Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yoʻlagi


Download 66.83 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.04.2020
Hajmi66.83 Kb.

Yevropa-Kavkaz-

Osiyo transport

yoʻlagi

Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yoʻlagi,

TRACECA - Yevropani Kavkaz orkali Osiyo

bilan bogʻlaydigan avtomobil va temir

yoʻllari majmui. Dastlab Bryusselda 1993

yil may oyida Oʻrta Osiyo respublikalari,


Qozogʻiston, Ozarbayjon, Armaniston,

Gruziya davlatlarining savdo va transport

vazirlari ishtirokida oʻtkazilgan

konferensiyada bu yoʻlakni qurish dasturi

qabul qilingan. Konferensiyada Yevropa

Ittifoqi tomonidan moliyalanadigan Gʻarb-

Sharq yoʻnalishida Yevropadan Qora

dengizni kesib oʻtib, Kavkaz, Kaspiy

dengizi orqali Oʻrta Osiyo va undan

Xitoyga chiqadigan transport yoʻlagini

qurish boʻyicha texnikaviy hamkorlik

haqida bitam imzolandi.



Dasturni amalga oshirish maqsadlari

Markaziy Osiyo va Zakavkazye

respublikalarining Yevropa va jahon

bozorlariga muqobil transport yoʻlaklari

orqali chiqishiga imkoniyat yaratish bilan

ularning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini

qoʻllab-quvvatlash; bu respublikalar

oʻrtasida mintaqaviy hamkorlikni yanada

rivojlantirishga koʻmaklashish; bu yoʻlakni

Transevropa tarmoqlari (TENs) bilan

bogʻlash va b.dan iborat; Yevropa-

Kavkaz-Osiyo transport yoʻlagi Markaziy

Osiyodan yuklarni jahon bozorlariga

xizmat koʻrsatadigan yirik tonnajli dengiz



kemalariga yetkazib berish uchun eng

qisqa va eng arzon yoʻldir. 2000 yilga

qadar texnikaviy hamkorlikning 28

tadqiqoti (37 mln. yevro) va

infratuzilmalarni tiklash boʻyicha 10

investitsiya loyihasi (48 mln. yevro)

mablagʻ bilan taʼminlandi.

Yoʻlakni barpo qilishda yirik xalqaro

moliyaviy muassasalar ishtirok etadi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki

yoʻnalish boʻyicha portlar, temir yoʻllar va

avtomobil yoʻllari kapital loyihalari

(umumiy miqdori 250 mln. AQSH dollari),


Jahon banki Armaniston va Gruziyadagi

avtomobil yoʻllari boʻyicha kapital

loyihalarini (40 mln. AQSH dollari) va

Osiyo taraqqiyot banki avtomobil va temir

yoʻllarni takomillashtirishni moliyalash

majburiyatini olgan. Yevropa Ittifoqidagi

xususiy investorlar Markaziy Osiyo va

Kavkazdagi transport kompaniyalari bilan

qoʻshma korxonalar tashkil qilgan.

Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yoʻlning

umumiy uz. 10 ming km.dan ortiq. Uning

677 km (Olot — Buxoro — Navoiy —

Samarqand — Jizzax — Toshkent —


Gʻishtkoʻprik yoʻnalishi) Oʻzbekiston

hududidan oʻtadi.

[1]

1. Mirzayev, Tohirjon. OʻzME. Birinchi



jild. Toshkent, 2000-yil

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Manbalar


  Last edited 1 year ago by PlanespotterA320  

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin.

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/index



.php?title=Yevropa-Kavkaz-

Osiyo_transport_yo

ʻlagi&oldid=201

6304


" dan olindi 

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan



boʻlsa).

Download 66.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling