Yevropa iqtisodiyoti mamlakatlarida Yashil iqtisodiyotni rivojlanishi Reja


Download 44.37 Kb.
Sana18.06.2022
Hajmi44.37 Kb.
#765157
Bog'liq
Yevropa iqtisodiyoti mamlakatlarida Yashil iqtisodiyotni rivojlanishi
1 - Эл-тех МАЪРУЗА 2020 лотин, Tarix testlar



Yevropa iqtisodiyoti mamlakatlarida Yashil iqtisodiyotni rivojlanishi
Reja:



  1. Yashil iqtisodiyot nima?

  2. Yashil energetika” barqaror iqtisodiy taraqqiyot asosi

  3. " Yevropa iqtisodiyoti yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi: maqsad va vazifalar

  4. Yevropa iqtisodiyot «Yashil iqtisodiy strategiyasi» qanday amalga oshiriladi?

Yaqinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasida o‘tkazilgan “Yashil o‘sish va global maqsadlar uchun hamkorlik – 2030” (P4G) ikkinchi xalqaro sammitidagi nutq so‘zladi. Unda davlatimiz rahbari: “Bugungi kunda ona tabiatning o‘zi bizga yo‘llayotgan ogohlik qo‘ng‘irog‘iga beparvo bo‘lmasligimiz kerak. Afsuski, iqlim o‘zgarishlari tobora kuchayib bormoqda. Biz yashayotgan Markaziy Osiyoda so‘nggi 30 yilda o‘rtacha yillik harorat taxminan bir darajaga ko‘tarildi. Mintaqamizdagi asosiy daryolarning havzasi va biologik xilma-xillikning qisqarib borayotgani jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Bug‘lanish darajasini oshiradigan gazlar va atmosferaning keng miqyosda ifloslanishi muammolarni yanada chuqurlashtirmoqda. Bugungi kunda “yashil taraqqiyot” borasidagi maqsadlarga erishish uchun mamlakatlarning harakatlari yanada faol va samarali bo‘lishi kerakligiga hech kim shubha qilmayapti. Boshqa choramiz ham yo‘q”, deb ta’kidladi.
“Yashil taraqqiyot”ga erishish uchun “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishimiz va uni rivojlantirishimiz lozim bo‘lmoqda. Shu tufayli mamlakatimizda bunday iqtisodiyotni shakllantirish uchun yashil iqtisodiyotni rivojlantirish lozim. Bugungi kunda “Yashil iqtisodiyot”ning o‘zi nima, degan savol tug‘iladi. Mazkur maqolada ushbu savolga javob berishga harakat qilamiz.
Yashil iqtisodiyot iqtisodiyot fanlarining bir yo‘nalish sifatida o‘tgan asrning oxirida paydo bo‘ldi. Mazkur iqtisodiyot tabiiy muhitning tarkibiy qismi bo‘lib, uning bir yo‘nalishi hisoblanadi. Yashil iqtisodiyot tushunchasi iqtisodiy fanlar va falsafaning ko‘plab boshqa sohalaridagi g‘oyalarni o‘z ichiga oladigan tabiat va jamiyat bilan bog‘liq ekologik iqtisodiyot, atrof-muhit iqtisodiyoti, resurslarga asoslangan iqtisodiyot, aholining rivojlanishi, feminizm iqtisodiyoti kabi yashil siyosat bilan bog‘liq iqtisodiyotni o‘z ichiga oladi.
Yashil iqtisodiyot bu iqtisodiy tizim bo‘lib, uning asosiy maqsadi sayyoramizning ekologiyasi va uni saqlab qolish bilan birga iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgan. Shunday qilib yashil iqtisodiyot deganda, inson hayoti va sog‘lig‘i uchun zarur bo‘lgan resurslarni, atrof-muhit va ekologiyani bir butun holda saqlab qolib ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan bog‘liq iqtisodiyotni yanada rivojlantirishni amalga oshirishga asoslangan iqtisodiy faoliyatning yangi yo‘nalishi tushuniladi.
Bunda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi. Birinchidan, aholining ehtiyojlarini qondirib, ularning farovonligi, yashash darajasi va sifatini oshirish uchun moddiy ne’matlarni yaratishni barqaror ravishda ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazmasdan ko‘paytirib borish lozim.
Ikkinchidan, ishlab chiqarish va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun energiya resurslari kerak bo‘ladi, bularni qayta tiklanadigan energiya manbalari hisobidan ko‘paytirish, jamoat transportini ham elektr quvvati bilan yuradiganlariga almashtirish, energiyani tejaydigan binolarni barpo qilish kabi yo‘nalishlarda ishlarni olib borish.
Uchinchidan, atrof muhitga zararli gazlarni chiqarmaydigan, atrof-muhitni asraydigan, ekologik toza texnologiyalarni yaratish orqali ekologik toza mahsulotlarni yetishtirish masalasiga ham alohida ahamiyat berish lozim bo‘ladi.
To‘rtinchidan, bir tomondan, tabiatdagi barcha resurslar cheklangan bir paytda inson ehtiyojlari cheksizligini inobatga olib, ularning muvofiqligini ta’minlash maqsadida ne’matlarni ishlab chiqarishni kengaytirishni tabiiy resurslarni kamaytirmasdan amalga oshirish choralarini ham ko‘rish dolzarb masalalar sirasiga kiradi.
Beshinchidan, aholining doimiy o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun qancha ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish, kimga mo‘ljallab ishlab chiqarish masalasiga atrof-muhitni asragan holda katta ahamiyat beriladi.
Xullas, yashil iqtisodiyotda inson, tabiat va iqtisodiyotning bir-biri bilan uyg‘un va barqaror rivojlanishini ta’minlagan holda harakat qilish lozim bo‘ladi. Biror narsani qilaman deb, ikkinchi narsa yo‘qotilmaydi. Masalan, uy quraman, deb daraxtlar ayovsiz kesib tashlanmaydi, texnologiyalarni ko‘paytirish havo atmosferasini zaharli gazlar bilan to‘ldirish evaziga amalga oshirilmaydi va h.k. Shu yo‘l bilan barqaror taraqqiyotga erishish bugungi global masalalardan biridir.
“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining shu yil 15-aprel sonida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, texnika fanlari doktori, professor Gʻulom Uzoqovning “Yashil energetika” barqaror iqtisodiy taraqqiyot asosi” nomli maqolasi chop etildi. Quyida uni oʻqishingiz mumkin.
Energiya va energiya resurslari har qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini taʼminlaydigan, uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti darajasi va aholisi farovonligini belgilaydigan omillardan biri hisoblanadi. Soha mutaxassislari va olimlarning maʼlumotlariga koʻra, dunyoda aniqlangan mavjud tabiiy yoqilgʻi-energiya resurslari (tabiiy gaz, neft) 60-150-yil ishlatishga yetadi. Shu sababli, koʻplab davlatlarda energiya xavfsizligini taʼminlash va energiya samaradorligini oshirish siyosati qoʻllanmoqda.
Bugun yangi Oʻzbekiston energetika tizimida ham mamlakat energiya xavfsizligini taʼminlash, energiya samaradorligini oshirish va iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror energiya bilan taʼminlash borasida ulkan loyihalar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning energiya sigʻimini yanada qisqartirish, mahsulot tannarxini kamaytirish va “yashil energetika” siyosatini amalga oshirish, yaʼni qayta tiklanadigan energiya manbalaridan, jumladan, quyosh, shamol va suv energiyasidan foydalanishni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bunda ikkita vazifani hal etish orqali iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash nazarda tutilmoqda. Birinchidan, qayta tiklanuvchi energiya resurslaridan keng foydalanish orqali yoqilgʻi muvozanatini diversifikatsiya qilish, yaʼni anʼanaviy yoqilgʻi turlarini qayta tiklanadigan energiya turlariga almashtirish hisobiga tabiiy yoqilgʻilar (tabiiy gaz, koʻmir)ning elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishdagi hissasini kamaytirish eʼtiborga olingan.
Ikkinchidan, iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishning energiya sigʻimini qisqartirish hamda sanoat hududlarining ekologik holatini yaxshilash vazifalari belgilab berilgan. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni koʻrsatadiki, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan biri boʻlgan quyosh energiyasi amaliyotda yaxshi oʻzlashtirilgan.
Sababi, quyosh energiyasi biologik va ekologik xavfsiz, qayta tiklanadigan energiya boʻlib, uni fanda maʼlum boʻlgan usullar asosida issiqlik va elektr energiyasiga oson aylantirish hamda undan turli maqsadlarda samarali foylalanish mumkin.
Tuganmas energiya manbai
Quyosh energiyasidan foydalanishga oid baʼzi maʼlumotlarga toʻxtalamiz. U juda katta energiya manbaiga ega boʻlib, nuri Yerga 8 daqiqada yetib keladi. Quyosh nurlanish energiyasining Yer sirtidagi zichligi 150 dan 250 kilovatt/m2 yoki yiliga 1300-2200 kilovatt soat/m2 ni tashkil qiladi. Quyosh energiyasi taʼsirida insoniyat, oʻsimlik va hayvonot dunyosi uchun qulay iqlim yaratiladi. Bundan tashqari, sayyoramizdagi barcha turdagi energiya resurslari quyosh energiyasining hosilasi hisoblanadi va insoniyat uchun xizmat qiladi.
Soʻnggi yillarda fanda erishilgan yutuqlar, olimlar va konstruktorlar tomonidan yaratilgan koʻplab yangiliklar natijasida quyosh energiyasidan foydalanish boʻyicha zamonaviy texnologiya va qurilmalar hayotga faol tatbiq etila boshladi. Dunyoda keyingi yillarda quyosh energiyasidan foydalanish boʻyicha Germaniya, Ispaniya, Yaponiya yetakchilik qilmoqda.
Maʼlumki, Kipr davlatida aholi jon boshiga 0,8 kvadrat metr, Avstriyada 0,6 kvadrat metr, Isroilda esa 0,57 kvadrat metr quyosh paneli toʻgʻri keladi. Yurtimizda bir yilda quyoshli kunlar 300-320 kunni tashkil etadi, yaʼni oʻrtacha 3000-3200 soatgacha quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyati mavjud.
Baʼzi ilmiy asoslangan maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda bir yilda yerning bir kvadrat metr sirtiga oʻrtacha 1600 kilovat soat quyosh energiyasi tushadi. Bu koʻrsatkich Yevropa mamlakatlarida, masalan, Yekaterinburg shahri (Rossiya)da 1044 kilovat soatni tashkil etadi. Agar zamonaviy foto elektrik stansiyalar orqali ushbu quyosh energiya sining 15 foizi elektr energiyasiga aylantirilsa, mamlakatimizda bir kvadrat metr quyosh paneli orqali yiliga 200-240 kilovatt soat, Yekaterinburgda esa 157 kilovatt soat elektr energiyasini ishlab chiqarish mumkin.
Oʻzbekiston iqlim sharoitida yozgi davrda 1 megavatt elektr quvvati olish uchun 6000 kvadrat metr quyosh panellarini oʻrnatish talab qilinsa, Yekterinburg shahri sharoitida esa 12000 kvadrat metr yuzali quyosh panellari kerak boʻladi. Demak, bundan anglash mumkinki, yurtimizning janubiy hududida quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi uchun xarajat ham ikki barobargacha kam boʻladi. Umuman, barcha turdagi quyosh qurilmalari mamlakatimiz hududida yuqori samara bilan ishlaydi.
Islohot va imkoniyat
Mamlakatimizda mavjud qayta tiklanadigan energiya manbalari salohiyatini hisobga olgan holda, “yashil iqtisodiyot” mexanizmlarini joriy etish orqali hududlarda tabiiy yoqilgʻi-energiya resurslaridan oqilona foydalanish jarayoni va ekologik vaziyat nazorat qilinmoqda. Iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Prezidentimizning 2017-yil 26-maydagi “2017-2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi, 2017-yil 8-noyabrdagi “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlarida bir necha vazifalar belgilangan. Shunga muvofiq, iqtisodiyotda energiya va resurs xarajatini kamaytirish, energiya tejamkorligini keng joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish kabi ustuvor yoʻnalishlarda keng qamrovli ishlar bajarildi.
Yurtimizda “yashil energetika”ni rivojlantirishga qaratilgan qator davlat dasturlari amalga oshirildi. Jumladan, Navoiy viloyatida ishga tushirilgan, quvvati 100 megavatt boʻlgan zamonaviy quyosh fotoelektr stansiyasini olaylik. Nafaqat mamlakatimiz, balki butun Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan ushbu stansiya yiliga 252 million kilovatt soat toza elektr energiyasi ishlab chiqarishga qodir boʻlib, natijada 80 million kub metr tabiiy gazni tejash, atrof-muhitga 160 ming tonna zararli issiqxona gazi tarqalishining oldini olish imkonini beradi.
Mutaxassislarning fikricha, yurtimizda ana shunday noyob quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish hisobiga jami 600 milliard kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Bu mamlakatimizda jami energiyaga boʻlgan talabdan 8 barobar koʻp degani.
Yuksalish pillapoyasi
Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasida ham yaqin istiqbolda milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash bilan bir qatorda “yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish orqali iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foiz oshirish va havoga chiqariladigan zararli gaz miqdorini 20 foiz kamaytirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilangan.
Shu maqsadda yirik quvvatli quyosh fotoelektr va shamol elektr stansiyalarini qurish loyihalari amalga oshirilmoqda va gidroenergetikani yanada rivojlantirish davom etmoqda. Bu boradagi islohotlar mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining energiya sigʻimini, ishlab chiqarish tannarxini yanada kamaytirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish kabi muhim vazifalarni hal etishga qaratilgan.
Prezidentimiz bu yil 24-fevral kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida ekologik toza, quvvati 100 megavatt boʻlgan shamol elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshi qoʻydi. 108 million dollarlik xorijiy investitsiya hisobiga barpo etiladigan ushbu energetik inshootning yillik quvvati 360 million kilovatt soat boʻlib, loyiha natijasida 110 mingta xonadonni qoʻshimcha elektr energiyasi bilan taʼminlash bilan birga, yiliga 106 million kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.
Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida 2026-yilga borib, mamlakatimizda elektr energiyasi ishlab chiqarish koʻrsatkichini qoʻshimcha 30 milliard kilovatt soatga oshirib, jami 100 milliard kilovatt soatga yetkazish, elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatini jadal rivojlantirish uchun zamonaviy “yashil” va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish evaziga yiliga qariyb 3 milliard kub metr tabiiy gazni tejash belgilangan.
Shuningdek, taraqqiyot strategiyasida kamida 8 ta shamol elektr stansiyasini qurish hisobiga 4 gigavatt qoʻshimcha quvvat manbai yaratish, quyosh fotoelektr stansiyalar quvvatini 4 gigavattga yetkazish maqsadida kamida 10 ta fotoelektr quyosh stansiyasini ishga tushirish, 15 ta yangi gidroelektr stansiyasini qurish va 5 ta mavjud gidroelektr stansiyasini modernizatsiya qilish hisobiga yiliga qoʻshimcha 868 megavatt elektr energiyasini ishlab chiqarish koʻzda tutilgan.
Yaqin yillarda Samarqand viloyatida 100 megavatt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi, Buxoro, Jizzax, Namangan, Xorazm, Surxondaryo va Qashqadaryoda umumiy quvvati 2100 megavatt boʻlgan 9 ta quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi.
Taʼlim taraqqiyotga yetaklaydi
Energetikaga doir islohotlarning ahamiyatini inobatga oladigan boʻlsak, qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash qanchalik dolzarb ekanini vaqtning oʻzi koʻrsatmoqda. Energetika sohasida, xususan, qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash vazifasi oliy taʼlim muassasalari zimmasida.
Mamlakatimizning “yashil energetika” sohasida rivojlanish istiqbollarini inobatga olgan holda, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida soha boʻyicha yuqori malakali, zamon talablariga javob bera oladigan, har tomonlama yetuk mutaxassislar tayyorlash bosh vazifa etib belgilangan. Bu boʻyicha institutimizda muayyan ishlar bajarildi.
Jumladan, muqobil energiya manbalari taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar va gidroelektr stansiyalar mutaxassisligi boʻyicha magistrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari ixtisosligi boʻyicha doktorantura faoliyat boshladi. 2020-yilda muqobil energiya manbalari tayanch kafedrasi, 2021-yilda “Energiya tejamkorlik va muqobil energiya manbalari” ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi.
Markaz tarkibidagi “Muqobil energiya manbalari” oʻquv-ilmiy poligonida 100 kvadrat metr foydali maydonga ega boʻlgan quyosh issiqxonasi, quyosh havo qizdirish qurilmalari, eksperimental quyosh uyi, biomassadan muqobil yoqilgʻi olish uchun piroliz va biogaz qurilmalari, mini shamol va quyosh elektr stansiyasi, quyosh suv qizdirish qurilmalari hamda quvvati uch kilovatt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi oʻrnatilgan. Ushbu qurilmalarda talabalar va yosh olimlar uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish imkoniyati mavju
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida qayta tiklanadigan energetika sohasida “bakalavr — magistratura — doktorantura — kafedra” va “bakalavr — magistratura — ilmiy-tadqiqot markazi” tizimi boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. Yangi Oʻzbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun “yashil energetika” texnologiyasini samarali joriy etish mamlakatning energiya xavfsizligini taʼminlaydi, mahsulotlar tannarxida tabiiy energiya resurslari xarajatlarini kamaytiradi va ekologik vaziyatni yaxshilaydi
Bir soʻz bilan aytganda, amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar milliy iqtisodiyotimizni yuksaltirish va xalqimiz farovonligini yanada oshirish uchun xizmat qiladi.
strategiya qabul qilindi.
“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tishdan avval milliy qonunchilikni auditdan o‘tkazib, jahon talablariga moslashtirish hamda yagona tizimga keltirish zarur. Baʼzi davlatlar ishni amaliyotdan boshlab, keyin qonunchilik bazasi bilan shug‘ullangani bois, qo‘shimcha muammolarga duch kelgan. Bunday xatolik o‘tish jarayonini sekinlashtiradi.
“Yashil taraqqiyot”ning drayveri bo‘la oladigan energetika, ilm-fan va innovatsiyalar, turizm kabi sohalarga doir qonunlarimizda nomuvofiqliklar, bir-birini inkor etuvchi jihatlar talaygina. Hujjatlarning o‘zi ham juda ko‘p. Aytaylik, elektr energiyasini isteʼmolchiga yetkazib berish, narx-navoni belgilash va to‘lovni amalga oshirish mexanizmlari amaldagi anʼanaviy tizimga moslab yaratilgan. Muqobil energiya manbalari bilan ishlash imkonini beradigan huquqiy normalar esa mavjud emas. Masalan, quyosh yoki boshqa turdagi qayta tiklanadigan energiyani kim va qancha miqdorda ishlab chiqaradi, u aholiga qay tartibda, qanday tarif bo‘yicha yetkazib beriladi? Bu kabi savollarga oydinlik kiritib, qonun hujjutlarida aks ettirish va shu asnoda yangi bozor subyektlari o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirib borish zarur.
Ikkinchi muhim masala “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishda davlat qaysi moliyaviy instrumentlardan foydalanmoqchi ekanini aniqlab olishdan iborat. Chunki dastlabki bosqichda iqtisodiyot tarmoqlariga mo‘may investitsiya kiritishga to‘g‘ri keladi. Bunday yukni davlat byudjeti ko‘tarolmaydi, ehtimol, xalqaro donor tashkilotlarga murojaat qilinar. U holda tashqi ko‘mak qanday shartlarda taqdim etiladi? Muhimi, mahalliy benefitsiarlar – aholi, tadbirkorlik va xo‘jalik subyektlari uni qay shaklda olishi mumkin? Biznesda “yashil iqtisodiyot” tamoyillari asosida ishlash uchun rag‘bat va motivatsiya uyg‘otilmasa, davlatning barcha saʼy-harakatlari zoye ketadi.
Odatda korxona va tashkilotlar, aholining turli qatlamlariga muqobil energiya manbalaridan foydalanish, ishlab chiqarish jarayonida uglerod sarfini kamaytirish, “yashil texnologiyalar”ni qo‘llash va tegishli asbob-uskunalar xarid qilish uchun imtiyozli yoki foizsiz kreditlar, subsidiya hamda grantlar, soliq imtiyozlari taqdim etiladi. O‘z nabatida, bunga bank-moliya tizimi ham xayrixohlik ko‘rsatishi, banklar BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan bog‘liq biznes-loyihalarga alohida eʼtibor qaratishi juda muhim.
Yuqorida keltirilgan moliyaviy ko‘mak instrumentlari, birinchi navbatda, kichik biznes subyektlariga tatbiq etilsa maqsadga muvofiqdir. Sababi ular bozor konyukturasidagi har qanday o‘zgarishga nihoyatda sezgir bo‘lib, yangi raqobat muhitiga moslasha olmasligi mumkin. Yirik korxonalarda esa “himoya yostiqchasi” mavjud. Shu bois baʼzi kompaniyalar “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishda qiynalmaydi. Juda bo‘lmasa, mahsulot yoki xizmatlar turini diversifikatsiyalash hisobiga ehtimolli risklarni minimallashtirishi mumkin.
“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tishda asosiy rol o‘ynaydigan iqtisodiyot tarmoqlarini belgilab olish ham dolzarb masala. Fikrimcha, dastlabki bosqichda turizm va xizmat ko‘rsatish sohalariga investitsiya kiritganimiz ayni muddao. Bundan tashqari, mashinasozlik, avtomobilsozlik sanoatidan ham katta samara kutsa bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, davlat qaysi sohani, qachon va qanday qilib “yashil iqtisodiyot”ga o‘tkazishni hozirdan hal qilib olishi zarur.
Yaqin istiqbolda “yashil taraqqiyot”ning intellektual kuchi hisoblangan malakali kadrlar yetishmovchiligi muammosiga ham to‘qnash kelamiz. O‘zbekiston oldida shunday mutaxassislarni tayyorlash vazifasi ko‘ndalang turibdi. Bu ishga hozirdan kirishmasak, kelgusida xorijiy davlatlarga qaram bo‘lgan holda yana katta xarajatga tushaveramiz.
“Yashil iqtisodiyot”ga tezroq va nisbatan og‘riqsiz o‘tish uchun ilm-fan va innovatsiyalarni jadal rivojlantirish zarur. Chunki bu turdagi iqtisodiyot avvalambor ilm-fan yutuqlari hamda samarali innovatsion yechimlarga tayanadi. Birgina misol, oxirgi o‘n yilda dunyo miqyosida quyosh energiyasidan foydalanish xarajatlari 80 foizga qisqardi. Mazkur tendensiya davom etmoqda. Nega? Chunki olimlar, muhandis va texnologlar mavjud uskunalarni takomillashtirish, yangilarini yaratish, tannarxini tushirish bo‘yicha tinmay izlanyapti. Bunday tadqiqotlarni O‘zbekiston ham olib bormog‘i darkor. Toki innovatsion mahsulotlarni hadeb xorijdan eksport qilmay, o‘zimizda ishlab chiqaraylik.
— “Yashil taraqqiyot” tamoyillarini qo‘shnilarimiz ham qo‘llab-quvvatlashi nehog‘liq muhim?
— Bu borada mintaqaviy birdamlikka erishilgani yaxshi, albatta. Shunda jarayon tezlashadi. Ekologik muvozanatni taʼminlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi masalalar Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari uchun dolzarb. Tabiatda siyosiy chegaralar bo‘lmaydi. Aytaylik, “yashil energetika” tizimi yoki atrof muhitga ziyon yetkazmaydigan ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishdan nafaqat O‘zbekiston, qo‘shnilar ham yutadi. Shu nuqtai nazardan umummanfaatli strategik rejalarga tayanib, birgalikda harakat qilganimiz maʼqul. Biroq “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish o‘tmaslik har qaysi respublikaning mustaqil ishi. O‘zbekiston o‘z qarorini qabul qilib bo‘ldi. Endi soha rivoji uchun huquqiy hamda institutsional poydevor hozirlab, lokal loyihalarni amalga oshirishga kirishmoq lozim. Bunga o‘n, balki yigirma-o‘ttiz yil talab qilinar. “Yashil iqtisodiyot”ni muvaffaqiyatli joriy eta olgan Skandinaviya mamlakatlari tajribasini o‘rgansak arziydi.
— Yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston “P4G” yo‘nalishidagi sheriklikka qo‘shilishga tayyor ekanini bildirdi. Bu oddiy fuqarolar uchun nimani anglatadi?
— “Yashil o‘sish” va global maqsadlar uchun hamkorlik” (P4G) yaqin yillar ichida ilgari surilgan yirik xalqaro tashabbus hisoblanadi. Uni “yashil rivojlanish” yo‘lini tanlagan mamlakat va shaharlarning o‘ziga xos klubi, deyish ham mumkin. Hozir loyihaning o‘ndan ortiq aʼzosi bor. Mazkur platforma doirasida ishtirokchilar “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishga yordam beradigan innovatsion yechimlar yaratish borasida o‘zaro hamkorlik qiladi.
“P4G” institutsionallashgan tuzilma bo‘lib, bir qator nufuzli xalqaro birlashmalar, moliyaviy institutlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Uning yordamida O‘zbekiston “Yashil iqtisodiyot” strategiyasi”ni amalga oshirish uchun zarur investitsiyalarni jalb qilishi mumkin. Yuqorida men “yashil iqtisodiyot” avvalo oddiy xalqning manfaatlari va istiqboliga xizmat qilishini taʼkidladim. “P4G” yo‘nalishidagi sheriklikka qo‘shilishimiz pirovard natijada o‘zbekistonliklar turmush tarzining yaxshilanishi, hayot sifatining ortishi, shaharlarning yashash uchun qulaylashuvi, mintaqamizda ekologik muvozanatning tiklanishi va boshqa ko‘plab ijobiy o‘zgarishlarga olib keladi.
— “Yashil rivojlanish” O‘zbekistonning investitsion jozibadorligini oshira oladimi?
Bilasizmi, bugun bu harakat butun dunyoda trendga aylangan. Yirik kompaniyalar, transmilliy korporatsiyalar o‘z faoliyatida “yashil rivojlanish” tamoyillarini tatbiq etyapti. Ular korporativ imijini saqlab qolish uchun atayin Barqaror rivojlanish maqsadlariga sodiqligini namoyon etmoqda. O‘z navbatida, “yashil o‘sish” yo‘lini tanlagan mamlakatlar ham xalqaro tashkilotlar hamda biznes doiralarning eʼtiborini tortmoqda. Tashqi kreditor va investorlar ushbu davlatlarga sarmoya kiritishni maʼqul ko‘ryapti. O‘zbekistonning “yashil iqtisodiyot”ga o‘tayotgani dunyo hamjamiyati uchun muhim signaldir. “Yashil taraqqiyot” borasidagi maqsadlarmiz ro‘yobiga qaratilgan muhim sarmoyaviy loyihalarni yirik donor tashkilotlar, xususan, G‘arb kompaniyalari moliyalashtirish istagini bildirsa, ajab emas.
— “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish ichki bozor konyunkturasiga qanchalik taʼsir ko‘rsatadi? Unda yangi o‘yin qoidalari va o‘yinchilar paydo bo‘lishi mumkinmi?
— Bozor konyukturasi keskin o‘zgaradi, deb o‘ylamayman. Lekin yangi mahsulot va xizmat turlari, yangi bozorlarning paydo bo‘lishi aniq. Bu iqtisodiyotda “yashil” tarmoqlar yuzaga kelishi bilan bog‘liq. Bunday o‘zgarishlar anʼanaviy bozor konyukturasiga moslashgan tadbirkorlar uchun og‘riqsiz kechmaydi, albatta. Ayrim sohalarda ishlab chiqarish quvvatlari qisqarishi mumkin. Sababi korxonalarning barchasi ham “yashil o‘sish” tamoyillarini qabul qilishga tayyor emas. Yuqorida aytganimdek, o‘tish davrida davlat tadbirkorlik subyektlari, ayniqsa, kichik biznesga yordam qo‘lini cho‘zishi, yangi o‘yin qoidalariga moslashishga yordam beradigan qo‘shimcha moliyaviy instrumentlarni ishga solishi muhim.
Xulosa

Yashil iqtisodiyot bu iqtisodiy tizim bo‘lib, uning asosiy maqsadi sayyoramizning ekologiyasi va uni saqlab qolish bilan birga iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgan. Shunday qilib yashil iqtisodiyot deganda, inson hayoti va sog‘lig‘i uchun zarur bo‘lgan resurslarni, atrof-muhit va ekologiyani bir butun holda saqlab qolib ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan bog‘liq iqtisodiyotni yanada rivojlantirishni amalga oshirishga asoslangan iqtisodiy faoliyatning yangi yo‘nalishi tushuniladi.


Bunda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi. Birinchidan, aholining ehtiyojlarini qondirib, ularning farovonligi, yashash darajasi va sifatini oshirish uchun moddiy ne’matlarni yaratishni barqaror ravishda ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazmasdan ko‘paytirib borish lozim.
Ikkinchidan, ishlab chiqarish va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun energiya resurslari kerak bo‘ladi, bularni qayta tiklanadigan energiya manbalari hisobidan ko‘paytirish, jamoat transportini ham elektr quvvati bilan yuradiganlariga almashtirish, energiyani tejaydigan binolarni barpo qilish kabi yo‘nalishlarda ishlarni olib borish.
Uchinchidan, atrof muhitga zararli gazlarni chiqarmaydigan, atrof-muhitni asraydigan, ekologik toza texnologiyalarni yaratish orqali ekologik toza mahsulotlarni yetishtirish masalasiga ham alohida ahamiyat berish lozim bo‘ladi.
To‘rtinchidan, bir tomondan, tabiatdagi barcha resurslar cheklangan bir paytda inson ehtiyojlari cheksizligini inobatga olib, ularning muvofiqligini ta’minlash maqsadida ne’matlarni ishlab chiqarishni kengaytirishni tabiiy resurslarni kamaytirmasdan amalga oshirish choralarini ham ko‘rish dolzarb masalalar sirasiga kiradi.
Beshinchidan, aholining doimiy o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun qancha ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish, kimga mo‘ljallab ishlab chiqarish masalasiga atrof-muhitni asragan holda katta ahamiyat beriladi.
Xullas, yashil iqtisodiyotda inson, tabiat va iqtisodiyotning bir-biri bilan uyg‘un va barqaror rivojlanishini ta’minlagan holda harakat qilish lozim bo‘ladi. Biror narsani qilaman deb, ikkinchi narsa yo‘qotilmaydi. Masalan, uy quraman, deb daraxtlar ayovsiz kesib tashlanmaydi, texnologiyalarni ko‘paytirish havo atmosferasini zaharli gazlar bilan to‘ldirish evaziga amalga oshirilmaydi va h.k. Shu yo‘l bilan barqaror taraqqiyotga erishish bugungi global masalalardan biridir.


Foydalanilghan manbaalar

  1. https://davr24.uz/archives/5442

  2. https://kun.uz/uz/news/2019/10/07/ozbekistonning-yashil-iqtisodiyotga-otishining-asosiy-vazifalari-ochiqlandi

  3. https://mineconomy.uz/uz/news/view/2936

Download 44.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling