Yog'och qirindili va yog'och tolali kompozitlar
Download 31.5 Kb.
|
10 Mavzu
ABDULLOH UCHUN, SAMATOV B, qurilish mexanikasi, qurilish mexanikasi, Rektor nomiga ariza, alkanlar, Esse-WPS Office, Iqtisodiyotga terminla, @qiziqarli ona tili 5 adabiyot 1-chorak test, Variantlar, KURS ISHI., 8 sinf kimyo fanidan test, 2 5388643575049227464, mardlik va jasorat darslari, Мустакиллик дарси ишланмаси (маър) 27.07.15
10-Maruza Yog'och qirindili va yog'och tolali kompozitlar. Yog‘och tolali plitalarga ishlov berish. Yog'och tolali plitlarning barcha turlari oson mexanik qayta ishlanadi: plitalarni kesish, arralash, parmalash hamda unga mix qoqish mumkin. Plitalar yuzasini o ‘rnatilgandan so‘ng, bo'yash yoki gulqog‘ozlar (oboylar) bilan qoplash mumkin. Yog'och tolali plitalaming turi va vazifasiga ko'ra, odatda to‘siq konstmksiyalar ichida ishlatiluvchi izolatsion plitalar yuzasi qayta ishlanmaydi. Oshxona, vanna va yuvinish xonalari devorlarini bezash uchun mo'ljallangan qattiq plitalar ularni ishlab chiqarish jarayonida sintetik smolalar bilan to‘yintiriladi va suvga chidamli emal bilan qoplanadi. Natijada plitalar chiroyli tashqi ko'rinishga ega boMib, keramik plitali devorlarni eslatadi. Suvga chidamlilik. Yog‘och tolali plitalaming barcha turlari gigroskopikdir va suv shimuvchandir; yuqori suv shimish xususiyati va gigroskopiklik izolatsion plitalaming katta g‘ovaklikka egaligi natijasidir. Shimilgan namlik plitalar sifatini buzadi: ular shishadi, o‘z o‘lchamlarini o‘zgartiradi, mustahkamligi kamayib, issiqlik o‘tkazuvchanligi oshadi. Bundan tashqari, bunday plitalar yog'ochni yemiruvchi uy zamburug‘lari rivojlanishi uchun qulay muhit yaratadi. Suvga chidamlilikni oshirish uchun tolasimon massani gidrofob moddalar bilan to‘yintiriladi. Akustik xossalari. Yog‘och-tolali plitalar, ko'pincha, qurilishda akustik maqsadlar uchun ishlatiladi. Tzolatsion plitalarni tovush izolatsiyasi uchun ham, tovush yutish uchun ham ishlatish mumkin. Tovush yutuvchi konstruksiyalarda asosiy qatlam izolat sion yog'och-tolali plitalar, mineral yoki shishavand paxtali mahsulotlardan bajarilib, qattiq plitalar yordamchi (oblitsovka) material sifatida xizmat qilishi mumkin. Tovush yutish uchun m o‘ljallangan yog'och tolali plitalar teshiladi, ya’ni aniq tartibda joylashgan ko‘p sonli dumaloq yoki tirqishli teshiklar hosil qilinadi, ular tufayli plitalarning tovush yutish xususiyati keskin oshadi (22-rasm). Tajribalar shuni ko'rsatdiki, tovush yutish koeffitsiyenti quyidagilarga bog'liq bo‘ladi: a) alohida teshiklar kattaligi va soniga: barcha teshiklarning bir xil yig‘indi maydonida, agarda alohida teshiklar kattaligi kam, ularning soni esa ko‘p bo‘lsa tovush yutish koeffitsiyenti yuqori bo‘ladi; b) plita qalinligi b o ' y k h a teshiklar yo'nalishi: plita yuzasiga qiya joylashgan teshiklar, plita yuzasiga perpendikular joylashgan teshiklarga qaraganda, yaxshi tovush yutishni hosil qiladi. Yog'och tolali plitalardan tayyorlangan tovush yutuvchi konstruksiyalar bir qatlamli va ikki qatlamli bo‘lishi mumkin: birinchi holda ular teshilgan izolatsion plitalaming faqat bir qatlamidan, ikkinchi holda esa teshik plitalaming o‘zaro yopishtirilgan ikkita qatlamidan iborat bo'ladi. Bunday konstruksiyadagi 12,5—16 mm qalinlikdagi izolatsion plita tovush yutuvchi qatlam, 3—4 mm qalinlikdagi qattiq plita ko‘pincha dekorativ xarakterga ega tashqi qoplamani o'zida aks ettiradi. Ikki qatlamli plitalar 0,4 dan kam bo'lm agan o'rtacha tovush yutish koeffitsiyentiga (200 dan 2000 Hz gacha) ega bo‘lishi kerak. Bir qatlamli tovush yutuvchi plitalar sifatida hajmiy og'irligi 250—300 kg/m3 bo‘lgan izolatsionbezakli plitalar eng qulay hisoblanadi. Teshilgan plitalarda o'rtacha tovush yutish koeffitsiyenti (200 dan 2000 Hz gacha) 0,4 dan kam emas, ariqchali plitalarda esa 0,3 dan kam emas bo'ladi. Hajmiy og'irligi 180 kg/m3 va qalinligi 32 mm bo'lgan maxsus akustik plitalaming tovush yutish koeffitsiyenti .0,98 gacha yetishi mumkin. G ‘adir-budir yuzali plitalar silliq plitalarga nisbatan tovushni yaxshi yutadi. Tovush izolatsiyasi maqsadi uchun qoplama materiallar sifatida izolatsion yoki, yaxshisi, 20 mm qalinlikdagi izolatsion-bezakli plitalar ishlatilishi mumkin Download 31.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling