Yog`och xom-ashyolari. Tola xosil qiluvchi xom-ashyolar. Kraxmalli xom ashyolar


Download 69.13 Kb.
bet1/5
Sana07.10.2022
Hajmi69.13 Kb.
#836851
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Маруза 3
Lab2 Panjiyev F — копия, Farida, markaziy osiyo islomshunoslik tarixshunosligi, markaziy osiyo islomshunoslik tarixshunosligi, O\'zbekiston respublikasi siyosiy partiyaning shakllanishi, Transport vositalarining konstruksiyasi, 6- mavzu iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllani, узб-тарих-1, 4-lab, yorqinjon-abduraimov-1-mi, fizika amaliy, тавсиянома, 1. Anketa (talabalar), 5, явроратапр

MARUZA-3
O`SIMLIK XOMASHYO MATERIALLARI VA ULARNI QAYTA ISHLASH
REJA

  1. Yog`och xom-ashyolari.

  2. Tola xosil qiluvchi xom-ashyolar.

  3. Kraxmalli xom - ashyolar.

  4. Piktinli xom-ashyolar.

  5. Saxarozali xom-ashyolar.

Yog`och xom-ashyolari
Yog‘och asosan 99 % qism og‘irlikdagi organik moddalar va 1% noorganik moddalar (kul) dan tashkil topgan. Organik moddalarning elementar tarkibi o‘rta hisobda 49-50 % uglerod, 43-44 % kislorod, 6 % atrofida vodorod va 0,1-0,3 % azotdan iborat. Yog‘ochning noorganik qismini kalsiy, kaliy, natriy, magniy va kam miqdorda fosfor, oltingugurt va boshqa elementlar tashkil etadi.




Yog‘och

















































Sellyuloza




Gemisellyulozalar




Lignin




Ekstraktiv moddalar (smola, ka­med, yog‘lar, tan­nidlar, pektin­lar va h.k.)














































Pentozanlar




Geksozanlar


















































































Ksilan




Araban




Galaktan




Mannan


























































Arabogalaktan










Yog‘ochning kimyoviy tarkibini quyidagicha tasvirlash mumkin.
Yog‘ochning asosiy qismini sellyuloza, gemisellyulozalar va lignin tashqil etadi. Ular orasida turli xil bog‘lanishlar - kuchsiz dispersion, vodorod bog‘lardan to kuchli kimyoviy bog‘largacha bo‘lishi mumkin.
Nina bargli va yaproqli yog‘ochlardagi kimyoviy moddalarning miqdori quyidagicha, %:

Moddalar

Nina bargli yog‘ochlarda

Yaproqli yog‘ochlarda

Sellyuloza

41-58

39-47

Lignin

28-34

17-27

Gemisellyulozalar

15-23

20-38

shu jumladan:







pentozanlar

5-12

15-30

geksozanlar

9-17

8 gacha

Nina bargli yog‘ochlar o‘z tarkibida yaproqli yog‘ochlarga qaraganda ko‘proq sellyuloza saqlaydi, yaproqli yog‘ochlarda esa gemisellyulozalar ko‘proq.
Asosiy yog‘och turlarining kimyoviy tarkibi, %

Yog‘och turi

Sellyu­loza

Lignin

Pento­zanlar

Gekso­zanlar

Kul

Ekstraktiv moddalar

efirda eruvchan

suvda eruvchan

Qarag‘ay

51,9

28,2

11,2

9,3

0,2

1,6

0,6

Archa

58,3

29,0

10,1

9,8

0,2

1,1

1,8

Sibir tilog‘ochi

45,8

29,5

9,3

-

1,0

1,8

5,1

Pixta

48,0

29,9

5,3

17,8

0,7

0,9

1,4

Kedr

50,0

30,1

8,6

11,8

0,1

2,4

1,5

Eman

38,9

23,8

28,8

-

0,3

0,6

1,8

Qayin

42,2

20,8

29,3

7,6

0,5

0,5

0,6

Oq qayin

46,8

21,2

32,9

-

0,4

3,0

1,5

Klyon

41,5

23,1

25,6

7,7

0,3

0,3

0,5

Osina

52,4

20,3

22,6

0,5

0,2

1,6

2,2

Po‘stloq elementar kimyoviy tarkibi bo‘yicha yog‘ochdan kam farq qiladi, biroq undagi mineral moddalar yog‘ochdagidan ko‘proq. Archa po‘stining elementar tarkibi quyidagicha: 44% uglerod, 45,4% kislorod, 6,4% vodorod, 0,19% azot va 3,6% kul (0,93% kalsiy, 0,37% kaliy va 0,76% fosfor).


Po‘stloqda organik moddalar nisbati yog‘ochdagidan boshqacharoq; unda sellyuloza miqdori ancha kam. Bundan tashqari po‘stloqda yog‘ochda mavjud bo‘lmagan suberin moddasi mavjud.
Po‘stloqning kimyoviy tarkibi

Moddalar

Qarag‘ay

Archa

Oq qayin




lub

po‘st

lub

po‘st

lub

po‘st

Sellyuloza

18,2

16,4

23,2

14,3

18,5*

3,4*

Lignin

17,1

43,6

15,6

27,4

20,3

1,3

Pentozanlar

12,1

6,8

9,7

7,1

20,2

1,1

Geksozanlar

16,3

6,0

9,3

7,7

-

-

Suberin

-

2,9

-

2,8

1,2

38,7

Ekstraktiv moddalar:



















suvda

20,8

14,2

33,1

27,9

-

-

spirtda

3,9

3,5

1,7

2,6

13,7

5,6

efirda

-

-

-

-

1,7

38,1


Yog‘och va po‘stloqdagi organik moddalar tavsifi
Sellyuloza. Zichligi 1,54-1,58 g/sm3 bo‘lgan oq rangli modda. Bu modda chiziqli polimer bo‘lib, xuddi kraxmal kabi (C6H10O5)n formula bilan ifodalanadi (n-polimerlanish darajasi). Sellyuloza makromolekulasi ko‘plab glyukoza qoldiqlari zvenolaridan tashqil topgan zanjir ko‘rinishidadir. Bu zvenolarning soni polimerlanish darajasi bilan xarakterlanadi va tabiiy yog‘och selyulozasida 5000-10000 oraliqda bo‘ladi. Glyukoza qoldiqlari polisaxaridning biosintezi jarayonida glyukoza molekulalari birikkanida suv molekulasi ajralib chiqqandan keyin hosil bo‘ladi. O‘zaro bog‘langan glyukoza qoldiqlari jufti sellobiozani tashkil etadi. Sellyulozaning tuzilishi quyidagicha:


Kimyoviy tabiatiga ko‘ra sellyuloza poliatomli spirtdir, chunki uning molekulasi CH2OH va CHOH guruhlarini saqlaydi. Gidrooksid guruhlari mavjudligi sababli u ishqoriy-er metallari va asoslar bilan reaksiyaga kirishadi. Ishqorlarning sellyulozaga ta’siri natijasida kimyoviy reaksiya bilan bir payt fizik-kimyoviy jarayonlar ham ketadi (bo‘kish, past molekulali fraksiyalarning erishi va strukturaviy o‘zgarishlar).
Makromolekulaning elementar zvenolari orasidagi glyukozid bog‘lari sellyulozaning kislotalar ta’siriga chidamsizligiga sabab bo‘ladi. Kislotalar ta’sirida makromolekulalar zanjiri uzilib, sellyulozaning gidrolizi sodir bo‘ladi. Makromolekulaning elementar zvenolaridagi gidroksid guruhlari sellyulozaning oddiy (metilsellyuloza, etilsellyuloza) va murakkab efirlari (sellyulozaning nitratlari, atsetatlari) kabi hosilalari hosil bo‘lishiga imkon beradi. Sellyuloza nisbatan oson modifikatsiyalanadi. Uni modifikatsiyalab tarmoqlangan yoki tikilgan polimerga aylantirish mumkin.
Gemisellyulozalar. Bu atama kislotalarda ko‘p gidrolizlanishi va ishqorlarda ko‘p erishi bilan sellyulozadan farqlanadigan, yog‘och hujayralarining qobiqlarida saqlanuvchi polisaxaridlar guruhini o‘zida birlashtiradi. Bu guruhga pentozanlar va geksozanlar kiradi, ular ham o‘z navbatida alohida turdagi polisaxaridlarga bo‘linadi.
Pentozanlar (C­5H8O4)n elementar zvenosida 5 ta atom uglerodni saqlaydi. Gektozanlar (C65H10O5)n esa sellyuloza kabi 6 ta uglerod atomini saqlaydi.
Biroq barcha gemisellyulozalarning molekulyar massasi sellyulozanikidan ancha kichik. Odatda ularning polimerlanish darajasi 150-200 ni tashqil etadi, lekin polimerlanish darajasi 30 gacha bo‘lgan gemisellyulozalar ham uchrashi mumkin.
Gemisellyulozalarlar orasida molekulyar massasi nisbatan yuqori bo‘lgan, kislota va ishqorlar ta’siriga chidamlilari ham uchraydi. Ular yog‘ochdan olingan sellyuloza tarkibida saqlangan bo‘ladi.
Yog‘ochda mavjud bo‘lgan barcha uglevodlar (ligninni qo‘shmaganda) xolotsellyuloza deb ataladi.
Lignin. Bu aromatik tabiatli YMB (polifenol)dir. Yog‘och hujayralari qobiqlari tarkibidagi ligninning tuzilishi haligacha to‘la aniqlanmagan. Bunga sabab tabiiy ligninni yog‘ochdan olish jarayonida qaytmas o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Turli usullarda ajratib olingan lignin turlicha tuzilishga va xossalarga ega bo‘ladi. Buni tabiiy ligninning rangi aslida yog‘och rangida bo‘lsa ham, ajratib olinganidan keyin och sariqdan to‘q jigarranggacha o‘zgarishidan bilib olsa ham bo‘ladi. Ajratib olingan ligninning zichligi 1,25 - 1,45 g/sm3 oraliqda bo‘ladi.
Sellyulozadan farqli ravishda lignin aromatik tabiatga ega va qo‘shbog‘lar, metaksil OСN3 - guruhlari, karbonil СO - guruhlari va boshqa guruhlarni saqlaydi. Lignin yuqori polidisperslikka ega: archadan ajratib olingan ligninning molekulyar massasi 1000 dan 146000 gacha boradi. Bu ligninning elementar tarkibi quyidagicha, %: uglerod 63, vodorod 6 va kislorod 31, ya’ni ligninda sellyulozaga nisbatan uglerod moqdori yuqori va kislorod miqdori kamroq.
Tabiiy lignin oson oksidlanadi, xlor bilan ta’sirlashadi, qizdirilganda ishqorlarda, sulfat kislotasining suvli eritmalarida va uning nordon tuzlarida eriydi.
Suberin. Bu organik kislotalar va ularning metil efirlarining aralashmasidan iborat moddadir. Suberin faqat daraxt po‘stlog‘ida bo‘ladi, u po‘stdagi hujayra qobiqlarining germetikligini ta’minlaydi.
Ekstraktiv moddalar. Bu guruhga yog‘och va po‘stloqdan suv va organik erituvchilar ishtirokida ekstraksiyalab ajratib olingan moddalar kiradi.
Suv bilan oshlovchi moddalar va bo‘yoq moddalar, kamedlar, ekstraksiyalar olinadi. Oshlovchi moddalar hayvonlar terisini oshlashda ishlatiladi. Oshlovchi moddalarning asosiy qismini ko‘p atomli fenollarning hosilalari - tannidlar tashqil qiladi.
Tannidlar bog‘lovchi xususiyatga ega. Tannidlar asosan ishqorlar ta’sirida oson oksidlanadi. Tannidlarning fenol guruhlari oqsil molekulalarining amin guruhlari bilan ta’sirlashib erimaydigan birikmalarni hosil qiladi. Terini oshlab unga elastiklik, yumshoqlik, suvda bo‘kmaslik, chirishga chidamlilik xususiyatlarini berish ana shu reaksiyaga asoslangandir.
Kamedlar asosan polisaxaridlardan (arabogalaktan va b.) tashqil topgan suvda eruvchan smolasimon moddalardir.
Bo‘yoq moddalar yog‘och va po‘stloq hujayralarining ichki bo‘shliqlarida saqlanadigan sariq, malla, qizil va ko‘k rangli moddalardir.
Organik erituvchilar (efir, spirt, atseton, benzol va h.k.) yordamida yog‘ochdan turli kimyoviy tarkibdagi moddalarni (smola va moy kislotalari, mumlar, sterinlar va b.) olish mumkin.
Nina bargli daraxtlar yog‘ochi va po‘stlog‘idagi smolalar tabiiy holatda 40% gacha terpenlar va smola kislotalarini saqlaydi. Terpenlarning (umumiy formulasi S10N16) yuqori kimyoviy faollikka ega bo‘lgan suyuq moddalardir. Ular harorat, havo kislorodi, kislota va boshqa kimyoviy reagentlar ta’sirida tez o‘zgaradi. Terpenlar skipadarning asosini tashqil qiladi. O‘sayotgan daraxt tanasini o‘yib, idishlarga tomizib yig‘iladigan yog‘och smolasi (jivitsa) tez chayqaluvchan va suv bug‘i ta’sirida uchuvchan holatga o‘tadigan suyuq moddalarga hamda umumiy formulasi C20H30O2 bo‘lgan smola kislotalarining qiyin ajraladigan aralashmasidan iboratdir. Smola kislotalarini qaynatib kanifol olinadi.
Smola kislotalari bilan bir qatorda yog‘ochda oz miqdorda olein kislotasi kabi yog‘ kislotalari ham uchraydi.
Ba’zi tropik yog‘och turlari tarkibida zaharli moddalar ham mavjud bo‘ladi.


Download 69.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling