Yer tuzishda xizmatga haq to‘lash


Download 0.5 Mb.
bet1/5
Sana28.05.2022
Hajmi0.5 Mb.
#719711
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ibrohimov F. Mehnatga haq toʻlash (1)
Mavzu Qog’oz va karton bilan ishlash, Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyo, REJALAR, NAFAQA YOSHDAGI AHOLI GURIHI DEMAGRAFIYASI, Ibrohimov F. Mehnatga haq toʻlash (1), Eplkomo, shukurov.sh, Пул кредит сиёсати, MUNDARIJA, Topshiriq varaqasi 1.06, 1-LAB. ISH. Diodni ishlashini o\'rganish, 2k, 5, asilbek Yarim o’tkazgich-yarim o’tkazgich kontakti

Oʻzbekiston respublikasi

Oʻzbekiston respublikasi

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Fargʻona politexnika instituti

Qurilish fakulteti

GK va K yoʻnalishi 16-20 guruh talabasi Ibrohimov Farruxbekning ,,Yer tuzishni loyihalash’’fanidan tayyorlagan

TAQDIMOTI

Yer tuzishda mehnatga haq to‘lash.

Reja:

 

1. Mehnatga haq to‘lash tizimi va shakllari.

2. Yer tuzish bo‘yicha loyiha tashkilotlarida mehnatga haq to‘lashni tashkil qilish.

3. Xizmat safariga haq to‘lash

Mehnatga haq to‘lash tizimi va shakllari Jamiyatimizda ikkita asosiy shaklda ish haqi qo‘llaniladi, yani ishbay va vaqtbay ish haqi. Ishbay ish haqi shaklida to‘lanadigan mehnat haqi bajariladigan ishning hajmi va sifatiga qarab belgilanadi. Mehnatga vaqtbay ish haqi to‘lash, bu mehnat natijalarini o‘lchov birligi bo‘lmagan xodimning xaqiqiy ishlagan vaqtiga va malakasiga qarab belgilanadi. Bunday ish haqini to‘lash shakllari ishlab chiqarish xususiyatiga qarab bir necha ko‘rinishda bo‘lib, ular bir butun ish haqi to‘lash tizimini vujudga keltiradi.

Mehnatga ishbay shaklida ish haqi to‘lash to‘g‘ri ishbay va mukofotli ishbay shakllarga bo‘linadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishning sharoitiga qarab, ishbay shaklida ish haqi yakka va guruhli ishbay shaklida bo‘lishi mumkin. Ishbay ish haqi shaklini qo‘lashda ishlab chiqarish meyori yoki vaqt meyori asos qilib olinadi.

To‘g‘ri ishbay haq to‘lash deganda, har bir xodim yoki mutaxassis bajargan ish hajmiga yoki etishtirgan mahsulotiga qarab olgan ish haqi tushuniladi.

Mehnatiga mukofotli ishbay ish haqi to‘lashda to‘g‘ri ishbay haq to‘lashni saqlab qolgan holda bajarilgan ish hajmi uchun, u qisqa muddatda, sifatli va ishlab chiqarishga sarf qilinadigan moddiy harajatlarning tejalganligi uchun beriladigan mukofot pulidir.

Vaqtbay ish haqi oddiy vaqtbay va mukofotli vaqtbay shakllarga bo‘linadi. Oddiy vaqtbay shaklida haq to‘lash deganda, xodim bajargan ishning hajmi yoki miqdorini o‘lchash imkoni bo‘lmaganda, haqiqiy ishlagan vaqti uchun oy, smena, soat sxemasi bo‘yicha to‘langan ish haqi tushuniladi. Mukofotli vaqtbay ish haqi shaklida haq to‘lash malum bir ko‘rsatgichga erishilganda, sifat ko‘rsatishi yuqori bo‘lganda beriladigan mukofat pulidur.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling