Yer kodeksi
Yer kodeksi — yerdan foydalanish munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar majmui. 20-asrga
qadar hozirgi Oʻzbekiston hududida mazkur munosabatlar shariat koʻrsatmalari asosida olib
borilgan. Oʻzbekistonda birinchi marta Ye.k. 1927 y.da qabul qilingan, 1929 y.da esa Ye.k. oʻrniga
Yer-suv kodeksi qabul qilingan. Bu hujjat 1970 y. 25 sent.da yangi Ye.k. qabul qilinguniga qadar
amalda boʻldi. 1990 y. 20 iyunda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining "Yer toʻgʻrisida"gi
yangi qonuni 1991 y. 1 yanvardan amalga kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasida yer resurslaridan
oqilona foydalanishni taʼminlash, yerga doir huquqiy munosabatlarni takomillashtirish maqsadida
1998 y. 30 aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Oʻzbekiston Respublikasining Ye.k.ni
tasdiqladi (1998 y. 1 iyuldan amalga kiritildi). Oʻzbekiston Respublikasining Ye.k. 91 moddani oʻz
ichiga oladigan 14 bobdan iborat. Ye.k. va yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari
hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini koʻzlab, yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona
foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni
asrash va yaxshilashni, xoʻjalik yuritishning barcha shakllarini teng huquklilik asosida rivojlantirish
uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini
himoya qilishni taʼminlash masqadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek, bu
sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iborat. Yer umummilliy boylik boʻlgani sababli undan
oqilona foydalanish talab etiladi va yer davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Qosimjon
Rahmonov.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Manbalar
Soʻnggi tahrir 6 oy avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Yer_ko
deksi&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Yer_kodeksi&oldid=2391686
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |