Yil uchun tayanch doktoranturaga xorijiy tillar fanidan kirish imtihoni qabul qilish dasturi


Download 244.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana10.11.2021
Hajmi244.11 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


 2022-YIL UCHUN TAYANCH DOKTORANTURAGA XORIJIY TILLAR 

FANIDAN KIRISH IMTIHONI  QABUL QILISH DASTURI 

 

1. Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili 

(ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til) bo‘yicha kirish imtihonlari 

topshiradilar. 

2.Kirish  imtihonlari  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining       

2017-yil  22-maydagi  304-sonli  qarorining  2-ilova  bilan  tasdiqlangan  “Oliy 

ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom” asosida tashkil etiladi.  

3.  Imtihonning  maqsadi  til  va  muloqot  vakolatlarini,  nutqni  o‘zlashtirish 

darajasini  aniqlash,  ko‘nikmalar,  o‘rganilayotgan  tilda  o‘z  fikrini  ifodalash  va 

muloqot  qilish  qobiliyatini  aniqlashdan  iborat.  Imtihon  topshiriqlarida 

talabgorlarning nutq mahoratini, ularning ifoda etish qobiliyatini aniqlashga muhim 

o‘rin beriladi  Xorijiy tildagi fikrlar, o‘qilgan yoki tinglangan materialni tushunish 

va  suhbatdosh  bilan  muloqotda  bo‘lish,  chet  tilidan  kommunikativ  maqsadlarda 

foydalana olishni namoyon qilish muhim ahamiyat kasb etadi. 

4. Kirish imtihoni biletiga 3ta savol kiritiladi:  

1-  Savol “Read and translate the text”. Ushbu savol bo‘yicha matn beriladi bu  

matnni  o‘qib  tarjima  qilinadi.  Bu  orqali  talabgorni  o‘qish  (reading)  va  translation 

(tarjima) maxorati tekshiriladi.  

2-  Savol “Speak on the given title ….”. Bu savol bo‘yicha berilgan sarlovha  

bo‘yicha    ma’lumotlar  gapirib  beriladi.  Bu  orqali  talabgorni  gapirish  (speaking) 

maxorati tekshiriladi.  

3-  Savol “Speak about your scientific research”.  Bu savolda talabgorlar 

ilmiy tadqiqot ishlarini dolzarbligi, maqsadi va vazifalarini batafsil yoritiladi.  

3.  Talabgorlarda  IELTS  (o‘rtacha  balli  kamida  5,5),  TOEFL  (RVT)  (567 

balldan  kam  bo‘lmagan),  TOEFL  (iBT)  (87  balldan  kam  bo‘lmagan),  CEFR  (V2 

darajadan  past  bo‘lmagan)  bo‘yicha  tasdiqlovchi  amaldagi  xalqaro  malaka 

sertifikatlari  mavjud  bo‘lganda  chet  tilidan  topshiriladigan  imtihonlardan  ozod 

etiladi. 




Download 244.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling