Yigirma yildan so'ng


Download 4.94 Kb.
Sana06.05.2020
Hajmi4.94 Kb.

O. Genrining "Yigirma yildan so'ng" hikoyasi tahlili.

Savollar:

1. Sizga hikoyaning qaysi jihati yoqmadi? (Misollar bilan)

2. Hikoyada qo'llanilgan badiiy san'atlarni toping va nimaga xizmat qilganini izohlang.

3. Hikoyadagi voqelik va tabiat tasviri uyg'unligi. Ular nimaga xizmat qilgan?

4. Hikoyani qismlarga bo'ling. Har bir bo'limga sarlavha qo'ying.

5. Hikoyani do'stingizga tavsiya qiling. Nima sababdan unga buni o'qish kerakligi haqida gapiring.

Javoblar


1. Undan kelib chiqadigan mazmun yoqmadi xolos. Chunki aynan deb bo'lmasada, hayotda bu kabi hodisalar uchrab turadi. Bu ham ana shunday voqeliklarga, aniqroq qilib aytganda, insoniyat olamidagi bu kabi ikkiyuzlamachiliklarga ko'zgu bo'libdi - shu jihati yoqmadi. Hikoyada biroz go'zallik ezgulik yetishmaydi.

2. Hikoyada badiiy san‘atlarga deyarli duch kelmadim. (2marta o'qib chiqdim)

Asosan tabiat tasviri, qiyofalar tasviri va bir ibora ( baxtimni izlab) qo'llanilganiga duch kelamiz.

3. Tabiat tasviri ko'rinib turganidek voqelikka ishora qilgan albatta! E'tibor bersangiz hayotda ham kimnidir o'limi oldidan yulduz uchishi, eng g'amgin kunlarimizda yomg‘irning sharros quyib berishi... - hammasida uyg'unlik bor. Borliqni o‘zi bir yozuvchida! Hayotimizga bir nazar tashlang. Hikoyada ham ayni shu uyg'unlik, ishoralar aks etgan.

4. 3qismga ajratgan bo‘lardim:

1. Inson hech qachon o'zgarmaydi - Bob Jimmini uchratguncha bo‘lgan vaqt.

2. Inson 20yilda emas, 20soniyada ham o'zgarishi mumkin - Keyingi voqealar.

3-qism o‘z xulosam: Inson o‘zgarmaydi shunchaki o‘zlikka qarab ketadi.

Izohlar:

1. Bob shunday hisoblardi do'sti Jimmi omon bo‘lsa keladi va kelishilgan yerda uchrashdilar o'sha 20yil avvalgi Jimmi bilan...



2. Bob va'dasiga sadoqat qilib do'stini kutib turgan bir vaqtda do'sti uni hibsga olinishiga sababchi bo'ladi - mana do'stligu, mana odamizod! Ehtimol Jimmi to'g'ri ish qilgandir ammo topgan vaziyati mutlaqo noto'g'ri. Axir Bob 20yil o‘tib shu do'sti uchun kelgan edi!!!

3. Bob do'stidan bu sotqinlikni kutmagandi. Ehtimol Uels ham o'zidan bu tubanlikni kutmagandir! Ammo menimcha inson o‘zgarmaydi, shunchaki bora bora o‘z yo‘lini topadi, o‘zlikka qarab ketadi!
Download 4.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling