Yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 350 ming donagacha oshirish


Download 79 Kb.
bet1/2
Sana07.05.2023
Hajmi79 Kb.
#1439619
  1   2
Bog'liq
Kirish(1)


Kirish

O'zbekiston Respublikasining jahon bozoridagi raqobatdoshligini oshirish va mavqeini mustahkamlashga yo'naltirilgan tarkibiy oʻzgarishlar va yuksak texnologiyalarga asoslangan zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish sohalarini jadalrivojlantirish siyosatini davom ettirish-asosiy ustuvor yo'nalish hisoblanadi. Avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va uning investitsiyaviy oshirishni ta'minlash, ilg'or xalqaro tajriba asosida zamonaviy bozor mexanizmlari va boshqaruv usullarini joriy qilish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh ishlab chiqarishni yaratish maqsadida:


1. 2019-2023-yillarda O'zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy ko'rsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:
yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 350 ming donagacha oshirish;
yengil avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini o'rta hisobda 60 foizgacha yetkazish;
yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarish hajmini 10 ming donagacha oshirish;
avtomobillarning yillik eksport hajmini 100 ming donagacha yetkazish;
korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, shuningdek, "ERP" avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy etish;
aholining keng qatlamlari uchun hamyonbop bo'lgan yengil avtomobilning yangi zamonaviy modeli ishlab chiqarilishini nazarda tutgan holda avtomobillarning modellar qatorini yangilash;

"O'zavtosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi kamida ikkita aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini mahalliy va xalqaro fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) orqali investorlarni jalb etish.


2. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda "O'zavtosanoat" AJ yetakchi xorijiy kompaniyalar va xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda bir oy muddatda quyidagilar boʻyicha aniq takliflarni tayyorlash uchun mas'ul bo'lgan "O'zavtosanoat” AJ huzurida doimiy faoliyat yurituvchi loyiha ofisini tashkil etish choralarini ko'rsin:
O'zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini 2023-yilgacha yanada jadal rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
ilg'or xalqaro tajriba asosida zamonaviy bozor mexanizmlari va boshqaruv usullarini joriy etish;
avtomobil sanoatining investitsiyaviy jozibadorligini, shu jumladan motor transport vositalari va ularning butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi barcha korxonalar uchun soliq va bojxona rejimlarini unifikatsiyalash yo'li bilan oshirish;
ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni o'zlashtirish darajasini oshirish va import hajmlarini pasaytirish imkonini beradigan qo'shimcha ishlab chiqarishlari tashkil etish;
ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishning ustuvor segmentlarida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini rivojlantirish, milliy muhandislik markazlarini tashkil etish;
avtomobil sanoatida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish.
3. Shunday tartib o'rnatilsinki, unga muvofiq:
a) 2020-yil 1-yanvarga qadar "O'zavtosanoat" AJ va uning ulushi mavjud bo'lgan tashkilotlar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi bo'yicha texnik topshiriqlar original ishlab chiqaruvchi (OYEM) yoki avtomobillar litsenziari tomonidan tasdiqlangan (belgilab qo'yilgan) yoki tavsiya etilgan mahsulot yetkazib beruvchilarga nisbatan yoki bunday talab avtomobil mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkillashtirish bo'yicha asosiy, litsenzion va investitsiyaviy bitimlar, shuningdek, sanoat namunalarini ishlab chiqish va loyihalash bo'yicha bitimlar, avtomobil mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish bo'yicha loyihalarni amalga oshirishda texnik ko'maklashish bo'yicha bitimlar bilan o'rnatilgan boʻlsa, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUKda ekspertizadan o'tkazilmaydi;
b) 2019-yil 1-oktabrdan keyin tuziladigan shartnomalar bo'yicha "UzAutoMotors" AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarga aksiz solig'i bekor qilinadi;
v) 2019-yil 1-oktabrdan boshlab yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig'im avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to'lanadi;
g) "O'zavtosanoat" AJ va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning asosiy faoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan, 1-ilovada ko'rsatilgan aktivlari quyidagicha sotilishi mumkin:
qo'shilgan qiymat solig'ini (ko'chmas mulk uchun) va haqiqiy qiymatini (xoʻjalik jamiyatlaridagi ulushlar va aksiyalar paketi uchun) hisobga olgan holda ularning qiymatini baholamasdan "E-IJRO AUKSION" elektron savdo maydonchasiga boshlang'ich bahosi bo'yicha auksionga qo'yish orqali;
savdoga qo'yilgan vaqtdan buyon ikki oy ichida talabgorlar mavjud bo'lmagan taqdirda, boshlang'ich bahosini qadam-baqadam tushirib borish orqali.
4. "Avtosanoat invest" MChJ va "O'zavtosanoat” AJning "O'zavtosanoat” AJ va "Avtosanoat invest" MChJning tegishli ravishda ustav kapitalini kamaytirish hisobiga "O'zbekiston metallurgiya kombinati" AJning ustav kapitalidagi "Avtosanoat invest" MChJ ulushini balans qiymatida O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta'minlasin.
"2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha" dasturida ana shu ustuvor yo'nalishning asosiy maqsadi, vazifalari vaahamiyati keltirilib o'tiladi.Investitsiyalar salmoqli qismining sanoatni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash dasturlarini amalga oshirishga yo'naltirilishi, yirik ishlabchiqarish korxonalarini qurishni yakunlash va foydalanishga topshirish, barcha yirikkorxona va ishlab chiqarish quvvatlarida jahon tajribasida sinovdan o'tganzamonaviy texnologiyalar bilan almashtirilishi lozim bo'lgan uskuna vatexnologiyalarning ro'yhatini aniqlash uchun texnik audit o'tkazish zarurligi shular jumlasidandir. Iqtisodiyotni turg'un rivojlanib borishida ishlab chiqarishni yangitexnika va texnologiyalar bilan jihozlanganligi etakchi hisoblanadi. SHu maqsaddarespublikamizda yangi va zamonaviy mashina va mexanizmlar ishlab chiqarishtobora keng yoʻlga qoʻyilmoqda. Misol tariqasida avtomobilsozlikni ko'rishmumkin. 1992-yil iyun oyida Janubiy Koreya tashrifi chog'ida «DAYEWOO»zavodi bilan tanishib, hamkorlikda Andijon viloyati Asaka shahrida avtomobilzavodini qurish to'g'risida Memorandum imzolandi va shu tariqa «UzDAEWOO»zavodiga asos solindi. 1996-yil19- iyulda zavod ishga tushishi bilan O'zbekistondunyodagi oʻzavtomobiliga ega bo'lgan 28-davlatga aylandi.
«UZDAEWOO»bu Markaziy Osiyodagi birinchi avtomobil ishlabchiqaruvchi zavodhisoblanadi. Zavod jahon standartlari talablarigajavob beruvchi o'ta zamonaviytexnologiya bilan jihozlangan bo'lib,o'sha vaqtda umumiy hisobda yiliga 200 000dona avtomobil (o'rta sinfli«NEXIA» avtomobillari - 100 000 dona, «TICO» avtomobillari - 50 000dona, «DAMAS» avtomobillari - 50000 dona) ishlabchiqarishquvvatiga ega edi.
Bu avtomobillarga ehtiyot qism va materiallarningo'zimizda mahalliylashtirish dasturiga asosan ishlab chiqarish joriyqilinmoqda. Tinimsiz izlanishlar natijasida « avtomobili o'rniga «MATIZ»>, > avtomobilining kuchaytirilgan varianti, «NEXIA avtomobili o'rniga«

Mavzuning dolzarbligi



Hozirgi zamon muhitining asosiy qsmini transport tashkil qiladi. Transport insoniyatni uzoqini yaqin qilish, dehqonchilik, bog'dorchilik va ishlab chiqarish ishlarini yengillashtirishda bu texnikalarning ro'li juda katta. Yurtimizda avtomobil ishlab chiqarishning barcha texnologik jarayonlari kompleks ravishda rivojlantirilishi mashinasozlik, metallurgiya, radioelektronika, neftni qayta ishlash, kimyo va to'qimachilik sanoatini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini taraqqiy ettirishga yordam bermoqda. Shu sababdan avtomobillar uchun hozirgi zamon talablariga mos õt oldirish tizmlarini tadbiq etish dolzarb hisoblanadi.
O'zbekistonda avtomobillar uchun Hozirgi kunda avtomobillarda harakatlanishda xavfsizlikni ta'minlash juda muhim omillardan hisoblanadi. Avtomobillar doimiy yurgizib yuborish uchun o't oldirish tizimi sozligi juda zarur.
Damas avtomobili 1997-yilda Uz AUTO Motors AJ korxonasi tarkibida ishlab chiqarila boshlangan. Shunga qaramasdan hozirgi kundagi Damas avtomobillarning soniga va sifatiga bo'lgan yuqori talabni inobatga olib Damas avtomobilining o't oldirish tizimini takomillashtirish loyihasini juda dolzarb deb bilaman.Shu sababdan oʻt oldirish tizimini takomillashtirishga ishlash samaradorligini oshirish muhim masala sifatida qaradim.

Download 79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling