Yengil hajv va yumor ham qoʻshilib ketadi
Download 18.12 Kb.
|
Laparlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalq og’zaki ijodi
- LAPAR
- BADIHAGO’YLIK
Lapar — musiqiy folklor janri; voqeabandligi va kuy tuzilishi jihatidan uncha murakkab boʻlmagan, tor diapazonli, naqarotsiz, cholgʻu joʻrligisiz aytiladigan qoʻshiqlarga yaqin. Ikki turi mavjud: 1) toʻy marosimi, xalq sayili, hashar kabi yiginlarda yigit va qizlar tomonidan tarafma-taraf boʻlib dialog shaklida ijro etiladigan laparlar. Bunda davradagi qizlar navbatmanavbat xohlaganiga "lapar soladi", bunga yigit javob qaytarishi kerak. Mos javob qaytarilsa, dastroʻmol, belbogʻ kabi sovgʻalar beriladi. Laparni maxsus laparchi ayollar boshqarib boradi. Marosim laparlarning kuylari, koʻpincha, epik tusda, nutqdosh yoki kuychan ohanglarda boʻladi. Bularda, asosan, yigit va qizning muhabbat kechinmalari, orzu-umidlari aks etadi, shuningdek, yengil hajv va yumor ham qoʻshilib ketadi. Toʻrtlik shaklidagi termalardan iborat boʻlgan laparning bu turi, asosan, Toshkent viloyati va Janubiy Qozogʻiston oʻzbeklari orasida keng tarqalgan; 2) oʻyin lapar Xorazm xalfalari, Buxoro sozandalari orasida "labidan", "labi uchidan" aytiladigan, yengil harakterdagi qoʻshiqlarga nisbat berilgan. Odatda, ikki kishi galma-galdan raqs tushib ijro etadi. Kuylari yengil, oʻynoqi, jozibali boʻladi. Yakka qoʻshiqchi tomonidan cholgʻu joʻrligida ham raqs bilan aytiladi. Xalq orasida "Qora soch", "Oyijon", "Qilpillama", "Bilak uzuk", "Nahoru nashta" kabi L.lar ommalashib ketgan. Lapar ijrochilaridan Tamaraxonim, G. Otaboyeva va boshqa mashxur. Xalq laparlari oʻzbek kompozitorlari tomonidan qayta ishlanib, xor, vokal-simfonik, estrada musika asarlaridan keng oʻrin olgan. Laparlar baʼzan, keng maʼnoda, umuman qoʻshiq tushunchasini ham ifodalaydi. Xalq og’zaki ijodi Xalq og’zaki ijodi yozma adabiyotdan ancha ilgari paydo bo’lgan va yozma adabiyotning bunyodga kelishi uchun zamin hozirlagan.Xalq yaratgan asarlar o’zining g’oyaviyligi, chuqur xalqchilligi, til boyligi va badiiyligi bilan ahralib turadi.U xalqning yengilmas irodasini, kelajakka bo’lgan ishonchini, haqiqat, adolat,tinchlik va baxt haqidagi tasavvurlarini yaqqol aks ettiradi.Xalq shoirlari yoki jamoat tomonidan yaratilib, og’izdan-og’izga , avloddan-avlodga o’tib kelgan badiiy asarlar xalq og’zaki ijodi deyiladi.Xalq og’zaki ijodi fol’klor deb ham yuritiladi.Xalq og’zaki ijodiga quyidagi janrlar kiradi: qo’shiq,maqol,matal,topishmoq,afsona,rivoyat,asotir,ertak,latifa,lof,lapar,termalar,doston,askiya,tez aytish,masal,alla,yor-yorlar, kelin salomlar va h.k. Lapar,lof,askiya kabi janrlar tortishuv, bahslashuv,aytishuv, hazil-mutoyiba,mubolag’a asosida ijro etiladi. LAPAR - xalq qo’shiqlarining bir turi, asosan, iki kishi tomonidan yoki ikki taraf tomonidan aytiladi.Lapar aytishuv deb ham yuritiladi. Aytishuv – folklor janri. Turkiy xalqlar ogʻzaki ijodida A. badihagoʻy xalq shoirlari, baxshi, jirov, oqin, xalfa va laparchilarning oʻziga xos musobaqasi, mushoira yoʻli va ular iste’dodini belgilovchi oʻziga xos sinov hisoblanadi. Bundan tashqari, biror epik mazmundagi fol-klor asarlari tarkibida ham uchraydi. Xususan, "Goʻrugʻli" turkum dostonlari, "Oshiq Gʻarib va Shohsanam", "Bo-zirgon va Goʻrugʻli" singari dostonlar qahramonlari faoliyatini yana ham yorqin namoyon etishda, ularning she’riy iste’dodi, quvvayi hofizasi qay darajadali-gini koʻrsatishda A. lardan foydalanil-gan. A. janri 19-asrda keng tarqalgan boʻlib, xalq baxshilari, oqinlari, ji-rovlari xalq oldida badiha yoʻli bilan belgilangan mavzu doirasida oʻzaro ijo-247diy musobaqa qilishgan. Unda tanlangan mavzudan chiqib ketmaslik, an’anaga rioya etishlik, badiiy mahorat darajasi, tinglovchilarga mos kuylashlik kabi mezonlar hisobga olingan. A. faqat xalq baxshilari, shoirlari, jirovlari, oqinlari oʻrtasidagi ijodiy musobaqa boʻlib qolmay, oʻz navbatida, xalq mil-liy marosim va an’analarida yigitlar bilan qizlarning yoki ikki guruhning oʻzaro sezgirlik, zukkolik va hozirjavoblik koʻrigi sifatida ham mashhurdir. A.ning yozib olingan namunalari oʻzbek folklo-ri arxivlarida ham mavjud. BADIHAGO’YLIK – erkin tarzda ijro etilgan yoki ijod qilingan badiiy asarning o’ziga xosligi. Muayyan shakl, janr, uslub va boshqalarning ijodiy tartib-qoidalari asosida, ya’ni mavjud elementlarning yangi tarzda o’zaro bog’lanishi natijasida vujudga keladi. Turli san’at turlari (teatr, raqs, musiqa, poeziya) da mavjud. Ijodkorlardan yuqori mahorat, badiiy saviyani talab qiladi. Download 18.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling