan tajriba o`tkazish zarur.

An’anaviy bo`lmagan usullar bilan chizish – bu ajoyib va qiziqarli tadbir bo`lib, u bolalarni hayratga soladi va quvontiradi.

Uyda qancha keraksiz bo`lgan narsalar bor (eski tish cho`tkasi, taroq, porolon, qopqoq, ip o`rami, sham va h.k). Bulardan muhr sifatida foydalanish mumkin ya’ni kraskaga botirib olib, qog`ozga yopishtirib olish. Sayrga chiqdingizmi, atrofga qarang, tayoqchalar, shishkalar, burglar, o`simlik urug`lari. Agar bargni olib, bo`yoq bilan bo`yab, qurimasdan oldin qog`ozga yopishtirib olinsa, yorqin, noodatiy kapalakni ko`rish mumkin. Siz buni 4marta takrorlaysiz, har safar bargni boshidan bo`yaysiz.

Agar bargni yarmigacha bo`lgan qismiga bir necha tomchi bo`yoq tomizib, qolgan yarim qismini ustiga yopib, qattiq bosilsa va bargni ochilsa, ajoyib naqshni ko`rish mumkin. Ularda biz o`zimiz biror narsani tasavvurimizga qarab ko`rishimiz mumkin. Kimdir ertaknamo qushlarni, kimdir har xil baliqlarni, kimdir hayvonlarni ko`radi.

An’anaviy bo`lmagan rasm chizishning odatiy usuli bolalarga tezda kerakli natijaga erishish imkonini beradi. Bolalar bilan materiallarning xilma-xilligi va o`z tanlovlaridan qo`rqmaydi. Ularda bu protsess zavqlanish hissini uyg`otadi. Ular bu yoki boshqa amalni bir necha marotaba takrorlashga tayyor. Harakat qanchalik yaxshi bo`lsa, ular o`zlarining muvaffaqiyatlarini namoyish etadilar va sevinib, kattalarning diqqatini ularning yutuqlariga qaratadi.

Bu yerda ular ijodkorlikning foydalarini his qilishni boshlaydilar va xatolarning ijodkorlikda ham, hayotining barcha jihatlarida ham to`siq emas, maqsadga erishish uchun faqat qadamlar ekanligiga ishonishadi. Bolalar uchun shunday ilhom berish kerak: “Ijodkorlikda to`g`ri yo`l yo`q, hech qanday noto`g`ri yo`l ham yo`q, faqat o`zingizning yo`lingiz bor”. An’anaviy chizmachilik texnikasi yordamida siz bolalarni boshqacha – nostandart o`ylashga o`rgatishingiz mumkin.



Rasm chizish – yosh cheklovlari tufayli so`zlarni ifoda eta olmaydigan narsani ifoda etishga imkon beradi. Bolalar fantaziyasini ichki salohiyatini doimiy ravishda to`ldirish uni his-tuyg`ularning ortiqcha tuyg`usi va o`z ahvolini boshqalar bilan bo`lishish istagi paydo bo`lguncha uni yangi taassurotlar bilan boyitish muhimdir.

Ota-onalar bilan birgalikda ishlash, bolalarga o`z qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam berish bo`yicha maslahatlar berilib, bolalarning iste’dodlarini rivojlantirish bilan bog`liq muammolarni muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradi. O`qituvchi, ota-ona va bolaning munosabati qanchalik yaqin bo`lsa, bolaning muvaffaqiyati ham shunchalik ko`p. Har bir bola o`z hatti-harakatlari, o`z his-tuyg`ulariga ega bo`lgan alohida dunyo. Bolaning hayotiy taassurotlari, yorqin va hayratomuz tasavvurini, rang-barangligi, san`at uchun intuitiv istagi vaqt o`tishi bilan ko`proq mazmunli bo`ladi
Download 15.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling