Yil Jizzax sh. Qatnashdilar


Download 36.37 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi36.37 Kb.
#163122
Bog'liq
3-fayl


Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali “Amaliy matematika” fakulteti I-bosqich 111-20 guruh murabbiysi “Amaliy matematika va informatika” kafedrasi o’qituvchisi D.R.Xasanovning guruh talabalarining yashash joylari va sharoitlari bilan tanishish yuzasidan monitoringgi

BAYONNOMASI

27.11.2020yil Jizzax sh.

Qatnashdilar: Amaliy matematika fakulteti dekani N.Raximov, dekan muovini A.Parmonov, guruh murabbiyi D.Xasanov hamda guruh talabalari.

KUN TARTIBI:

1. 111-20 guruh talabalarining yashash joyi va sharoitlari bilan tanishish yuzasidan guruh murabbiysi D.Xasanovning hisoboti.

2. Turli masalalar.

Eshitildi:

1. Yuqoridagi masalalar bo‘yicha fakultet dekani v.v.b. N.Raximov so‘zga chiqib, yigilishni ochib berdi va filialda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayoni haqida gapirdi. Talabalarning yashash joyini, u yerdagi shart-sharoitlarni o‘rganish ta’lim jarayonining ajralmas qismi ekanligini aytib o‘tdi. Shu maqsadda guruhga mas’ul murabbiylar ularning turar-joylari bilan tanishishlari, u erdagi mavjud sharoitlarni muntazam o‘rganib turishlari lozimligini va bu borada amaliy ishlar olib borilayotganligini ta’kidladi. Shundan so‘ng guruh murabbiysi D.Xasanovning axboroti tinglandi.

O‘qituvchi D.Xasanov: “Ayni paytda guruhda jami 26 ta talaba tahsil olmoqda. Shundan: 2 nafar o‘g‘il bolalar va 6 nafar qizlardan iborat. Mazkur guruh talabalari filialning turli tadbirlarida faol ishtirok etadilar hamda “Axborot va murabbiylik soatlari”da turli masalalar yuzasidan davra suhbatlari o`tkazaman. Shu bilan birga, guruh talabalarining turar-joylarini monitoring qilish maqsadida ular yashaydigan xonadonlarga, ijara uylari va talabalar turar-joylariga borib, ular bilan suhbatlar o‘tkazildi, mavjud sharoit va muammolar bilan tanishildi. Guruh talabalaridan 4 nafar o‘g‘il va 2 nafar qiz talabalarimiz talabalar turar joyida istiqomat qiladi, 13 nafar talaba o‘z uyida, ota-onasi bilan istiqomat qiladi, qolgan talabalar ijarada hamda qarindoshining uyida istiqomat qiladi. Quyida shu ma’lumotlar asosida qisqacha axborot berib o‘taman:

TALABALAR TURAR-JOYLARIDA ISTIQOMAT QILUVCHI TALABALAR

111-20 guruh talabalaridan jami 7 nafari talabalar turar-joylarida istiqomat qilishadi. TTJ ga tashrif paytida talabalar o‘zlari yashayotgan xonalarini ozoda tutayotganliklari, ichki tartib-intizomga rioya qilayotganliklari aniqlandi. Ovqatlanish xonasi, dam olish xonalari, dars xonalari, barcha qavat yo‘laklari toza-ozoda, mebel va jihozlar bilan ta’minlangan.TTJ dagi barcha qavat yo‘laklari, yuvinish xonalari, oshxona, dam olish xonalari, kutubxona, sport zal, kompyuter xonalari holati yaxshi holatda, mebel va jihozlar bilan ta’minlanganlik holati yaxshi. Talabalar bilan o‘tkazilgan suhbat jarayonida muammolar mavjud emasligi aniqlandi. Talabalar uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratilganligi ta’kidlab o‘tildi.



O‘Z UYIDA ISTIQOMAT QILUVCHI TALABALAR

111-20 guruh talabalaridan jami 9 nafari o‘z uyida va ota-onasi bilan istiqomat qilishadi. Bular:

Otajonov Alisher Karimboyevich– Jizzax shaxar Zargarlik mahallasi 15A-uy 24 -xonadon yashaydi.

Yo'ldoshev Temur- Jizzax viloyati Sha.Rashidov tumani Paxtaobod QFY Yahtanlik MFY Muqumuy ko'chasi 27-uyda yashaydi.

Tursinpo'latova Shahnoza Shuxrat qizi- Jizzax shaxar, Jizzax viloyati Jizzax shahri Jizzaxlik MFY Do'stlik ko'chasi 5-uy.

Kamolova Charos Arslon qizi - Jizzax viloyati, G`allaorol tumani , Ko`kgumbaz MFY Baxmalsoy qishlog`i 114- uyda istiqomat qiladi.

O'rishboyeva Ruxiya Ulug'bek qizi - izzax viloyati Sharof Rashidov tumani Eski Toshkentlik mahallasi Qassoblik ko'chasi 36-uyda istiqomat qiladi.

Jalilov Shavkat Toir o`g'li – Jizzax shahri O`raepalik mahallasi Jayxun ko`chasi 44-uy da istiqomat qiladi.

Orziqulov Islomjon Baxtiyor o'g'li – Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani Sovungarlik mahallasi Afrosiyob ko'chasi 7-uyda istiqomat qiladi.

Hamraqulov Temur Saidmirzo o’g’li – Jizzax shahri Amir Temur mahallasi Ahmedov ko`chasi 171-uy.

Ikromova Shahzoda Sharof qizi – Sh.Rashidov tumani Yakkaqayrag`och mahalla Birdamlik ko`chasi 18- uyda istiqomat qiladi.

Ushbu talabalarning yashash manzillariga borib, ota-onalari bilan suhbatlar uyushtirildi.



IJARA UYLARIDA ISTIQOMAT QILUVCHI TALABALAR

Guruhda ijara uylarida turuvchi talabalar jami 5 nafardan iborat. Ular quyidagilar:

Ochilov Bexruz Yangiboy o'g'li- Jizzax shaxar Sayiljoy mahallasi Narimonov ko`chasi 87- uyda istiqomad qiladi.

Qorabekov Nurjaxongir Lutfulla oʻgʻli- Jizzax shaxar Sayiljoy mahallasi Narimonov ko`chasi 87- uyda istiqomad qiladi.

Shunqorov Hasan Shodiyor o'g'li - Jizzax shaxar Sayiljoy mahallasi Narimonov ko`chasi 87- uyda istiqomad qiladi.

Asqaraliyev Islomjon Inomjon o`g`li – Sayiljoyi mahallasi O`rolov ko`chasi 23-uyda istiqomat qiladi.

Axatov Erkin Shuxrat o'g'li - Qassoblik mahallasi Ulug`bek ko`chasi, 8-uyda istiqomat qiladi.

Ijarada turuvchi talabalarning uy sharoitlari o`rganilgan vaqtda ularning uy egalari bilan ham suhbat o`tkazildi.Talabaning darsdan keyingi vaqtida uni nazorat qilish va guruh murabbiyi bilan doimo aloqada bo`lish, talaba darslari va tartibini nazorat qilish kabi masalalar haqida suhbat uyishtirildi.

YAQIN QARINDOSHINIKIDA TURADIGAN TALABA

Shirinbekov Shoxrux Saloxiddin o’g’li - Sh.Rashidov tumani Qahramon MFY Islomobod ko`chasi 10-uy xonadonda istiqomat qiluvchi bo`lasi Ismatov Shavkat (+998995415656) uyida istiqomat qiladi. Talabaning sharoiti o`rganilib, yaxshi degan xulosaga keldim va uning yaqin qarindoshlari bilan suhbat qildim ”- deb hisobot nutqini yakunladi.

Yig`ilish yakunida fakultet rahbariyati talabalar bilan ularni qiynayotgan muommolar haqida suhbatlashdi. Talabalarning fikr-mulohazalaritinglandi. Turar-joy masalasida muommosi bor talabalarga amaliy yordam ko`rsatilishi haqida aytib o`tildi.

Qaror qilindi:

1.Guruh murabbiyi D.Xasanovning axboroti axborot sifatida qabul qilinsin.

2. Guruh murabbiyi D.Xasanovning hisoboti qoniqarli deb topilsin.

3. Guruh murabbiyi D.Xasanovning 111-20guruh talabalari bilan ishlash faoliyati yanada kuchaytirilsin.



Amaliy matematika fakulteti dekani v.v.b. :N.Rahimov

Fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha

Dekan muovini: A.Parmonov.

Guruh rahbari: D.Xasanov.
Download 36.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling