Yer yuzida jamiyat rivojlanishining asosini suv xo‘jaligi tashkil etadi


Download 31.65 Kb.
Sana18.10.2023
Hajmi31.65 Kb.
#1707829
Bog'liq
Yer yuzida jamiyat rivojlanishining asosini suv xo


Yer yuzida jamiyat rivojlanishining asosini suv xo‘jaligi tashkil etadi. Tarixiy rivojlangan Misr, Hindiston, Xitoy, 0 ‘rta Osiyo va boshqa hududlarda insoniyat jamiyatining rivojlanishida suv resursi
asosiy omil hisoblangan. Dunyodagi yirik shaharlar, masalan, Pekin, Shanxay, Dehli, Moskva, Parij, London, Amerika qit’asi shaharlari va boshqa ko‘p shaharlar yirik daryolar atrofida barpo etilgan. Suv insonni to ‘ydiradi, kiyintiradi va zaruriyatlarini amalga oshirishda xizmat qiladi. Shundan suvni insonning birinchi zarur manbayi deb qarash asosli boladi. 70 yil umr ko‘rgan inson taxmi-
nan 45—50 tonna suv va suvli mahsulot iste’mol qiladi. 1 kg bug‘doy yetishtirish uchun 1—3 m3 yoki tonna, 1 kg paxta xom- ashyosi yetishtirishda bug'doyga nisbatan o‘rtacha ikki marta ko‘p
suv sarflanadi. Tirik mavjudod tanasining asosiy qismini ham suv tashkil etadi. Fors-tojik tillarida so‘zlashuvchi hududlarda «obi- hayot» atamasi suvga nisbatan ishlatiladi. Bu juda ham mukam-
mal ma'noli atamadir, chunki uning ma’nosi suv hayot demak- dir. Suv — hayot, yer — xazina; suv — gavhar, suv — hayot manbayi kabi mazmundagi shiorlar, xalq maqollari juda to ‘g‘ri va to'liq mazmunga egadir.
0 ‘zbekiston aholisi asosan, daryo basseynlarining quyi qismi-ga joylashgan hududlarda istiqomat qilib, ularning yashashi dehqonchilikka asoslangan. Ishga yaroqli aholining 60 foiz va undan ko‘p qismi qishloq xo‘jaligida bandligi suvga va suv resurslarini oqilona boshqarishga bo‘lgan talabni oshiradi. Sirdaryo—Jizzax cho‘llarida qishloq xo'jaligi mahsuloti yetishtirish uchun 400 km atrofida masofaga, Qoraqalpog‘istonning quyi qismida hosil yetishtirish uchun Amudaryo orqali salkam 2500 km joyga suvni yetkazib borish kerak. Suv bilan bog‘liq kompleks ishlarni suv xo‘jaligi boshqaruv tizimi amalga oshiradi. Bunga loyihalash, qurilish va ekspluatatsiya ishlari kiradi. Suv xo‘jaligi qurilishga oid ishlarni tashkil qilishning uch turi mavjud: mehnatni, ishni va qurilishni tashkil qilishdir. Mehnatni tashkil qilish — bu bajaruvchilar (ishchi, muhandis- texnik xodim va xizmatchilar) mehnati bilan bog'liq bo‘lgan asosiy ishlarni, mehnatni ilmiy tashkil etish talablariga mos keladigan sha- roitlarda bajarishdir. Ishni tashkil qilish — bu ma’lum ishni muhandis-texnik xodim rahbarligida jamoa tomonidan bajarishdir. Bunga ishni texnik hujjatlar bilan ta’minlash, yangi texnologiyani ishlab chiqish va ishlab chiqarishga tatbiq etish, takomillashtirish, to‘liq mexanizatsiyalash, oqim usullarini tatbiq etish, ishni barcha kerakli manbalar bilan ta’minlash, me’yorlar va loyiha talablarini bajarish, ish sifatini nazorat qilish va qabul qilish kiradi.
Qurilishni tashkil qilish — bu keng qatnrovli va murakkab yo‘nalish bo‘lib, inshoot kompleksi bo‘yicha barcha ishlarni bir butun o‘zaro bog‘liqligini ta’minlashdir, qurilishni to ‘liq bajarish uchun barcha kerakli manbalar bilan ta’minlash, qurilishni belgilangan muddatda ishlatishga topshirishdir. Qurilishni tashkil qilishga quyidagilar kiradi: qurilish obyektlarini bitkazish navbatini va muddatini rejalashtirish, qurilish davrida kerakli manbalar bilan uzluksiz ta’minlash, qurilish ishlab chiqarish bazalarini tuzish va rivojlantirish, barcha ishlovchilarni madaniy oqartuv va yashash joylari bilan ta’minlash, hisob va hisob berish, qurilish sifatining nazorati, qurilishni ishlab chiqarishga topshirish. Rejalashtirish — bu yakuniy maqsad bo‘yicha barcha aniq im-koniyatlarni hisobga olib ishni bajarish muddati, ketma-ketligi, tartibini aniqlovchi tadbirlaming oldindan belgilanishidir. Ulami ishlab chiqarish jarayoni rejalashtirish deb tushuniladi. Boshqarish — bu belgilangan vazifani bajarish maqsadida texnik, iqtisodiy, tabiiy va boshqa qonunlarga asoslanib ishlab chiqarish jamoasiga ta’sir etishdir. Sun’iy sug‘orish har doim va davr qurilish bilan uzviy bog‘liq bo‘lib kelgan. Buyuk allomalar Ahmad-al Farg‘oniy (797—861), Muhammad al-Xorazmiy (783—850), Abu Nasr Farobiy (873— 950), Abu Rayhon Beruniy (973—1048), Abu Ali ibn Sino (980—
1037), Burxoniddin Marg‘inoniy (...—1197) va boshqalar kelajak avlodlar uchun matematika, astronomiya, geodeziya, geologiya, geografiya, boshqaruv, tarix, tilshunoslik, arxitektura fanlari bo‘yicha ko‘plab ilmiy ishlanmalarni qoldirganki, bular qurilish sohasining asosini tashkil etadi. Fanda ma’lum bo‘lgan ishlanma- ning suv xo‘jaligi bo'yicha tarixiy ma’lumotini Ahmad al-Farg‘oniy yaratganligi, ishlanma ham qurilish, ham ekspluatatsiyaga bog‘liqligi, uning asosida butun mamlakat iqtisodiyotini boshqar­ ish amalga oshirilganligi insoniyat tarixida katta ahamiyatga ega.
U inshootning yana bir tarixiy ahamiyati shundaki, u suv, tuz va umuman atmosfera ta’siriga deyarli bardosh berganligini ta’kidlash asosli bo‘lardi. Suv o ‘lchash inshooti hozirgi kunga qadar ish holatida saqlanganligi juda katta tarixiy ahamiyatga ega. Inshoot Nil daryosining Yegipet mamlakati hududida joylashgan bo‘lib, 1150 yildan oshiq vaqt ishlatilmoqda. Inshootni ishlatishda foydalanish uchun «Miqyosi jadid» qo‘llanmasi yaratilgan. Buyuk avlodimiz shoir va davlat arbobi Bobur to ‘g‘risida ko‘p ma’lumotlarni keltirish mumkin. Hindistondagi mashhur «Qizil Qal’a»da suv qudug‘i qurdirganligi (1387-y.), uning chuqurligi 145 m. dan ortiq bo‘lib, hozirgi kungacha saqlanganligi ham tarixiy ahami­ yatga ega. Bundan Bobur boshliq davr olimlarining suv ilmi, quri­ lish ilmi va tibbiyot ilmi haqida ham chuqur amaliy bilimga ega I it» l|).iiiliyi nliainiyatlidir. Inshootning hozirgacha ish holida saqla- iir.hi i|imlish texnologiyasining mukammal boMganligi to ‘g‘risida dnlolnldir.
O'rta Osiyoda irrigatsiya ishlarining va qurilishining o‘ziga xos larixiy ahamiyati bor. Irrigatsiya sohasini rivojlantirish maqsadida buyuk o ‘tmishdoshlarimiz Amir Temur, Ulug‘bek, Bobur va boshqalarning irrigatsiyaga bo‘lgan munosabati juda yuqori bolib, bu sohada ulkan ishlarni amalga oshirgan. Zarafshon daryosi vo- hasida mahalliy materiallarni ishlatib qurilgan suv ombori va to‘g‘on qurilishi eramizdan oldingi davrga bog‘lanadi. Umuman,
0 ‘rta Osiyoda suv xo‘jaligi ishlari uzoq tarixga ega. Suv resurslarini boshqarish bo‘yicha ma’lum darajada tajriba to'plangan. Suv in shootlari, sipoyalar, sardobalar, ko‘priklar, suv olish inshootlari qurilishi amaliyoti
0 ‘rta Osiyo nomi bilan bog‘lanadi. 0 ‘Ла Osiyoda suv xo‘jaligi regionning rivojlanishida asosiy omil bolganligi sababli davlat ahamiyatida bo‘lgan. Suv resurslarini inson manfaatiga bo‘ysundirish uchun doimiy intilishlar bo'lgan. Bu jarayon gidrotexnik inshootlar qurish bilan uzviy bog‘liqdir. Qadimiy Xorazmda (X—XI asr) Amudaryodan suv olish uchun kanal qurilishi, Zarafshon vohasida tunnel qurilishi, eramiz boshida chigir (suv ko‘tarish qurilmasi) ixtiro qilinishi fikrimiz isbotidir. Farg‘ona vodiysida suv oqimini yo‘naltiruvchi «sepoya», «chor- poya», «labigar» qurilmalari ixtiro qilingan va amalda qo'llanilgan. Ularning ayrimlari yaqin vaqtlargacha (70-yillargacha) saqlanib kelgan. Korislar inson manfaati uchun qurilgan va ishlatilgan. Bu vaqtlarda suv omborlari qurilishi amalda mavjud bo‘igan. Bularga Jizzax hududidagi Xonbandi (XII asr), Samarqand viloyati hudu- dida «G‘ishtband», Buxoro viloyati hududida «Abdullaxonbandi» kabi suv omborlari ishga tushirilganligi misol bo‘ladi.
O'rta Osiyo hududida XI—XVI asrlarda qurilgan sardoba in­shootlari alohida ahamiyatga ega. Sardoba cho‘l hududlarining pastlik joylarida yomg‘ir va qor suvlarini o‘zida yig‘ib borgan, un-dan karvon, odamlar hojati uchun, hayvonlarni sug'orish uchun foydalanilgan. Uning tuzilishi shaming sektori shaklida bo‘lib, diametri 15,2 m, chuqurligi 10—15 m va devor qalinligi 1,4 m qilib qurilgan. Uni qurishda pishirilgan g‘ishtdan foydalanilgan. Sardobalarning hozirgi vaqtgacha saqlanib qolingan namunalari mavjud. Shundaylardan biri Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tu- mani hududida joylashgan. Ularda saqlangan suvning sifati yil davomida buzilmagan.

Fanning maqsadi o‘quvchilarda suv xo‘jaligi va qurilishida tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish tushunchalarini hosil qilislulii I aiming vazifasi maqsadni amalga oshirish uchun zarur


bo'lgan masalalarni yoritishdir. Bularga tashkil qilish va rejaiash- tirishning turlari, ya’ni loyiha ishlarini, qurilish maydonini, qumv- chilar posyolkasini, suv chiqarish va pastlatish ishlarini, qurilish
ishlab chiqarish bazalarini, qurilish transportini, daryoni to ‘sish va boshqa shunga o‘xshash ishlar kiradi. Shu bilan birga qurilishda reja, uning turlari, rejalashtirish savollari, boshqarish funksiyalari,
metodlari o‘rgatiladi.
Download 31.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling