Yogʻ-moy sanoati oziqovqat


Download 145.39 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.02.2023
Hajmi145.39 Kb.
#1185689
Bog'liq
Yogʻ-moy sanoati - Vikipediya



Yogʻ-moy sanoati
Yogʻ-moy sanoati — oziqovqat
sanoatining oʻsimlik moyi i. ch., yogʻlarni
tozalash, gidrogenlash,
dezodoratsiyalash, glitserin, margarin,
mayonez, xoʻjalik sovunlari, sintetik moy
kislotalari asosida kir yuvish vositalari,
aliflar va b. mahsulotlar tayyorlashni oʻz
ichiga oladigan tarmogʻi. Oʻzbekistonda
Yo.m.s. oziqovqat sanoatining yetakchi
tarmoqdaridan hisobanadi. Mamlakatda
ishlab chiqariladigan oziqovqat sanoati


umumiy mahsuloti hajmining 40% ga
yaqinini beradi. OʻzRda Yo.m. s.
rivojlanishi paxta yetishtirishning oʻsishi
bilan bogʻliq boʻlgani sababli yogʻ-moy
korxonalari xom ashyoga yaqin yerlarga
qurilgan va respublikaning hamma
viloyatlarida (Navoiy viloyatidan tashqari)
mavjud. Oʻzbekistonning zamonaviy
Yo.m. s.da yiliga 3,5 mln. tonna chigit va
b. moyli oʻsimliklar urugʻlarini qayta
ishlash quvvatiga ega boʻlgan 21 korxona
ishlaydi (2001). Korxonalar
"Yogʻmoytamakisanoat" uyushmasi
tarkibiga kiradi, tarmoqdagi eng yirik
korxonalar: "Yangiyoʻl yogʻmoy",
"Kattaqoʻrgʻon yogʻ-moy", "Buxoro
yogʻekstraksiya", "Qarshi yogʻekstraksiya",


"Qoʻqon yogʻ-moy", "Fargʻona yogʻ-moy",
"Andijon yogʻ-moy", "Asaka ekstraksiya",
"Uchqoʻrgʻon yogʻekstraksiya",
"Namangan yogʻekstraksiya",
"Toshmargyogʻ" (Toshkent sh.),
"Surxonoziqovqatsanoat" (Denov sh.),
"Guliston yogʻekstraksiya", "Kogon
yogʻekstraksiya", "Urganch yogʻ-moy",
"Koson yogʻekstraksiya", "Xoʻjaylimoy",
"Yogʻgar" (Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Beruniy sh.), "Chimboymoy" aksiyadorlik
jamiyatlari. Korxonalarda jami 227 ming t
oʻsimlik moyi ishlab chiqarildi (2000).
Oʻrta Osiyoda juda qadimdan turli
oʻsimliklar, moyli ekinlar urugʻlaridan yogʻ
olish bilan shugʻullanib kelingan. Yogʻ
asosan juvozpasha olingan. Xom ashyo


sifatida paxta chigiti, kunjut, zigʻir,
mahsar, yer yongʻoq, danaklar va b.dan
foydalanilgan. Turkiston oʻlkasida temir
yoʻl qurilishi va tashqi bozorlar bilan
aloqaning yaxshilanishi natijasida Yo.m.
s. ham rivojlandi. Oʻzbekistonda paxta
chigitidan moy oluvchi gidravlik pressli
birinchi zd 1884 yilda Qoʻqonda ishga
tushirilgan, 1896 yilda Kattaqoʻrgʻon
sh.da (Samarqand viloyati) yogʻ zavodi
qurildi. 1913—14 yillarda 30 ta yogʻ
zavodi boʻlib, 57 ming t oʻsimlik yogʻi
ishlab chiqarilgan. Oktyabr toʻntarishidan
keyin Shoʻrolar hukumati barcha sanoat
korxonalari kabi, yogʻ zdlarini ham
natsionalizatsiya qilishi natijasida zdlar
faoliyati toʻxtab qolgan. 1922 y. boryoʻgʻi


2 ta yogʻ zavodi ishlab turgan.
Oʻzbekistonda paxta maydonlarining
kengayishi va paxta yetishtirishning
koʻpayib borishi bilan bogʻliq holda 30-
y.lardan boshlab Yo.m. s. sezilarli
taraqqiy etdi, 1929—33 yillarda 1612
ming t chigit qayta ishlandi va 247,3 ming
t oʻsimlik yogʻi tayyorlandi. 1971 — 75
yillarda 11 mln. t ga yaqin chigit qayta
ishlanib 1549,6 ming t oʻsimlik moyi
tayyorlandi. 1930y.larda hozirgi quvvati
810—950 t/sutka chigit boʻlgan Qoʻqon va
Kattaqoʻrgʻon yogʻ-moy kombinatlari,
1980 yilda quvvati 1200 t/sutka chigit
boʻlgan Koson va Guliston
yogʻekstraksiya zdlari qurilib, ishga
tushirildi. Yo.m. s. taraqqiy etishi


natijasida yangi xil mahsulotlar ham
tayyorlana boshladi. Avval fakat
tozalanmagan (qora) paxta yogʻi
tayyorlangan boʻlsa, keyinchalik yogʻni
tozalash yoʻlga qoʻyildi va oliy navli
tozalangan yogʻ ishlab chiqarildi,
oziqovqat uchun va texnikada
ishlatiladigan salomas, glitserin, moy
kislotalari, margarin, mayonez, sovunlar,
sintetik kir yuvish vositalari, turli loklar,
boʻyoq moddalari ishlab chiqarish
oʻzlashtirildi. Yo.m. s. chiqindilarsiz
ishlash sxemasida ishlaydi. Oʻsimlik moyi
presslash va ekstraksiya yoʻli bilan olinib,
ketmaket tozalanadi va
dezodoratsiyalanadi. Ayrim korxonalarda
keyingi yillarda kungaboqar pistasi va


mahsar urugʻlaridan yogʻ i. ch. yoʻlga
qoʻyildi. I. ch. quvvatlaridan toʻliq
foydalanish va ishlab chiqarilayotgan
mahsulot turini koʻpaytirish maqsadida
import boʻyicha soya dukkagi olinmokda.
Ularni qayta ishlashdan chiqqan soya
shrotlari chorva mollari va parrandalar
uchun toʻyimli ozuqa hisoblanadi.
Isteʼmol moylarining qimmatli turlarini i.
ch.da konserva zdlarining chiqindilari
boʻlgan mevasabzavot va poliz
ekinlarining danak va urugʻlaridan
foydalaniladi. Ishlab chiqarilayotgan
oʻsimlik moyi turlari koʻpaytirilmokda.
"Qoʻqon yogʻ-moy" aksiyadorlik
jamiyatida mevasabzavot danaklaridan,
shu jumladan, shaftoli, oʻrik, uzum,


bodom, tarvuz, qovun, pomidor va b.
urugʻlaridan ishlab chiqarilayotgan
yogʻmoy mahsulotlari attorlik va
oziqovqat sanoatida katta talab bilan
foydalanilmokda. 90y.larning 2yarmidan
yogʻ-moy maqsulotlarini i. ch., qayta
ishlash, isteʼmol va saqlash uchun qulay
idishlarga qadokdash boʻyicha yangi
texnologiyalar keng miqyosda
oʻzlashtirilmoqda. Margarin mahsulotlari
"Tashmargyogʻ" aksiyadorlik jamiyatida
ishlab chiqarilmokda (i. ch. yillik quvvati
22,4 ming t). Buxoro shaxrida
Oʻzbekiston-Isroil "BuxTel" mayonez
ishlab chiqaradigan zamonaviy qoʻshma
korxonasi tashkil etildi. Kirsovun va
atirsovun tarmokdagi 10 ta korxonada —


Fargʻona, Yangiyoʻl, Andijon, Urganch,
Kattaqoʻrgʻon, Keles sh.dagi
korxonalarda ishlab chiqariladi (yalpi
yillik quvvati 103,7 ming t). 1996 yildan
respublikada sovun ishlab chiqarish
korxonalarini yuqori sifatli xom ashyo
bilan taʼminlash uchun "Urganchyog"
aksiyadorlik jamiyatida chigit soapstoki
asosida yogʻ kislotalari (palmitin va olein
kislotalari) i. ch. yoʻlga qoʻyildi.Tarmoq
korxonalarida texnologik jarayonlarni
avtomatlashtirish, xorijiy firmalar
uskunalari bilan jihozlash ishlari davom
ettirilmokda. Korxonalarni texnikaviy
jihatdan qayta jihozlashda "Krupp", "Sket"
(Germaniya), "AlfaLaval" (Shvetsiya), "Jon
Braun", "Karver", "Kraun" (AQSH),


"Motssoni", "Bollistra" (Italiya), Polsha,
Ukraina, Rossiya firmalari bilan hamkorlik
yaxshi samara bermokda. 1996 yildan
boshlab Yo.m. s. tarmogʻiga
toʻgʻridantoʻgʻri chet el investitsiyalari jalb
qilinmoqsa. Buning natijasida tarmokda 9
qoʻshma korxona tashkil etildi va faoliyat
yuritmokda. Xorijiy mamlakatlardan
Italiya, Germaniya, Rossiya, Ukraina,
Fransiya va AQShda Yo.m. s. rivojlangan.
Oʻz xom ashyo bazasida ishlaydi, asosan
kungaboqar, zaytun va b. oʻsimlik moylari,
margarin mahsulotlari, sovun va sintetik
yuvish vositalari katta hajmlarda ishlab
chikariladi. Ad.: Baki rov A., El choʻmichini
moy qilayotganlar, T., 1996; Sotvoldiyev
A., Navqironlik sari qadam, T., 2000.


Azamat Jamolov, Nuriddin Musayev.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Yog%CA%BB-moy_sanoati&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 20-Dekabr 2022, 14:27 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Yog
ʻ-
moy_sanoati&oldid=3506417" dan 
olindi

Download 145.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling