YAXSHILIK - Yaxshilik ishonch, mehr, oqibat kabi odob-axloq sifatlari bilan chambarchas bog’langan bo’lib, qorong’ulikda ham yorishib turadi.Yaxshi fikrlar, yaxshi tuyg’ular, yaxshi kayfiyatlar, yaxshi ishlar kishi ko’nglini tog’dek ko’tarib, diliga quvonch bag’ishlaydi
Yaxshilik chinakam insoniylik bo’lib, u insonning qarashlarini, quvonchlarini ifodalaydi. Yaxshi gap gapirish, yaxshi so’z eshitish, yomonlikdan ko’z yumush,nafsdan qochish bularning barchasi insoniylikka kiradi.Shuning uchun insonning kechirgan hayoti, uning qilgan har qanday yaxshiligi,xalqqa bo’lgan nafi, mehr-muhabbati,rahm-shafqati bilan o’lchanadi. - Yaxshilik chinakam insoniylik bo’lib, u insonning qarashlarini, quvonchlarini ifodalaydi. Yaxshi gap gapirish, yaxshi so’z eshitish, yomonlikdan ko’z yumush,nafsdan qochish bularning barchasi insoniylikka kiradi.Shuning uchun insonning kechirgan hayoti, uning qilgan har qanday yaxshiligi,xalqqa bo’lgan nafi, mehr-muhabbati,rahm-shafqati bilan o’lchanadi.
AMIR TEMUR - “ Yaxshilarga – yaxshilik qildim, yomonlarni esa o’z yomonliklariga topshirdim.Kim menga do’stlik qilgan bo’lsa, do’stning qadrini unutmadim va unga muruvvat,
- izzatu ikrom ko’rsatdim”
ALISHER NAVOIY - Yaxshilik istasang yaxshilarga qo’shil.
- Yaxshilik qila olmasang, yomonlik ham qilma.
- Yomonlik qilgan kishi o’zi ham yomonlik ko’radi.
Zahiriddin Muhammad Bobur -
- Har kimki vafo qilsa vafo topqusidir
- Har kimki jafo qilsa jafo topqusidir
- Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz
- Har kimki yomon bo’lsa jazo topqusidir
Bilib oling: Eganing ifodalanishi - Ega gapning grammatik markazi, tayanch nuqtasi hisoblanib, gapning kim yoki nima haqida borayotganini bildiradi va birlikda kim?,nima?, qayer?, ko’plikda kimlar?,nimalar? so’roqlariga javob bo’ladi.
- Masalan: Akbar (kim?) yaxshilik qilishdan hech charchamaydi.
Ega quyidagi so’zlar orqali ifodalanadi: - Ot bilan: Otabek qilgan ishidan rohatlandi.
- Otlashgan sifat bilan: Yaxshilar ko’paysin, yomon yo’qolsin.
- Son bilan: Ikki karra ikki besh
- Olmosh bilan: Biz katta yutuqlarga erishamiz
-
Harakat nomi bilan: Oqimoq – ulg’aymoq. - Harakat nomi bilan: Oqimoq – ulg’aymoq.
- Otlashgan sifatdosh bilan: Yurgan daryo, o’tirgan bo’yra.
- So’z qo’shilmalari bilan: O’zbekiston Respublikasi - mustaqil davlat
- Ibora bilan: Tepa sochi tikka bo’ldi.
- Taqlid so’zlar bilan: Musichaning “g’uv-g’uv”i eshitildi.
ДОБРОТА - Доброта – одно из лучших качеств человека. Быть добрыми нас учит родители. Это чуство воспитывается в семье. Доброму человеку легко общаться с другими людьями. Доброте посвящены многие книги. Читая книги , мы должны различать добро и зло. И стараться быть добрыми и милосердными к людям которым нужна наша помощ и поддержка.
- Говорят, что красота спасёт мир. Но я думая, что главное в жизни - это доброта.
M A Q O L L A R -
- 1. Yaxshidan ot qolar, yomondan – dod
-
- 2. Yaxshilik yerda qolmas
-
- 3. Yomon bilan yurdim, qoldim uyatga
- Yaxshi bilan yurdim, yetdim murodga
-
- 4. Yaxshilik qila olmasang, yomonlik ham qilma
-
- 5. Yaxshiga yondosh, yomondan qoch
6. Yaxshi niyat – yarim davlat 7. Yaxshi oshini, yomon boshini yer 8. Yaxshilik nur keltirar, Yomonlik - zulmat 9. Yaxshi boshlaydi yo’lga Yomon tushirar qo’lga 10. Yaxshi qand yedirar, yomon - pand 2 – mashq. Berilgan gaplarni ko’chiring.Egani toping. - 1. Dam olish kuni bolalar botanika bog’iga bordilar.
- 2. Oftob kun bo’yi qizdirdi.
- 3. Ular bizni yengisha olmaydi.
- 4. Yaxshidan bog’ qoladi
- 5. Yarimta non bilan yo’lga tushdim.
- 6. Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar.
- 7. Men uning yaxshiligini hech qachon unutmayman
- 8. Undan yaxshi nom va o’chmas xotira qoladi.
- 9. O’sish,ulg’ayish – hayot qonuni
- 10. Ishlagan tishlaydi,ishlamagan tishlamaydi.
LUG’AT ISHI -
- Oqibat - результать
- Insoniylik - человечность
- Rahm-shafqat - милосердие
- Yaxshilik - добро
- Yaxshi so’z - доброе,хорошие слова
- izzat – ikrom - уважения
- Mehribonlik - доброта
Uyga vazifa: - “ Jolinus bilan suhbat” matni mazmuni gapirib berish
- 6 ta gap tuzish, ega qanday ifodalanganligini izohlab berish.
Yaxshilik hamisha hamrohingiz bo’lsin! E’TOBORINGIZ UCHUN RAHMAT !!!
Do'stlaringiz bilan baham: |