Yillik hisoboti


Download 63.58 Kb.
bet1/3
Sana18.01.2022
Hajmi63.58 Kb.
#381362
  1   2   3
Bog'liq
21-MAKTAB YILLIK HISOBOT
01.02.2021 Stajirovka dastur 2020 2222, 21-MAKTAB YILLIK HISOBOT, Prizident maktabiga, РАМАЗОН ОЙИНИНГ ФАЗИЛАТЛАР1



ANDIJON VILOYATI XO`JAOBOD TUMAN XTBGA QARASHLI 21- UMUMIY O’RTA TA`LIM MAKTABI BOSHLANG’ICH TASHKILOTI YOSHLAR YETAKCHISI MAMADALIYEV IQBOLJON TOMONIDAN YILLIK , OYLIK ISH REJALARI ASOSIDA 2018-2019-O’QUV YILI DAVOMIDA AMALGA OSHIRGAN ISHLARI YUZASIDAN

YILLIK HISOBOTI

2018-2019

Xo`jaobod tuman XTBga qarashli 21- umumiy o’rta talim maktabi hisobida 2018-2019-o’quv yilida 392 nafar o’quvchi mavjud bo’lib, jami 401 nafar o’quvchi va pedagog hodimlar, ishchi xizmatchilar O’zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkilot hisobida turadi. 2018-2019-o’quv yili boshida ,,Kamalak a’zosiman” loyihasi asosida jami 25 nafar 1-sinf o’quvchilari a’zolikka qabul qilindi. 1-7-sinf o’quvchilarining 181 nafar ( bundan 5-7-sinf o’quvchilari 107 nafar) Kamalak bolalar tashkiloti a’zoligiga qabul qilindi va jami Kamalak bolalar tashkiloti a’zolari 181 nafarni tashkil etdi. ,,Ittifoqi a’zosiman” loyihasi asosida ixtiyoriylik asosida 8-11-sinf o’quvchilarining 135 nafari ,,O’zbekiston yoshlar ittifoqi’’ a’zoligiga, 8 nafar 30 yoshgacha bo’lgan pedagog hodimlar, ishchi xizmatchilar jami 143 nafar yoshlar ,,O’zbekiston yoshlar ittifoqi’’ a’zoligiga qabul qilindi va umumiy Ittifoq azolari tashkil etdi. Boshlang’ich tashkiloti tomonidan yillik va oylik ish rejalar va navbatdan tashqari tadbirlar rejalari asosidagi tadbirlari boshlang’ich tashkilot yo’nalishlari asosida taqsimlanib chiqildi va asosiy vazifa sifatida quyidagi maqsadlarga erishish yil davomida ko’zda tutildi:

1). Yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish.

2). O’quvchilar bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish.

3). O’quvchilar ma’naviy saviyasi, dunyoqarashini rivojlantirish.

4). Yoshlar iqtidori va qobiliyatlarini rivojlantirish

5). Yoshlarni turli sohalar bo’yicha bilim va ko’nikmalarini mustaxkamlash.

6). O’quvchilar o’rtasida ilmiy ijodiy hamkorlik, do’stlik aloqalarini kuchaytirish

7). Yoshlarni boshlang’ich tashkilot faoliyatiga kengroq jalb qilish.

8). O’quvchilar huquq manfaatlarini himoya qilish

9). ,,Eng na’munali maktab sardorlar kengashi” tanlovida yuqori natjalarga erishish.

Asosiy vazifalarni amalga oshirish va maqsadlarga erishish uchun yil davomidagi loyihalarni quyidagicha tadbir turlariga ajratib chiqildi:

1). Yig’ilish. Ko’zlangan maqsad: o’quvchilar bilan doimiy fikr muloxaza almashish, o’quvchilar bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning muammolarini hal etish va nazariy va amaliy tarzda masalani hal etish.

2). Davra suxbatlari.Ko’zlangan maqsad: o’quvchilar va ularning ota – onalari, diniy tashkilot vakillari, mahalla faollari o’rtasida doimiy hamkorlikni tashkil etish va shu asosda yoshlarni boshlang’ich tashkilot faoliyatiga kengroq jalb qilish, o’quvchilar bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni ma’naviy – ma’rifiy bilimlarini mustaxkamlash.

3). Uchrashuvlar.Ko’zlangan maqsad: o’quvchilar bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, o’quvchilar ma’naviy saviyasi, dunyoqarashini rivojlantirish, doimiy fikr muloxaza almashish, yoshlarni turli sohalar bo’yicha bilim va ko’nikmalarini mustaxkamlash

4). Sport musobaqalari.Ko’zlangan maqsad: sog’lom turmush tarzini rivojlantirish, do’stlik aloqalarini kuchaytirish, o’quvchilar bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, o’zaro hurmat g’oyalarini yuzaga chiqarish.

5). Bayram dasturlari.Ko’zlangan maqsad: o’quvchilar bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlarni boshlang’ich tashkilot faoliyatiga kengroq jalb qilish, yoshlar iqtidori va qobiliyatlarini rivojlantirish, o’quvchilar va ularning ota – onalari, diniy tashkilotlar, mahalla faollari va boshqa tashkilotlar bilan doimiy hamkorlikni tashkil etish

6). Ko’rgazmalar Ko’zlangan maqsad: yoshlar iqtidori va qobiliyatlarini rivojlantirish, yoshlarni turli sohalar bo’yicha bilim va ko’nikmalarini mustaxkamlash, o’quvchilar o’rtasida ilmiy ijodiy hamkorlik, do’stlik aloqalarini kuchaytirish va bo’sh vaqtdan unumli foydalanish, yoshlarni boshlang’ich tashkilot faoliyatiga kengroq jalb qilish.

7). O’quvlar Ko’zlangan maqsad: Sardorlar faoliyatini taxlil qilish, ular faoliyatini yuzaga chiqarish, o’quvchilar o’rtasida ilmiy ijodiy hamkorlik, do’stlik aloqalarini kuchaytirish va bo’sh vaqtdan unumli foydalanish

8). Tanlovlar Ko’zlangan maqsad: tashkilot a’zolarini qo’llab quvvatlash, o’quvchilar bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, o’quvchilar ma’naviy saviyasi, dunyoqarashini rivojlantirish, doimiy fikr muloxaza almashish, yoshlarni turli sohalar bo’yicha bilim va ko’nikmalarini mustaxkamlash,

9). Ekskursiyalar. Ko’zlangan maqsad: madaniy hordiq chiqarish, o’quvchilar bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, o’quvchilar ma’naviy saviyasi, dunyoqarashini rivojlantirish, bilimlarini mustahkamlash.



Andijon viloyati Xo`jaobod tumani XTBga qarashli 21- umumiy o’rta talim maktabi boshlang’ich tashkiloti Yoshlar yetakchisi Mamadaliyev Iqboljon tomonidan yillik , oylik ish rejalari asosida 2018-2019-o’quv yili davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan


Download 63.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling