Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xususiyatlari elektr o 'tkazuvchanlik


Download 19.47 Kb.
bet1/3
Sana04.10.2022
Hajmi19.47 Kb.
#830801
  1   2   3
Bog'liq
p-n o\'tish
Amaliy mash 11, Tadbirlar rejasi, Tadbirlar rejasi, Tadbirlar rejasi, Tadbirlar rejasi, Tadbirlar rejasi, didaktik materiallar va ularning tutgan orni, Plugins, algaritm i, algaritm i, Amaliy mashg'ulotlar TP, DARS JADVALI, DARS JADVALI, DARS JADVALI, Ekologiya 4-laboratoriya



YARIMO‘TKAZGICHLARNING ELEKTROFIZIK XUSUSIYATLARI
Elektr o 'tkazuvchanlik, y a ’ni elektr kuchlanish ta’sirida moddalardan elektr toki o‘tishi uning elektr maydonga nisbatan asosiy xususiyatini belgilaydi. Bu kattalik qiymat jihatdan Om qonunining differensial ko‘rinishi bo‘lib, solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikc bilan baholanadi:

bu yerda: j tok zichligi vektori, E elektr maydon kuchlanganligi vektori.
E lek tr o 'tk a z u v c h a n l ik e le k t r m a y d o n yoki k i r i tm a la r konsentratsiyasi gradiyenti ta’sirida erkin zaryad tashuvchilar (EZT) harakati hisobiga amalga oshadi.
Yarimo‘tkazgichda bir vaqtning o ‘zida turli massa va ishoraga ega bo'lgan EZTlar mavjud bo'lib, ular elektr maydon ta’sirida turli tezlik S., ka ega bo'ladilar. Shuning uchun elektr toki zichligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:

bu yerda: n. EZTlar konsentratsiyasi, qt — ularning zaryadi.
Yarimo'tkazgich materiallar kristal, amorf va suyuq holatda bo'lishi mumk in .
Qattiq jism ko'p sonli o'zaro ta’sirlashuvchi atomlar majmuidan iborat. Shuning uchun bir parcha qattiq jismdagi barcha atomlar majmui yagona tizim sifatida tasavvur etiladi. Qattiq jismda atomlarning o'zaro bog'lanishi ularning valent elektronlari juftlashib umumlashishi hisobiga amalga oshadi. Bunday bog'lanish kovalent bog'lanish deb ataladi.
Atomdagi ixtiyoriy elektron energiyasi kabi, valent elektron energiyasi W ham diskret yoki kvantlangan bo'ladi. U energetik sath deb ataluvchi ma’lum ruxsat etilgan energiyaga ega bo'ladi. Qattiq jismda qo'shni atomlar bir-biriga juda yaqin joylashgan bo'lgani uchun energetik sathlar siljishi va parchalanishi yuzaga keladi,
nat ijada ruxsat etilgan zona deb ataluvchi energetik zonalar hosil bo'ladi.
Ruxsat etilgan zonalar orasida taqiqlangan zonalar )oy\asY\&d\. Energetik
zonada ruxsat etilgan sathlar soni kristaldagi atomlar soniga teng. Ruxsat etilgan zonalar kengligi odatda bir necha elektron — voltni tashkil etadi. Ruxsat etilgan zonadagi minimal energetik sath ( W) zona tubi deb, maksimal sath ( Wv ) esa — zona shipi deb ataladi. Yarimo'tkazgich yoki dielektrikning ruxsat etilgan eng yuqori energetik sathlari o'tkazuvchanlik zona deb ataladi. Ushbu zona energiyalariga ega bo'lgan elektronlar yarimo'tkazgich hajmida tashqi elektr maydon ta’sirida harakatlanib elektr o'tkazuvchanlikni hosil qiladilar. O'tkazuvchanlik zonasiga tegishli energetik sathda joylashgan elektron o'tkazuvchanlik elektroni yoki erkin zaryad tashuvchi deb ataladi.
Taqiqlangan zona ostida joylashgan ruxsat etilgan zona valent zona deb ataladi.

Qattiq jism o ‘tk a zuvchanlik turi bilan farqlanuvchi yoki o'tkazuvchanlik turi bil xil b o ‘lib, solishtirma qarshiligi bilan farqlanuvchi sohalari orasidagi kontakt natijasida hosil bo'ladigan o‘tkinchi qatlam elektr o'tish deb ataladi. Yarimo'tkazgich asboblarda elektron-kovak o'tish yoki p —n o'tish deb ataluvchi elektr o'tishdan keng foydalaniladi.


Taqiqlangan zonalari kengligi teng, ya’ni kimyoviy jihatdan bir xil yarimo'tkazgich materiallar (masalan, Si yoki GaAs) asosidagi elektr o'tishlar gomoo'tish, taqiqlangan zonalari qiymati bir-biridan farqlanuvchi yarimo'tkazgichlar asosidagi o'tishlar esa geteroo'tish deb ataladi.


Download 19.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling