Yer po‘stining tuzilishi, geosferalar, erning kimyoviy tarkibi


Download 0.53 Mb.
bet1/6
Sana27.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#502081
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yer postining tuzilishi[1]
3209cdd4035744ff815b772b9e0cc13b, 1-mavzu, 1-mavzu, 6051f679d483d, ichki va tashqi auditni tashkil etish xususiyatlari (2), tizimli mus ish 2, Abdusalomova Yulduz. Xisob, Yer postining tuzilishi[1]

YER PO‘STINING TUZILISHI, GEOSFERALAR, ERNING KIMYOVIY TARKIBI.
Ma’ruza rejasi:
Yerning umumiy tavsifi.
Yerning seysmotomografik modeli. Geosferalar
Yerning magnit maydoni
Yer po‘stining kimyoviy tarkib
Yerning umumiy tavsifi.
Yerning shakli. Yer shaklini ellipsoidga yaqin deb bilishning sababi shundaki, agar ellipsoid aylanasini Yer shakliga ustma - ust qo‘yilsa, u holda okean yuzasi barobarligida olingan geoid chizig‘iga yaqinlashadi. Demak, Yer shaklini ellipsoid shakliga yaqin bo‘lgan geoid deb qabul qilingan (2.1-rasm). Geoidning lug‘aviy ma’nosi Yer o‘ziga xos shaklga ega demakdir. Uni birinchi bo‘lib 1873 yilda nemis fizigi Listing fanga kiritgan.
Haqiqatdan ham Yer yuzasi g‘oyat notekis bo‘lib, o‘ziga xos shaklga ega. Uning eng baland nuqtasi (Himolay tog‘idagi Jomolungm cho‘qqisi, 8848 m) bilan eng chuqur botiq joy (Tinch okeanidagi Marian cho‘kmasi (11022 m) o‘rtasidagi farq 19870 m ni tashkil etadi.
U hech qanday geometrik shakllarga to‘g‘ri kelmaydi. Yerning bunday shaklda bo‘lishiga asosiy sabab, uning bir necha million yillar davomida Quyosh va o‘z o‘qi atrofida aylanishi hamda Yer yuzasidagi havo, suv, Yer ichidagi bitmas - tuganmas energiya ta’siri ostida bo‘lishidir.
So‘nggi kosmik tasvirlar tahlilidan kelib chiqib, Yerning shimoliy qutbiy radiusi janubiy qutbiy radiusiga nisbatan 21 km uzun ekanligi aniqlangan. Shunga asoslanib Yerning shakli uch o‘qli ellipsoid yoki kardioid (yunoncha: yurakka uxshash) deb atash qabul qilingan.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling