Yer paydo bo’lishi haqida umumiy tushuncha


Download 69 Kb.
bet1/3
Sana04.10.2022
Hajmi69 Kb.
#830863
  1   2   3
Bog'liq
Yer paydo bo
1. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi, DH, akobirxon, компьютерни ташкил этилиши, arxivator dasturlari bilan ishlash, 3 талик буклет Ped xotin qiz, 3-лекция Til biliminiń sociologiya menen baylanısı, ПАТРИОТИЗМ - ос-WPS Office, Holidays January, 613-20 Shakhboz akademik yozuv, Global bozorlarning shakllanishi va ularning xususiyatlar, Habibulla Bobojonov mmt 21-01 Tezis, yong‘in 001, yong‘in 001, yong\'in 0001

Yer paydo bo’lishi haqida umumiy tushuncha

Quyosh va sayyoralarning va boshqa osmon jismlarining vujudga kelishi haqidagi muammolar qadimdan olimlarni qiziqtirib kelgan. Quyosh tizimidagi sayyoralarning hozirgi xususiyatlari ularning uzoq davrlar mobaynida rivojlanishi mahsulidir. Hozirgi tasavvurlarga binoan Quyosh tizimidagi Quyosh, sayyoralar va boshqa osmon jismlari bundan 4,6 mlrd. yil avval chang va gazlardan tuzilgan bulutlar yoki tumanlardan hosil bo’lgan. (Proisxojdenie Solnechnoy sistem, 1976; Solnechnaya sistema,1978; Krivolutskiy, 1985). Mazkur bulutlar va tumanlar Galaktikaning tarmoqlaridan birida aylanayotgan diskret muhit sifatida paydo bo’lgan. Gravitatsion siqilish natijasida asta-sekin zichlashib disk (doira) shaklini olgan. Yanada zichlashish tasirida bulutlikning moddalari qiziy boshlagan va markaziy qismidagi yuqori harorat yadro reaktsiyalarini boshlanishiga olib kelgan. Keyinchalik bulutlikning markaziy qismidan Quyosh vujudga kelgan, qattiq moddalar uyomidan esa sayyoralar va yo’ldoshlar vujudga kelgan.


Bunday ilmiy qarash bundan 300 yil avval vujudga kelgan va nebulyar (nebulyar-tuman) gipotezasi deb nom olgan. Mazkur gipoteza dastlab Dekart 5 tomonidan olg’a surilgan, ammo u Kant-Laplas kosmogoanik gipotezasi nomi bilan mashhur bo’ldi. Quyosh tizimini va undagi osmon jismlarini paydo bo’lishi to’g’risidagi kosmogonik gipoteza nemis faylasufi I.Kantning 1755-yilda nashr etilgan «Koinotning umumiy tabiiy tarixi va nazariyasi» asarida bayon etilgan. I.Kant osmon bo’shlig’idagi zarralar bir-biri bilan o’zaro tortishi natijasida bir markazda to’planib quyuqlashgan va hozirgi Quyoshning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan, Quyosh atrofida aylanayotgan jismlar esa hozirgi sayyoralarni hosil qilgan degan g’oyani ishlab chiqqan. I.Kant gipotezasiga yaqinroq gipotezani 1795 yili fransuz matematigi va astronomi P.Laplas yaratadi. Uning fikricha Quyosh tizimi avval aylanuvchi, o’ta siyrak, qizigan changlardan iborat bo’lib, uning markazida changlikning (tumanlikning) o’zagini tashkil etuvchi juda quyuq gazsimon moddalar zich holatda to’plangan. Mazkur tumanlikning tobora sovushi va siqilishi oqibatida uning tezligi kuchaygan. Shuning natijasida uning aylanishi yanada tezlashadi, markazdan qochma kuchlar tortish kuchidan ustun kelgach, tumanlikdan turli vaqtda gazsimon halqalar ajralib chiqib keta boshlagan. Ajralib chiqqan halqalardan sayyoralar hosil bo’lgan. P.S.Laplasning fikricha tumanlikning markaziy sharsimon yirik qismi Quyosh, undan ajralib chiqqan halqalar esa sayyoralarni va ularning yo’ldoshlarini keltirib chiqargan. I.Kant va P.S.Laplas gipotezalari bir-biriga juda yaqin bo’lganligi uchun Kant-Laplas gipotezasi deb atala boshladi. Ammo ular o’rtasida farqlar mavjud. I.Kant fikriga ko’ra, Quyosh hamda sayyoralar dastlabki siyrak tumanlikdan paydo bo’lgan. P.S.Laplas fikriga ko’ra (u faqat Quyosh tizimi haqidagi gipoteza), sayyoralar o’z o’qi atrofida tez aylanadigan qizib ketgan gazlardan tashkil topgan.



Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling