“Yil sardori” respublika tanlovi
NIZOMI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda “Kamalak” bolalar tashkiloti
Sardorlariga guvohnoma berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
nomzod — Yoshlar ittifoqi hamda “Kamalak” bolalar tashkiloti tizimidagi sinf,
maktab, mahalliy (tuman va shahar), hududiy va respublika sardori.
guvohnomalar — respublika komissiyasi tomonidan tanlovda g‘olib nomzodlarni
“O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoniga tavsiya etish uchun taqdim
etiladigan hujjat;
tanlov — nomzodlar o‘rtasida ularning doimiy yashash joyidagi hududdan
“O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoniga tavsiya etish uchun guvohnomalar berish saralash,
hududiy va respublika bosqichlarida o‘tkaziladigan jarayon;
respublika komissiyasi — tanlovning barcha
jarayonlarini adolatli, shaffof o‘tishi
hamda nomzodlarni saralash va tashkiliy masalalarini ko‘rib
chiquvchi komissiya;
hududiy komissiya — ushbu Nizomga muvofiq namunaviy tarkibda
shakllantirilgan, tanlovning hududiy jarayonlarini adolatli, shaffof o‘tishi hamda
nomzodlarni saralash va tashkiliy masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiya;
3. Nomzodlar quyidagi toifalar bo‘yicha guvohnomaga ega bo‘lishi mumkin:
a) 10-14 yosh toifasidagi “Kamalak” bolalar
tashkilotining sinf, maktab, mahalliy
(tuman va shahar), hududiy va respublika Sardorlar Kengashi a’zolari;
b) 15-18 yosh toifasidagi O‘zbekiston
yoshlar ittifoqining sinf, maktab, mahalliy
(tuman va shahar), hududiy va respublika Sardorlar Kengashi a’zolari.
4. Guvohnoma faqat taqdim etilgan yil uchun amal qiladi.
5. Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari “Kamalak”
bolalar tashkiloti tashkil
topgan kun munosabati bilan, har yili an’anaviy tarzda may
oyida tashkil etiladigan
respublika anjumani yopilish marosimida tantanali e’lon qilinadi va taqdirlanadi.
6. Respublika va hududiy komissiyalarning ishchi organi Yoshlar ittifoqining
tegishli Kengashlari hisoblanadi.
7. Nomzodlarga guvohnomalar berish bo‘yicha tanlov ushbu Nizomga
muvofiq
faqatgina umumiy o‘rta ta’lim muassasalari sardorlari o‘rtasida o‘tkaziladi
(Prezident, ijod
va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari sardorlari bundan mustasno).
8. Tanlovlarni o‘tkazish bo‘yicha hududiy komissiya faoliyati respublika
komissiyasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.