Yer tuzishda xizmatga haq to‘lash


Yer tuzish bo‘yicha loyiha tashkilotlarida mehnatga haq to‘lashni tashkil qilish


Download 0.5 Mb.
bet2/5
Sana28.05.2022
Hajmi0.5 Mb.
#719711
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ibrohimov F. Mehnatga haq toʻlash (1)
Mavzu Qog’oz va karton bilan ishlash, Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyo, REJALAR, NAFAQA YOSHDAGI AHOLI GURIHI DEMAGRAFIYASI, Ibrohimov F. Mehnatga haq toʻlash (1), Eplkomo, shukurov.sh, Пул кредит сиёсати, MUNDARIJA, Topshiriq varaqasi 1.06, 1-LAB. ISH. Diodni ishlashini o\'rganish, 2k, 5, asilbek Yarim o’tkazgich-yarim o’tkazgich kontakti

Yer tuzish bo‘yicha loyiha tashkilotlarida mehnatga haq to‘lashni tashkil qilish

Yer tuzish bo‘yicha loyiha tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash mukofotli vaqtbay va mukofotli ishbay shakllarda amalga oshiriladi. Mukofotli vaqtbay ish haqi rahbarlar, muhandis-texnik va xizmat ko‘rsatish xodimlariga to‘lanadi. Lavozimlari bo‘yicha belgilangan razryadlar orqali ish haqi to‘lanadi. Loyiha tashkilotlarining rahbarlari yuqori vakillik organlari ruxsati bilan va mahalliy kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda, asosiy ish haqi fondidan ikki foiz atrofida yuqori malakali mutaxassislarga lavozimlari bo‘yicha oylik maoshlariga 30 foizgacha ustama haq to‘lash belgilanadi. Filial va bo‘limlardagi boshqaruv apparati xodimlariga esa, 20 foizigacha oylik maoshlariga ustama haq to‘lash belgilanadi.

Mukofotli ishbay ish haqi to‘lashda asosiy hujjat ish vaqtini hisobga oluvchi tabel hisoblanadi. Mukofotli ishbay ish haqi tizimi qidiruv, izlanuv, texnik hisoblash, chizma-rasmiylashtirish ishlarini bajaruvchi mutaxassislarga qo‘laniladi. Bu ishlarni bajarish uchun muhandislar, tuproqshunoslar, geobotaniklar, katta texniklar, chizmakashlar, laborantlar jalb qilinadi.

Yer tuzish bo‘yicha qidiruv, izlanuv va topografo-geodezik ishlarni bajaruvchi mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash mavjud bo‘lgan vaqt me’yorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar orqali amalga oshiriladi.

Ish yuzasi bilan bog‘liq ishlarni bajarishga borgan xodimlarga xizmat safari uchun haq to‘lanadi. Xizmat safari bilan bog‘liq harajatlar "Xizmat sifatiga haq to‘lash bo‘yicha yo‘riqnoma"ga asosan to‘lanadi.

Tabiiy iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda loyiha tashkilotlarining mutaxassislariga asosiy ish haqiga qo‘shimcha qilib rayon koeffitsentlari 1.15 dan 2 gacha oraliqda to‘lash belgilanadi. Rayon koeffitsentlari va ustamalar joriy qilinadigan joylarning ro‘yxati, ularning qo‘llanish tartibi va miqdori O‘zbekiston Respublikasi xukumati tomonidan belgilanadi.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling