Yevropa taraqqiyot va tiklanish bankining O'zbekiston iqtisodiyotidagi ro'li


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana09.02.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1180646
  1   2   3
Bog'liq
Yevropa taraqqiyot va tiklanish bankining O\'zbekiston5565



Yevropa taraqqiyot va tiklanish
bankining O'zbekiston
iqtisodiyotidagi ro'li
EKT-75
1. Ibodov Sirojiddin
2. Iskandarov O‘tkir
3. Kamoljonov Islombek
4. Xasanov Quvonchbek


Reja
1.
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot
Banki (YeTTB)ning tashkil topishi
2.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot
bankini jahon iqtisodiyotida
tutgan o‘rni
3.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot
bankini O‘zbekistonga kiritilgan
investitsion tahlili
4.
2017-2021 – yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirish
bo‘yicha harakatlar strategiyasi
belgilangan vazifalarni bajarishda
YeTTB ni o‘rni.


Yevropa
Tiklanish va
Taraqqiyot Banki
tashkil topishi
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (inglizcha European
Bank for Reconstruction and Development) — Markaziy va
Sharqiy Yevropa mamlakatlari, shuningdek, MDH ga aʼzo
mamlakatlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga yordam
koʻrsatuvchi xalqaro bank. 1990-yilda 42 aʼzo mamlakat
hukumatlari tomonidan 10 mlrd. mablagʻ bilan tashkil etilgan.
1991-yildan faoliyat olib boradi. Shtab-kvartirasi Londonda.
Uning asosiy vazifalari:
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida
boʻlgan mamlakatlarda amalga oshirilayotgan islohotlar (davlat mulki va
korxonalarini xususiylashtirish hamda monopoliyadan chiqarish;
Tadbirkorlikni rivojlantirish; 
Ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va moliya sektorlariga investitsiyalarni
jalb etish;
Kapital bozorini shakllantirish va boshqa)ga moliyaviy yordam koʻrsatadi
va ularning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga tezroq qoʻshilishiga
koʻmaklashadi. 


Bank kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlar
sinfini shakllantirish masalalariga katta eʼtibor beradi, transport,
energetika, islab chiqarish sohalaridagi yirik infratuzilma loyihalarini
moliyalashda ishtirok etadi. Bank resurslarining kamida 60 %
xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari yoki xususiy sektor
korxonalariga,
40
%
infratuzilma
yoki
boshqa
loyihalarga
yoʻnaltiriladi. 1997-yilda bank tomonidan Yevropa Ittifoqi bilan
hamkorlikda moliyaviy taʼminlagan loyihalar qiymati 240 mln.
ekyuni tashkil etdi. Oʻzbekiston 1992-yil boshida Yevropa Tiklanish
va Taraqqiyot Bankiga aʼzo boʻldi va shu yili Toshkent shahrida uning
vakolatxonasi ochildi. 1993-yildan Oʻzbekistonda loyihalarni amalga
oshirishda ishtirok eta boshladi. 1994-yil 10-yanvarda Yevropa
Tiklanish va Taraqqiyot Bankining Direktorlar kengashi Oʻzbekiston
Respublikasiga loyihalarni moliyalash masalalari boʻyicha salbiy
garov shartlarini bekor qildi.


Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Oʻzbekistonda moliyaviy sektor va bank
infratuzilmasini rivojlantirish, energetika majmui, turizmni rivojlantirish, kichik va oʻrta
biznesni qoʻllab-quvvatlash, bozor infratuzilmasini shakllantirish, tabiiy resurelarni
uzlashtirish, paxtani qayta ishlash va engil sanoatning boshqa tarmoqlarini taraqqiy
ettirish kabi etti yoʻnalishda faoliyat yuritadi. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki
Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini jihozlash (umumiy qiymati 81,5 mln. ekyu);
energetika ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va Sirdaryo GRESning xalqaro andozalarga
muvofiqligini taʼminlashga qaratilgan (umumiy qiymati 25,2 mln. ekyu) va Toshkent
xalqaro aeroportini taʼmirlash, shuningdek, xavfsizlikni oshirish uchun maxsus jihozlar
sotib olish (umumiy qiymati 43,5 mln. ekyu) loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar
ajratdi. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki ishtirokida
umumiy qiymati 1 mlrd. AKD1 dollaridan ortiq boʻlgan 15 loyiha amaliyotga joriy
etilmoqda (bunda bankning bevosita moliyalashdagi ulushi 597,7 mln. AQSh dollariga
teng). Xususan, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki tomonidan Oʻzbekistonda oʻrta va
kichik biznesni rivojlantirish maqsadida 120 mln. AQSh dollaridan iborat kredit berildi.
Shundan 60 mln. AQSh dollari hukumat kafolatisiz Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi
iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, 60 mln. dollari esa hukumat kafolati bilan boshqa tijorat
banklariga berilgan


Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankini
jahon iqtisodiyotida tutgan o‘rni


Yevropa tiklanish va
taraqqiyot banki
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) — 1991-yilda tashkil topgan va unga 56
ta mamlakat a’zo. YeTTB Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga bozor
iqtisodiyotiga o‘tish bo‘yicha islohotlami amalga oshirishni qo‘llab-quwatlash
maqsadida tuzilgan. 0 ‘zbekiston YeTTBga 1992-yil 27-apreldan a’zo bo'lgan. YeTTBning
asosiy faoliyat doirasi quyidagilardan iborat: 

infratuzilmani rivojlantirish;

turli xususiy va xususiylashtirilgan korxonalaming loyihalarini moliyalashtirish va
kreditlash. Bunda resurslaming 60 foizi xususiy sektorga, 40 foizi davlat sektoriga
mo‘ljallangan;

xususiy kapital qo‘yilmalarga kafolatlar berish; 

iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini qayta qurish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

aniq loyihalariga maslahat-texnik yordam berish;
YeTTB tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar soni 1991— 2012-yillarda 3 644
taga (2012-yilda 393 ta) yetdi. 1991-2012-yillar- da amalga oshirilgan loyihalaming
umumiy qiymati 235,4 mlrd yevroni, 2012-yildagi loyihalar qiymati esa 24,8 mlrd
yevroni tashkil etdi.


Mintaqaviy rivojlanish banklari
• mintaqaviy banklar tegishli iqtisodiy hudularda faoliyat olib boradilar va ushbu mintaqaning
rivojlanish ehtiyojlaridan kelib chiqadigan maqsadlarni ko'zlaydilar;
• mintaqaviy banklar a ’zo mamlakatlarga nisbatan ularning iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko'ra
tabaqalashgan kredit berish siyosatini olib boradilar;
• mintaqaviy banklar tarkibida eng obro‘lisi YeTTB hisoblanadi;
• YeTTBga 56 ta malakat a ’zo;
• YeTTB faoliyati a ’zo mamlakatlarda ko‘p partiyaviylik, pluralizm va bozor islohotlarining
mavjudligini nazarda tutuvchi siyosiy jihatlarga ega;


YeTTB jahondagi o‘rni
• Bank kichik va oʻrta biznesni
qoʻllab-quvvatlash va
tadbirkorlar sinfini shakllantirish
masalalariga katta eʼtibor
beradi, transport, energetika, 
islab chiqarish sohalaridagi yirik
infratuzilma loyihalarini
moliyalashda ishtirok etadi.


Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankini O‘zbekistonga
kiritilgan investitsion tahlili


YeTTB 2019-yilda O‘zbekistondagi loyihalari
portfelini kengaytiradi
• YeTTB direktori Umurzoqov bilan suhbat davomida
bank O‘zbekiston bilan hamkorlikni kuchaytirish
yo‘nalishiga sodiq ekanligini ta’kidladi va o‘tgan
davr ichida erishilgan kelishuvlar va birgalikdagi
ishlar natijalarini sanab o‘tdi.
• Bugungi kunda bank bilan umumiy qiymati 622,5 
million dollarlik yettita loyiha bo‘yicha zayom
bitimlari imzolangan. Ular poytaxt va
respublikaning boshqa hududlarida suv ta’minoti va
markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilash, 
shuningdek, elektr energetikasi sohasini
modernizatsiya qilishga qaratilgan.
• YeTTB 1992-yildan 2010-yilga qadar 54 ta loyiha
uchun O‘zbekistonga 894 million yevro investitsiya
kiritgan.


YeTTB O‘zbekistonga investitsiya kiritishni 
qaytadan boshlaydi
• Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) O‘zbekiston bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishni mo‘ljallamoqda, dedi Markaziy Osiyo va Rossiya
bo‘yicha boshqaruvchi direktori Natalya Xanjenkova “Jahon” AAga bergan intervyusida. U Toshkentga 6-fevral kuni hamkorlik istiqbollarini muhokama
qilish uchun tashrif buyurdi.
• “Ayni vaqtda o‘zbek tomoni bilan hamkorlikda hamkorlikning ustuvor jihatlarini aniqlab olmoqdamiz, — dedi Natalya Xanjenkova O‘zbekiston TIV rahbari
Abdulaziz Kamilov bilan muzokaralar natijalari bo‘yicha so‘zlar ekan. — Hukumat bilan maslahatlashuvlar asosida YeTTB o‘z imkoniyatlaridan kelib
chiqqan holda moliyaviy mablag‘larni investitsiya qilishi mumkin bo‘lgan o‘zbek iqtisodiyotining aniq sohalarini belgilab olmoqdamiz”.
• Mazkur bosqichda hamkorlikning ustuvor sohalari kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, mamlakatda tadbirkorlik muhitini yaxshilash va boshqa
masalalarni o‘z ichiga oladi, deya qayd etdi YeTTB boshqaruv direktori. U tomonlar iqtisodiyotning an’anaviy sohalarini cheklashni mo‘ljallamayotgani, 
balki yangi innovatsion yo‘nalishlarni izlayotganini ta’kidlab o‘tdi.
• “Zamonaviy sharoitlar hamkorlikning holati va istiqbollariga yangicha nazar tashlashga imkon tug‘dirmoqda. Biz O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatlar
to‘qnashgan sohalarda uzoq muddatli hamkorlik qilishni mo‘ljallamoqdamiz”, — dedi Natalya Xanjenkova.
• O‘zbekiston va YeTTB hamkorligining hal etilishi YeTTB prezidenti Suma Chakrabartining Toshkentga tashrifiga xizmat qilishi lozim, deya qo‘shimcha qildi
u.
• YeTTB 1991-yilda bozor iqtisodiyoti va demokratiyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.
• O‘zbekiston YeTTBga 1992-yilda a’zo bo‘lgan. Bank respublikada 55 ga yaqin loyihani amalga oshirish uchun umumiy miqdorda 900 million yevroga yaqin
mablag‘ni investitsiya qilgan. YeTTBning O‘zbekiston bo‘yicha so‘nggi strategiyasi 2005-yilning yozida qabul qilingan va so‘nggi loyiha 2007-yilda 
yakuniga yetgan.
• Ayni paytda YeTTBning O‘zbekistondagi faoliyati faqatgina mavjud investitsiyalar portfelini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lib, uning miqdori 5 ta loyiha
bo‘yicha 8 million yevroni tashkil etadi.


YeTTB kiritgan investitsiyalar tahlili


YeTTB 1997-2010 yilarga qaradar 900 mln $ inestitsiyasining
sarflanishi

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling