Yetti moʻjiza


Download 7.15 Kb.
Sana03.06.2024
Hajmi7.15 Kb.
#1868578
Bog'liq
fgegtegbeavd


Yetti moʻjiza — qadimgi dunyoda mashhur boʻlgan meʼmorlik va haykaltaroshlik obidalari. Ulkanligi, katta mahorat bilan yaratilgani, jozibadorligi tufayli asrlar mobaynida „Dunyoning yetti moʻjizasi“ hisoblangan:

  1. Misr ehromlari — yoʻnib tayyorlangan katta toshlardan piramida shaklida qurilgan Qadimgi Misr firʼavnlarining maqbaralari (mil. av. III—II mingyilliklar). Ularning eng yirigi — Xeops piramidasi (balandligi 146,6 metr, asosi 233X233 metr)ning har biri oʻrtacha 2,5 tonnalik 2 300 000 blok bilan (baʼzi qismlarida 30 tonnalik bloklar ham bor) 30 yil mobaynida qurilgan, goʻrxonadan tashqari ikki qavatli ibodatxonasi ham bor;

  2. „Semiramida osma bogʻlari“ — Ossuriya malikasi Semiramida (Shammuramat) Bobilga maxsus inshootlar qurdirib bunyod etgan (mil. av. VI asr);

  3. Rodos orolidagi Artemida ibodatxonasi (taxminan mil. av. 550-yil);

  4. Zevsning Yunonistonning Olimpiya shahridagi ulkan haykali (taxminan mil. av. 430-yil, haykaltarosh Fidiy oltin va fil suyagidan ishlagan);

  5. Rodos oroli koʻrfazidagi yunonlarning quyosh maʼbudi Gelios haykali (taxminan mil. av. 292—280-yillar, haykaltarosh Haros misdan ishlagan);

  6. Kariya shohi Mavsol (mavzoley uning nomidan) oʻzi uchun qurgan Galikarnas (hozirgi Turkiya hududi)dagi maqbara — monument (taxminan mil. av. 377—352-yillar);

  7. Iskandariya (Aleksandriya) shahridagi ulkan mayoq (taxminan mil. av. 280-yil, meʼmori Sostrat).

Yetti moʻjizadan faqat Misr ehromlari deyarli butun holda saqlangan, baʼzilari (Artemida ibodatxonasi, Galikarnasdagi Mavsol maqbarasi)ning ayrim boʻlaklaridan, qolganlari qadimgi yozma manbalardangina maʼlum.[1]

Download 7.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling