Yer tabiiy resurs va ishlab chiqarish vositasi. Suv-sug‘orma dehqonchilikda asosiy ishlab chiqarish vositasi. Reja


Download 288.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana13.02.2022
Hajmi288.38 Kb.
#576321
  1   2   3   4
Bog'liq
2-Mavzu
Document (1), Topni-olib-yurish, O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI INVESTITSIYA SIYOSATI, 800x600 eshik, sotsializatsiya-lichnosti, Elektronika Elamentlari, Р Е З Ю М Е Бурхонов Бунёд Боходир угли, testologiya., tarbiyaviy faoliyat


Yer tabiiy resurs va ishlab chiqarish vositasi. Suv-sug‘orma dehqonchilikda 
asosiy ishlab chiqarish vositasi.
 
Reja: 
1.Yer - tabiiy resurs. 
2.Yer - ishlab chiqarish vositasi.
3.Suv - sug‘orma dehqonchilikda asosiy ishlab chiqarish vositasi. 
4.Suvning iqtisodiy ahamiyati. 
Tayanch iboralar: tabiiy resurs, relef, Velyam Petti, Transport tarmoqlari, 
ijtimoiy-iqtisodiy, sug‘orma dehqonchilik, GES, mikro organizm, suvning iqtisodiy 
ahamiyati. 
Foydalanilgan adabiyotlar: A1, A2, A3, A4, Q1, I1, I2, I3. 
Tabiiy resurslar - bu ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining hozirgi darajasi 
imkon beradigan, insoniyat moddiy va ma’ishiy talablarini qondirish maqsadida 
foydalanlayotgan yoki foydalanilishi mumkin bo‘lgan tabiat elementlaridir (mehnat 
predmetlari va vositalari, iste’mol predmetlari). 
Tabiatning asosiy tarkibiy qismlaridan biri - yer resurslaridir. Ular o‘zining 
hududi, iqlimi, relefi, tuproq qatlami, gidrologik va gidrogeologik sharoitlari, 
o‘simlik dunyosi va boshqa belgilari bilan tavsniflanadi, xalq xo‘jaligi tarmoqlarini 
va aholini joylashtirish uchun hududiiy asos (bazis), qishloq va o‘rmon 
xo‘jaliklarida esa, asosiy ishlab chiqarish vositasi vazifasini ham bajaradi. 
Yer resurslaridan samarali, oqilona va ekologik jihatdan havfsiz foydalanish har 
bir fuqoroning, tashkilotning va umuman jamiyatning konstitutsion burchidir. 
O‘zbekiston konstitutsiyasida yer va boshqa tabiiy resurslardan respublikamiz 
hududida yashovchi xalqlar hayot va faoliyati asosi sifatada foydalanish va uni 
muhofaza etish zarurligi belgilab qo‘yilgan. 
Foydalanish usullariga va oqibatlariga qarab tabiiy resurslar quyidagi turlarga 
bo‘linadi; tugaydigan (qayta tiklanadigan va tiklanmaydigan) va tugamaydigan. Yerga 
qayga tiklanishi cheklangan tabiiy resurs sifatida qarash kerak. Sababi, bir tomondan 
yerning ustki qatlami -quruqlik kengligi, maydoni, sayyoramizda hususiy tarzda yuz 
berayotgan suv va quruqlik nisbatidagi mayda o‘zgarishlarni hisobga olmaganda 
kengaymaydi, u cheklangandir; ikkinchi tomondan yer kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarish jarayonida o‘z unumdorligini qayta tiklash va uni cheksiz oshirib borish 
xususiyatiga ega. 
Tarixdan ma’lumki ijtimoiy ishlab chiqarish inson mehnati bilan yer va boshqa 
tabiiy resurslarga ta’sir etishi natijasida kelib chiqqan. «Mehnat boyliklarning otasi, yer 


esa uning onasi» degan edi XVII asr klassik iqtisodiy nazariyasi asoschisi, Angliyalik 
iqtisodchi Velyam Petti. 
Odamlarning ishlab chiqarish faoliyati va hayoti uchun zarur moddiy sharoitlar 
ichida yer asosiy o‘ringa ega. U har qanday ishlab chiqarish jarayonining tabiiy asosi 
va zaruriy sharti hisoblanadi. 
Bu hamma boyliklarning manbaidir. 
Qishloq xo‘jaligida u nafaqat umumiy ishlab chiqarish vositasi va hududiy asos, 
balki yana ikkita ahamiyatli vazifani bajaradi: inson mehnati qaratilgan jism (mehnat 
predmeti) va mehnat quroli. Odam mehnat quroli (yer) yordamida qishloq xo‘jalik 
ekinlarini o‘stiradi. Shuning uchun ham yer qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish 
vositasi hisoblanadi. U qishloq ho‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda qatnashadigan 
ishlab chiqarishning faol omilidir. 
Yer ishlab chiqarish vositasi sifatida boshqa ishlab chiqarish vositalaridan 
quyidagi asosiy hususiyatlari bilan farq qiladi: 
1.Yer inson mehnati natijasi emas, balki, tabiat mahsulidir. 
2.Yerning kengligi cheklangan va uning o‘rnini boshqa hech nima bosa olmaydi. 
3.Yerdan foydalanishda uni o‘rnidan qo‘zg‘atib boshqa joyga ko‘chirib bo‘lmaydi 
va undan faqat joylashgan o‘rnida foydalanish mumkin. 
4.Yer abadiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lib, undan to‘g‘ri foydalanilganda doimiy 
ravishda sifati yahshilanib boradi. 
Ma’lum tarixiy jarayon davomida yer tabiat mahsuli bo‘lib, inson hayotining 
zaruriy sharti hisoblanadi. Inson mehnati qishloq xo‘jaligida asta sekinlik bilan 
yerni ishlab chiqarish vositasiga aylantiradi. Yer va mehnatning o‘zaro 
bog‘liqligi o‘zgarmas harakterga ega. 
Yer - almashtirib bo‘lmaydigan ishlab chiqarish vositasidir. Ilmiy -texnik 
rivojlanish yer shari kengligi - quruqligi cheklanganlign sharoitida boshqa ishlab 
chiqarish vositalari sonining o‘sishini va sifatining yaxshilanishini ta’minlaydi. 
Yer doimo bir joyda turishi bilan harakterlanadi (bir joydan boshqa joyga 
ko‘chmasligi), shuning uchun uning kenglik shakllari va boshqa sifatlari 
doimiydir. Ishlab chiqarish jarayonida boshqa ishlab chiqarish vositalarini 
(masalan: traktor, kombayn, qishloq ho‘jalik mashinalari) inson yer ustida bir 
joydan ikkinchi joyga ko‘chira oladi, yerni esa ko‘chirib bo‘lmaydi. 
Boshqa ishlab chiqarish vositalariga nisbatan yer jismoniy va ma’naviy 
eskirishga moyil bo‘lmaydi. Yerning hosildorligi o‘ziga yarasha yerning hayot 
qobig‘i bo‘lib hisoblangan tuproqning organik qismiga qarab aniqlanadi. 
Tuproqda qanchalik ko‘p organik moddalar kiritilsa, yer shunchalik unumdor 
bo‘ladi. Shu bilan birga yerdan samarasiz foydalanilsa, u doimiy ishlab chiqarish 
vositasi sifatini yo‘qotadi va ishlab chiqarishda foydalanishdan chiqib qolishi 
mumkin. 


Ishlab chiqarish jarayonida yer bilan bir qatorda unga ajralmas bog‘langan 
ko‘plab ishlab chiqarish vositalari qatnashadi. Ularga quyidagilar kiradi:
1. Ishlab chiqarish binolari, inshootlari;
2. Suv tarmoqlari va ulardagi inshootlar; 
3. Transport tarmoqlari va inshootlari;
4. Daraxtzorlar;
5. Boshqa xo‘jalik inshootlari.
Ulardan yer bilan birga qayerda bunyod etilgan bo‘lsa, o‘sha yerda 
foydalaniladi. Ularni joydan ko‘chirishning iloji yo‘q. Shuning uchun ham ularni 
hududda joylashtirish asoslangan bo‘lishi kerak. 
Yer xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida korxonalar, tashkilotlar va 
muassasalarni joylashtirish va rivojlantirish uchun zamin vazifasini bajaradi. U kon 
sanoat -tarmoqlarida inson mehnati qaratiladigan jism (mehnat predmeti), qayta 
ishlash sanoatida esa zamin (asos) vazifasini bajaradi. 
Yer ijtimoiy - iqtisodiy manfaatlar va aloqalar manbai hisoblanadi. Yerdan va 
boshqa tabiiy resurslardan foydalanish o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ularning biridan 
foydalanish boshqasiga albatga ta’sir etadi. Yer tuzishda ishlatiladigan "yer" so‘zini 
quyidagicha talqin qilish mumkin. 
Yer - bu quruqlikning ustki kengligi, tuproq qatlami, o‘simliklar dunyosi, 
qazilma boyliklar va suv manbaalariga ega tabiiy resurs, ijtimoiy-iqtisodiy 
manfaatlar va aloqalar manbai, halq ho‘jaligining barcha tarmoqlarini joylashtirish 
va rivojlantirish uchun hududiy zamin, hamda qishloq ho‘jaligida asosiy ishlab 
chiqarish vositasidir.
Suv yerning ajralmas bo‘lagi hisoblanib, ishlab chiqarishda ikkita vazifani 
bajaradi: tabiiy resurs va ishlab chiqarishning umumli sharti, tabiiy resurs sifatida esa 
u yana ikkiga muhim vazifani bajaradi: ishlab chiqarish jarayonida odam mehnati 
qaratilgan tabiiy jism (mehnat predmeti) va odam uning yordamida qishloq xo‘jalik 
ekinlarini o‘stirib, hosil oladigan tabiiy mehnat quroli. U insoniyat moddiy 
faoliyatining hamma tarmoqlarida shu tarmoqning hususiyatlariga mos keladigan har 
xil shakllarda qatnashadi. 
Uning ishlab chiqarish tarmoqlarida bajaradigan vazifasi har hil ishlab 
chiqarishning ayrim tarmoqlarida suv nafaqat insonlar hayoti uchun zarur shart 
sifatida, balki, odamlarning mehnat qiladigan sohasi (suv transporti, baliqchilik, GES 
va boshqalar) va joyi (daryolar, ko‘llar, dengizlar va okeanlar) sifatida xizmat kiladi. 
Bundan tashqari, suv havzalari o‘ziga yarasha xazina vazifasini ham bajaradi. Undan 
jamiyat uchun zarur boyliklar (baliqlar, dengiz hayvonlari, marvarid chig‘anoqlari, 
har hil suv o‘tlari va boshqalar)olinadi. 
Sug‘orma dehqonchilikda suv yer bilan birga ishlab chiqarish jarayonining 
ichki elementi bo‘lib, tabiiy moddiy ishlab chiqarish kuchlarining bo‘lagi 


hisoblanadi. Shuning uchun ham u yer bilan birgalikda sug‘orma dehqonchiliqda 
asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi. Lekin shuni qayd qilish zarurki, u ishlab 
chiqarish jarayonida qatnashguncha, o‘z tabiiy havzasida tabiat mahsulidir. Tabiiy 
havzasidan olinib, qishlok xo‘jalik ekinlarini sug‘orish uchun yetkazib berilgan suv 
ishlab chiqarish vositasiga aylanadi. U tuproq unumdordigidan to‘la foydalanishga 
imkoniyat yaratadigan mehnat kuroli sifatida xizmat qila boshlaydi. 
Ishlab chiqarnsh vositasi sifatida suv ham o‘ziga xos, o‘sha boshqa ishlab 
chiqarish vositalaridan ajratib turuvchi xususiyatlarga ega. Ular: 
1. Suv inson mehnati mahsuli emas. U sug‘orish yoki boshqa maqsadlarda 
foydalanilganda ishlab chiqarish vositasiga aylanadi. 
2. Suvning zaxirasi chegaralangan, uning o‘rnini boshqa ishlab chiqarish 
vositalari bosa olmaydi. 
3. Uni uzoq masofalarga ko‘chirish juda qiyin, ayrim hollarda esa umuman 
mumkin emas. 
4. Suvdan foydalanish maxsus suv inshootlari qurishni talab qiladi. 
5. Suv foydalanish jarayonida to‘la tuproqqa so‘riladi va boshqa suv turlariga 
(yer osti, bug‘langan, gidroskopik, kimyoviy birikkan va boshq.) aylanada. 
6. Suvdan oqilona foydalanilgan taqdirdagina u samarali ishlab chiqarish 
vositasiga aylanadi. 
7. Suvdan samarali foydalanishga hududning tabiiy iqlim sharoiti ta’sir egadi. 
Sug‘orma deqqonchilik hududlarida yer tuzishda yerdan va suvdan samarali 
foydalanishni tashkil qilish masalalari birgalikda hal qilinishi kerak. 
Iqtisodiy nuqtai nazardan qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish o‘simliklar 
hosildorligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Suv yerdan va boshqa ishlab 
chiqarish vositalaridan unumli foydalanish uchun sharoit yaratadi, tuproqdagi 
mikro organizmlarning faoliyatini yaxshilaydi tuproqqa ozuqa moddalarini 
o‘simliklar o‘zlashtira oladigan holatga keltiradi va mikro iqlimni yaxshilaydi. Suv 
va mikro organizmlar ta’sirida tuproqdagi o‘simliklar o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan 
ozuqa moddalari birikmalari parchalanib, o‘simliklar yengil hazm qiladigan 
turlarga aylanadi. U ma’danli (mineral) va organik o‘simliklar tomonidan 
o‘zlashtirilishini yaxshilaydi.

Download 288.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling